Home / MAQOLALAR / SÖFIYA ROBIAI ADAVIYA HAQIDA

SÖFIYA ROBIAI ADAVIYA HAQIDA

Kiriş. Ayol zotining insoniyat tarixida ham, jamiyat taraqqiyotida ham örni beqiyosdir. U beğaraz mehr sohibi – ona, insoniyat davomçisi, tarbiyaçisi, erkak uçun – vatan, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy sohalarda ham öziga xos örnini topgan muhim şaxsdir. Yaratuvçining nozik xilqati – ayol insoniyat oldidagi beminnat xizmati, fidokorona mehnati tahsinga loyiq muqaddas zotdir. Islom tarixi va madaniyati xazinasida, yaʼni ijtimoiy, siyosiy va falsafiy sohalarda uluğ mutafakkir ajdodlarimiz qatorida şunday buyuk ayollar borki, hayoti va faoliyati ibrat maktabi bölib, hanuz faxr bilan örganiladi.

Buyuk mutafakkir Alişer Navoiyning “Nasoyimul muhabbat min şamoyim ul-futuvvat” asari öz ustozi, fors adabiyoti namoyandasi Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazarot il-quds” tazkirasining erkin tarjimasidir. Mazkur asarda 770 nafar maşoyix zikri qayd qilinadi, şulardan 35 nafari ayollar bölib, ular haqida asar söngida “Erkaklar martabasiga yetgan orif ayollar zikri” sarlavhasi bilan maʼlumot bergan. Mazkur maqolada tasavvuf ulamolari orasidan orifa Robiai Adaviya hazratlari töğrisida söz yuritmoqçimiz.

Robiai Adaviya (718-801, Iroqda yaşab ötgan) – arab şoirasi, maşhur söfiy, faylasuf, avliyo ayol, zohidlik davrining eng maşhur namoyandasi. Uning nomi manbalarda turliça, jumladan, Robiya al-Adaviya al-Qaysiyya Basriya, Robiya al-Basriy, Hazrati Bibi Robiya Basriy kabi nomlar bilan atalgan. Hayoti, oilasi, ota-onasi, faoliyati töğrisida yoki ijodi mahsuli haqida xabar beruvçi mufassal manba yetib kelmagan. U haqida manoqiblar va tazkira asarlarda turli-tuman rivoyat va naqllar yetib kelgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. “Hazrati Bibi Robiya hijriy 90-yilda Basra şahrida kambağal oilada dunyoga kelgan va islomning yana bir taqvodor va solih mutasavvifi va avliyosi Hazrati Hasan Basriy davrida yaşagan. Bibi Robiya Basriy VIII asrning eng buyuk avliyolaridan biri sifatida şu kungaça eslab kelinadi va u imoni, taqvosi va sabri uçun mehr bilan yodga olinadi [12:108-110].

Margaret Smit bergan maʼlumotga köra, Qays ibn Adi qabilasining Al-Atik (yoki Otiköğli) qavmidan bölgan ozod ayol, uning Adaviya yoki Qaysiya, şuningdek, Basriya deya atalişi qabilasi, tuğilgan joyi nomi bilan boğliq. U sunniy agiografiyaning eng yaxşi vakillaridan biri bölgan [5].

Robiai Adaviya tuğilgan paytda oilasi noçor hayot keçirayotgandi. Oilada törtinçi farzandligi uçun Robia (törtinçi) deb ism qöyilgan. Manbada keltirilişiça [8:145], onasining iltimosi bilan otasi qöşnidan çaqaloqni öraşga mato va uyni yoritiş uçun biroz moy olib kelişga çiqadi, biroq bu hayotda birovdan biror nima söramaslikka ahd qilgan (islom odobiga köra ehtiyojlar bandasidan emas, faqat Yaratuvçidan söraladi) ota borib, qöşnining eşigi oldidan qaytadi, onasi yiğlab uyquga ketgan. Şu keça onasi tuşida Payğambar(s.a.v)ni körgan, Payğambar(s.a.v) unga ğamgin bölmasligini, tuğilgan qiz ummatdan yetmiş ming kişini şafoat etadigan darajalarga erişajagini aytadi. Oilaga esa  Basra amiri Iso Rodon, Payğambar (s.a.v)ga salovot aytişni unutgani evaziga  yordam berişini, buning uçun Robianing otasi amir oldiga borib, bu holatni unga eslatişini tayinlagan. Ota ertasiga amir oldiga borib, tuş haqida aytganida amir yiğlaydi, ön baravar ortiği bilan mablağ berib bu oilaga doim yordam berib turişini aytadi. Şu voqeaning öziyoq Robia Allohning xos kişilaridan biri ekaniga dalolatdir.

Ota-onasi (şahar amiri ham) vafotidan keyin Basradagi qattiq oçarçilik va kasallik tarqalgan davrda Robia qul qilib sotib yuborilgan. Robianing taqvosi,  sabri, ibodatda sobitligi zolim xöjayinining unga bölgan munosabatini özgartiradi va uni xöjayini ozod qiladi. Şundan keyin çölu sahroda göşanişinlikda toatu ibodat bilan yaşay boşlaydi. Bir muddatdan keyin Basra şahrida ulamolar majlislarida qatnaşgan holda, özi ham odamlarga yordam berib, Yaratganning amrlarini bekamu köst, bajarib, juda oddiy, sabr-qanoatda, roziçilikda yolğiz özi (köp manbalarda keltirilişiça oila qurişni rad etib) umrguzaronlik qilgan. Manbalarda uning dastlab, soz çalib qöşiq aytgani va şeʼrlar yozgani qayd qilingan.

Muhammad Zihniy: “U ayol bölsa-da, feʼl-atvori bilan qalbi maʼrifatli ediki, u insoniy kamolot masalasida köp erkaklardan yaqqol ustun edi va şuning uçun uni “Erkaklar toji” deb ataşgan. Taqvo va zohidlikda şu qadar maşhur ediki, uning maqtovi hammaning tilida bölib, uluğ nomi zohid erkak va ayollar uçun öziga xos maqol bölib qoldi” (Maşohir an-Niso) [5]. Darhaqiqat, sayyida bölib dunyoga kelgan, karomatli va karomatlarga boy  bölgan bu zotning hayoti  vaqt ötgaç tildan-tilga köçib, afsonaga aylandi. Köryapmizki, Robiai Adaviyadan biror yozma manba, ilmiy, badiiy kitob, risola yoki maşhur şogird, solih farzand yoki moddiy meros qolmagan, saqlanmagan. Bunday narsalar unda yöq ham, biroq u maşhur avliyo ayol, hatto, baʼzi maşhur erkak ulamolardan öz yönalişida avlo körilgan. Binobarin, Robiai Adaviya tasavvuf taʼlimotiga asos solgan va amalda yaşab bergan, birinçi zohid, birinçi söfiy-orif, birinçi bölib ilohiy işq tuşunçasini muomalaga kiritgan, öz davri ulamolari eʼtirofiga sazovor bölgan, allomalar masalalarini hal qila olgan orifa-avliyo ayol. Darhaqiqat, bu orifa ayol yuksak ilm-maʼrifati, sabr-qanoati, taqvosi, taqdirdagi har qanday holatlardan rizosi, qaytariqlardan qattiq tarki-parhezi, sodiq tavajjuhi va eng muhimi Yaratuvçisiga qalbi töla işqi bilan  asrlar oşa insoniyatga ibrat-namuna  bölib kelmoqda. Taxminan 80 yillik hayotining özi, turmuş tarzi, odam, olam, tabiat va jamiyatga samimiy va haqqoniy munosabati orifaning inson umri mazmunini, yaratilişidan maqsadini, Oliy Haqiqatni çuqur anglaganining dalili sifatida bebaho xazinadir. Bu kitob bugungi zamon kişisi uçun ham, ayniqsa, ayollar uçun amaliy qöllanma, dasturulamal böla oladi.

Abdurahmon Sulamiy, Imom Yofiʼiy, Abu Bakr Kalobodiy, Ibn Xallikon, Muhammad Zihniy, Imom Abdulkarim Quşayriy, Abulhasan Hujviriy, Imom Ğazzoliy, Fariduddin Attor  kabi ulamolar asarlarida  orifa Robiai Adaviya umr yöli, hayot tarzi tahlil qilingan, uning faoliyatining özi bir taʼlimot darajasida ekani taʼkidlangan, bu orifa ayol qaraşlariga yuksak baho berilgan hamda tasavvuf tarixidagi yuksak örni, ahamiyati  eʼtirof etilgan. Robiai Adaviya töğrisida yozilgan boşqa barça asarlar yuqorida keltirilgan manbalar asosida yaratilgan.

Mustamliy Buxoriyning (vaf.1043) “Şarh at-Taarruf” asarida VIII-XI asrlarda yaşagan 134 nafar söfiy töğrisida agiografik maʼlumot jamlangan. Robiai Adaviya zohidlik davrining Basra maktabi yirik vakillari Hasan Basriy, Ibrohim Adham, Molik ibn Dinor, Abdulvohid ibn Zayd qatorida tilga olingan. Uning zuhdida toat-ibodat, taqvodorlik va parhezkorlikdan taşqari, Allohga tavakkul va muhabbat, Allohdan qörqiş va rozilik singari tuşunçalar mavjudligi taʼkidlangan. Nazariy va amaliy asoslarga ega zohidlik davrining ikkinçi bosqiçiga mansub Robiai Adaviya faoliyatida tavba (qaytiş), tavakkul (özini topşiriş), rizo (rozilik), muhabbat (sevgi), huzn(qayğu), xavf(qörqiş), rajo (umid) yetakçilik qiladi. Mustamliy Buxoriy ön ikki maqom (tavba, zuhd, tavakkul, zikr, uns, qurb, fano, baqo, rizo, ittisol, tajrid, tafrid)ni talqin qilar ekan, rizo maqomini şunday şarhlaydi: “Robia şunday bir maqomda ediki, Xudo uni azoblaganda ham, azoblamaganda ham, bularning har ikkalasini ravo deb bilardi. Çunki Robia Haqning unga nisbatan qilgan işlaridan rozi edi” [6:160].

Xoja Orif Revgariy “Orifnoma”da Robiai Adaviya hayotiga oid bir neça naqllarni keltiradi. Jumladan, Robiai Adaviyaning Hasan Basriy bilan asrdoş ekanini, bu ulamoga uç narsa, yaʼni şam, igna va soç tolasi yuborganini hamda  hikmat ahlining bu holatga şarhini bayon etadi: “mum kabi muloyim böl va özing yonib olamni munavvar ayla!  Va igna kabi özing yalanğoç qolib bölsa-da, özgalarni kiyintir va bir-biroviga payvand et! Va Alloh taologa olib boruvçi yöl – xuddi soç tolasidek nozik va ingiçkadurkim, toyib yiqilişdan huşyor böl!” [9:8]. Bu naqldan şunday ibrat oliş kerakki, muloyimlik – bu suhbat, munosabatlar va atrof-muhitga muloyimlikdir. Muloyimlik nimadan paydo böladi deyilsa, albatta mehrdan yaraladi, demak, mehr-muloyimlik bilan olamni yoruğ-munavvar qiliş mumkin. Igna kabi xizmat qiliş deganda beminnat, beğaraz yaxşilik qiliş tuşunilsa, insonning asosiy maqsadi Allohga yaqinlaşiş, Uni anglaş böladigan bölsa, bu yöl juda nozik, adaşmaslik uçun huşyor böliş kerakligi uqtirilmoqda.

“Risolai aziza” Söfi Olloyorning “Sabotul ojizin” asarining şarhi bölib, “Hikoyati Robia alayha rohmah” sarlavhasi ostida Robianing xotinlar majlisida köngliga Alloh taolodan qörquv tuşib, yiğlagani, yetti yilda Kaʼbaga piyoda borgani şarhlangan. Muallif, “Aytmişlarki, Kaʼbatulloh Robia xotun tomon yurdi, özini tavof qildirdi” deb yozadi [7:108]. Allohning Yerdagi uyi – Kaʼba bir ojiza ayolga peşvoz çiqdi, bu zamonning biz kabi ğaflatdagi bandalari bu holatni hazm qilolmay, uni afsona deyişimiz aniq, biroq Allohning muqarrab, yaqin dösti, payğambarlardan keyin turguvçi avliyoulloh zotlari şu martabaga erişa olganlar. “Risolai aziza”da yana ğofil bandalar hamma vaqtini tiriklik havaslari, öyin-kulgu bilan ötkazişi, tavba qilsa-da, tavbasida qatʼiylik yöqligini qoralab, “Erta bilan tavba qilsak, tuş vaqtida uni buzib, avvalgi xatolarimizga qaytarmiz. Bizga Robia kabi kamolot topmoqqa yöl bölsin!?”, deb yakunlaydi şarhni.

Imom Ğazzoliy “Mukoşafatul qulub” asarida yozişiça, bu orifa ayolga qadar mutasavviflar ijodida Allohdan qörquv mavzusi keng örin olgan bölsa, uning ijodida esa Allohga muhabbat boş ğoyaga aylangan. Mazkur kitobda bu orifa ayolning quyidagi misralarini keltirib, çindan ham, sevgining alomati – suyganiga moslaşmoq va sevgilisi yoqtirmagan xatti-harakatlardan tiyilmoq deb tuşuntiradi:

“Sevaman!” deysanu, etasan isyon,

Bu holing ajoyib, bölaman hayron.

Itoat qilgin-da, sevsang gar albat

Sevgan suyganiga etar itoat [1:20].     

Robiai Adaviya Ğarbda ilk islom söfiysi sifatida XIII asrdayoq tanilgan va bemisl şuhrat qozongan. Nemis olimasi Annamariye Şimmel Robiai Adaviyaga “Qirq söfiy” va “Jonon mening jonimda” asarlarida yuksak baho beradi: “Robiai Adaviya dunyoning barça lazzatlaridan voz keçişga undaydigan tarkidunyoçilikning çinakam işq, yaʼni Allohning işqi bilan yaşaşga undaydigan tasavvufga aylanişida asosiy hal etuvçi rol öynaydigan ayoldir” [3:44-45,18].

Islomşunos, rus tasavvufşunos olimi Aleksandr Dmitriyeviç Kniş bu avliyo ayol haqida şunday yozadi: Robia al-Adaviyaning sözlariga köra, diniy amrlarni va zohidlikni sinçkovlik bilan bajariş, ruhni barça begona taşviş va ehtiroslardan tozalaş, uni ilohiy sevgini idrok etişga, “sevgili” haqida fikr yuritişga va u bilan muloqot qilişga tayyorlaş kerak [4:195-196].

Muhammad Siddiq Ruşdiyning (XVIII asr) “Tazkiratul avliyoi turkiy” asarida: “Xususan, Robia öz vaqtida amalda va maʼrifatda, yaʼni xudoni tanimoqda ham tengi yöq erdi. Va öz zamonidagi avliyolar oralarida (andin) möʼtabari yöq erdi. Va aning ilmi öşal zamonadaqa xaloyiqqa hujjati qoteʼ (rad etib bölmas) erdi, yaʼni “bu işni Robia qildi va bu sözni Robia dedi” desa, dalil lozim ermas erdi” [10:76].  

Tadqiqot metodologiyasi. Maqola falsafa tarixining bir neçta, jumladan, tarixiylik, taqqoslaş, germenevtik, mantiqiylik kabi  metodlari  asosida tayyorlandi.

Tahlil va natijalar. Robiai Adaviya tasavvuf tarixida öçmas iz qoldirgan Ibrohim Adham Hasan Basriy, Sufyon Savriy, Malik bin Dinor, Boyazid Bistomiy kabi buyuk zotlar bilan zamondoş. U özigaça va zamonidagi söfiylardan farqli ravişda mujohada yöli bilan özni taniş, zohiriy va botiniy (qalbni hasad, riyo, ujb, kibr va şu kabi illatlardan poklaş, şuningdek, tilni ğiybat, yolğon va bekorçi sözlardan tiyiş) röza vositasida poklaniş bilan Haqni tanişdan bölgan maqsad-muddaoga yangiça ruh va mazmun bağişladi. U yaşaşdan, taqvodan maqsad yagona – Yor (Alloh) visoli, deb bildi va özining yaşaş tarzi, xatti-harakati, gap-sözi bilan buni amalda isbotladi. Alloh işqi xususida keng töxtalgan ilk söfiy ayol – Robiai Adaviya tasavvufda ilohiy işq timsoliga aylangan.

Robia doim zoriliq bilan bözlar edi. Aytişar ediki,

– Ey oxirat ayoli! Köryapmizki, zohir bir dard – kasaling yöq,  neçun bundoq bözlaysan?

– Zohir xastaligim yöq,  ammo botinimda bir dard bor,  tabiblar bu dardni heç muolaja qila olmagay. Dardimning darmoni döst visolidir!.. –  der edi [8:151-152].

Robia  doim şunday munojot qilar edi:

Yo Xudovand-o, Podşoh-o, Parvardigoro! Mening işim va orzuim dunyo saroyida Sening zikringdir, oxiratda liqoingdir! (uçraşiş, körişiş, vosil böliş). Men zaif holimni arz etdim. Boşqasini, ne istasang, Sen qil! [8:154].

Fariduddin Attorning “Mantiqut tayr” asarida öqiymiz:

          Ul ayol ermasdi, yuz bir mard edi,

Bor vujudi birla ayni dard edi.

Ğarqi nuri Haq edi ul doimo,

Poku mustağraq edi ul doimo [11:26].

Fariduddin Attor Payğambarimiz (s.a.v.)ning “Alloh yölidagi ayol erdir” degan hadislarini keltirib, “Robia öz zamonida Xaq muomalasi va maʼrifati bobida benazir edi”, deydi. Mazkur asarda ikkinçi Maryam deya Robiai Adaviyaga juda yuqori baho beradi: “Ul maxdumi mahzurai xos, ul masturai ixlos, ul söxtai işqu iştiyoq, ul şiftai qurbu ihtiroq, Maryami soniyi maqbuli – Robiʼat ul-Adaviyya… rahmatullohi alayho…” [8:145] (U xos xodim,  ixlos bilan pardalangan, işq-iştiyoqda kuygan…)

Özbek mutafakkiri Alişer Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” tazkirasida Robiai Adaviya haqida şunday keltirilgan: Sufyon andin sördiki, banda Tengri taoloğa taqarrub tilar nimalardin yaxşiroği qaysidur? Ul dedi, uldurki, bilgayki, dunyo va oxiratda andin özgani sevmas [2:479]. Yaʼni Allohga yaqin qiladigan amallarning qay biri afzal deb söralsa, Robia dedi: “Bu dunyoda ham, oxiratda ham Allohdan özgani sevmaslik”.

          Xulosa va takliflar. Xulosa qilib quyidagilarni aytiş mumkin:

  • Robiai Adaviya VIII asrda Iroqning Basra şahrida yaşab, umrguzaronlik qilgan.
  • Robiai Adaviya islom tarixidagi eng maşhur ayol söfiylardan biri bölib, tasavvuf taʼlimotining şakllanişi va rivojiga munosib hissa qöşgan.
  • Bu orifa ayol tasavvufning ilk bosqiçi – zohidlik davrining taniqli namoyandasidir.
  • Robiai Adaviya tasavvufda ilohiy işq ğoyasini ilgari surgan ilk söfiylardandir.
  • U tasavvuf tarixida ilohiy işq timsoliga aylangan, Allohga bölgan muhabbatni eng oliy darajada ifoda etgan orifadir.
  • Uning hayoti va qaraşlari Allohga bölgan xolis muhabbatni tarğib qiladi.
  • Bu orifa ayol sunniy agiografiyaning eng yaxşi vakillaridan biri bölgan.
  • Robia Haqni tanigan, Haqqa yeta olgan, yaʼni tasavvufning maʼrifat, haqiqat bosqiçlariga erişa olgan avliyo – Allohning yaqin döstidir.

Binobarin, Yaratuvçi Zotning insoniyatni hidoyat yöliga yöllovçi xos bandalari orasida ayollarning ham uluşi borligi buyuk şarafdir. Robiai Adaviya va boşqa avliyo ayollarning maʼnaviy merosini çuqur örganiş, ularni qalban anglaş, ilgari surgan insonparvarlik ğoyalarini hayotimizda tadbiq etib, şular asosida inson hayoti va jamiyatni yanada yaxşilaşga harakat qiliş özligimizni anglaşga va insoniy mohiyatimizni tuşunişga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Abu Homid Ğazzoliy. Mukoşafatul qulub. Miraziz Aʼzam tarjimasi. – T.: Adolat, 
  2. Alişer Nasoyimul muhabbat. Mukammal asarlar töplami. 20 tomlik. 17-tom. – T.: Fan, 2001.
  3. Annemariye Şimmel. Jonon mening jonimda. T.: Şarq, 1999, 44-45-b.; Xorijda tasavvuf taʼlimotining örganilişi. Talqin va tarjimalar muallifi Q.Ismoilov, masʼul muharrir H.Boltaboyev. – T.: Mumtoz söz,  
  4. Ислам: Энциклопедический словарь. – М.: Наука, 1991.
  5. Margaret Smith. Rabi’a the mystic and her fellow-saints in Islam. Cambridge library collection – religion. 2010.
  6. Rahimov K. Movarounnahr tasavvufi tarixi: taʼlimotning şakllanişi va tizimlaştirilişi (VIII- XI asrlar). – T.: Akademnaşr, 2020.
  7. Risolai aziza – Sabotul ojiziyn şarhi//Tuzuvçi: B.Hasan/. – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi naşr., 2000.
  8. Farididdin Attor. Tazkiratul avliyo. Mirzo Kenjabek tarjimasi. – T.: Öz.ME, 1997.
  9. Xoja Orif Revgariy. Orifnoma. Fors-tojik tilidan Sadriddin Salim Buxoriy, Isroil Subhoniy tarjimasi. – T.: Navröz, 1994.
  10. Homidov H., Ostonqulov I. Tazkiratul avliyoi turkiy. Maqola. Yoşlik jurnali. 1990-yil 8-(avgust) son.
  11. Şayx Fariduddin Attor Nişopuriy. Asrornoma. Fors tilidan Jamol Kamol tarjimasi. Mantiqut tayr. – T.: Tamaddun, 2012.
  12. Hanif N. Biographical encyclopaedia of sufis Central Asia & Middle East. – New Delhi, 2002.

 

Gavhar ISTAMOVA,
Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi boş ilmiy xodimi, mustaqil tadqiqotçi
“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.

Check Also

HADIS ANʼANALARIDA AYOL MUHADDISLARNING ILMIY SAFARLARI: TARIXIY VA MADANIY TAHLIL

Kiriş: Islom tarixida ayollar boşidan boşlab taʼlim jarayonida iştirok etgan. Ilm oliş – iymon va …