Ilm oliş dinimizda uluğ ibodatlardan sanaladi. Ilk nozil bölgan vahiyning “Öqi!” deb boşlanişi buning yorqin dalilidir. Şuning uçun ham islom dinining möʼtabar manbalarida ilm tarğib qilingan va ilm sohibi uçun baland darajalar vaʼda qilingan. Alloh taolo Qurʼoni karimda: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga kötarur” (Mujodala surasi, 11-oyat), degan.
Har qanday xalqning yetuklik darajasini ayollarning ilmiy-madaniy kamoloti belgilab berişi, oqila va öqimişli onalar millatning buyuk kelajagini barpo etişi hammamizga maʼlum. Şu bois donişmandlar: “Bitta qiz bolani öqitsangiz – butun oilani öqitgan bölasiz”, deb bejiz taʼkidlamagan.
Islom ayolga insoniyat taraqqiyotida munosib iştirokçi böliş uçun ijtimoiy örin ajratadi. Buning uçun unga taʼlim oliş, umumiy saviyasini oşiriş va ilmiy işlar bilan maşğul böliş huquqini ham beradi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ilm talab qiliş har bir musulmon kişi va muslima ayolga farzdir”, deganlar. Bundan maʼlum böladiki, islomda ayol kişiga ham ilm oliş farz qilingan. Eslang, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hafsa onamizga uylanmoqçi bölganlarida, Hazrati Umar islom ummatiga yuksak bir fazilatni namoyiş qildi. Qizi Hafsani turmuşga berişdan oldin unga öqiş va yozişni örgatdi, diniy taʼlim berdi. Xat-savod örganişi uçun hatto Banu Adiy qabilasidan bir ayolni yolladi. Hafsa onamiz yetarliça ilm olganidan söng Nabiy sollallohu alayhi vasallamga turmuşga çiqdi. Töydan söng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Umardan haligi ayol kelib, darsni davom ettirişini söradilar. Hazrati Umar: “Ey Rasululloh! Hafsa ilmni yaxşi egallab oldi”, dedi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hafsa ilmni mukammalroq egallaşini istayman”, dedilar.
Ilm olişning farzligi borasida ayollar erkaklar bilan bir örindadir. Uşbu hadis şarofati bilan islom olamida köplab olima ayollar yetişib çiqdi. Ziyoli ayollar Abu Hanifa, Imom Buxoriy, Zamaxşariy, Marğinoniy, Navoiy, Ibn Sino, Amir Temur, Bobur kabi olim va sarkardalarni tarbiya qildi. Şuning uçun “Har bir buyuk şaxs ortida bir ayol turadi” degan söz ayni haqiqatdir.
Xalqimiz azaldan qizlarga, onalarga millat tarbiyaçilari sifatida alohida eʼtibor qaratib kelgan. Maʼrifatparvar bobolarimiz bejiz “Onalarni öqitsak, millatni öqitgan bölamiz” degan fikr bilan özbek ayollarining bilimli bölişi uçun jon kuydirmagan.
Bugun “Ayollarga ilm beriş – jamiyatni ilmli, maʼrifatli va salohiyatli qiliş” degan mezon hayotimizga çuqur singib bormoqda. Bilim olaman, kasb-hunar egallayman, ilm-fan bilan şuğullanaman degan xotin-qizlar uçun imkoniyatlar eşigi oçiq. Bizning bugungi jamiyatda ham ayollarga alohida hurmat-ehtirom körsatiladi. Ayolga munis, möʼtabar, muqaddas zot sifatida qaraladi.
Saʼdiy Şeroziy: “Ilm – ayol uçun ziynat. Aqlini nodonlikdan xalos etgan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tuşunib yetadi. Bunday ayol heç bir işda adaşmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalaşda turli xatolarga yöl qöyadi”, degan. Oişa roziyallohu anho “Ayollaringizni uyga qamab qöymang, ularga taʼlim bering va tikiş-biçiş kabi hunarlarni örgating” deb, ayollarni jamiyat uçun foydali ilm-hunar örganişga çaqirgan.
Şu bois qizlarga ham ilm-maʼrifatli böliş va zamonaviy hunarlarni mukammal egallaşni tarğib qiliş eng muhim masalalardan sanaladi. Insonning solih va barkamol bölişi yoşligida olgan odob-axloqi va ilm-maʼrifatiga boğliqdir. Şuning uçun ham islom dini hamişa insoniyatni ilmga çorlab kelgan.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




