Home / MAQOLALAR / Yoşlar tarbiyasini mustahkamlaşda allomalar merosining ahamiyati

Yoşlar tarbiyasini mustahkamlaşda allomalar merosining ahamiyati

“Maʼlumki yoş avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bölib kelgan. Ammo biz yaşayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda”. Ş.M.Mirziyoyev

Vatanimiz Mustaqillikka erişgandan söng yoşlar tarbiyasi davlat siyosati darajasidagi eng muhim yönalişlardan biriga aylandi. Öğil-qizlarimiz barkamol insonlar bölib voyaga yetişi uçun, maʼnaviy tarbiyaga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oşirilgan tadbirlar, amaliy işlar natijasida farzandlarimiz barça sohalarda muvaffaqiyatga erişmoqda.

Şu bilan birga, yoşlar tarbiyasida böşliqlar ham mavjud. Kattalarning beparvoligi sababli turli muammolar yuzaga çiqmoqda. Baʼzi yoşlar Ğarb madaniyatiga taqlid qilsa, baʼzilari eʼtiqodiy tomondan turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşmoqda. Bu xatolar tufayli ota-ona va yaqinlar bu yoqda tursin, butun-butun mahallalar uyatli holga tuşib qolmoqda.

Inson hayotining har bir bosqiçi muhim davr hisoblanadi. Ayniqsa yoşlik davri eng nozik palladir. Ötiş davrida turgan yoşlarni mahalla faollari va ota-onalar ilmga, kasb-hunarga yönaltirsa, ular sekin-astalik bilan jamiyatda öz örnini topadi.

Ota-onaning farzand oldida bir qança masʼuliyati bölib, avvalo, ularning tarbiyasiga eʼtiborli bölişi, çiroyli odob berişi, yot ğoyalarga qarşi turişi uçun maʼnaviy immunitetini şakllantirişi lozim. Şu bilan birga, Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirişi ham ularning vazifasi hisoblanadi.

Afsuski, hozir baʼzi bir oilalarda “farzandga tarbiya beriş” tuşunçasi umuman yöqolib ketgan. Ularni gödakligidan erkalaydi, maktabni bitirmasidan özi işlatmagan qimmat telefonlarni qarzga bölsa ham olib beradi, örtoqlari kimlar ekani bilan qiziqmaydi, yuriş-turişini sörab-suriştirmaydi. Hatto internetga kirib, nimalarni körayotganidan ham bexabar böladi. Oqibatda yoşlar kitob öqimay qöyadi, sekin-asta körgan narsalari taʼsirida milliylikni yöqotib, özida ğarbça madaniyatni şakllantira boşlaydi. Agar ota-onalar har kuni jilla qursa yarim soat farzand tarbiyasi bilan şuğullansa, ularga xulq-odobga oid hadisi şariflar, turli hikoyatlar, hayotiy voqealarni aytib bersa, kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqsa, bunday yoşlar jamiyatda öziga munosib örin topadi.

Uluğ mutafakkirlar öz asarlarida insonni yoşligidan aqliy va jismoniy jihatdan yetuk qilib voyaga yetkazişga, tarbiyali, sabot-matonatli, ajdodlar anʼanasiga sodiq, axloqan pok, ezgu niyatli, barkamol bölişiga alohida eʼtibor bergan. Xususan, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uçun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”, purmaʼno fikri mutlaq haqiqatdir. Tarbiyaning öçoği bölgan oila – har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovçi, milliy qadriyatlarning rivojini taʼminlovçi, maʼnan va jismonan barkamol avlodni dunyoga keltirib, tarbiyalab, vatanparvar yurt himoyaçilarini voyaga yetkazuvçi muqaddas makondir.

Ilk tarbiya, samimiy munosabat, gözal muomala oiladan ota-onalarning namunasi timsolida şakllanadi. Ota-ona qanday namuna bölsa, farzand öşa yöldan ketadi. Uning ki bölib yetişişi, jamiyat oldida özini qanday tutişi bevosita ota-onaga boğliqdir.

Abu Nasr Forobiyning: “Inson öz baxtiga erişişda gözallikni körişi va his qilişining özi yetarli emas, buning uçun gözallikni yarata olişi muhimdir”, degan fikrida olam-olam maʼno bor. Bu sözlar zamirida ota-ona özi namuna bölgani holda, oilasida, işida, rözğorida, xöjalik yuritişi va uy tutişida, özaro munosabatlarida, yuriş-turişida, kiyinişida, soğlom turmuş tarzida, farzand tarbiyasida, ular bilan böladigan muomalada gözallikni yarata olişi zarur, degan ğoya öz aksini topgan.

Ajdodlarimiz özlari katta ibrat bölib, farzandlariga pand- nasihat qilgan. Jumladan, Abu Nasr Forobiy: “Har inson kasb-korini mukammal bilmoği, yaxşi tarbiya olmoği, yaxşi xulq-atvorga, fazilatlarga ega bölmoği kerak”, degan.

Yana bir mutafakkir Abdulla Avloniy özining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bola tarbiyasini tört yönalişda – “Tarbiyaning zamoni”, “Badan tarbiyasi”, “Fikr tarbiyasi”, “Axloq tarbiyasi” kabi bölimlarga ajratgan holda tadqiq etgan. “Tarbiyaning zamoni” bölimida tarbiyani bola tuğilgan kundanoq boşlaş kerakligini taʼkidlaydi. “Tarbiyani kimlar qilur?”, “Qanday qilinur?” degan savollarni örtaga taşlaydi va ularga javob qidiradi. “Birinçi – uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinçi – maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur”, deya tarbiyaga hamma – ota-ona, maktab, davlat va boşqalarning masʼul ekanini taʼkidlaydi. Mamlakat taraqqiyoti, davlatning qudratli bölişi yoş avlod tarbiyasiga har jihatdan boğliq deb hisoblagan mutafakkir tarbiya xususiy emas, milliy, ijtimoiy işdir, degan töxtamga keladi.

Uluğ mutafakkir, adib, davlat arbobi, olim – Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” asarida yoş avlod tarbiyasi töğrisida bunday yozgan: “Dunyo kuraşning umumiy maydoniga öxşaydi va bu maydonning buzruk pahlavonlari insonlardir. Bu kuraşda ğolib çiqiş uçun uç xil qurolga ega böliş kerak: birinçisi — salomatlik, ikkinçisi – soğlom fikr, uçinçisi – axloqi sano (oliy xulq-atvor). Uning fikriça, farzandni barkamol qilib voyaga yetkaziş uçun uning tarbiyasiga faqat oila emas, butun millat ahli javobgardir”.

Farzand ota-onaning baxti bölsa, tarbiya farzandning buguni, ertasi va kelajagidir, degan umumiy xulosaga keliş mumkin. Şuning uçun ham tarbiya – ijtimoiy hodisa. Tarbiya kişilik jamiyati paydo bölgan davrlardan beri mavjud. Negaki, inson “Yer yuzidagi eng mukammal zot” maqomiga munosib bölişi uçun, avvalo, tarbiyalanişi zarur. Xalqimizning “Tarbiyaçi dastlab özi tarbiya körgan bölişi kerak” degan naql bejiz aytilmagan. Uluğ bobokalonimiz Ibn Sino tarbiya beruvçiga “Kimga qanday pandu nasihat qilgan bölsang, unga avvalo özing amal qil!” deydi.

Farzand tarbiyasida allomalarimizning pand-nasihatlarini keng qöllaş nihoyatda muhim. Sababi Allohni tanigan, Payğambarimiz alayhissalomning hadislarini öqigan va ajdodlarimizning qimmatli ögitlari asosida tarbiya topgan farzand ota-onasiga, Vataniga muhabbatli böladi, elning koriga yaraydigan şaxs bölib voyaga yetadi.

Maşrab XIDIROV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
Manba: hidoyat.uz

Check Also

JIN SAHOBALAR

Barça oşkoru pinhon mavjudotlarning Yaratuvçisi bölmiş Alloh taologa hamdu sanolar bölsin! Insu jinlarning payğambari Muhammad …