Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning Qiriqqale universiteti islom ilmlari fakulteti doktori Muhammed Köç va yetakçi mutaxassisi Ahmed Duman bilan muloqot bölib ötdi.

Dastlab Markaz direktorining örinbosari Otabek Muhammadiyev mehmonlarga muassasada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot işlari, manbaşunoslik sohasidagi yutuqlar va naşr etilayotgan asarlar haqida atrofliça maʼlumot berdi.

Söngra mehmonlar Markaz direktori Şovosil Ziyodov bilan uçraşib, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini atrofliça muhokama qildi. Muloqot çoğida 2025-yilning may oyida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Qiriqqale universiteti örtasida imzolangan Anglaşuv memorandumi ijrosini taʼminlaş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, manbaşunoslik va qölyozmalarni tadqiq etiş böyiça tajriba almaşuvini kengaytiriş va soha mutaxassislarining akademik muloqotini yanada jadallaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, mazkur universitet davlatga qaraşli nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan bölib, 1992-yilda taşkil etilgan. Anqara yaqinidagi Qiriqqale şahrida joylaşgan, tarkibida 12 ta fakultet, 3 ta institut, 23 ta tadqiqot markazi hamda yirik kampus tizimiga ega bölgan uşbu universitet islom ilmlari, akademik tadqiqotlar va xalqaro taʼlim dasturlari sohasida boy tajribaga ega.

Muloqot yakunida tomonlar belgilangan yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş va özaro aloqalarni yanada mustahkamlaşga kelişib oldi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




