Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida pokistonlik taniqli olim, katta xalqaro nufuzga ega bölgan jamoat arbobi Mavlono Toriq Jamil boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.


Mehmonlar dastlab muzey ekspozitsiyalari, ilmiy xodimlar va tadqiqotçilar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroit bilan yaqindan tanişdi. Bu yerda namoyiş etilayotgan noyob qölyozmalar, buyuk muhaddis Imom Buxoriy hamda movarounnahrlik boşqa allomalarning boy ilmiy-maʼrifiy merosi, şuningdek, Markaz tomonidan naşr etilgan yangi kitoblar va manbaşunoslik sohasidagi yutuqlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Şundan söng ilmiy xodimlar, xorijlik tadqiqotçilar va delegatsiya aʼzolari iştirokida davra suhbati taşkil etildi.
Muloqotda Imom Buxoriyning boy ilmiy merosini çuqur örganiş, uning hadis ilmi rivojiga qöşgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda keng tarğib etiş, şuningdek, diniy-maʼrifiy faoliyatda yuksak axloq, bağrikenglik, özaro hurmat va insonparvarlik tamoyillarining ahamiyati xususida fikr almaşildi.

Mavlono Toriq Jamilning köp yillik tarğibot-taşviqot faoliyatida inson maʼnaviyatini yuksaltiriş, axloqiy kamolot va jamiyatda tinçlik-totuvlikni mustahkamlaş masalalari muhim örin tutadi. Markaz vazifalarining asosiy yönalişlaridan biri bölgan buyuk allomalar ilmiy merosini örganiş va uning maʼrifiy ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş bilan mazkur maqsadlar örtasida muştarak jihatlar mavjud, albatta.

Olim öz nutqida islom sivilizatsiyasi rivojida Movarounnahr ulamolarining örni beqiyos ekanini alohida eʼtirof etib, bugungi globallaşuv davrida yoşlar tarbiyasida gözal xulq, qalbni poklaş va zöravonlikdan uzoq böliş singari ezgu ğoyalarni keng tarğib qiliş muhimligini taʼkidladi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




