Home / MAQOLALAR / MILLIY MADANIYATNI YUKSALTIRIŞDA JADIDLAR MAʼNAVIY-MAʼRIFIY MEROSINING ÖRNI

MILLIY MADANIYATNI YUKSALTIRIŞDA JADIDLAR MAʼNAVIY-MAʼRIFIY MEROSINING ÖRNI

Kiriş. Insonda ijtimoiy ong şakllangandan boşlab, u baxtli yaşaydigan farovon jamiyatni orzu qilib kelmoqda. Boş maqsadimiz bölgan ozod va obod farovon jamiyat quriş asosida xalqimizga baxtli hayotni taʼminlaş milliy yuksaliş bilan boğliq. Şuning uçun, Özbekistonning eng yangi tarixi “milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari” ğoyasi asosda amalga oşirilayotgan islohotlar bilan xarakterlanadi. Milliy tiklanişdan milliy yuksalişga ötib borayotgan mamlakatimizda, xalqimiz hayotini baxtli qiliş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bu haqida gapirib: “Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli aʼzosi bölib, yoruğ kelajagimizni öz qölimiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erişgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari dadil qadam qöymoqdamiz. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqiçga kötariş maqsadida Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Bu noyob hujjatda belgilangan uluğvor vazifalarni röyobga çiqarişga qatʼiy kirişganimiz, biz uçun yangi ufq va imkoniyatlar oçib bermoqda” [2:88], –  deb taʼkidladi.

Muhtaram Prezidentimizning uşbu sözlari, milliy yuksaliş jarayonidagi işlarimizni yanada samarali qilişga xizmat qiladigan omillarni topiş masalasi bugungi kunning dolzarb muammosi ekanini körsatib turibdi. Bunday omillarni şakllantiriş ilmiy yondaşuvni talab qiladi, çunki yuksaliş qonuniyatlarini topiş jamiyatşunos olimlar vakolati hisoblanadi. Buning uçun jamiyatşunos olimlarimiz, jumladan, tarixçilar va umuman barça ziyolilar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan omillarni aniqlaşga va ularni amalga oşirişga qaratilgan profilaktika işlarini olib borişi kerak böladi. Bunda milliy matbuotimizni eng taʼsirli vositasi bölgan davriy naşrlar, jumladan, “Jadid” gazetasi özini munosib örniga ega bölişi kerak. Çunki milliy tiklanişdan milliy yuksalişga ötişda milliy madaniyatni yuksalişi muhim omil bölib xizmat qiladi. Milliy madaniyatni yuksaltirişda esa jadidlarni maʼnaviy-maʼrifiy merosi muhim asos bölib xizmat qiladi.

Çunonçi, jadid maʼrifatparvarlarining yangi usul maktablarini taşkillaştirib, darsliklar yozişi, sahna asarlari yaratib, teatrlar barpo etişi, gazeta va jurnal çiqarib, davriy naşrlarda ijtimoiy hayotning barça jabhalarini qamrab oluvçi maqolalari bilan iştiroki va nihoyat Turkistonni obod va ozod köriş niyatida Çor Rossiyasi vakillari bilan mubohasa olib borişi tahsinga loyiq. Masalan, Mahmudxöja Behbudiyning milliy madaniyatni yuksaltirişga qöşgan hissasi uning maqolalarida ham öz aksini topgan. “Til masalasi”, “Sart sözi majhuldur”, “Bizni kemurguvçi illatlar”, “Yoşlarga murojaat”, “Tanqid-saralamoqdir” kabi 200 dan ortiq maqolalari şular jumlasidandir. Hatto “Millatlar qanday taraqqiy etarlar” deb nomlangan maqolasida turkistonlik davlatmand kişilarga murojaat qilib, sarmoyalarining bir qismini millat taraqqiyoti uçun sarf qilişga çaqiradi. “Taraqqiy qilguvçi millatlarning ulamosi zamondin boxabar bölib, öz millatining “masoliha zamoniyasi” uçun saʼy etar, millatni peşraftiğa oqça ila iona qilmoqni millar boylariğa taklif etar”[5:67]. Har bir millatning olimu-ulamolari, qalam ahli davlat ravnaqi uçun hammaslak faoliyat yuritişi, mavjud muammolarni yakdil bartaraf etişi lozim, deb hisoblaydi.

Insoniyat jamiyati mavjud bölişi va rivojlanişi uçun unda muayyan bir ijtimoiy tartib örnatilgan böliş kerakligi uqtiriladi. Şuning uçun  barça vaqtlarda zamon ziyolilari “Qanday qilsak, jamiyatda tartib böladi?” degan savolga javob izlaşgan. Bugungi kunda ijtimoiy tartib örnatişning eng maqbul vositasi sifatida demokratik taraqqiyot yöli tan olindi. Şu bois dunyo demokratik  taraqqiyot yölini afzal kördi va Özbekiston ham jahon hamjamiyati bilan hamnafas bölgan holda, demokratik siyosiy tartibot asosida fuqarolik jamiyatini şakllantirib bormoqda. Dunyo tanlagan demokratiya va fuqarolik jamiyati namoyon bölişining muhim şarti – jamiyatning bilim va maʼnaviyati, siyosiy-huquqiy madaniyatining yuksaklik darajasidir. Buni taʼminlanişi esa, ommaviy axborot vositalariga, jumladan, uning eng taʼsirli vositalaridan biri bölgan matbuotga boğliqdir. Matbuot faoliyatini samarali qilişda uni tarixini örganiş asosida taklif va tavsiyalar işlab çiqiş muhim ahamiyatga ega.

Bugun milliy tiklanişdan milliy yuksalişga ötib borayotgan Özbekistonda tarix fanining dolzarb muammolarini aniqlab oliş va ularning yeçimi borasida ilmiy xulosalar işlab çiqiş zamon talabi hisoblanadi. Tarix fanining bugungi kundagi ijtimoiy muammolarni yeçişda iştirok etişi bilan nafaqat nazariy fan, balki nazariy-amaliy fan sifatida ham ahamiyati oşib boradi. Bir asr muqaddam jadidlarimiz tarix fanining muhimligini yozib qoldirgan edi. “Turkiston tarixi haqinda yangi tadqiqot ila yozilgan tartibli va istifodali mukammal bir asar vujudğa kelgani yöq. Töğrisi, munday tarix yozuvçi kişi turk öğillaridan hanuz maydonğa çiqgan yöqki, bu esa, turk bolalarining noxalaf bölub, çin öğul emaslik yeriğa dalildur” [6:234]. Mahmudxöja Behbudiyning sözlarida jon bor. Çunki öşa davrda Turkiston hayotiga oid barça tarixiy kitoblar arab yoki fors tillarida bölib, ularni turkiy tilda, mahalliy aholi tuşunadigan şevada yoziş davr taqozosi edi.

Bugun muhtaram Prezidentimizning milliy tarixni milliy ruh bilan yaratiş kerakligi töğrisidagi fikrlari nafaqat tarixçi olimlarimizni, balki barça ziyolilarimizning ilmiy tadqiqot faoliyatining leytmotiviga aylanişi lozim.

Jadidlik harakatining asosiy maqsad va vazifasi Turkistonni savodli va maʼrifatli, töq va farovon, ozod va obod vatanga aylantiriş, birinçi navbatda, mustaqillikka erişiş, mustamlakaçilik iskanjasidan xalos qiliş edi. Ötgan XX asr boşlariga kelib, jamiyatning eng ilğor fikrli qatlami bölgan jadidlar kuraşlarini aks ettirgan milliy uyğoniş muayyan mafkura sifatida, birinçi navbatda, maʼrifatçilikda körindi.

Jadidşunos olim Begali Qosimovning fikriga köra, Munavvarqori Abduraşidxonovni XX asr boşidagi ijtimoiy-siyosiy harakatning, milliy ozodlik kötarilişining eng eʼtiborli namoyandalaridan biri hisoblaydi [10:238]. U “Haq olinur, berilmas” deganida, ilm-maʼrifatni, fan-texnikani egallaş, maʼrifiy-madaniy vositalarni işga soliş orqaligina qölga kiritişni nazarda tutgandi. Ana şu milliy uyğoniş mafkurasining jarçilari bölgan Munavvarqori kabi jadidlar keng miqyosli amaliy faoliyat bilan öz ğoyalarining jamiyat hayotida qaror topişi, mustahkamlanişi va oxir-oqibat ular közlagan milliy ozodlik, siyosiy mustaqillik kuraşlariga aylanişi uçun zamin yarata boşladi. Bu butun Turkiston xalqining milliy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy tafakkuri va milliy taraqqiyotida yangi bir bosqiç edi. Lekin u zamon şörolar zamoni edi, şuning uçun jadidlarning maqsadlari amalga oşmay qolib ketdi. Bugungi mustaqillik zamonida jadidlarni maʼnaviy va mafkuraviy merosi milliy madaniyatimizni yuksaltirişda muhim asos bölib xizmat qiladi.

Şu nuqtai nazardan olganda Turkiston jadidçilik harakati yetakçisi Mahmudxöja Behbudiyning maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy qaraşlari bugun ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Ayniqsa, Ismoilbek Gaspiralining “Tilda birlik, fikrda birlik, işda birlik” ğoyasini  Turkistonda tarğib qiliş va bu yölda joninida fido etiş haqiqiy millatparvarlik emasmi? Turkiston xalqlari taqdiriga, kelajagiga ğamxörlik hissi, maʼrifat bilan ozodlikka erişiş yölidagi harakatlari ahamiyatli. Mahmudxöja Behbudiyning “Ikki emas tört til lozim” maqolasida ilgari surilgan ğoyalar oradan yuz yillar ötib mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy harakatlarga hamohang ekani fikrimiz dalilidir.

Mamlakatimizning közga köringan taniqli ziyolilari tomonidan bu borada yozilayotgan maqolalar jadidlar faoliyati tarixini örganiş asosida milliy madaniyatimizni yuksaltirişga xizmat qiladigan ğoyalardan taşkil topgan. Ana şunday ğoyalardan biri Vadud Mahmud taʼkidlaganidek, tarbiya masalasidir. “Agar biz hozirda şu tarbiyani taşlab, yangi boş-oyoğ soği şijoatlik yonur kişilar yetiştirişga kirişmasak, bizdan söng kelaturğon naslda şu tariqa böladur” [4]. Vadud Mahmudning taʼkidlaşiça, bolani qörqitib tarbiyalaş, uning şaxsiy psixologiyasiga taʼsir qilib qolmaydi. Qörqitib tarbiyalangan avlod esa maʼlum bir tarixiy jarayonda na özining haq-huquqini talab qila oladi, na bir özining erkin fikrini oçiq ayta oladi. Şu nuqtai nazardan, bugun yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş dolzarb muammoga aylanib bormoqda, çunki globallaşib borayotgan dunyoda yoşlarni ongu qalbi jang maydoniga aylanib böldi. Yoşlarni maʼnaviy va mafkuraviy tahdidlardan himoya qiliş va ularda bunday tahdidlarga qarşi immunitetni şakllantirişda ommaviy-axborot vositalari va uning asosiy vositasi bölgan milliy matbuot muhim ahamiyatga ega. Çunki milliy matbuotning asosiy vazifasi tarğibot va taşviqot işlarini olib borib, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş asosida milliy birlikni kuçli qilişdan iboratdir. Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda milliy matbuotimiz asosini şakllantirgan jadidlar ğoyalari muhim ahamiyatga ega. Jadidlar milliy madaniyatni yuksaltiriş asosida milliy mustaqillikka erişiş va milliy taraqqiyot asosida xalqimizga ozod va obod farovon jamiyat quriş maqsadi yölida harakat qilgan. Ularning maʼnaviy-maʼrifiy qaraşlari bugungi kunda milliy tiklanişdan milliy yuksalişga ötib borayotgan mamlakatimiz uçun muhim tarixiy saboq bölib xizmat qiladi.

Şuning uçun Turkiston milliy matbuot tarixini jadidlar faoliyati misolida örganiş bugungi kunda yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda va umuman milliy madaniyatni yuksaltirişda muhim ahamiyatga ega deb aytiş mumkin. Çunki davriy matbuot yoşlarni tarbiyalaşga xizmat qiladigan ommaviy mahsulotlar va, eng avvalo, gazeta va jurnallarni naşr qilişni anglatadi. Milliy matbuot ommaviy axborot vositasi va tarğibotning asosiy elementi bölib, barça vaqtlarda jamiyat hayotida muhim rol öynagan va ijtimoiy fikrni, odamlar dunyoqaraşini şakllantirişga, hamda, siyosat, iqtisod va madaniyat  olamidagi muhim voqealarga taʼsir qilişga qodir bölgan real  kuç hisoblanadi. Milliy matbuot davriy naşr bölib, barça sohada faoliyat olib boradigan öquvçiga möljallangani bilan ahamiyatlidir. Turkiston jadidlari milliy matbuotga taʼrif berişar ekan, yoşlarga katta umid bilan qaragan. “Har bir mamlakatda islohot va madaniyat asbobiğa tavassul va taşabbus etmoqlik harakati mamlakatning yoşlari tarafidan zuhur eta boşlagani kabi bizning Turkistonda ham madaniyat eşigi manzalasida bölgan makotibi ibtidoiya ila intiboh va islohot jarçisi bölgan milliy matbuot ğayratlu yoşlarning harakat maorifparvaronalari soyasida vujudğa keldi” [6:268].

Milliy matbuot maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarni tarğib qiliş asosida jamiyatning siyosiy, madaniy va harbiy-vatanparvarlik ruhida  tarbiyalaşning muhim vositasi hisoblanadi. Bu boradagi asosiy muammolardan biri – korrupsiya illati hisoblanadi, çunki korrupsiya adolatsizlikni, adolatsizlik esa norozilikni keltirib çiqaradi. Norozilik esa milliy madaniyatimizga va milliy xavfsizligimizga eng kuçli tahdid hisoblanadi.

Bugungi kunda Özbekiston taraqqiyotiga tösiq bölgan korrupsiya illatining sababi şörolar zamonida şakllangan maʼmuriy buyruqbozlik boşqaruv tizimiga boğliq. Maʼmuriy boşqaruv tizimini orqasida totalitar siyosiy tartibot turadi, totalitar siyosiy tartibotning orqasida esa, proletariat diktaturasi turibdi, proletariat diktaturasi ortida oktyabr töntarişi turibdi. Korrupsiyaning asosida maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan buzuq byurokratiya turadi. Çunki  korrupsiya qonunni buziş natijasida kelib çiqadi, qonunni buziş uçun esa buzuq byurokratiya şakllangan bölişi lozim. Qonunni buziş imkoniyatining mavjudligi nafaqat korrupsiyani balki siyosiy qatağoning ham ijtimoiy şaroiti hisoblanadi. Şuning uçun korrupsiyaga qarşi profilaktika işlarimiz bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotiga tösiq bölgan korrupsiya illatini bartaraf qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jadid maʼrifatparvarlarimiz ham poraxörlik kabi jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir körsatadigan illatlarga qarşi kuraşgan. Mavzuga oid maqolalarini davriy matbuotlarda eʼlon qilgan maqolalarida, nutqlarida, nasriy va badiiy asarlarida qayd qilib borgan. Jumladan, Hoji Muin “Pora ber” şeʼri orqali korrupsiya illatlari keskin va kuçli hajv vositasida tanqid qiladi.

Iş bitkazib ketay desang, pora ber!

Murodingga yetay desang, pora ber!

Özim oqman, qoralarni oqlayman,

Meni rozi etay desang, pora ber! [7].

Korrupsiyaga qarşi kuraş olib borişda asosiy eʼtibor muammoni qançalik muhim ekanini anglab olişga, hamda uning sababi va şaroitini aniqlaşga va bartaraf qiliş yöllarini topişga qaratilişi lozim. Kasalni davolagandan köra, oldini oliş muhimligidan kelib çiqib, eʼtiborni köproq jazolaşga emas, balki profilaktika işlariga qaratiş töğriroq böladi. Korrupsiyaga qarşi kuraşda jazoni muqarrarligini taʼminlaş borasida qatʼiy kuraş olib boriş bilan birga, jinoyatning oldini olişga qaratilgan profilaktika işlarini olib boriş muhim ahamiyatga ega. Uşbu xususda gapirib, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev: “Lekin faqat qamçi va qiliç bilan ijobiy natijalarga erişib böladimi? Bu – nafaqat xato fikr, balki çuqur yangliş, deb hisoblayman. Bu borada profilaktika işlarini kim samarali olib boradi?” [1:31] – degan savollarni kun tartibiga qöydilar. Profilaktika işlarini amalga oşirişda korrupsiya illatiga qarşi maʼnaviy va mafkuraviy immunitetni şakllantiriş çoralarini köriş lozim. Buning uçun, eng avvalo, odamlarning ongu qalbida salbiy illatlar taʼsiriga qarşi immunitetni şakllantirişga xizmat qiladigan “vaksina” işlab çiqilgan bölişi lozim.

Jadid gazetasi va umuman ziyolilarimiz faoliyatini yanada samarali qiliş uçun quyidagi takliflarni berişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Birinçisi, bugungi kunda yoşlarimiz ommaviy madaniyat niqobi ostidagi axloqsizlik va buzuqlik tahdidi ostida yaşab kelmoqda. Ularni bunday tahdidlardan himoya qilişga qaratilgan profilaktika işlarini olib boriş uçun kerak bölgan ğoyalarni işlab çiqiş.

Ikkinçisi, yoşlarimiz mafkuraviy tahdidlar qurşovida yaşab kelmoqdalar. Ularni bunday tahdidlardan himoya qiliş maqsadida mafkuraviy immunitetni şakllantirişga xizmat qiladigan ğoyalar majmuini işlab çiqiş lozim. Ziyolilarimiz bu bilan öz ğoyalarini nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatini oşirgan böladi.

Uçinçisi, jamiyat taraqqiyotiga tösiq bölgan korrupsiya illatiga qarşi profilaktika jarayonida jamiyatga emlanadigan “halollik vaksinasini” işlab çiqiş.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni samarali qilişda tösiq bölgan korrupsiya illatiga qarşi kuraşiş töğrisida gapirib Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev: “Korrupsiyaga qarşi kuraşişda aholining barça qatlamlari, eng yaxşi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barça aʼzolari, taʼbir joiz bölsa, “halollik vaksinasi”  bilan emlanmas ekan,  öz oldimizga qöygan yuksak marralarga erişa olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kuraşişdan uning barvaqt oldini olişga ötişimiz kerak” [3:36], – deb taʼkidladi. Jamiyat taraqqiyotiga tösiq bölgan korrupsiya illatini bartaraf qiliş uçun profilaktika işlarini samarali amalga oşiriş kerak. Buning uçun esa, eng avvalo, profilaktika jarayonida odamlarga emlanadigan “vaksina” yaratilgan bölişi kerak. Şuning uçun, yuqorida qayd qilingan “halollik vaksinasi”ni işlab çiqiş ziyolilar va jamiyatşunos olimlar oldida turgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Bunday “vaksina”ni işlab çiqiş uçun inson xulqini belgilaydigan omillarni aniqlaş  va şundan kelib çiqib fikrlaş kerak.

Törtinçisi, milliy madaniyatimizga salbiy taʼsir etayotgan oilalarning ajraşişi muammosini örganiş va uni keltirib çiqargan sabablarni bartaraf qilişga qaratilgan profilaktika işlarini amalga  oşiriş.

Beşinçisi, bugungi kunda jamiyatda mavjud barça muammolarning  oqibati maʼnaviyatning qaşşoqlaşuviga borib taqaladi. Şuning uçun, “Taraqqiyot strategiyasi”da maʼnaviyatni yuksaltiriş, sohani yangi bosqiçga olib çiqiş masalasi alohida ustuvor yönaliş sifatida belgilab berilgan.  Hadis ilmi sultoni Imom Buxoriyning najot faqat bilimda va undan boşqasi bölmagay degan dono sözlarini bugun kun talabidan kelib çiqib, odamlar najoti bilim va maʼnaviyatda deb aytiş töğriroq böladi.

Din va millatni saqlaş – asosiy vazifa ekanini jadidlarimiz yaxşi anglagan. Ularning fikriça, özgalarga mağlub bölganimiz sababini anglamoq, qolaversa, endi ularga yutqazmaslik, mute bölmaslik yöllarini öylamoq darkor. “Buning uçun hokim davlatga oçiq qarama-qarşi turmay, armon bölib kelayotgan ilmli jamiyat quriş uçun qayğursinlar” [8:20]. Buning uçun ötmişda bobolar mavqeyi qay darajada bölganini körsatib beriş lozim.

Mahmudxöja Behbudiyning fikriça: “Ilmsiz millat, ilmsiz qavm asir va zaif qolur. Ilmsiz davlatning foydasi yöq, ilmsiz dunyoning hayoti yöq, agar bölsa-da, sabotsiz, bu ilmlardan yolğuz sarf va nahv, mantiq, kalom va fiqh emas, balki alar ustiga hikmat, siyosat, taʼrix, qadima va jadida ilm va ahvoli zamoni hozira va alsanai muhovara ham prugrom taʼlim va tadrisimizğa kerak” [9]. Oradan yillar ötib, Turkiston jadidlari orzu qilgan davlat barpo etilmoqda. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yilda işlab çiqilgan “Taraqqiyot strategiyasi”da maʼnaviyatni yuksaltiriş alohida ustuvor yönaliş sifatida belgilab berilgan. Maʼnaviyatni yuksaltiriş nafaqat Özbekiston uçun, balki butun insoniyat jamiyati uçun dolzarb masala hisoblanadi. Çunki bugungi kunda insoniyat jamiyatida mavjud bölgan barça global muammolarning sababi maʼnaviyatning qaşşoqlaşuvidir. Global muammo bölgan yadro quroli tahdidi, ekologik tahdid, asosan ğarb jamiyatlarida oila inqirozi, ommaviy madaniyat ostidagi axloqsizlik va boşqa barça muammolar sababi maʼnaviy qaşşoqlik bilan boğliq. Uşbu muammolarni, jumladan, milliy uyğoniş, milliy tiklaniş va milliy yuksaliş muammolarini hal  qiliş uçun maʼnaviyatni yuksaltiriş talab qilinadi. Maʼnaviyat tarbiya jarayonining mahsuli bölgani uçun asosiy eʼtibor tarbiya jarayonini samarali qilişga qaratilişi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Mirziyoyev Ş.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va şaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bölişi kerak. – T., 2017.
  2. Mirziyoyev Ş.M. Niyati uluğ xalqning işi ham uluğ, hayoti yoruğ va kelajagi farovon böladi. – T.: Özbekiston, 2019.
  3. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T., 2020-yil 24-yanvar.
  4. Mahmud V. Mehnatkaşlar tovuşi. 1921-yil 21-fevral soni.
  5. Mahmudxöja Behbudiy. Tanlangan asarlar. – T.: Maʼnaviyat, 2006.
  6. Mahmudxöja Behbudiy. Tanlangan asarlar. – T.: Akademnaşr, 2018.
  7. Mulla Junbul. “Maşrab”, 1925-yil, №16- son.
  8. Sayid H. Maʼrifat libosidagi ozodlik. – T.: Şarq, 2000.
  9. “Turkiston viloyatining gazeti”. 1908-yil 30-noyabrdagi soni.
  10. Qosimov B. Milliy uyğoniş: jasorat, maʼrifat, fidoiylik. – T.: Maʼnaviyat, 2002.
Farhod NABIYEV,
Samarqand davlat universiteti Özbekiston tarixi
kafedrasi professori, tarix fanlari doktori
G.Xalimova,
Samarqand şahar 9-IDUM tarix fani öqituvçisi
“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.

Check Also

IMOM FIRABRIY ROVIYLARI VA NUSXALARI

Firabriy rivoyati Imom Buxoriydan qilingan eng maşhur rivoyat bölsa ham, u yagona emas. Buyuk muhaddisdan …