Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor Şovosil Ziyodov Turkiyaning Ülke TV telekanaliga intervyu berdi.
Suhbat davomida Imom Buxoriyning islom ilm-fani tarixidagi beqiyos örni, buyuk muhaddisning boy ilmiy merosi va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida söz yuritildi. Şuningdek, Markazning asosiy faoliyat yönalişlari, allomalar merosini ilmiy asosda örganiş, tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosda tarğib etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berildi.

Intervyuda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati va samaralari, buyuk ajdodlarimizdan qolgan ilmiy-maʼnaviy merosni örganiş hamda kelajak avlodga yetkazişga qaratilayotgan eʼtibor masalalariga ham töxtalib ötildi.
Mazkur intervyu Turkiya telekanali ijodiy guruhining Özbekistonga taşrifi doirasida tasvirga olindi. Guruh mamlakatimizdagi ijodiy safari davomida Samarqand va Buxoro misolida islom va turkiy sivilizatsiyaning şakllanişi, buyuk allomalarning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qöşgan hissasini yoritişga qaratilgan 20 qismli hujjatli film tayyorlaşni maqsad qilgan.

2006-yilda taşkil etilgan Ülke TV Turkiyaning yangiliklar va axborot-tahliliy yönalişidagi telekanallaridan biri bölib, mamlakat va jahon voqealarini, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni hamda turli sohalarga oid mavzularni yoritib boradi.
Markaz rahbarining mazkur intervyusi orqali Özbekistonning boy ilmiy-maʼnaviy merosi, Imom Buxoriyning jahon sivilizatsiyasidagi örni va bugungi diniy-maʼrifiy taraqqiyot haqidagi maʼlumotlar telekanal efirida xalqaro auditoriyaga yetkaziladi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




