Home / MAQOLALAR / PAYĞAMBAR ALAYHISSALOM QABRINI ZIYORAT QILIŞ ŞARIATDA TARĞIB ETILGAN AMALDIR

PAYĞAMBAR ALAYHISSALOM QABRINI ZIYORAT QILIŞ ŞARIATDA TARĞIB ETILGAN AMALDIR

Islom tafakkuri tarixida Qurʼoni karim va Sunnatni anglaş, ularni şarhlaş va diniy masalalarga munosabat bildiriş borasida turli ilmiy qaraşlar va bahs-munozaralar yuzaga kelgan. Ular orasida Ravzai muborakni – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dafn etilgan joyni ziyorat qiliş masalasi alohida örin tutadi.

Quyida oyat va hadislar asosida ana şu nozik masalaga oydinlik kiritişga harakat qilamiz. Avvalo, aytiş joizki, Alloh taolo Qurʼoni karimda “Albatta, Alloh va Uning fariştalari Payğambarga salavot ayturlar. Ey imon keltirganlar! (Sizlar ham) unga salavot aytingiz va salom yöllangiz!” (Ahzob surasi, 56-oyat) deb amr qiladi. Şuning öziyoq Payğambar sollallohu alayhi vasallamning qabrini ziyorat qiliş, Haq taolodan u zotning şafoatlarini söraş fazilatli amallardan sanalişiga oçiq dalildir.

Baʼzi adaşgan toifalarning “tavassul va ziyoratni taqiqlaş tavhidni muhofaza qilişdir, zero tavassul va ziyorat şirkka olib boradi” qabilidagi gap-sözlari notöğri va botildir. Çunki vasila qilişni anglatuvçi tavassul ham (bu örinda – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni vasila qilib, Allohdan rahmat, mağfirat yo madad söraş), ziyorat ham şariat odoblariga rioya qilingan holda amalga oşirilsa, heç qanday nomaqbul oqibatga olib bormaydi. Bu amallarni zararli yöllarning oldini oliş bahonasi bilan manʼ qiladigan kişi Alloh taolo va Uning Rasuli nomidan asossiz daʼvoni ilgari surgan böladi.

Bu adaşgan toifalarning fikriça, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uluğlaş joiz emas. Kim şunday qilsa, u kufr va şirkda ayblanadi. Holbuki, aslida heç ham unday emas. Alloh taolo Qurʼoni karimda Payğambarini eng yuksak darajada uluğlagan. Şunday ekan, biz ham u zotga parvardigorlik sifatini bermasdan, Alloh taoloning Özi uluğlagan va bandalariga ham uluğlaşni buyurgan zotni uluğlaşimiz lozim.

Alloh taolo bunday deydi: “Qaysi bir payğambarni yuborgan bölsak, Allohning izni bilan unga itoat qilinişi uçun (yuborganmiz). Ular özlariga zulm qilgaç, darhol oldingizga kelib, Allohdan keçirim söraganlarida va Payğambar ham ular uçun keçirim söraganda, Allohning keçiruvçi va rahm-şafqatli ekanini bilgan bölur edilar” (Niso surasi, 64-oyat). Xitob ummat uçun – u zotning huzuriga borib, xususan, vafotlaridan keyin, qabri tepasida turib, Alloh taolodan mağfirat söraşga, u zot uçun – şunday bandalar haqqiga mağfirat söraşlariga undovdir.

Şu bilan birga, quyida mazkur fikrni qöllab-quvvatlovçi yana bir dalilni keltiramiz. Bu oyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning möminlar haqqiga mağfirat söraşlari haqida bölib, Haq taolo bunday deydi: “Bas, (ey Muhammad!) Allohdan özga iloh yöq ekanini biling va öz gunohingiz uçun hamda mömin va möminalar(ning gunohlari) uçun mağfirat sörang!” (Muhammad surasi, 19-oyat).

Demak, odamlarning Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borişi özi Allohdan mağfirat söraşi barobarida, Rasuli akramning şunday tilagidan (şafoatidan) umidvor bölişini ham anglatadi. Kişi istiğfor aytganda, Alloh taoloning eng suyukli bandasini vasila qilsa, albatta, Parvardigor uning tavbasini qabul qilişiga işonadi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning öta şafqatli va mehribon bölganlari Qurʼoni karimda ham zikr etilgan: “(Ey Makka ahli!) Haqiqatan, sizlarga özlaringizdan (çiqqan), qiyinçiliklaringizdan alam (taşviş) çekadigan, sizlar (hidoyat topişingiz)ga qiziquvçi, möminlarga muşfiq va rahmdil Rasul keldi” (Tavba surasi, 128-oyat). Demak, Rasuli akram Alloh taolodan mağfirat sörab, öz huzurlariga kelgan kişini eʼtiborsiz qoldirmaydilar. Garçi, “mömin va möminalar(ning gunohlari) uçun mağfirat sörang!” oyati muayyan bir qavm haqida nozil bölgan esa-da, undagi hukm umumiy bölgani uçun – “mömin va möminalar”ni nazarda tutgani uçun bu sifatga ega bölgan barça bandalarni qamrab oladi. Şuning uçun ulamolar oyatning maʼnosini umumiy deb tuşungan va u zotning qabrini ziyorat qiliş uçun kelganlarga mazkur oyatni öqib, Alloh taolodan mağfirat söraşni mustahab (savobli amal) sanagan.

Sunnatga keladigan bölsak, sahihligiga ittifoq qilingan hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning özlari qabrlarni ziyorat qilişni buyurganlar. “Kim meni savob umidida Madinaga kelib ziyorat qilsa, qiyomat kunida mening qöşnim böladi”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati). Abu Avona keltirgan rivoyatda: “Kim savob umidida Madinaga kelib meni ziyorat qilsa, uning uçun qiyomat kunida guvoh va şafoatçi bölaman”, deb aytganlar. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda: “Kim meni vafotimdan keyin ziyorat qilsa, xuddi hayotligimda ziyorat qilgan kabi böladi”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Demak, Ravzai muborakni ziyorat qiliş banda uçun nafaqat uluğ maʼnaviy şaraf, balki u zotga muhabbatini ifoda etiş va şafoatlariga noil böliş umidini qalbda mustahkamlaş imkoniyati hamdir.

Endi ulamolarning ijmosiga qisqaça töxtalsak. Ibn Hajar Asqaloniy “Al-Javharul munazzam fi ziyorati qabrin Nabiyyil mukarram” (“Muhtaram Payğambar qabrini ziyorat qiliş haqidagi muntazam durdonalar”) nomli asarida bunday yozadi: “Şariati şarifning ulamolari orasida söziga tayaniladigan va fikri eʼtiborga olinadigan bir qança imomlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ziyorat qiliş maşruʼ (şariatga muvofiq) ekani borasida ijmoʼ borligini naql qilgan. Ular örtasidagi ixtilof ziyoratning vojib yoki mustahabligi xususida, xolos. Ziyoratning maşruʼligini inkor etgan kişi ijmoʼga xilof qilgan böladi”.

Ziyoratni vojib hisoblagan ulamolar quyidagi hadisni dalil qilib keltirgan: “Kim Baytullohda haj qilib, meni ziyorat qilmasa, menga jafo qilgan böladi”[1]. Bu hadisni Ibn Adiy hujjat sifatida keltiriş mumkin bölgan sanad bilan rivoyat qilgan.

Ziyoratni mustahab hisoblagan ulamolar esa bu dalilga quyidagiça javob bergan: “Jafo nisbiy tuşunça bölib, mustahab amalni tark etişga nisbatan ham şu söz işlatilişi mumkin. Çunki bunday tark yaxşilik va silai rahmni tark etiş maʼnosini anglatadi. Şuningdek, “jafo” sözi “qöpoltabiatlik” va “biror narsadan uzoqlaşiş” maʼnolarida qöllanadi. Şu bois salaf va xalaf ulamolarining aksariyati u zotni ziyorat qilişni vojib emas, balki mustahab hisoblagan”.

Şunday esa-da, ikki qaraşga köra ham, u zotni ziyorat qiliş va bu maqsadda safarga çiqiş kabi unga olib boruvçi amallar eng uluğ qurbatlardan – bandani Allohga yaqinlaştiradigan ibodatlardan va eng savobli saʼy-harakatlardan sanaladi. Bundan dalolat beruvçi köplab sahih va oçiq-ravşan hadislar mavjud. Ularni faqat qalb nuridan mahrum kişigina inkor etişi mumkin. Jumladan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadis rivoyat qilingan: “Kim mening qabrimni ziyorat qilsa, unga şafoatim vojib böladi”. Boşqa bir rivoyatda: “Unga şafoatim nasib böladi”, deyilgan. Bu hadisni Doraqutniy va köplab hadis imomlari rivoyat qilgan. Imom Subkiy “Şifous siqom fi ziyorati xoyril anom” (“Insonlarning eng yaxşisini ziyorat qiliş borasida dardlarga şifo çoralari”) nomli asarida mazkur hadisning rivoyat yöllarini bayon qilgan va uni sahih hisoblagan imomlarni zikr etişga batafsil töxtalgan.

Xulosa qilib aytganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrini ziyorat qiliş islom tarixida ulamolar tomonidan alohida eʼtibor bilan örganilgan. Bu ziyorat möminlar qalbida u zotga muhabbatni yanada mustahkamlaş, salavotu salomlar yöllaş hamda Alloh taolodan mağfirat va rahmat söraş uçun muhim fursatdir.

 [1] Doraqutniyning “Sunan” asari, 2-jild, 278-bet, 194-hadis., birodarlar
Maşrab XIDIROV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

Yoşlar tarbiyasini mustahkamlaşda allomalar merosining ahamiyati

“Maʼlumki yoş avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bölib kelgan. Ammo …