Home / MAQOLALAR / ISLOMDA SAYOHATNING ÖRNI VA AHAMIYATI

ISLOMDA SAYOHATNING ÖRNI VA AHAMIYATI

Sayohat Islom dinining ikki asosiy manbai bölgan Qurʼoni karim va Sunnatda köp bora tarğib etilgan, ahamiyati alohida taʼkidlangan amallardan biri sifatida namoyon böladi. Hatto ayrim tadqiqotçilar Islomda sayohatning ildizlari «dinning özi kabi qadimiy» ekanini taʼkidlab, bu hodisa Islom anʼanalariga keyinçalik kirib kelmaganini, balki dinning paydo bölişi bilan birga islomiy hayot tarzining ajralmas qismiga aylanganini qayd etadilar.

Darhaqiqat, Qurʼoni karimning olti alohida oyatida insonlar yer yuzi böylab sayohat qilişga, ayniqsa, ötmişda yaşab ötgan xalqlarning turmuş tarzi, tarixi va boşlaridan keçirgan voqealarini örganib, ulardan ibrat olişga daʼvat etiladi:

« Sizlardan ilgari köp (ibratli) voqealar bölib ötgan. Yer yuzi böylab sayr qilinglar va (haqni) yolğonga çiqarganlarning oqibati qanday bölganini köringlar!» (Oli Imron, 137-oyat).

Şuningdek, Qurʼoni karimning yana oltita oyatida yer yuzida sayohat qilgan bölsalar-da, undan tegişli xulosa va ibrat çiqarmagan qavmlar tanqid ostiga olinadi. Bu borada quyidagiça marhamat qilinadi:

«Axir, (odamlar) yer yuzida sayohat qilib, özlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari qanday bölganini körsalar bölmaydimi?» (Yusuf, 109-oyat).

Har ikki guruh oyatlarda ham insonning amalga oşirgan yoki oşiradigan sayohatlari orqali tarixiy ong va tafakkurga ega bölişi, bu anglaş jarayoni esa uning iymonini mustahkamlab, Allohga bölgan itoatini yanada kuçaytirişi maqsad qilingan. Biroq bundan ham eʼtiborli jihati şundaki, Qurʼoni karimda insonning muayyan idrok darajasiga, soğlom tafakkur va ongli dunyoqaraşga erişişida ham sayohatning muhim ahamiyat kasb etişiga işora qilinadi. Jumladan, quyidagi oyatda şunday deyiladi:

«Axir, ular (Makka muşriklari) yer yuzida sayr qilmaydilarmi, (ana öşanda) ular uçun ongli dillar, tinglaydigan quloqlar bölur edi». (Haj, 46-oyat).

Qurʼoni karim insonning ong va idrok darajasini yuksaltiriş, binobarin, iymon va itoatini mustahkamlaşda sayohatning ahamiyatini alohida taʼkidlagan bölsa, «Sayohat qilinglar, salomat bölinglar» mazmunidagi hadis ham sayohatning inson salomatligiga ijobiy taʼsir körsatişini ifoda etadi. Şu tariqa mazkur hadis bir tomondan Qurʼonda ilgari surilgan uşbu qaraşni qöllab-quvvatlasa, ikkinçi tomondan sayohatning inson ruhiyatiga körsatadigan maʼnaviy taʼsiri bilan bir qatorda, uning jismoniy va biologik jihatdan ham foydali ekaniga eʼtibor qaratadi.

      Şuningdek, Tavba surasining «(Ular) tavba qiluvçilar, ibodat qiluvçilar, hamd (şukrona) aytuvçilar, röza tutuvçilar, rukuʼ etuvçilar, sajda qiluvçilar, yaxşilikka buyuruvçilar, yomonlikdan qaytaruvçilar va Allohning hududi (buyruqlari)ni rioya qiluvçilardir. Möminlarga xuşxabar bering!» mazmunidagi 112-oyatda ham sayohat tuşunçasi tavba, ibodat, hamd, rukuʼ va sajda kabi diniy amallar bilan bir qatorda zikr etilib, yuksak maqomga kötariladi.

Boşqa tomondan, Islom fiqhida safar va musofirlikka oid işlab çiqilgan hukmlar ham sayohatning rağbatlantirilganini yaqqol namoyon etadi. Xususan, musofirlarga namoz va röza kabi dinning asosiy ibodatlarini ado etişda muayyan yengilliklarning berilişi bu qaraşning eng muhim dalillaridan hisoblanadi. Mazkur omillarning barçasi sayohat Islomning ilk davrlaridanoq musulmonlar hayotida muhim örin egallaganini körsatadi.

Darhaqiqat, bir tarixçi örta asr musulmon olimlari hayotida sayohatning tutgan örnini quyidagiça tasvirlaydi:

«Örta asrlarda yaşagan Islom olimlari sayohatga juda işqiboz edilar. Ular sayohat madaniyatini ham katta iştiyoq bilan rivojlantirganlar. Ularning köpçiligi uçun sayohat hayotlaridagi eng muhim sinov edi. Çekkan maşaqqatlari ularni olimlik martabasiga yetkazgani bois, sayohat qiyinçilik va azob-uqubatlarga sabr qiliş tajribasi bilan uyğunlaşgan maʼnaviy özgariş jarayoni sifatida qabul qilingan. Ular sayohatni samarali ilmiy faoliyatga tösqinlik qiluvçi yuk yoki maşaqqatli majburiyat sifatida baholaşga aslo xayrixoh bölmaganlar».

Aslida, sayohat öz mohiyatiga köra har doim muayyan qiyinçilik va maşaqqatlarni keltirib çiqargan. Hatto Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham: «Safar azobning bir bölagidir», deya marhamat qilib, sayohat davomida yuzaga keladigan qiyinçiliklarga eʼtibor qaratganlar. Şunga qaramay, musulmonlar hayotida safar tufayli yuzaga keladigan maşaqqatlar vaqt ötişi bilan göyo maʼnaviy zavq va kamolot vositasiga aylangan.

Zero, Islomda eng fazilatli amallar qatorida eʼtirof etilgan haj, jihod va hijrat kabi ibodat hamda faoliyatlarni amalga oşiriş faqat safar orqali mumkin bölgan. Bularga qöşimça ravişda, ayniqsa, ilm tahsil qiliş ham tarix davomida sayohatni taqozo etuvçi eng muhim omillardan biri bölib kelgan. Uşbu sabablarning barçasi musulmonlarni sayohatni ibodat va maʼnaviy masʼuliyat sifatida qabul qilişga undagan. Xususan, ilm oliş maqsadida safarga çiqiş musulmon olimlari uçun zarurat, hatto ilm örganişning ajralmas va uzviy şarti sifatida eʼtirof etilgan.

Ilm sohalari orasida, ayniqsa, hadis ilmi köplab va uzoq davom etadigan safarlarni taqozo qiluvçi fanlardan biri sifatida ajralib turgan. Şu bois hadis olimlari ilm yölida amalga oşirgan sayohatlari bilan maşhur bölganlar. Mazkur safarlar hadis ilmining rivojlanişi, turli hududlarda yaşagan roviylardan hadislarni bevosita örganiş, rivoyat matnlarini özaro qiyoslaş hamda sanad zanjirlarini sinçkovlik bilan tadqiq etişda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgan.

Garçi ilm va din yölida amalga oşirilgan bunday safarlar köproq erkak olimlar faoliyati bilan boğlab talqin qilingan bölsa-da, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlaridan boşlab ayollar ham diniy va ilmiy maqsadlardagi safarlarda faol iştirok etganlari kuzatiladi. Bu holat Islom ilmiy anʼanalarida sayohat faqat erkak olimlarga xos faoliyat bölmaganini, balki ayollar ham diniy bilimlarni özlaştiriş, ularni rivoyat qiliş va keyingi avlodlarga yetkaziş jarayonida muhim örin tutganlarini yaqqol namoyon etadi.

Otabek MUHAMMADIYEV
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
katta ilmiy xodimi

Check Also

ABUL MAOLIY UBAYDULLOHNING “BAYAN UL-ADYAN” ASARIDA DUNYO DINLARI TAHLILI

Kiriş. Dinlararo qaraşlar va ularni tasniflaş masalasi örta asr musulmon olimlari ilmiy merosida muhim örin …