Kiriş. Dinlararo qaraşlar va ularni tasniflaş masalasi örta asr musulmon olimlari ilmiy merosida muhim örin tutadi. Ayniqsa, islomdan avvalgi ilohiy dinlar – yahudiylik va nasroniylik – musulmon mualliflar eʼtiborida alohida örin egallagan bölib, bu dinlarga munosabat, ularning asosiy aqidaviy tizimi va amaliy tomonlari köplab diniy-falsafiy asarlarda tahlil etilgan. Bu borada XI asrda yaşagan olimlardan biri Abul Maoliy Ubaydulloh tomonidan yozilgan “Bayan ul-adyan” asari özining xolis, tizimli va çuqur yondaşuvi bilan ajralib turadi. Mazkur asarda muallif yahudiylik va xristianlik haqida faqatgina soddalaştirilgan tasnif emas, balki uşbu dinlarning tarixiy şakllanişi, asosiy aqidaviy tamoyillari, ilohiy tuşunçalari va diniy amaliyotlariga oid muhim jihatlarni atrofliça yoritib bergan. Abul Maoliy bu ikki dinni boşqa dindan ustun yoki past körsatişga urinmasdan betaraf, ilmiy-tahliliy uslubda bayon qiladi. Ayniqsa, u Injil va Tavrotga işoralarni keltirib, yahudiy va nasroniy aqidalarining muhim jihatlarini musulmon mutakallimlari qaraşlari bilan uyğunlaştirgan holda tahlil etişga harakat qilgan.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Abul Maoliy Ubaydulloh va uning “Bayan ul-adyan” asari böyiça olib borilgan tadqiqotlar asosan şarqşunoslik yönalişiga oiddir. Masʼud Habibi Mazahiri tomonidan “Daʾerat al-Maʿarif-e Bozorg-e Eslami” ensiklopediyasida çop etilgan maqolada Abul Maoliyning hayoti, uning Balx, Hirot va Ğazna şaharlaridagi faoliyati haqida maʼlumotlar keltiriladi. Şu bilan birga, nemis şarqşunosi Jozef Van Ess tomonidan “Encyclopadia Iranica”da eʼlon qilingan maqolada Abul Maoliy örta asr musulmon mualliflari orasida boşqa dinlarga oid qaraşlarni tizimlaştirgan muhim şaxs sifatida baholaydi. “Bayan ul-adyan” ning özini örganişga bağişlangan alohida ilmiy naşrlardan biri Mohamed Abdel Salam Kafafi tomonidan 1949-yilda çop etilgan bölib, u asar qölyozmalari asosida tayyorlangan va mazmunini ilmiy şarhlaşga qaratilgan. Uşbu naşrdan keyingi tadqiqotlarda asosiy manba sifatida keng foydalanilgan. Şuningdek, asarning tarixiy va diniy ahamiyati Jak Vardenburgning “Muslim Perceptions of Other Religions” hamda Uilyam Montgomerining “Muslim-Çristian Encounters” kabi tadqiqotlarida ham qayd etilgan. Unda Abul Maoliy qaraşlari musulmonlar tomonidan boşqa dinlarni tadqiq etişdagi betaraf va tizimli yondaşuv namunasi sifatida talqin qilinadi.
Tadqiqot metodologiyasi. Uşbu maqolani tayyorlaşda qiyosiy-tahliliy metod qöllanilib, Abul Maoliyning yahudiylik va nasroniylik haqidagi taʼriflari zamonaviy dinşunoslik adabiyotlarida qayd etilgan maʼlumotlar bilan soliştirildi. Bundan taşqari, kontent-tahlil usulidan foydalanilib, muallif tomonidan yahudiylik va nasroniylikka oid işlatilgan asosiy tuşunçalar mohiyati ajratib körsatildi.
Tahlil va natijalar. Abul Maoliy Muhammad ibn Neʼmat ibn Ubaydulloh Balx şahrida tavallud topgan bölib, “Bayan ul-adyan” muqaddimasida özini alaviylardan ekani, katta bobosi Husayn al-Jaʼfar al-Haj hijriy 241-yil (milodiy 855-yil)da Balxga köçib kelgani haqida maʼlumot beradi. Uning ajdodlari Balxda hokim, noib, oqsoqol sifatida faoliyat yuritgan. Şarqşunos olim Çarlz Şefferdning şaxsiy kolleksiyasiga tegişli bölgan va hozirda Parijdagi Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Bayan ul-adyan”ning qölyozmasida uning nasabiga tegişli qismi tuşirib qoldirilgani sababli, baʼzi tadqiqotçilar uni alaviylarning maşhur yetakçilaridan Abu al-Hasan Muhammad ibn Ubaydulloh az-Zohidga boğlaşga harakat qilgan [8:334-335]. Eronlik tarixçi Abbos Iqbol esa Abul Maoliy Ubaydullohning nasab jihatidan Ali ibn Abu Tolibga, yaʼni uning öğli Husayn Ibn Aliga boğlagan. Abul Maoliy Ubaydullohning otasi Neʼmat ibn Ubaydulloh bölib, “Bayan ul-adyan”ning baʼzi qölyozmalarida özini Abul Maoliy Neʼmat deb taniştirgan. Bobosi Ubaydulloh (Yarduhay) Balxda katta obröga ega bölgani uçun “Bayan ul-adyan”ning qölyozmalarida Abul Maoliy Ubaydulloh deya bobosining ismiga nisbat berilgan bölişi mumkin. Abul Maoliyni bobosi Balxda istiqomat qilgan bölsa, uning otasi Neʼmat Hirotda, özi esa keyinçalik Ğaznada yaşab ötgan. Manbalarga köra, Abul Maoliy Ubaydulloh fiqh bilan şuğullangani haqida maʼlumotlar kelgan. Ammo undan fiqhga doir asarlar yetib kelmagan [4]. Abul Maoliy Ubaydulloh 1092-yilda “Bayan ul-adyan” asarini Ğaznaviy hukmdor Ibrohim ibn Masʼud buyruğiga köra yozgan. “Bayan ul-adyan” yoki “Dinlar bayoni” – dunyo dinlarini tasvirlaşga bağişlangan fors tilidagi eng qadimgi yirik asar hisoblanadi. Asar hajman kiçik, adabiy uslubi keskin va boşqa dinlar tarixiga oid yozilgan asarlardan tasnifi jihatidan farq qiladi. U taʼlimiy maqsadlarda yozilgan bölib, asarda yirik dinlar va firqalarning qisqa bayonida faqat ularning asosiy yönalişlari keltirilgan. Muallif kiriş qismida bir şahzoda saroyida turli din va firqalar haqida bölib ötgan bahsga işora qiladi, bu yerda islomdagi 73 firqaning mavjudligi haqidagi maşhur hadis eslatiladi. Uşbu kitobning afzalliklaridan biri sifatida muallif şuni körsatadiki, u sunniylik mazhabi vakillariga islomdagi boşqa firqa va dinlarning dalillarini, qisqa va tuşunarli usulda taniştiradi, ularni örganiş imkonini yaratadi [9:30]. Asar qisqa muqaddima (kiriş) bilan boşlanadi, undan keyin beşta bob örin olgan:
Birinçi bob – turli davr va mintaqalarda insonlarning Yaratganga bölgan eʼtiqodi töğrisida bölib, asarning bu qismi ilohiyot risolasi sifatida yoritilgan. Bu esa, mazkur asarni Ibn Hazm, Şahristoniy va Beruniy asarlaridan ajratib turadi.
Ikkinçi bob – islomdan avval mavjud bölgan dinlar haqida bölib, ular odatda bir-biriga qarama-qarşi bölgani taʼkidlanadi. Bu bobda avval qadimgi arablar tilga olinadi, söngra yunon faylasuflari, yahudiylar, nasroniylar, zarduştiylar, mazdakiylar, moniylar tavsiflangan. Keyingi örinda turli butlarga siğinuvçi xalqlar bayon qilinadi. Ularning muhokamasidan oldin butparastlikning kelib çiqişi haqida şarh berilgan va hinduiylar, sobiylar haqida maʼlumot berilgan. Xudoni mavjudligini inkor etuvçilar sifatida qarmatiylar va zindiqlar (moniylar) tasvirlanadi. Oxirida esa sofistlar tilga olinadi, yaʼni ular uyğoqlikni tuş köriş bilan tenglaştirgani haqida aytib ötiladi [9:32].
Asarning qolgan ikki bobi Payğambar Muhammad (s.a.v.)ning maşhur: “Mendan keyin ummatim 73 firqaga bölinadi” hadisining şarhi bilan birga islomdagi mazhab va firqalar haqida maʼlumot berilgan. Şuningdek, islom dini taʼlimoti keng yoritilgan. Beşinçi bobida esa, mumkin bölmagan daʼvolarni qilgan kişilar haqida, yaʼni özini xudo deb eʼlon qilganlar yoki payğambarlik daʼvosini qilganlar haqida hikoyalar keltirilgan.
“Bayan ul-adyan” da yahudiylikka quyidagiça taʼrif beriladi: “Yahudiylar Yaratguvçining yagonaligi borasida (haqiqat sifatida) bir fikrda.
Ammo ulardan bir guruhi Yaratuvçini insoniy sifatlarga ega deb hisoblaydi va buni aqida deb biladi. Boşqa bir guruh esa bunday qilmaydi.
Ular Muso, Horun va ulardan oldingi payğambarlarga payğambarlik berilganiga işonadi. Ular şuningdek, Muso va Horunning dinini tasdiqlagan payğambarlarga – masalan, Yuşa va unga öxşagan kişilarga işonadi. Ular payğambarlar Iso va Muhammadga işonmaydi. Ular Musoning Kitobini (Tavrot), Dovudning Zaburini va Xudoning Töqqizta Kitobini tan oladilar” [5:21]. Abul Maoliy Ubaydulloh yahudiylik taʼlimotini qisqa, ammo mazmunli fikrlar orqali ifodalaydi. U diniy eʼtiqodlar, payğambarlik zanjiri va muqaddas matnlar haqida soddalaştirilgan, ammo nazariy jihatdan muhim nuqtalarni keltiradi va yahudiy aqidalarini tafsilotlarga çuqur kirmasdan, asosiy ğoyalarning mohiyatini qisqaça yoritişga intiladi. Asarda yahudiylik taʼlimoti köp hollarda umumiy va qisqa mulohazalar bilan izohlangan bölsada, bu uslub diniy tafakkurni soddalaştirilgan şaklda tuşunişga imkon beradi. Muallif yahudiylar içida mavjud bölgan uç asosiy yönalişni – samariylar, ananiylar va raʼiyah oqimlarini alohida tilga oladi. Samariylar, muallifga köra, Muso taʼlimotini öziga xos tarzda talqin qiluvçi, Bayt al-Maqdisdan köra, Sion toğini muqaddas deb biluvçi guruh sifatida eʼtirof etiladi. Ananiylar (karaylar) esa Talmud va oğzaki rivoyatlarga asoslanmagan, faqat yozma Tavrotni asosiy manba sifatida qabul qilgan oqim bölib, bu jihati bilan ular yahudiylikdagi ortodoksal talqinlardan ajralib turadi. Raʼiyah esa köproq oddiy xalqni, yaʼni asosiy ommani ifodalaydi va ular köp hollarda diniy tafsilotlardan bexabar, urf-odatlarga asoslangan eʼtiqod egasi sifatida tasvirlanadi. Abul Maoliyning bu tasnifi, yahudiylik içidagi ijtimoiy va dini tafovutlarni körsatiş bilan birga, musulmon mualliflarning boşqa dinlarga oid içki farqlarni anglaşga bölgan intilişini ifodalaydi.
Muallif “Bayan ul-adyan” asarida xristianlik aqidasini quyidagiça ifodalaydi: “Ular Yaratganni yagona mohiyat va uç şaxs deb eʼtiqod qiladi. Bu uç şaxsni quyidagiça sanab ötadi: Otaning özi, Öğil (Iso), va Muqaddas Ruh. Ular uç firqaga bölinadi: yakobitlar, nestorianlar va malkoiylar” [5:38]. Abul Maoliy öz asarida xristianlik aqidasiga oid qisqaça taʼrif bergan bölsa-da, u nasroniylikni özining teologik yondaşuvi va zamonasining diniy-tasavvur kontekstida ifodalagan. Muallif nasroniylar eʼtiqodini “Yaratganni yagona mohiyat va uç şaxs deb biladilar” degan ibora orqali ifodalaydi. Bu bayon nasroniylikdagi asosiy ilohiy taʼlimot – Uçlik (Triniti) ğoyasiga işora qiladi. Uşbu aqidaga köra, iloh mohiyatan yagona bölsa-da, uç şaxsda zohir böladi: Ota (Otasi), Öğil (Iso Masih) va Muqaddas Ruh. Şuningdek, xristianlar orasida mavjud bölgan firqaviy tafovutlarga eʼtibor qaratadi va ularni uç asosiy yönalişga – yakobitlar, nestorianlar va malkoiylarga ajratadi. Bu tasnif tarixiy jihatdan muhim bölib, şarqiy xristianlikning ilk asrlardagi teologik qaraşlari va ilk xristian soborlari qarorlariga asoslangan farqlanişlarini aks ettiradi. Yakobitlarni muallif quyidagiça izohlaydi: “Ular ismi Yoqub (Jacob) bölgan bir kişining nomi bilan atalgan. Uning taʼlimotiga şarh bergan şaxs Yakobitlardan bölgan At-Tamimning öğli Matto ismli yepiskoplardan biri edi. Ularning taʼlimoti şundan iboratki, Yaratgan Zot bir tomondan abadiy, boşqa tomondan vaqtga boğliqdir. U (abadiy) ilohiy mohiyatda Xudo sifatida, (vaqtinça) insoniy mohiyatda odam sifatida zohir böladi”. Yakobitlar Iso Masihda yagona ilohiy mohiyat mavjud degan aqidaga sodiqdir. Bu qaraş Eftixiylik oqimidan kelib çiqqan va Suriyadagi nasroniylar orasida keng tarqalgan. Yakobitlar nomi Yoqub Baradaeus (Jacob Baradeus, m. 578) nomiga boğliq [6:183]. U Suriyada Nestorian va Xalqidon taʼlimotlariga qarşi çiqib, monofizitlikni himoya qilgan va bu yönalişni mustaqil çerkov sifatida şakllantirgan. Muallif “Matto ibn At-Tamim”ni Yakobit yepiskopi sifatida tilga oladi. Bu nom tarixiy manbalarda aniq qayd etilmagan bölsa-da, u arab-musulmon muhitida tanilgan yakobit ruhoniylaridan biri bölgan. Bu holat örta asr islom manbalarida boşqa dinlar vakillarini arabça nomlar bilan ataş anʼanasi bilan boğliq. Bu taʼrif yakobitlar taʼlimotidagi xristologik nuqtai nazarni aks ettiradi: Iso Masih yagona şaxs bölib, unda ilohiy va insoniy tabiatlar ajralmas holda birlaşgan. Bu ularni nestorianlardan (ikki şaxs nazariyasi) farqlaydi. Abul Maoliy yakobitlar taʼlimotini ança xolis tarzda ifodalagan. Garçi qisqa va soddalaştirilgan bölsa-da, u yakobitlar teologiyasining asosiy ğoyasini – Iso Masihning ilohiy va insoniy mohiyatlari birligini töğri aks ettirgan [2:235]. “Bayan ul-adyan” asaridagi yakobitlar haqidagi taʼrif, şarqiy nasroniylik tarixidagi miafistlik[1] teologiyasiga mos keladi [3:130]. Muallifning “abadiylik” va “vaqtinça”lik örtasidagi tafovut orqali bayon qilgani yakobitlar tomonidan Iso Masihda mavjud bölgan ikki mohiyatning birligiga eʼtiborni körsatadi. Yakobitlar bugungi kunda ham mavjud bölib, rasmiy nomi Suriya pravoslav çerkovi, bu Suriya, Iroq va Hindistondagi nasroniy çerkovi bölib, özining ruhiy rahbari sifatida Antioxiyadagi Suriya pravoslav patriarxini tan oladi. Rim katolik va Şarqiy pravoslav çerkovlari bu çerkovni bidʼatkor deb hisoblaydi. Köp asrlar davomida yakobitlar musulmonlar hukmronligi ostida yaşagan. Bugungi kunda yakobitlarning aksariyati Iroqda istiqomat qiladi, ularning patriarxi esa Damaşqda yaşaydi. Ular boşqa şarqiy nasroniylarga öxşab turmuş keçiradi, ularning diniy marosimi Antioxiya (Ğarbiy Suriya) urf-odatlariga asoslangan bölib, ibodat tili – suriyça (siryakça). XVII asrdan boşlab Rim (katolik çerkovi) bilan doimiy aloqalar bölgan. Natijada, papa bilan birlikdagi bir jamoa şakllandi, ular yakobitlarga öxşaş urf-odat va marosimlarga ega. Bu guruh – Suriya katolik çerkovi deb yuritiladi va ular son jihatdan yakobitlar bilan tengdir. Ularning yetakçisi — yana bir Antioxiya patriarxi bölib, u Bayrutda istiqomat qiladi. Ularning çerkov tuzilmasi Melkitlar, Maronitlar va Xaldiy katoliklaridan ajratilgan.
Hindistonning janubi-ğarbiy qismida, yaʼni Malabar hududida ham Malabar yakobitlari deb ataluvçi nasroniy jamoalar mavjud. Ular XVII asrda şakllangan bölib, öşa vaqtda köplab suriyalik malabar nasroniylari Rim (katolik çerkovi) bilan aloqani uzib, yakobit patriarxi bilan aloqa örnatgan. Hozirda ular ham Antioxiya marosimini qöllaydi, biroq baʼzi farqlari mavjud. Ular bir neça bahsli çerkovlarga bölingan jumladan, Malankara pravoslav suriyalik çerkovi – bu yakobit patriarxidan mustaqil çerkov, şuningdek, bir neçta islohotçi yoki mustaqil yakobit çerkovlari ham mavjud. XX asrda köplab Malabar yakobitlari papa bilan birlaşdi, biroq öz urf-odat va marosimlarini saqlab qoldi. Bu jamoa Siyro-Malankara katoliklari deb ataladi. Ular Suriya katoliklaridan (garçi marosimi bir xil bölsa ham) va Syro-Malabar katoliklaridan (Xaldey marosimi) alohida hisoblanadi. Sönggilari – Malabar nasroniylari bölib, öşa XVII asrda Rimdan ajralmagan guruhdir [1:96].
Nestorianlar haqida asarda quyidagiça fikrlar keltirilgan: “Ular nomlarini Nestorius ismli bir kişidan olgan. Ularning taʼlimotiga köra, Öğil (Iso) mavjudot sifatida Otadan paydo bölgan, biroq bu tuğiliş va jismoniy dunyoga keliş yöli bilan emas, quyoşdan çiqqan nur misolida böladi – qandayki, quyoş heç qaçon nurisiz bölmaydi. Baʼzilar fikriça, Masih (Iso) oddiy bir inson bölgan, biroq uning qalbiga Xudoning podşohligi va kuç-qudrati nozil bölgan. Şunday qilib, u bir vaqtning özida Xudo ham, inson ham bölgan, moy suruvçi ham, moy surilgan ham bölgan. Şu sababdan u Masih deb ataladi”.
Abul Maoliy Ubaydullohning “Bayan ul-adyan” asarida nestorianlar haqidagi fikrlar, asosan, nasroniylikdagi xristologik bahslar, yaʼni Iso Masihning ilohiy va insoniy tabiatlari haqidagi teologik qaraşlar bilan boğliq. Nestorianlar Iso Masihda ikkita alohida mohiyat (ilohiy va insoniy) mavjud deb hisoblaydi. Asarda Nestoriusga nisbatan boğlanadigan taʼlimotlar qisqaça bayon qilingan bölib, ularning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat: Bu jumla Nestorianlik oqimining tarixiy asosini ifodalaydi. Nestorianlik öz nomini Konstantinopol patrarxi bölgan Nestoriusdan (taxminan 386-450-yillar) olgan [3:235]. Nestorius Maryamni teotoks (“Xudo tuğuvçi”) deb ataşga qarşi çiqib, uni xristotokos (nasroniy ilohiyotida Iso Masihning onasi Maryamga nisbatan işlatilgan teologik atama bölib, u Maryam faqat inson bölgan Masihni tuğgan, Xudoning ilohiy mohiyatini emas, degan maʼnoni bildiradi) deb ataşni ilgari surgan. Bu esa Iso Masihning ikki – ilohiy va insoniy – tabiati borligini qatʼiy ajratiş tarafdori bölganini körsatadi. Bu fikrda logosning (kalom) Otadan “çiqişi” haqidagi klassik nasroniy taʼlimot Nestorianlar tomonidan qabul qilinganiga işora bor. Bu fikr Nestoriusga nisbat beriladigan “adoptionism” (özlaştiriş) ğoyasini eslatadi: Iso tuğilganda oddiy inson bölgan, ammo keyinçalik Xudo uni “qabul qilib”, kuç va vakolat bergan. Bu ğoya asosan deofizit (ikki tabiatli) xristologiyani közda tutadi. Ammo, Nestorius özi heç qaçon “adoptionist” bölganini daʼvo qilmagan, u faqat ikki tabiatni aralaştirmaslik kerakligini taʼkidlagan [6:56]. Isoning bir vaqtning özida insoniy şaxs (masalan, payğambar yoki şoh) va ilohiy mavjudot sifatida eʼtirof etilişi – bu Nestorianlar taʼlimotiga zid emas, balki ularning asosiy yondaşuvi, ikkita alohida tabiat bor, ular bitta şaxsda ittifoq qilgan, lekin birikmaganini ifodalaydi. Bu esa ularning milodiy 431-yilda Efes soborida rad etilişiga olib kelgan. Nestorianlikning taqiqlanişi – bu xristian ilohiyotida şaxs va tabiat muammosi yuzasidan yuzaga kelgan ilk yirik ajralişlardan biridir [7:289]. Uşbu voqea tarixiy jihatdan Vizantiya imperiyasining diniy siyosati, teologik jihatdan esa şarqiy provaslav meʼyorlarini belgilaşda muhim buriliş böldi. Nestorianlar ğarbiy katolik çerkovidan ajralgan bölsa-da, şarqdagi mustaqil nasroniylik anʼanalarining rivojlanişiga katta hissa qöşgan. “Bayan ul-adyan” asaridagi nestorianlar haqidagi taʼriflar musulmon mualliflarining nasroniy firqalari haqidagi tarixiy va polemik tasavvurlarini aks ettiradi. Bu yondaşuvlar köpinça soddalaştirilgan bölsa-da, ular örta asr islom diniy tafakkurida xristianlikni qanday qabul qilişganini körsatadi. Malkoiylar – Vizantiya pravoslav çerkovi taʼlimotiga yaqin bölib, ular Iso Masih yagona şaxs bölib, unda ikki mohiyat – ilohiy va insoniy – uyğunlaşgan, degan eʼtiqodda bölgan.
Xulosa. “Bayan ul-adyan” asarida yahudiylik va xristianlik dinlariga bölgan qaraşlar örta asr musulmon tafakkurining diniy xilma-xillikni idrok etiş darajasini oçib beradi. Muallif boşqa dinlarga nisbatan noxolis yoki rad etuvçi yondaşuvdan köra, mavjud dinlarni öz konteksti doirasida tuşuntirişga harakat qilgan. Ayniqsa, yahudiylik va xristianlikdagi firqalar tasnifi bu dinlarning içki murakkabliklarini anglaşga urinilganini körsatadi. Abul Maoliy diniy eʼtiqodlarning asosiy tamoyillari tafsilotlariga töliq berilmagan bölsa-da, ularning teologik va tarixiy asoslarini qisqaça, sodda, lekin aniq şaklda bayon qiladi. Ayniqsa, Injil, Tavrot, Uçlik taʼlimoti, payğambarlik zanjiri kabi asosiy tuşunçalarga bergan izohlari asarning obyektivlik tamoyillari asosida yozilganini ifodalaydi.
- Attwater, D. The Çristian Çurçes of the East (1947–48). In: The Columbia Electronic Encyclopedia, 6th ed. – New York: Columbia University Press, 2025.
- Davis, Leo Donald. The First Seven Ecumenical Councils (325–787): Their History and Theology. Collegeville. – MN: Liturgical Press, 1990.
- Grillmeier, Aloys. Çrist in Çristian Tradition. Volume 1. From the Apostolic Age to Çalcedon (451). Louisville. – KY: Westminster John Knox Press, 1975.
- Habibi Mazahiri, Masʼud. “Abul Maoliy Muhammad.” Dāʾerat al-Maʿārif-e Bozorg-e Eslāmī (The Encyclopaedia Islamica), Tehran: CGIE. Onlayn manzili: https://cgie.org.ir/fa/article/225040/ابوالمعالی،-محمد (murojaat sanasi: 2-iyun 2025).
- Kafafi, Mohamed Abdel Salam. The Bayan al-adyan of Abuʼl-Maʼali Muhammad ibn Ubayd Allah. – Cairo: Government Press, 1949.
- Meyendorff, John. Imperial Unity and Çristian Divisions: The Çurç 450–680 A.D.Crestwood. – NY: St Vladimirʼs Seminary Press, 1989.
- Sellers, R.V. The Council of Çalcedon: A Historical and Doctrinal Survey. – London: SPCK, 1953.
- Van Ess, J. Abuʼl-Maʿālī. Encyclopædia Iranica. I jild, 3-son. – New York: Columbia University, 1983.
- Waardenburg, Jak. Muslim Perceptions of Other Religions: A Historical Survey. – Oxford University Press, 1999.
- William Montgomery Watt. Muslim-Çristian Encounters: Perceptions and Misperceptions. – London: Routledge, 1991.
- YousifF. Studying the “other”: çallenges and prospects of Muslim sçolarşip on world religions // After appropriation: explorations in intercultural philosophy and religion. – Alberta: University of Calgary Press, 2011.
- Vasilyev A. Istoriya religiy Vostoka. – M., 1997.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




