Home / MAQOLALAR / HADIS ANʼANALARIDA AYOL MUHADDISLARNING ILMIY SAFARLARI: TARIXIY VA MADANIY TAHLIL

HADIS ANʼANALARIDA AYOL MUHADDISLARNING ILMIY SAFARLARI: TARIXIY VA MADANIY TAHLIL

Kiriş: Islom tarixida ayollar boşidan boşlab taʼlim jarayonida iştirok etgan. Ilm oliş – iymon va ibodat bilan birga – har bir musulmon uçun diniy majburiyat bölib, u ijtimoiy hayotning barça sohalarini, hatto oxiratni ham qamrab olgan. Şu sababli, taʼlim umumiy jarayon bölib, heç kim çetda qolmagan. Payğambar (s.a.v.)ning sözlari va amallari ayollar tomonidan ham kuzatilgan, ular diniy bilimlarni yetkazişda erkaklar bilan bir qatorda faol rol öynagan. Payğambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin ham sahobalar singari, boşqa hududlarga köçib borgan ayol sahobalar ilm tarqatişda muhim manba bölib xizmat qilgan va tobeinlarning yetişişiga katta hissa qöşgan [7].

Dastlabki davrlarda ilmiy faoliyat ayollar va erkaklar uçun umumiy bölgan [3:200]. Ularni taʼlim va ijtimoiy hayotdan çeklaşga qaratilgan tor qaraşlar mavjud bölsa-da, bu yondaşuv hukmron fikrga aylanmagan va ayollarni hadis ilmidan çetlaştira olmagan. Ayollar hadis majlislarida qatnaşib, rivoyat qilişdan tortib kitob nusxa köçirişgaça bölgan jarayonlarda faol iştirok etgan. Ular nafaqat talaba, balki ustoz sifatida ham ilmiy hayotning bir qismi bölgan [10:56-138-199].

Biroq bu jarayonning rihla – ilmiy safarlar – bilan qançalik boğliq bölgani alohida muammo bölib qoladi. Ayollar hadis taʼlimida rihlaga kamroq jalb qilinganmi yoki unda ham öziga xos iştiroki mavjudmi? Agar ular safarga çiqqan bölsa, bu qanday şaklda va qay darajada amalga oşgan? Maqolada şu savollar doirasida ayollarning rihla faoliyati tahlil qilinadi.

Ilm talabida erkaklar kabi ayollar ham ilm manbalariga murojaat qilgan. Ular dastlab oilaviy muhitda dars olgan, keyin boşqa ustozlardan saboq olib, baʼzida rihla qilgan [4;14:137;10:97-102]. Biroq bu keng tarqalgan amaliyot emas edi. Şunga qaramay, hadis adabiyotida köplab hukmlar faqat ayol roviylar orqali yetib kelgan, köplab muhaddislar ayollardan dars va ijozat olgan, ayol olimlar soni erkaklar bilan teng darajada bölgan.

Muhammad Akram Nadviy “Al-Vafo bi asmoi an-niso” asarida musulmon ayollarning ilmiy faolligini manbalarga tayanib isbotlagan. U ayollar ilmda erkaklardan kam bölmaganini körsatadi. Hokim Naysoburiy (vaf. 405/1014) diniy bilimlarning bir qismini ayollardan olganini qayd etadi. Hatib Bağdodiy (vaf. 463/1071)ning “Tarixu Bağdod” asariga ilova yozgan Abdulvahhob ibn Najjarning tört yuzga yaqin ayol ustozi bölgan. Imom Buxoriyning ham yetmişga yaqin ayol ustozlari bor edi.

Şom, Misr va Andalus kabi ilmiy markazlarda ayol ustozlar dars bergan. Masalan, Zaynab bint Kamol Damaşqda hadis öqitib, Zahabiy va Subkiy kabi olimlarga ustozlik qilgan. Fotima Batayhiyya Şom va Madinada “Sahihi Buxoriy”ni öqitgan, Ibn Ruşayd undan ijozat olgan. Oişa Maqdisiyya Damaşqda dars bergan, Ibn Hajar undan 70 ta kitob öqigan. Hanafiy faqih Alouddin Samarqandiyning qizi Fotima Samarqandiy fiqh va hadisda yetuk olima bölib, uning ilmiy maslahatlari turmuş örtoği Qosaniy tomonidan qadrlangan.

Eng sahih isnodlar orqali rivoyat qilingan “Sahihul Buxoriy”ning maşhur nusxasi Karima Marvaziyga tegişli. Tarixiy manbalardan köriş mumkinki, uydirma hadislarni asosan erkaklar tarqatgan, ayollar esa bunday ayblovdan xoli bölgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili: Hadis ilmi rivojida ilmiy safar – rihla – asosiy vositalardan biri sifatida qadrlangan. Ilk avlod musulmonlari, xususan, sahoba va tobeinlar hadis rivoyatida işonçlilikni taʼminlaş, oliy isnodga erişiş va ilmni bevosita egasidan oliş maqsadida uzoq masofalarga safar qilgan. Bu anʼana haqida yozilgan eng muhim manbalardan biri Hatib Bağdodiyning “Ar-Rihla fi talabiʼl-hadis” risolasidir (Nuriddin Itr, Bayrut 1395/1975). Unda muallif rihlaning mohiyati, sahoba va tobeinlar misolida hadis uçun qilinadigan safarlar hamda oliy sanadga erişiş yölidagi urinişlarni mufassal bayon etadi.

Asarning oxiriga ilova qilingan “Istidrokuʼz-ziyodot ala kitabiʼr-rihla” nomli 37 sahifalik qöşimça izohlar ham alohida eʼtiborga loyiq. Unda faqat erkak muhaddislar emas, balki ayollar faoliyatini tuşunişga yordam beradigan ijtimoiy va tarixiy omillar ham yoritilgan.

Hadis ilmi va rihla munosabatini tizimli örgangan boşqa tadqiqotlar ham mavjud. Masalan, Iso Zaytuniyning “Ar-Rihla va asaruha fiʼl-hadis va ulumih” nomli doktorlik dissertatsiyasi (Tunis, 1988) va Yusuf Açıkelning “Hadis Toplamak İçin Yapılan Seyahatler (Rihle)” nomli magistrlik işi (Anqara, 1992). Bu tadqiqotlarda rihlaning hadis metodologiyasidagi roli, safar turlari va şaxsiy taşabbuslarning örni tahlil qilingan.

Rihlaning adabiy, madaniy va tarixiy qirralarini örgangan tadqiqotlar ham mavjud. Jumladan, Husayn Nassor (“Adabuʼr-rihla”, Qohira, 1991), Husnu Mahmud Husayn (“Adabuʼr-rihla indaʼl-Arab”, Qohira, 1976) va Ali Muhsin Malulloh (“Adabuʼr-rihlat indaʼl-Arab fiʼl-Maşriq”, Bağdod, 1978) tadqiqotlarida musulmon dunyosida ilmiy safarning şakllanişi, adabiy ifodasi va madaniy mazmuni tahlil qilingan.

Bu tadqiqotlar ayol muhaddislarning rihlalari haqida bevosita maʼlumot bermasa-da, umumiy tarixiy-madaniy kontekstni oçib beradi. Şu orqali ayollarning ham ilmiy safarlari qanday şaroitda keçgani haqida xulosa qiliş mumkin. Ayniqsa, Ismoil al-Arabiyning “Tarihuʼr-rihla vaʼl-istikşof” (Jazoir, 1986) va I.R.Nettonning “Seek Knowledge: Thought and Travel in the House of Islam” (Surrey, 1996) asarlari safar madaniyatining diniy-falsafiy asoslarini yoritadi.

Bundan taşqari, Netton va Nazik Saba Yaredning “Arab Travellers and Western Civilization” (London, 1996) asarlarida musulmon ayollar ilmiy hayotdagi faoliyati haqidagi mulohazalar berilib, ayol muhaddislarning rihlalari masalasiga zamonaviy yondaşuv taklif etiladi.

Adabiyotlarni tahlil qiliş şuni körsatadiki, rihla hadis ilmining asosiy metodologik vositasi bölib, uni örganiş nafaqat erkak, balki ayol  

Tarixiy-madaniy metod – ilmiy safarlarning öşa davr siyosiy, ijtimoiy va madaniy şaroitlari bilan boğliq jihatlarini yoritişga xizmat qiladi. Bu metod yordamida ayol muhaddislarning rihlaga çiqişiga taʼsir etgan ijtimoiy omillar örganildi.

Kontekstual-fenomenologik metod – ayollar ilmiy hayotini kengroq manzarada körib çiqib, hadis ilmida ularning tajribasi va faoliyatini ijtimoiy-madaniy muhit bilan boğlab tuşuntiriş imkonini berdi.

Şu tarzda, metodlarning uyğun qöllanişi ayol muhaddislarning hadis ilmi va ilmiy safarlardagi rolini yaxlit tarzda tahlil qiliş imkonini berdi.

Tahlil va natijalar. Trablus va Misrda tahsil olib, keyin Suriyaga joylaşgan Fotima bint Abdulaziz Qazviniy (vaf. 346/957) hamda Nişopurlik Juma bint Ahmad (vaf. 396/1006) rihlaga çiqqan ayollarning dastlabki vakilalari sifatida tilga olinadi [5:27]. Öz yurtida olimlardan saboq olgan Juma safar davomida köplab şayxlardan hadis eşitgan, Haj safariga çiqqan va Bağdodda ham maşhur ustozlardan taʼlim olgan [2: 445]. V asrda yaşagan olimlaridan Xadija bint Abdulloh aş-Şantajaliyya va Zaynab bint Ubaydulloh Isbihoniyya ham rihla qilgan ayollar bölib, ikkalasi otalari bilan safar qilgan [1: 409].

Misr va Madinada hadis rivoyat qilib, Baytul-Maqdisda vafot etgan Ahmad ibn Umarning qizi Zaynab (vaf. 722/1322) [6:103], Şom va Misr ilm markazlarida dars olgan Zaynab bint Kamol (vafoti taxminan 740/1340), şuningdek, Qohira, Damaşq va Balabekda hadis öqigan va “Ibna aş-Şaroihi” laqabi bilan tanilgan Oişa bint Ibrohim (vaf. 842/1438) [12:73] rihla tajribasiga ega bölgan yetakçi muhaddisalar qatoriga kiradi.

Rihlaga çiqqan ayollarning aksariyati bu safarlarni oila yordami bilan amalga oşirgan. Ularning köpçiligi ilmiy anʼanaga ega oilalarda tarbiyalangan [11]. Hadis olimlari öz ayollari, qizlari va nevaralariga bilim berib, ularni yoşlikdan dars majlislariga olib borgan, ijozat bergan, hatto ilmni davom ettirişi uçun yaxşi tayyorlangan şogirdlariga uylantirgan. Şu tariqa, rihla masalasida ham ularga kömakçi bölgan [10: 45-46].

Masalan, Imom Buxoriy töplamini Abu Haysam Muhammad ibn Makkiydan töliq eşitib, maşhur roviy sifatida tanilgan Karima bint Ahmad Marvaziy (vaf. 463/1070) otasining yordami bilan Quddus va Makkaga safar qilgan. Abu Zarr Haraviydan hadis eşitişi bilan tanilgan Xadija bint Abu Muhammad ham otasi bilan Andalusga borgan [10:112]. VI asr muhaddislaridan Saʼd Xayr (vaf. 541/1146) esa ilmiy safarlariga qizlarini ham olib borgan. U qizlarining hadis majlislarida qatnaşişiga eʼtibor bergan, turli ustozlardan saboq olişlarini taʼminlagan va hatto bilimini mustahkamlaş uçun bir ustozga bir neça marta olib borgan [10:93].

Şunday imkoniyatlarga ega bölgan ayollar yoşligidan hadis olimlaridan saboq olib, öz davrining yirik muhaddislariga aylangan. Masalan, Fotima (vaf. 600/1203) otasi yordamida Isfahon va Bağdodda maşhur ustozlardan taʼlim olgan, keyin turmuş örtoği bilan Damaşqqa, undan söng Misrga borgan va Qohirada vafot etgan. Ibn Abdulbarrning (vaf.463/1071) qizi Zaynab ham otasining ilmiy safarlarida iştirok etgan. Şuningdek, Iroqiy olimning ayoli Ummu Ahmad Oişa Aloiy turmuş örtoği bilan Damaşqqa borib, u yerdagi maşhur muhaddislardan saboq olgan. Ummu Honiy Maryam bint Şayx Nuriddin Abu Hasan (vaf. 871/1466) ham bobosi bilan safarlarda qatnaşib, ilmiy faoliyatini rivojlantirgan [15:156].

Oila aʼzolari bilan birga safar qilgan ayol muhaddislar juda köp bölgan. Köplab olimalar turli ilmiy markazlarga borgan bölsa-da, ularning safarlari qanday amalga oşirilgani haqida manbalarda batafsil maʼlumot berilmagan. Masalan, Misr, Damaşq va Halabda tahsil olgan, Zahabiyning ustozlaridan Şuhda bint Umar Halabiyya (vaf. 709/1309); Şom, Misr, Halab va Humusda ilm olgan, Ibn Hajarning maşhur ustozlaridan Fotima bint Muhammad ibn Abdulhodiy (vaf. 803/1400); Hamadon va Raydagi muhaddislardan hadis eşitgan Davʼun-Nahor [1:418] barçasi ilmiy anʼanalari kuçli oilalarga mansub edi. Şuhdaning otasi Umar öz davrining yirik olimlaridan bölgan, Fotima esa ilm bilan yuksak darajada şuğullangan Maqdisiylar sulolasiga mansub edi. Davʼun-Nahor esa maşhur muhaddis va sayohatçi Muhammad ibn Tohir al-Maqdisiyning (vaf. 507/1113) qizi bölgan [8:102-103].

Ayollarning yoşligidan boşlab ilmiy faoliyat bilan şuğullanişi va keyingi yillarda ham rihla safarlarida iştirok etişi kuzatiladi. Oila yordami bilan taʼlim olgan va samarali tahsil davrini ötkazgan ayollar yuqori isnodlar va köplab ijozatlar töplab, hadis ilmida yetakçi örin egallagan. Ular qimmatli asarlarning işonçli roviylari sifatida tanilgan. Uzoq umr körgan ayollar esa yuqori isnodlari tufayli turli mintaqalardan talabalarni öziga jalb qilib, yuksak ilmiy maqomga erişgan va safarlar orqali öz bilimini keng yoygan [10, 138].

Hijriy VIII asrda “Sahihul Buxoriy”ni eng köp rivoyat qilgan ayollardan biri Sittul-Vuzaro bint Umar (vaf. 716/1316) bölib, bu asarni Abu Abdulloh Zabididan eşitgan va Şomda öqitgan. Keyinçalik Misrga taklif qilinib, yirik masjidlarda dars bergan. U 90 yoşdan oşib, hayotining oxirigaça saboq berişni davom ettirgan va ikki marta haj safariga çiqqan.

Boy Xotun (vaf. 864/1459) Taqiyuddin Abu Bakr ibn Muhammad Mizzining şogirdi bölib, Suriya va Misrda dars bergan. Ummu Hayr Fotima bint Ibrohim Batoyxiya (vaf. 711/1311) esa uzoq umr körib, köplab rivoyatlar qilgan, Suriya karvoni bilan hajga borib, Masjidi Nabaviyda hadis darslari öqigan. Zahabiy kabi maşhur muhaddislarga ustozlik qilgan Hadiyya bint Ali (vaf. 712/1312) ham rihlalarda hadis örgatgan. Quddus safarida unga hamroh bölgan olim Birzaliy undan Dorimiyning “Sunan”ini öqigan, Safadiy (vaf. 764/1363) esa Ajlun, Baytul-Maqdis, Halil va Urdun kabi joylarda undan taʼlim olgan [9:64-65].

Amatul-Haqq Şomiyya (Şomiyya bint Bakriy) yuqori isnodli rivoyatlari tufayli “şayxa, musnida, mutafarrida” kabi unvonlarga sazovor bölgan. U Misr, Damaşq va Şerozda dars bergan [5:219]. Madinalik köplab olimlardan saboq olgan Obida Madaniyya ismli qul ayol esa haj safarida Andaluslik maşhur muhaddis Habib Dahnon tomonidan bilimlari uçun qadrlanib, xotinlikka olingan. Bu voqea ön minglab rivoyatlarning Andalusga yetib borişida muhim rol öynagan.

Keltirilgan misollar şuni körsatadiki, ayollar nafaqat yoşligida, balki keyingi yillarida ham rihla safarlariga çiqqan va hadis ilmini örgatişda faol iştirok etgan. Ular ilm oliş bilan birga taʼlim beriş, hadis merosini saqlaş va uni keyingi avlodlarga yetkazişda muhim rol öynagan.

Tadqiqot şuni körsatadiki, bu faoliyatda ikki asosiy jihat ajralib turadi. Birinçisi – ayollarning rihla bilan aloqasi davrlar böyiça özgarib turgani; ikkinçisi – ularning rihla faoliyati erkaklarnikiga qaraganda heç qaçon keng kölamli bölmagani. Biografik manbalar asosida qaralganda, hijriy dastlabki ikki asrda safarga çiqqan ayol muhaddislarga deyarli uçramaymiz. IV asrda Fotima bint Abdulaziz Qazviniy (vaf. 346/957) kabi nodir misollar paydo böladi, V asrdan boşlab esa ularning soni asta-sekin köpayadi.

Mamluklar davriga oid tadqiqotlar (hijriy VII–X/milodiy XIII–XVI asrlar) şuni körsatadiki, aynan şu davrda ayollarning rihla faoliyati eng yuqori çöqqiga çiqqan. Ibn Hajarning ad-Durar asari, Sahoviyning ad-Davʼuʼl-Lamiʼ kabi biografik manbalarida köplab ayol muhaddislar zikr etilgan. Yuqorida keltirilgan misollarning aksariyati ham şu davrga tegişli. Ismoil Yiʼitning tadqiqotlariga köra, Mamluklar davrida ayol olimalar hadis eşitiş uçun Misr va Şom örtasida tez-tez safar qilgan. Ularning Şom, Hims, Halab, Ğazo, Qohira, Halil, Quddus va Ramla kabi markazlarga borgani manbalarda qayd etilgan.

Şu bilan birga, ayol muhaddislarning rihla faoliyati eng rivojlangan davrlarda ham erkaklarnikidek keng qamrovli bölmagan. Biografik manbalarda erkak muhaddislarning safarlari juda batafsil yoritilgan bölsa, ayol muhaddislarning safarlari haqida qisqa maʼlumot berilgan. Ularning rihlasi köpinça bir neça şahar bilan çeklanib qolgan, erkaklar tarjimai hollaridagi kabi keng geografiya aks etmagan.

Şuningdek, klassik manbalarda ayollarga nisbatan “rahhola” yoki “javvola” (köp safar qiluvçi) kabi atamalar işlatilmagan. Aksinça, ular haqida “ruhla” atamasi köproq “safar qiluvçilar ularga murojaat qilgan” maʼnosida qöllangan. Biroq zamonaviy tadqiqotlarda ayrim ayol muhaddislar “köp safar qilgan” sifatida tilga olinadi. Ammo bu xulosalar klassik manbalarda batafsil maʼlumot yöqligi sababli mubolağa yoki notöğri talqin bölişi ham mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Ayollarning rihla faoliyati davrlar böyiça özgarib turgan va heç qaçon erkaklarnikidek keng kölamli bölmagan. Şunga qaramay, ular hadis ilmini örganiş va tarqatişda muhim rol öynaşgan. Ayniqsa, Mamluklar davrida bu faoliyat sezilarli darajada kuçaygan.

Rihladagi davriy özgarişlar ayollarning hadis ilmiga qöşgan hissasi bilan boğliqdir. Muhammad Akram Nadviyning ayol muhaddislarga bağişlangan biografik asarida sahoba va tobein davrida ayollar soni yuqori bölgani, keyinçalik kamaygani, VI asrda yana kötarilib, IX asrda eng yuqori darajaga yetgani qayd etiladi. Bu maʼlumotlar rihla haqidagi dalillar bilan uyğunlaşadi. Demak, ayollarning rihla faoliyati ularning hadis ilmiga qöşgan hissasiga mos ravişda ösib-borgan.

Asma Sayeed ham ayollarning hadis rivoyatidagi rolini keng örganib, ikki marotaba pasayiş davrini taʼkidlaydi. Uning fikriça, birinçi pasayiş hijriy II asrda boşlangan bölib, sabab sifatida rihla anʼanasining mustahkamlanişini körsatadi. Hadis ilmida rihla muhaddisning asosiy şarti sifatida qaralganligi ayollarning bu sohaga kirişiga tösqinlik qilgan. Ayniqsa, II/VIII asrdan V/XI asrgaça rivoyatlarni yuzma-yuz oliş zarurati saqlanib qolgan davrda, ayollarning mahramsiz safar qilişi diniy va madaniy meʼyorlar bilan çeklangani ularning ilmiy faolligiga salbiy taʼsir körsatgan [13, 104–105].

Demak, rihla anʼanasining kuçayişi ayollarning hadis ilmiga qöşgan hissasini çeklagan. Bu jarayon mahramlik şartlari, ijtimoiy çeklovlar va madaniy stereotiplar bilan boğliq bölgan. Biroq keyingi davrlarda, ayniqsa Mamluklar davrida, ayollarning rihla faoliyati qayta jonlanib, ularning hadisdagi mavqeyini mustahkamladi. Bu özgariş ijtimoiy-madaniy şaroitlarning yumşaşi va oilaviy qöllab-quvvatlaş bilan izohlanadi.

Mazkur tadqiqot şuni körsatdiki, rihla faoliyati hadis ilmining rivojida markaziy örin tutgan, ayollar esa unda turliça darajada qatnaşgan. Asosiy natijalar quyidagiça:

  1. Rihla anʼanasi ilk davrlardan boşlab hadis ilmining asosiy metodologik tamoyillaridan biri sifatida şakllangan.
  2. Ayollarning rihla faoliyatidagi iştiroki II/VIII–V/XI asrlarda keskin kamaygan, bu ularning hadis ilmiga qöşgan hissasini çeklagan.
  3. Ayollarning mahramsiz safar qilişi fiqhiy jihatdan man etilgani pasayişning asosiy sabablaridan biri bölgan.
  4. Diniy çeklovlardan taşqari, madaniy stereotiplar, gender rollari va ijtimoiy qadriyatlar ham ayollarning rihlada faol iştirok etişini qiyinlaştirgan.
  5. Mamluklar davrida ayollarning rihla faoliyati qayta jonlanib, bu esa ularga hadis rivoyatidagi mavqeyini mustahkamlaş imkonini bergan.

Safarlari erkaklarnikidan kamroq bölsa-da, ayollar mahalliy şaroitda ilmiy faoliyatni davom ettirgan, yozişmalar orqali ijozat olgan va ilmiy uzviylikni saqlab qolgan.

Xulosa va takliflar. Ayollarning rihla faoliyati tarixiy davrlar böyiça özgarib turgan. Bu özgarişlar ularning hadis ilmiga qöşgan hissasi, ijtimoiy-madaniy şaroit va rihla anʼanasining rivojlanişi bilan çambarças boğliq. Asma Sayeedning tadqiqoti bu jarayonni çuqurroq tuşunişga yordam beradi: u ayollarning hadis ilmida faol iştirok etganini ham, ularga qöyilgan tösiqlarni ham körsatadi.

Rihla anʼanasining kuçayişi bilan ayollarning hadis sohasida orqada qolgani haqidagi fikr bahsli. Çunki Payğambar (s.a.v.) davrida ijtimoiy va taʼlimiy hayotda faol bölgan ayollar keyingi davrlarda xuddi şu darajada davom etişi qiyin edi. Tarixiy jarayonda diniy, ijtimoiy va siyosiy sabablar tufayli ayollar ilmiy hayotdan çekinişga majbur bölgan. Rihlaga iştirok masalasida asosiy tösiqlardan biri fiqhiy qarorlar bölib, ular ayollarning mahramsiz safarini çeklagan. Baʼzi hadislar buni mutlaqo taqiqlagan bölsa, boşqalari masofa va muddat bilan çegaralagan.

Şuni inobatga oliş kerakki, öşa davrlarda safar erkaklar uçun ham xavfli va maşaqqatli bölgan. Şu sababli, ayollar uçun mahramsiz safar masalasi köproq fiqh doirasida muhokama qilingan, keng amaliyotga aylanmagan. Bu holat, tabiiyki, ayollarning rihla faoliyatini çeklagan. Safarlar köpaygan davrlarda ham köpçilik ayollar oila aʼzolari bilan yoki hayotining keyingi yillarida rihla qilgan. Ayniqsa, Mamluklar davrida ijtimoiy hayotda faol bölgan ayollar rihla sohasida ham eng yuqori darajaga çiqqan. Biroq bu davrda ham asosiy omil oila yordami bölib qolgan.

Şunday qilib, transport va texnologiya rivojlanmagan davrlarda safarning xavfliligi, diniy qoidalar va ijtimoiy meʼyorlar ayollarning rihla faoliyatini çeklagan. Şu sababli, ular köproq mahalliy ilmiy markazlar bilan kifoyalangan va boşqa joylardagi olimlardan yozişma orqali ijozat olgan. Bu usul safarning qiyinçiliklaridan qoçiş imkonini bergan va ilmiy faoliyatini davom ettirişga yordam qilgan. Qolaversa, ayollarning rihla qilmagani klassik manbalarda kamçilik sifatida körsatilmagan, erkaklarda esa “faqat rihla qilmadi” kabi qaydlar uçraydi. Bu holat rihlaning ayollar uçun majburiy bosqiç sifatida qaralmaganini körsatadi.

Tadqiqot natijalari şuni körsatadiki, ayollarning hadis ilmiga qöşgan hissasi faqat rihla faoliyati bilan çeklanmagan. Ular ilm oliş va rivoyat qilişning boşqa şakllari orqali ham muhim rol öynagan. Rihladagi iştiroki çeklangan bölsa-da, bu ularning ilmiy samaradorligini susaytirmagan. Şuningdek, hadis ilmidagi rihla anʼanasini erkaklar va ayollar iştiroki nuqtai nazaridan körib çiqiş, gender asosidagi ilmiy mezonlarni qayta baholaş zarurligini körsatadi.

Tavsiyalar:

  1. Ayollar rihlasining fiqhiy, ijtimoiy va madaniy kontekstlarda çuqur örganilişi lozim.
  2. Ayollar rihlasining çeklangani diniy taqiqlarni mutlaq qoidalar emas, balki öz davrining şart-şaroitlariga boğliq qarorlar sifatida talqin qilişni taqozo etadi.
  3. Zamonaviy şaroitda ayollarning xalqaro ilmiy safarlarda faol iştirokini qöllab-quvvatlaş, tarixiy adolatni tiklaş va ilmiy taraqqiyotda gender muvozanatini saqlaşga xizmat qiladi.
  4. Biografik tadqiqotlarda ayol muhaddislar tarmoği va uzviyligi ilmiy merosni töliq baholaş uçun alohida metodologik yönaliş sifatida eʼtiborga olinişi lozim.

Hadis ilmidagi metodologik mezonlarni zamonaviy gender tadqiqotlari bilan uyğunlaştiriş islomiy ilmiy merosni inklyuziv yondaşuv asosida boyitişga yordam beradi. 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’ At-Tahbir fi’l-Mu’jami’l-kabir. – Bagʻdod: Riasatu Duyuni’l-avqof, 1975. – B 409.
  2. Al-Bagʻdodiy, al-Hatib. Tarixu Bagʻdod va zuyulih. – Bayrut: Doruʼl-kutubuʼl-ilmiyya, 1417.
  3. Bolelli, Nusrettin. Kadınların Hadis İlmindeki Yeri. – İstanbul: İFAV Yayınları, 1998.
  4. Hayriye Betül Özcan. “Memlükler Dönemiʼnde Hanımlar ve Sehâvî’nin Hanım Hocaları”, IV. Türkiye Lisansüstü Çalışmalar Kongresi (2015).
  5. Ibn Asokir, Abu’l-Qosim. Tarixu Dimashq. – Doruʼl-fikr liʼt-Tıboa vaʼn-nashr vaʼt-tavziyʼ, 1995.
  6. Ibnuʼl-Imod, Abuʼl-Faloh Abdulhay ibn Ahmad. Shazarotuʼz-zahab. – Dimashq-Bayrut: Doru Ibn Kasir, 1986.
  7. Kotan, Sehal Deniz. Kadın Sahabilerin Rivayetlerinin Değerlendirilmesi (Doktora tezi). Ankara Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 2019.
  8. Mehmet Eren. “Kadınların Hadis İlmine Katkıları”, Ankara Üniversitesi İlahiyat Fakültesi Dergisi 44/1 (2003): 102–103.
  9. Muhammet Yılmaz. İbn Hacerʼin Hocaları Bağlamında Kadın Hadisçiler. – Ankara: Araştırma Yayınları, 2008, – 64–65.
  10. Nadwī, Mohammad Akram. al-Muhaddithat: The Women Scholars in Islam. – London: Interface Publications, 2007.
  11. Özafşar, Mehmet Emin. “Hadis Tarihinde Kadın Gerçeği Üzerine”. İslâmî Araştırmalar 13/2 (2000): 189 –
  12. Sahoviy, Shamsiddin. Ad-Dav’u’l-lami’ li ahli’l-qarni’t-tasi’. – Manshurotu Doru Maktabatu’l-Hayat.
  13. Sayeed, Asma. Women and the Transmission of Religious Knowledge in Islam. – New York: Cambridge University Press, 2013. – P.104-105.
  14. Sıddîkî, Muhammed Zübeyr. Hadis Edebiyatı Tarihi. – İstanbul: İrfan Yayınevi, 1966.
  15. Zahabiy, Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad. Siyaru aʼlomiʼn-nubalo. – Muassasatuʼr-Risola, 1905.
Muxriddin JÖRAYEV,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti katta öqituvçisi
“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.

Check Also

MILLIY MADANIYATNI YUKSALTIRIŞDA JADIDLAR MAʼNAVIY-MAʼRIFIY MEROSINING ÖRNI

Kiriş. Insonda ijtimoiy ong şakllangandan boşlab, u baxtli yaşaydigan farovon jamiyatni orzu qilib kelmoqda. Boş …