Firabriy rivoyati Imom Buxoriydan qilingan eng maşhur rivoyat bölsa ham, u yagona emas. Buyuk muhaddisdan rivoyat qilganlar juda köp bölib, ularni Firabriy töqson ming kişi deb hisoblagan. Çunki Muhammad ibn Yusuf Firabriydan şunday rivoyat qilingan: “Muhammad ibn Ismoilning (Al-Jomeʼ as-sahih) kitobini töqson ming kişi eşitgan, ammo undan mendan boşqa heç kim rivoyat qilmadi” [1: J. 2. – B.328; 2: J. 1. – B. 15; 3: J. 2. – B. 250; 4: J. 52. – B. 74; 5: – B. 30; 6. J. 1. – B.186; 7: J.24. – B. 443; 8: J.12. – B. 398, 469. J.15. – B. 12; 9: – B. 18; 10: – B.188].
Bu haqda Ibn Xallikon ham şunday degan: “Firabriy Buxoriydan al-Jomeʼ as-Sahihni rivoyat qilgan oxirgi kişi edi” [11: J. 4. – B. 290].
Xaliliy ham şunday degan: “Buxoriydan al-Jomeʼni rivoyat qilganlar: Ibrohim ibn Maʼqal, Mahib ibn Sulaym, Mansur ibn Muhammad va Muhammad ibn Yusuf al-Firabriydir. Va Firabriy undan al-Jomeʼni rivoyat qilgan oxirgi kişi edi” [12: J.3. – B. 959].
Biroq boşqa ulamolar Bazdaviyni Buxoriydan al-Jomeʼni rivoyat qilgan oxirgi roviy deb hisoblaşgan.
Ibn Makula şunday degan: “Abu Talha Mansur ibn Muhammad ibn Ali ibn Qorina ibn Suvayd ad-Dahqon an-Nasafiy al-Bazdaviy, Bazda ahlidan bölib, Muhammad ibn Ismoildan “Al-Jomeʼ as-sahih”ni rivoyat qilgan va u Buxoriydan rivoyat qilgan oxirgi kişi edi. U işonçli roviy bölgan, 329–h. yili vafot etgan”.
Xulosa şuki Buxoriydan “Al-Jomeʼ as-sahih”ni rivoyat qilganlardan eng maşhuri Muhammad ibn Yusuf ibn Mator ibn Solih al-Firabriydir. Undan “Al-Jomeʼ as-sahih”, “Xalq afʼol al-ibod” va boşqa asarlar rivoyat qilingan. Uning “Al-Jomeʼ as-sahih” rivoyati eng mukammal rivoyat hisoblanadi.
Hammod ibn Şokir ham Buxoriydan “Al-Jomeʼ as-sahih”ning faqat oxirgi varaqlarini ijoza bilan rivoyat qilgan. Şuningdek, Hofiz Ibrohim ibn Maʼqil an-Nasafiy, Mahib ibn Sulaym ham Buxoriydan rivoyat qilgan. Vafot yili hisobidan Bazdaviy 329–h. Yilda, Firabriy esa 320–h. yilda vafot etgan. Şunday ekan Firabriyning: “Mendan boşqa heç kim qolmadi”, degan sözining maʼnosi Buxoriydan rivoyat qilgan odamlar köpligi sababli, Firabriyning maqsadi muayyan bir şahar yoki muayyan bir majlisda u bilan birga hozir bölganlar yoki u bilan birga “Al-Jomeʼ as-sahih”ni eşitganlar içida faqat men qoldim, degan maʼnoda bölişi mumkin. Bu fikrni quvvatlaydigan jihat şundaki, Imom Buxoriy kitobini rivoyat qilişdan töxtamagan va Firabriy uning barça safarlarida hamroh böla olmagan. Şuning uçun Firabriy öz körgan va hozir bölgan holat haqida gapirgan.
Ibn Hajar Imom Buxoriydan rivoyat qilganlardan bir guruhini zikr qilib, şunday degan: “Husayn ibn Ismoil al-Muhamili, u Buxoriydan Bağdodda rivoyat qilgan oxirgi roviydir. Şuningdek, sanoqsiz odamlar bor. Ular köpligini körsatiş uçun Firabriyning yuqoridagi sözlari yetarlidir: u bilan birga Buxoriydan “Al-Jomeʼ as-sahih”ni töqson ming kişi eşitganini aytgan” [13: J. 5. – B. 439].
Ibn Hajar boşqa joyda şunday degan: “Al-Jomeʼ roviylaridan yana biri, bizga ijoza yöli bilan rivoyati yetib kelgan Ibrohim ibn Maʼqil an-Nasafiydir. U kitobning oxiridan bir qismini ijoza bilan rivoyat qilgan. Şuningdek, Hammod ibn Şokir an-Nasafiy ham şunday qilgan. Samoʼ yöli bilan yetib kelgan eng mukammal va töliq qilingan rivoyat esa Muhammad ibn Yusuf ibn Mator ibn Solih ibn Başar al-Firabriyning rivoyatidir” [14: – B. 491-492].
Firabriy “Al-Jomeʼ as-sahih”ni Buxoriydan bir neça marta eşitgan. Kaloboziy şunday degan: “U Muhammad ibn Ismoildan ikki marta eşitgan: bir marta Firabrda 248–h. yilda va bir marta Buxoroda 252–h. yilda” [15: J. 1. – B.24; 2: J. 1. – B. 64; 16: – B. 132; 9: – B. 17.بأسانيدهم إلى الكلاباذي، لكنوقععند ابن خير «ومرة ببخارى» ولم يذكر تاريخها.].
Zahabiy esa Firabriyning tarjimai holida şunday degan: “U kitobni undan Firabrda ikki marta eşitgan” [8:J.15. – B.10], deb Buxoroni aytmagan.
Firabriydan rivoyat qilgan roviylar.
Ibn Ruşaydning aytişiça Firabriydan juda köp odam rivoyat qilgan, hatto u haqidagi rivoyatlar tavotur darajasiga yetgan. Uning sözlari quyida batafsil keladi.
Ibn Nuqta esa ulardan olti kişinigina zikr qilgan [17: – B. 131].
Jiyaniy esa maşhur roviylar yöli bilan undan rivoyatni keltirgan va şunday degan: “Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobining Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Firabriy rivoyatini bizga yetkizgan roviylar quyidagilardir:
- Abu Ali Said ibn Usmon ibn as-Sakan;
- Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad al-Marvaziy;
- Abu Ahmad Muhammad ibn Muhammad ibn Yusuf al-Jurjoniy;
- Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad al-Mustamliy;
- Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad al-Hammuviy;
- Abul Haysam Muhammad ibn Makki al-Kaşmihaniy [2: J. 2. – B. 565-566].
Imom Navaviy esa şunday degan: “Farabriydan rivoyat qilganlardan köpçilikdir. Ulardan:
- Abu Muhammad al-Hammuviy;
- Abu Zayd al-Marvaziy;
- Abu Ishoq al-Mustamliy;
- Abu Said Ahmad ibn Muhammad;
- Abul Hasan Ali ibn Ahmad ibn Abdul Aziz al-Jurjoniy;
- Abul Haysam Muhammad ibn Makki al-Kaşmihaniy;
- Abu Bakr Ismoil ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Hojib al-Kuşoniy;
- Muhammad ibn Ahmad ibn Matta va boşqalar.
Söngra ularning har biridan katta jamoalar rivoyat qilgan. Bizga esa köproq yurtimizda Abu Vaqtdan, u Dovudiydan, u Hammuviydan, u esa Firabriydan, u Buxoriydan rivoyat qilingan sanadi maşhur. Şuningdek, biz Abu Vaqtning şogirdlaridan bölgan jamoalardan rivoyat qildik” [18: J. 1. – B. 190-192].
Ibn Ruşayd: “Firabriydan juda köp odam rivoyat qilgan”, deb ulardan yettitasini keltirgan va şunday degan: “Bu yetti kişi Firabriyning maşhur şogirdlaridir. Ulardan taşqari yana boşqa uluğlar va nomaʼlumlar ham bor” [9: – B. 21-23].
Bularni tadqiq qilişdan maqsad avvalo Buxoriydan, undan keyin esa Firabriydan va ulardan keyin boşqalardan “Al-Jomeʼ as-sahih”ni rivoyat qilgan roviylar köpligini körsatişdir.
Samʼoniy şunday degan: “Al-Jomeʼ as-sahih”ni Firabriydan birinçi rivoyat qilgan kişi Abu Zayd al-Foşoniy, oxirgi rivoyat qilgani esa Abu Ali Ismoil ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Sohibul Kisoiydir” [19: J. 10. – B. 171].
Firabriy rivoyati uzoq vaqt ötmay sahifalar bağrida mustahkam qaror topdi va kitobatni samoʼ (oğzaki eşitiş orqali rivoyat qiliş) bilan rivoyat qiliniş orqali ham yanada quvvati oşdi. Şu tariqa u yozma ravişda qayd etilib, puxta tarzda muhofaza qilindi.
Bu jarayon juda erta boşlandi: Firabriyning özi Buxoriyning aslini qayta körib çiqar, şogirdlari esa uning nusxalarini qayta körib çiqar edi.
Imom Abu Valid al-Bojiy şunday degan: “Bizga hofiz Abu Zar Abdulloh ibn Ahmad al-Haroviy (rahimahulloh) xabar berdi. U aytdi: bizga Abu Ishoq al-Mustamliy Ibrohim ibn Ahmad xabar berdi: “Men Buxoriyning kitobini uning aslidan köçirdim. U Muhammad ibn Yusuf al-Firabriyda edi” [20: J. 1. – B. 310-311; 21: J. 1. – B. 287].
Bu haqda Ibn Ruşayd şunday degan: “Abu Ishoq al-Mustamliy al-Jomeʼ as-sahihni Abu Abdulloh al-Firbariydan eşitgan va undan rivoyat qilgan. Abu Ishoq Buxoriyning asl nusxasidan bölgan Firabriyning nusxasidan köçirgan” [9: – B.25]. Yana boşqa joyda: “Firabriyda Buxoriyning asli bor edi va Firabriyning roviylari ana şu asldan köçirib olgan” [9: – B. 19], degan.
Ibn Hajar ham şunday degan: “Bu Abu Zar al-Haroviydan kelgan xabarni quvvatlaydi: Buxoriyning asli Firabriyda edi” [14: J. 4. – B. 300].
Yuqoridagi rivoyat ham Ibn Ruşayd gapining yana bir tasdiğidir. Demak, Firabriydan boşqalar ham uning nusxasini körgani, undan köçirgani va Firabriydan eşitgan nusxalarini Buxoriyning asli bilan muqoisa (soliştiriş) qilgani haqidagi xabarlar Buxoriyning asli Firabriyda bölganiga dalolat qiladi.
Şu tariqa kitobning asl nusxalari qöldan qölga, ulamolardan ulamolarga ötgan. Firabriy Buxoriydan va uning asl nusxasidan eşitgan, keyin Mustamliy Firabriydan eşitgan va Firabriyda bölgan Buxoriyning aslidan köçirgan.
Şuningdek, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Asad al-Juhaniy kelib, “Al-Jomeʼ as-sahih”ni Abu Ali Said ibn Usmon ibn as-Sakan al-Bağdodiydan rivoyat qilgan. Bu hodisa 343–h. yilda bölgan. Bu haqda şunday degan: “Menga Muhammad ibn Yusuf al-Firabriy xabar berdi, u aytdi: menga Abu Abdulloh al-Buxoriy xabar berdi”. Ikki imom Abu Umar ibn Abdulbar va Abu Umar ibn al-Hazzo bir majlisda Abu Muhammad ibn Asaddan eşitgan. Ibn Abdulbar va Ibn al-Hazzodan esa imom al-Jayoniy Ibn as-Sakanning rivoyatini eşitgan. Jayoniy şunday degan: “Men kitobimni Abu Muhammad ibn Asadning öz qöli bilan Abu Ali ibn as-Sakandan köçirgan nusxasi bilan muqoisa qildim” [2: J. 1. – B. 60].
Şu tariqa Jayoniy Firabriydan yana bir rivoyat eşitgan va kitobini Ibn Asadning qöli bilan yozilgan nusxasiga muqoisa qilgan.
Yana uçinçi rivoyat ham bor. Uni Abu Muhammad al-Asiliy Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad va Abu Ahmad Muhammad ibn Muhammad ibn Makkiydan rivoyat qilgan. Ikkalasi ham Firabriydan, u esa Buxoriydan rivoyat qilgan.
Asiliy öz nusxasini öz qöli bilan yozgan. Imom Jayoniy esa bu nusxani öz ustozlari at-Tujibiy va Ibn Sirojdan eşitgan. Ular ikkalasi ham Asiliydan rivoyat qilgan. Jayoniy faqat eşitiş bilan çeklanmadi, balki şunday degan: “Men kitobimni boşidan oxirigaça Abu Muhammad al-Asiliyning öz qöli bilan yozgan nusxasi bilan muqoisa qildim” [2: J. 1. – B. 59-60].
Kunlar ötişi bilan bir asl nusxa ikkinçisiga qöşiladi, bir xat boşqasiga ötadi, kitob kitobga qöşiladi. Şu tariqa asl nusxalar yangilanib boradi, biri ortidan boşqasi paydo böladi va bir-biri bilan boğlanib ketadi.
Şu tarzda Imom Soğoniy Firabriyning aslini topadi va unda Firabriyning qöl yozuvini köradi. Keyin Ibn Hajar Asqaloniy Soğoniyning şu nusxasini körgan va undan “Fathul Boriy”da katta eʼtibor bilan foydalangan, juda köp joylarda undan iqtibos keltirgan.
Ibn Hajar uni “Bağdodiy nusxa”, deb atadi. Uning fikriça, bu nusxani alloma luğatşunos Abu Muhammad ibn Soğoniy Abu Vaqtning ashoblaridan eşitganidan keyin tuzatgan. Uni bir neçta nusxalar bilan muqoisa qilgan va belgilar qöygan. Ibn Hajar şunday degan: “As-Soğoniy hoşiyada yozgan: bu hadis barça nusxalardan tuşib qolgan, faqat Firabriy huzurida öqilgan va unda uning qöl yozuvi bölgan nusxadagina bor” [14: J. 1. – B. 153].
Ibn Hajar yana boşqa joyda şunday degan: “Xuddi şu hoşiya Soğoniy nusxasida ham bor. U aytgan: men uni Firbariyning qöl yozuvi bilan yozilgan nusxaga muqoisa qildim” [14: J. 1. – B. 542].
Xulosa şuki, bugun Şarq-u Ğarbda Buxoriyga samoʼ (eşitiş) orqali boğlangan maşhur yöl Firabriy yölidir. Odamlar uning rivoyatiga tayanadi, çunki u mukammal, aniq va roviylari ham maşhurdir. Uning huzurida Buxoriyning asli bor bölgani va roviylari ham undan köçirgani uning rivoyatini yanada quvvatli qilgan. Bu uning rivoyati haq va töğriligini isbotlaydi va rostligini körsatadi. “Al-Jomeʼ as-sahih” Firbariydan köplab roviylar orqali mutavotir bölib tarqalgan.
-
«تاريخ مدينة السلام» المعروف بتاريخ بغداد.أبو بكر أحمد بن علي الخطيب البغدادي(463 هـ)، ت: مصطفى عبد القادر عطا،دار الكتب العلمية، بيروت — لبنان، ط: 1، 1417 هـ — 1997 م، 2، 1425 هـ — 2004 م، ع.ج: 24.
-
تقييد المهمل وتمييز المشكل.أبو علي الحسين بن محمد الغساني الجياني (498 هـ)، ت: علي بن محمد العمران، ومحمد عزيز شمس، دار عالم الفوائد — مكة المكرمة، ط 1، 1421 هـ — 2000 م، ع. ج: 3.
-
طبقات الحنابلة. أبو الحسين، محمد بن أبي يعلى، ت: محمد حامد الفقي،مطبعة السنة المحمدية — القاهرة، ط: 1371 هـ — 1952 م. (وصورتها دار المعرفة، بيروت). ع. ج: 2.
-
تاريخ مدينة دمشق، وذكر فضلها وتسمية من حلها من الأماثل أو اجتاز بنواحيها من وارديها وأهلها.أبو القاسم علي بن الحسن ابن هبة الله بن عبد الله الشافعي المعروف بابن عساكر(571 هـ)، ت: محب الدين أبو سعيد عمر بن غرامة العمروي،دار الفكر للطباعة والنشر والتوزيع،1415 هـ — 1995 م،ع.ج: 80.
-
جزء فيه خمسة أحاديث عن الأئمة الخمسة.علي بن بلبان الدمشقي علاء الدين أبو الحسن الناصري المحدث ابن الشرف (674هـ)،رياض حسين الطائي،دار المغني — الرياض،ط: 1،1425 هـ — 2004 م. ع.ص.: 48.
-
جامع الأصول في أحاديث الرسول.مجد الدين أبو السعادات المبارك بن محمد بن محمد بن محمد ابن عبد الكريم الشيباني الجزري ابن الأثير (606 هـ). ت: عبد القادر الأرنؤوط، التتمة تحقيق بشير عيون. مكتبة الحلواني — مطبعة الملاح — مكتبة دار البيان. ط: 1، الجزء [1,2]: 1389 هـ، 1969 م. الجزء [3,4]: 1390 هـ، 1970 م. الجزء [5]: 1390 هـ، 1971 م. الجزء [6,7]: 1391 هـ، 1971 م. الجزء [8-11]: 1392 هـ، 1972 م. ع. ج: 12.
-
تهذيب الكمال في أسماء الرجال.جمال الدين أبو الحجاج يوسف المزي (654 — 742 هـ)، ت: د بشار عواد معروف،مؤسسة الرسالة — بيروت، ط: 1، (1400 — 1413 هـ) (1980 — 1992 م)،ع.ج: 35.
-
سير أعلام النبلاء.محمد شمس الدين أبو عبد الله بن أحمد بن عثمان بن قَايْماز الذهبي (748 هـ)، ت: محمد أيمن الشبراوي. دار الحديث، القاهرة – مصر. ط: 1427 هـ — 2006 م. ع. ج: 18.
-
إفادة النصيح في التعريف بسند الجامع الصحيح.محمد بن عمر بن محمد ابن رشيد الأندلسي، ت: محمد الحبيب بن خوجة، الدار التونسية للنشر، ط: بين 1910 و 1920 م. ع. ص: 158.
-
تحفة الإخباري بترجمة البخاري. محمد بن عبد الله (أبي بكر) بن محمد ابن أحمد بن مجاهد القيسي الدمشقي الشافعي، شمس الدين، الشهير بابن ناصر الدين (842 هـ)، ت: محمد بن ناصر العجمي،دار البشائر الإسلامية، ط: 1، 1413 هـ — 1993 م. ع. ص: 41.
-
وفيات الأعيان وأنباء أبناء الزمان. أبو العباس شمس الدين أحمد بن محمد بن إبراهيم بن أبي بكر ابن خلكان البرمكي الإربلي (681هـ)، دار صادر — بيروت، ط: 1، ج: 1 — 1900،ج: 2 — 1900، ج: 3 — 1900، ج: 4 — 1971، ج: 5 — 1994، ج: 6 — 1900، ج: 7 — 1994، ع. ج: 7.
-
الإرشاد في معرفة علماء الحديث. أبو يعلى الخليلي، خليل بن عبد الله بن أحمد بن إبراهيم بن الخليل القزويني (446 هـ)،ت: د. محمد سعيد عمر إدريس،مكتبة الرشد — الرياض، ط: 1، 1409،ع.ج: 3.
-
تغليق التعليق على صحيح البخاري. أبو الفضل أحمد بن علي بن محمد بن أحمد بن حجر العسقلاني (852 هـ)، ت: سعيد عبد الرحمن موسى القزقي،المكتب الإسلامي، دار عمار — بيروت، عمان — الأردن، ط: 1، 1405،ع.ج: 5.
-
هدي الساري مقدمة فتح الباري. شهاب الدين أبو الفضل أحمد بن علي بن محمد بن أحمد بن حجر العسقلاني (852 هـ)، ت: محمد فؤاد عبد الباقي ومحب الدين الخطيب. دار المعرفة – بيروت، 1379هـ، ع. ج: 14.
-
الهداية والإرشاد في معرفة أهل الثقة والسداد. أحمد بن محمد بن الحسين بن الحسن، أبو نصر البخاري الكلاباذي (398 هـ)، ت: عبد الله الليثي،دار المعرفة — بيروت، ط: 1، 1407،ع.ج: 2.
-
فهرسة ابن خير الإشبيلي. ابن خير الإشبيلي (575 هـ)، ت: بشار عواد معروف — محمود بشار عواد،دار الغرب الاسلامي — تونس، ط: 1، 2009 م،ع.ص: 670.
-
التقييد لمعرفة رواة السنن والمسانيد.محمد بن عبد الغني بن أبي بكر بن شجاع، أبو بكر، معين الدين، ابن نقطة الحنبلي البغدادي، (629 هـ). ت: كمال يوسف الحوت. دار الكتب العلمية. ط: 1, 1408 هـ – 1988 م، ع. ص: 503.
-
التلخيص شرح الجامع الصحيح للبخاري. أبو زكريا محيي الدين يحيى بن شرف النووي (676 هـ)، ت: نظر محمد الفاريابي أبو قتيبة، دار طيبة للنشر والتوزيع، ط 1، 1429 هـ – 2008 م، ع. ج: 2.
-
الأنساب. أبو سعد عبد الكريم بن محمد بن منصور التميمي السمعاني المروزي، ت: جـ 1 — 6: عبد الرحمن بن يحيى المعلمي اليماني، جـ 7-12: أبو بكر محمد الهاشمي، جـ 13: محمد ألطاف حسين، مجلس دائرة المعارف العثمانية، حيدر آباد الدكن — الهند، ط 1، 1382هـ — 1962م. ع. ج: 13.
-
التعديل والتجريح لمن خرج له البخاري في الجامع الصحيح. أبو الوليد سليمان بن خلف الباجي (474 هـ)، ت: د أبو لبابة حسين أطروحة دكتوراة، كلية أصول الدين بالأزهر، دار اللواء للنشر والتوزيع — الرياض، ط 1، 1406 هـ — 1986 م، ع. ج: 3، ع. ص: 1301.
-
التعديل والتجريح لمن خرج عنه البخاري في الجامع الصحيح. أبو لبابة حسين سليمان خلف سعد بن أيوب الباجي المالكي أبو الوليد. ت: أحمد لبزار. وزارة الأوقاف والشؤون الإسلامية — المغرب. ط: 2،1405 ه– 1985 م. ع. ج: 3.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




