Inson hayoti davomida turli neʼmatlardan bahramand böladi. Unga berilgan umr, soğlik, vaqt, mol-mulk, rizq-röz, suv va tabiat boyliklari – barçasi qadrlaşga loyiq bebaho neʼmatlardir. Ammo baʼzan inson ularning qadriga yetmay, ortiqça va örinsiz sarflaydi. Ana şunday holat isrof deb ataladi. Isrof bugungi kunda nafaqat ayrim oilalar, balki butun jamiyat farovonligiga salbiy taʼsir körsatayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Isrof – berilgan neʼmatlardan meʼyordan ortiq, maqsadsiz yoki örinsiz foydalaniş. U faqat pul va mol-mulkni behuda sarflaş bilan çeklanmaydi. Vaqtni qadrlamaslik, suvni oqizib qöyiş, elektr energiyasini keragidan ortiq işlatiş, oziq-ovqatni çiqitga çiqariş ham isrofdir.
Islom dini insonni halol mehnat qilişga, neʼmatlarni qadrlaşga, qanoatli va saxovatli bölişga çorlaydi, birodarlar. Muqaddas dinimizda isrof qattiq qoralangan. Alloh taolo Qurʼoni karimda: “Yenglar, içinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvçilarni suymas”, deydi (Aʼrof surasi, 31-oyat). Bu oyat inson hayotida meʼyor va muvozanat qançalik muhim ekanini körsatadi. Bundan kelib çiqadiki, Alloh taolo bergan neʼmatlarni isrof qiliş, ularning qadriga yetmaslik gunohdir.
Muqaddas dinimizda boylikning özi qoralanmaydi. Balki uni notöğri sarflaş, manmanlikka beriliş va boşqalarning haq-huquqini unutiş qoralanadi.
Şuningdek, Qurʼoni karim oyatlarida Allohning solih bandalari mol sarflaganida isrof ham, xasislik ham qilmasligi, balki şu ikki holat örtasida möʼtadil yöl tutişi bayon etilgan. Demak, tejamkorlik degani baxillik emas. Inson zarur ehtiyojlarini qondirişi, oilasiga ğamxörlik qilişi, xayr-saxovat körsatişi, barça işlarida meʼyorni saqlaşi lozim, xolos.
Hadislarda ham isrofgarçilik qoralanib, tejamkorlik tarğib qilinadi. Jumladan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Seni ikki xislat – faxrlaniş va isrofgarçilik xatoga boşlamasa, xohlaganingni yeb, xohlaganingni içaver”, degan sözlaridan har bir inson özi uçun tegişli xulosa çiqarmoği darkor.
Xayru ehson qiliş va ziyofat berişdan asosiy maqsad muhtojlarga moddiy yordam körsatiş bölmoği töğrisida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Taomlarning yomoni qorni oçlar qolib, qorni töqlar çaqirilgan ziyofatdir”.
Isrofning eng yomon jihati şundaki, inson köpinça uni oddiy holat deb qabul qiladi. Masalan, dasturxonni haddan taşqari töldirişni mehmondöstlik, qimmatbaho buyumlarni namoyiş qilişni obrö, ortiqça xarajatni tökin-soçinlik deb tuşunadi. Aslida haqiqiy farovonlik köp sarflaşda emas, bor neʼmatdan oqilona foydalanişdadir.
Isrof oqibatida oila mablağlari behuda sarflanadi, insonning moliyaviy imkoniyatlari çeklanadi, tabiiy resurslar kamayadi va atrof-muhitga zarar yetadi. Eng muhimi, isrofga odatlangan inson qanoat, şukronalik va masʼuliyat kabi muhim fazilatlardan uzoqlaşadi.
Bugungi kunda isrofning közga birdan taşlanadigan körinişlaridan biri töylar, maʼrakalar va turli marosimlardagi ortiqça dabdabadir. Baʼzilar marosimni ixçam va mazmunli ötkaziş örniga, eldan qolmaslik yoki boşqalardan ustun köriniş maqsadida katta xarajatlarga qöl uradi. Oqibatda ayrim oilalar öz imkoniyatlaridan ortiqroq sarf-xarajat qiladi, qarz olişga majbur böladi. Axir, marosimning qadri dasturxonning qimmati yoki mehmonlar soni bilan emas-ku!
Töy va marosimlarning fayzi ulardagi dabdaba bilan belgilanmaydi. Töyning fayzi duo, özaro hurmat, ezgu niyat va samimiy munosabatlarda namoyon böladi. Har bir oila öz imkoniyatiga qarab iş tutsa, ortiqça xarajatlar örniga yoşlarning kelajagi, taʼlim olişi va oilaviy farovonligiga mablağ ajratsa, bu yanada xayrli natijalarga xizmat qiladi.
Xalqimiz nonni azaldan muqaddas va aziz neʼmat sifatida qadrlab kelgan. Baʼzan isteʼmol qilinmay qolgan taomlar va nonlarning çiqindi qutisiga taşlanayotganiga guvoh bölamiz. Buni heç qanaqasiga oqlab bölmaydi. Qolaversa, har bir burda non ortida köplab insonlarning maşaqqatli mehnati yotadi. Demak, oziq-ovqatni va özgalarning mehnatini qadrlaş ham kerak.
Oilada taomni ehtiyojga qarab tayyorlaş, mahsulotlarni töğri saqlaş, ortiqça xarid qilmaslik va yaroqli mahsulotlarni taşlab yubormaslik orqali isrofning oldini oliş mumkin. Ortib qolgan oziq-ovqatni xavfsiz saqlaş va muhtojlarga ulaşiş eng ezgu işlardandir.
Aytilganidek, isrof faqat mablağ yoki dasturxon bilan boğliq emas. Suvni behuda oqizib qöyiş, gazni bemaqsad işlatiş, keraksiz çiroqlarni yoqib qöyiş, işlatilmayotgan elektr jihozlarini öçirmaslik ham resurslarni isrof qilişdir. Tabiiy boyliklarni tejaş bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bölib, kelajak avlod oldidagi masʼuliyatimizni ham anglatadi.
Bundan taşqari, vaqt isrofi ham inson hayotiga katta taʼsir körsatadi. Behuda işlarga beriliş, foydali maşğulotlarni ortga suriş, öqiş va mehnatga ajratilişi kerak bölgan vaqtni maqsadsiz ötkaziş insonning şaxsiy rivojlanişiga tösqinlik qiladi. Bugungi kunda köpçiligimiz qimmatli vaqtimizni telefon va televizor oldida zoye qilayapmiz. Oltindan-da qimmat vaqtimizni isrof qilganimizga açinmayapmiz.
Vaqtni qadrlagan inson reja bilan yaşaydi, mehnatini samarali taşkil etadi va oldiga qöygan maqsadlariga erişiş imkoniyatini oşiradi. Zero, yöqotilgan mablağni qayta topiş mumkin. Ammo ötgan vaqtni ortga qaytarib bölmaydi.
Isrofning oldini oliş oiladan boşlanadi. Ota-ona farzandga tejamkorlikni örgatişi, unda mehnatga hurmat va neʼmatlarga şukronalik tuyğularini şakllantirişi kerak. Şuningdek, jamiyatda ortiqça dabdabadan voz keçiş, kamtarlikni qadrlaş va ehtiyojmandlarga yordam beriş kabi fazilatlarni keng tarğib etiş maqsadga muvofiq.
Isrof – insonning moddiy imkoniyatlariga ham, maʼnaviy dunyosiga ham salbiy taʼsir körsatuvçi illat. Neʼmatlarni qadrlaş esa şukronalik, qanoat va masʼuliyat belgisidir. Har bir inson öz hayotida isrofga yöl qöymaslikka intilsa, oilasida baraka, jamiyatda özaro hurmat va farovonlik mustahkamlanadi.
Biz boylikni faqat köp sarflaş bilan emas, uni oqilona işlatiş, xayrli maqsadlarga yönaltiriş va boşqalar manfaatiga xizmat qildiriş bilan qadrli qilamiz. Zero, insonning haqiqiy boyligi uning qölidagi mol-mulk bilan emas, balki qanoati, saxovati, halol mehnati va maʼnaviy kamoloti bilan ölçanadi.
Har bir neʼmatning qadriga yetaylik, isrofdan saqlanaylik va tejamkorlikni hayot tarzimizga aylantiraylik. Şunda tinç-xotirjam va farovon hayot keçiramiz.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




