Habaşistonga birinçi hijrat davomida tört nafar, ikkinçi hijrat davomida esa ön sakkiz yoki ön töqqiz nafar sahobiya Makkadan Habaşistongaça bölgan maşaqqatli safarda iştirok etgan edi. Uşbu ayollar orasida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning qizlari Ruqayya (vaf. 2/624) ham bor edi. Şuningdek, keyinçalik «Ummahotul möminin» — möminlar onalari maqomiga erişgan Savda (vaf. 23/644), Ummu Salama (vaf. 62/681) va Ummu Habiba (vaf. 44/664) ham Habaşistonga hijrat qilganlar.
Hijrat, garçi Islom dinini erkin tarzda ado etiş va eʼtiqodni saqlab qoliş maqsadida amalga oşirilgan bölsa-da, u özi bilan bir qator ilmiy va madaniy natijalarni ham olib kelgan. Masalan, Ummu Salama va Ummu Habibaning Habaşistonda körgan çerkovlari, ulardagi tasvirlar haqida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga xabar berişlari ana şu axborot almaşinuvining namunalaridan biridir. Şuningdek, Asmo binti Umaysning (vaf. 40/661) Habaşistonda duradgorlik hunarini örganişi hamda u yerda körgan marhumlarni tobutda kötarib dafn etiş anʼanasini Arabiston yarimoroliga olib kelişi ham bilim va madaniy tajriba almaşinuvining yana bir yorqin misolidir.
Madinaga hijrat qiliş hijrat imkoniyatiga ega bölmagan mustazʼaf kişilardan taşqari, barça musulmon erkak va ayollar uçun majburiy edi. Şu sababli Madinaga hijrat köplab sahobiyalar iştirok etgan safarlardan biriga aylangan. Darhaqiqat, Qurʼoni karimda ham muhojir ayollar jamoasiga işora qilinganini köriş mumkin. Muhojira ayollar baʼzan guruh-guruh bölib yölga çiqqan bölsalar, ular orasida Ummu Salama kabi Makkadan Madinaga deyarli yolğiz safar qilişga majbur bölganlari ham bor edi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida ayollarning uzoq hududlarga safar qiliş sabablaridan biri harbiy yurişlarda iştirok etiş edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) harbiy yuriş maqsadida safarga çiqqanlarida, albatta, ayollaridan birini özlari bilan birga olib ketardilar. Garçi bunday safarlar Oişa (vaf. 58/678) onamizning marjonlarini yöqotib qöyişlari va «Ifk hodisasi» kabi ayollar uçun turli qiyinçilik hamda taşvişlarni keltirib çiqargan bölsa-da, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu amaliyotdan voz keçmaganlar.
Harbiy yurişlar amalga oşirilgan hududlar Madinadan unçalik yaqin masofada joylaşmagan edi. Masalan, Oişa va Ummu Salama onalarimiz iştirok etgan Banu Mustaliq ğazoti (5/627) sodir bölgan Muraysiyʼ hududi Madinadan taxminan 70 mil (112 km) masofada joylaşgan edi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida safarlarda iştirok etgan ayollar faqatgina Ummahotul möminindan iborat emas edi. Madinadan 170 km şimolda joylaşgan Xaybar fathida iştirok etgan sahobiyalardan biri Ummu Ziyod mazkur harbiy yurişda olti nafar ayol qatnaşganini maʼlum qiladi. Şuningdek, Madinadan taxminan 450 km uzoqlikda joylaşgan Makkani fath etiş uçun yölga çiqqan sahobalar orasida ham ayollar bor edi. Barça ğazotlar orasida eng uzoq masofada — Madinadan 778 km uzoqlikda amalga oşirilgan Tabuk ğazoti (9/630) ham oz sonli bölsa-da, ayollar iştirok etgan harbiy yurişlardan biri sifatida namoyon böladi.
Darhaqiqat, ayollarning mazkur harbiy yurişlarda iştirok etişi ularning safar davomida körgan-bilganlarini keyinçalik rivoyat qilişlariga ham zamin yaratgan. Masalan, Xaybar ğazotida (7/628) iştirok etgan sahobiyalardan Ummu Ziyod Aşjaiyya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ayollarga ham erkaklar qatori öljadan uluş ajratganlari va ayollarning uşbu harbiy yuriş davomida bajargan vazifalari haqida rivoyat qilgan.
Ayollarning safarga çiqişida harbiy yuriş asosiy maqsadlardan biri bölgani kabi, Saodat asrida Islomni qabul qilganini eʼlon qiliş va Islom diniga oid turli savollarga javob oliş maqsadida Arabiston yarimorolining turli hududlaridan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelgan sahobiyalar ham bölgan. Masalan, Qayla binti Mahrama Najd hududida istiqomat qiluvçi Tamim qabilasiga mansub bölib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga ayrim savollarni beriş maqsadida Najddan Madinaga safar qilgan sahobiyalardan biri edi. Najd Madinadan taxminan 100 km şarqda joylaşgan.
Islom anʼanalarida ilk davrlardan bugungi kunga qadar ayollar uçun eng keng tarqalgan va umumiy safar sababi haj ibodati bölib kelgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlariga nazar taşlaydigan bölsak, Vidolaşuv hajida Islomni qabul qilgan musulmonlarning katta qismi — erkaklar ham, ayollar ham bir joyga jam bölganini aytiş mumkin. Ayrim manbalarda Vidolaşuv hajida erkak va ayollardan iborat jami qirq ming kişi iştirok etgani qayd etiladi.
Darhaqiqat, sayohat erkaklar bilan bir qatorda ayollar uçun ham diniy jihatdan zaruriy tus olgan asosiy ibodat – hajdir. Zero, safarni taqozo etuvçi harbiy yuriş yoki ilm oliş kabi faoliyatlar farz kifoya xususiyatiga ega bölsa, haj ibodati farz ayn hisoblanadi. Şuningdek, hajning farzligi borasida erkaklar va ayollar örtasida heç qanday farq mavjud emas. Şu sababli Islom anʼanalarida ayol va sayohat munosabatining eng yaqqol hamda keng tarqalgan ifodasi haj ibodati ekanini taʼkidlaş mumkin.
Hatto Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning hajni «ayollarning jihodi» deb taʼriflab, uni rağbatlantirganlari ham bu ikki amal örtasidagi umumiy jihat – safar maşaqqatlari bilan boğliq bölişi mumkin.
Boşqa tomondan, ayniqsa, tobeinlar avlodiga mansub ayollar uçun haj safarlari Makka va Madina şaharlarida Ummahotul möminin hamda boşqa sahobalar bilan uçraşiş imkoniyatini yaratgan. Bu esa turli hududlardan kelgan ayol tobeinlarga hadislarni bevosita sahobalarning özlaridan eşitiş imkonini bergan.
Bunga misol tariqasida Ummu Salim binti Molik Rosibiyyani keltiriş mumkin. U haj yoki umra maqsadida Hijozga ön yetti marta safar qilgan va Oişa onamizdan hadis tinglagan.
Kufalik ayol tobeiya Jasra binti Dağoja esa qirq marta umra ibodatini ado etgan. Uşbu umra safarlari davomida Oişa, Ummu Salama onalarimiz hamda Abu Zarr Ğiforiy (vaf. 32/653) bilan uçraşiş imkoniga ega bölgan.
Dikro binti Ğolib esa tavof jarayonida Oişa onamizdan hadis qabul qilgan basralik ayol tobeiya edi. Bu kabi misollarni yana köplab keltiriş mumkin.
Mazkur misollar haj ibodati hadis ilmini örganişning asosiy vositalaridan biri bölgan «rihla» (ilm talabida safar qiliş) xususiyatini ham özida mujassam etganini yaqqol körsatadi. Boşqaça aytganda, haj nafaqat diniy burçni ado etiş, balki turli hududlardagi ilm ahli bilan uçraşiş, sahobalardan bevosita hadis tinglaş va ilmiy bilimlarni özlaştiriş uçun ham muhim imkoniyat vazifasini bajargan.
Hadis ilmini örganiş maqsadida safarlarga çiqiş keng tarqalgan va muqarrar faoliyatga aylanişi, boşqaça aytganda, rihlaning öziga xos ilmiy metod sifatida şakllanib, köplab hududlarni qamrab olgan holda kengayişi tobeinlarga ergaşganlar (atboʼ at-tobein) davridan boşlanadi.
Aslida, rihlaning ilk namunalari Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida ham uçraydi. Jumladan, u zotga savol beriş maqsadida kelgan sahobalar va turli vakillar, şuningdek, sahobalar davrida Jobir ibn Abdulloh (vaf. 78/697) va Abu Ayyub Ansoriy (vaf. 49/669)ning birgina hadisni eşitiş uçun safar qilganlari bunga misol böla oladi.
Tobeinlar davrida esa Said ibn Musayyabning (vaf. 94/713) bir neça kunlab safar qilişi, Hasan Basriyning (vaf. 110/728) faqat bitta hadisni eşitiş maqsadida yölga çiqişi, keyinçalik Huşaym ibn Başirning (vaf. 183/799) ikki şahar örtasida hadis örganiş uçun qatnab turganini taʼkidlaşi kabi voqealar hadis ilmi yölidagi safarlarning dastlabki namunalarini taşkil etadi.
Biroq mazkur misollarning barçasiga xos umumiy jihat şundaki, ular faqat ikki hudud örtasida amalga oşirilgan safarlardan iborat edi. Masalan, Jobir ibn Abdulloh Abdulloh ibn Unaysdan (vaf. 54/674) hadis eşitiş uçun Madinadan Şomga; Abu Ayyub Ansoriy esa Uqba ibn Omirdan (vaf. 58/678) hadis tinglaş maqsadida Madinadan Misrga safar qilgan. Said ibn Musayyab Abu Hurayradan (vaf. 58/678) hadis oliş uçun Madinadan Zul-Hulayfagaça borgan. Hasan Basriy esa Kaʼb ibn Ujradan (vaf. 52/672) hadis eşitiş maqsadida Basradan Kufaga yöl olgan. Atboʼ at-tobein avlodining yirik vakillaridan bölgan Huşaym ibn Başir ham öz safarlari ikki şahar örtasida amalga oşganini qayd etadi.
Romahurmuziy (vaf. 360/971) hadis örganiş maqsadidagi safarlarning köplab hududlarni qamrab olgan keng kölamli safarlarga, şuningdek, imkon qadar köproq kişilardan hadis jamlaş faoliyatiga aylanişini Abdulloh ibn Muborak (vaf. 181/797), Abu Dovud Tayolisiy (vaf. 204/819) va Zayd ibn Hubob (vaf. 230/844) faoliyati bilan boğlaydi. Şundan kelib çiqib, hududlararo rihla anʼanasi atboʼ at-tobein davrida şakllana boşlagan, deb aytiş mumkin.
Biroq safarlar vositasida bilim va maʼlumot almaşişning ildizlari Islomning ilk davrlarigaça borib taqaladi. Bu jarayonda erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham iştirok etganlar. Hatto Imom Buxoriy (vaf. 256/870) va Xatib Bağdodiy (vaf. 463/1071) kabi mualliflar ilm örganiş maqsadida amalga oşirilgan safarlarni Muso alayhissalomning Xizr alayhissalom bilan uçraşuvi voqeasi misolida bayon qilganlar.
Insonlar turli muammo va masalalarga duç kelganlarida ulovlariga minib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelişlari, u zotning turli hududlarga elçilar yuborişlari, elçilar orqali yetkazilgan maʼlumotlarni tasdiqlatiş maqsadida ayrim kişilarning yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga murojaat qilişlari ilmiy maqsadlardagi safarlarning ildizlari Saodat asrigaça borib taqalişini körsatadi. Abu Ayyub Ansoriy va Jobir ibn Abdullohning rihlalari bu borada keltiriladigan eng muhim misollardandir.
Şubhasiz, sahobalar davrida hali oliy sanadga ega böliş, turli matn va rivoyat yöllarini jamlaş, hadislarni tadvin qiliş kabi uslubiy va metodologik maqsadlar şakllanmagan edi. Ehtimol, öşa davrda jihod, haj, yaşaş joyini özgartiriş (iskon) kabi turli sabablar bilan amalga oşirilgan safarlar davomida hadislarni rivoyat qiliş, şu orqali bilim va maʼlumotlarni yangi hududlar hamda insonlarga yetkaziş jarayoni ustuvor bölgan.
Ayniqsa, sahobiya ayollarning safarlari va ular davomida hadislarni rivoyat qiliş holatini ham tizimli maʼnodagi rihla doirasida emas, balki sayohatning tabiiy ravişda yuzaga kelgan natijalaridan biri sifatida baholaş lozim. Zero, ularning safarlari turli-tuman sabab va maqsadlarga asoslangan edi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




