Home / MAQOLALAR / TURKISTONDAGI ILK SIYOSIY UYUŞMA – “ŞÖROI ISLOM” JAMIYATI TARIXIGA NAZAR

TURKISTONDAGI ILK SIYOSIY UYUŞMA – “ŞÖROI ISLOM” JAMIYATI TARIXIGA NAZAR

Kiriş. 1917-yil Rossiya imperiyasida yuz bergan Fevral inqilobidan keyin turkistonlik ziyolilarning mustamlakaçilik siyosati va huquqiy institutlarga munosabati keskin özgardi. Turkiston mustaqilligi va Rossiya tarkibidan çiqib ketiş masalasi hali kun tartibiga qöyilmagan bölsa ham, ölkada “keng huquqli hokimiyat”ni qölga kiritiş lozim degan xulosaga kelindi. Şu sababli, madaniy-ijtimoiy uyuşma sifatida şakllangan “Jamiyati imdodiya”, “Turon” kabi uyuşmalar 1917-yildan keyin özini siyosiy jamiyat deb eʼlon qilib, hokimiyat uçun kuraşga kirişdi. Ayni paytda, “Şöroi Islom” jamiyati tuzilib, barça tarqoq tuzilmalarni birlaştirgan holda milliy davlatçilikka ega çiqiş va uni isloh qiliş ğoyasini ilgari surdi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Özbekiston mustaqilligi qayta qölga kiritilgandan söng köplab sohalar qatori tarix fanida ham yangiça yondaşuv va qaraşlar asosida turli masalalar tahlil qilina boşlandi. Ular qatorida Turkistondagi milliy siyosiy uyuşmalar –  “Şöroi Islomiya”, “Şöroyi ulamo”, “Turk Adami Markaziyat firqasi”, “Sotsialistik Erk firqasi”, “Jadidlar firqasi”, “Turkiston milliy birligi” va boşqalarning maqsad va vazifalari, dasturi, umumiy faoliyati, paydo böliş jarayonlari haqida yangi izlanişlar olib borildi. Jumladan, R.Abdullayevning tadqiqotlarida Turkistondagi milliy siyosiy tuzilmalar faoliyati Rossiya imperiyasidagi umumsiyosiy jarayonlarning bir qismi sifatida körib çiqilib, şu yondaşuv asosida masalaga baho beriladi [1]. Bundan taşqari, tarixçi olimlardan S.Aʼzamxöjayev, Q.Rajabov, A.Mingnorov [2] kabi tarixçilarning milliy siyosiy taşkilotlarning faoliyatiga bağişlangan tadqiqot va izlanişlar mavjud bölib, ularda masalaning yoritilişi tadqiqotlar obyekti doirasida va kompleks manbaviy tahlil nuqtai nazaridan körib çiqiladi. Bu tadqiqotlar kelgusi izlanişlar uçun öziga xos poydevor qöygan bölsa ham, ularda milliy siyosiy uyuşma va jamiyatlar, xususan, “Şöroi Islom” jamiyati faoliyati tarixi alohida ajratilgan holda tahlil etilmagani öziga xos böşliqni yuzaga keltiradi.

Tadqiqot metodologiyasi. Uşbu mavzuni yoritişda muammoviy-xronologik, tarixiy obyektivlik, narrativ, qiyosiy va tizimli tahlil usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar. Manba va tadqiqotlardan maʼlum bölişiça, “Şöroi Islom” jamiyatining taşkil topişi 1917-yil mart oyi boşlariga töğri keladi [7]. Unga köra, Rossiya imperiyasi markazidagi özgarişlar xabari Toşkentga kelar-kelmas eski şaharda jadidlar faollaşib, ularning hokimiyatni qölga oliş yölidagi harakatlari boşlangan. 1917-yil 9-martda Munavvarqori Abduraşidxonov, Ubaydullaxöja Asadullaxöjayevlar taşabbusi bilan Toşkent eski şahar jome masjidida ötkazilgan namoyişda Toşkent şahar ijroqömga jamoatçilikdan vakillar saylaş hamda musulmonlar manfaatlarini himoya qiluvçi siyosiy jamiyat tuziş masalasi kötarib çiqilgan [19:35]. Bu masalada Muhammadaminbek Xudoyorxonov jamiyatning ismini “Sirdaryoi Toşkand” bölsin deb taklif bergan bölsa, söngida Munavvarqori “Bu jamiyat kişilari islom kişilarining vakillaridur. Şuning uçun buning ismini “Islomning şörosi” deb qöyiş kerak. Şunda qisqaroq qilib aytmoqçi bölsak, “Şöroi Islom” deb yurgizilsa böladir”, deb jamiyatga nom bergan [6]. 1917-yil 13-mart kuni bölgan navbatdagi yiğinda 48 (har bir dahadan 10 va tört jamiyat tarafidan 8) kişilik hayʼat saylangan.

Jamiyatning 14-mart kuni birinçi umumiy majlisida rasmiylaştiriş jarayonlari yakunlanib, 48 kişi yoniga boşqa xalq vakillaridan 13 kişini qöşgan holda “Toşkand Şöroi Islomiyasi” tuzilgani eʼlon qilingan [28]. Şu kunning özida 15 kişilik idora majlisi şakllantirilib, unda Abdulvohidqori Abduraufqori öğli rais va Munavvarqori Abduraşidxon öğli rais muovini, Kattaxöja Boboxöja öğli sarkotib va Karimqori Kuçikboy öğli muovin, Mulla Ziyo Oxund Yöldoş öğli xazinador va Abdulsamiqori Hidoyatboy öğli unga muovin etib saylanadilar [15:23]. Abdulvohidqori Abduraufqoriyevning qozilikka saylaniş munosabati bilan 6-apreldagi isteʼfosidan söng, jamiyat raisi qilib Ubaydulla Xöjayev saylangan. Har doimgidek uning yaqin safdoşi Munavvarqori Abduraşidxonov bilan birga ular jamiyatning boş harakatlantiruvçi kuçiga aylangan.

Muftiy Sadriddinxon Şarifxöja öğli jamiyat tuziş sabablarini şunday izohlagan edi: “1917-yil Rus inqilobidan foydalanib, Turkiston musulmonlarini yagona ittifoq asosida birlaştirmoq maqsadida döstlarim yordami bilan Toşkentda “Şöroi Islom” taşkilotini tuzdik. Niyatimiz Turkistonda tuziladigan musulmon taşkilotlari “Şöroi Islom”ga oid bölmoqlari edi”[3:43].

“Şöroi Islom” jamiyati tuzilgan vaqtda hali uning nizom va dasturi işlab çiqilmagan. Jamiyat idora majlisining 15-martda ötkazilgan ilk yiğilişida bu masala körilib, jamiyatning “keng jumhuriyat” siyosiy maslak tarafdori sifatida dastur işlab çiqiş uçun 3 kişidan iborat komissiya tuziş qarori çiqarilgan. Şuningdek, yiğinda taʼlim islohot loyihasini tayyorlovçi komissiya tuziş, eski şahar boşqaruvini qölga oliş, oziq-ovqat taqçilligini bartaraf qiliş uçun erkin bozor tamoyillarini joriy qiliş kabi turli masalalar muhokama qilingani maʼlum [28].

1917-yil 9-aprel majlisida tasdiqlangan “Şöroi Islom”ning faoliyat yönalişlarini belgilab bergan 4 bob, 30 moddalik Nizomidan körinadiki, jamiyat Turkistonda yangi boşqaruv tartibini şakllantiruvçi boş markaz bölişni asosiy maqsad qilib belgilagan:

  1. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, ilmiy va ijtimoiy jihatdan zamonga muvofiq fikrni tarqatiş;
  2. Butun Turkiston musulmonlarini bir fikr, bir maslak sari yönaltirişga tadbir va harakat qiliş;
  3. Xalqni yangi hukumatning maqsad va vazifalarini amalga oşirişda keng iştirok etişga çaqiriş;
  4. Mamlakatning idora usuli haqida maʼlumot tarqatib, taşkilot majlisi (uçriditilniy sobraniya)ga tayyorlaş [25:11].

Turkistonning mustamlaka qaramoğidan çiqarib ozod davlat va jamiyat quriş uçun qulay imkoniyat va vaqt yetib kelganligi jadidlar tilidan “Şöroi Islom” Nizomidagi “Butun Turkiston musulmonlarini bir fikr, bir maslak sari yönaltirişga tadbir va harakat qiliş” jumlasi bilan ifodalangan edi. Uning negizida xalqqa mavjud siyosiy vaziyatni tuşuntiriş va tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytiriş, ölka boşqaruviga milliy rahbarlarni olib keliş, hayotning barça jabhasini qamrab oladigan islohot loyihalarini tayyorlaş, ölkadagi turli millat vakillarini totuvligini taʼminlaş va boşqa şu kabi vazifalar belgilab olindi [10:13-14].

 “Şöroi Islom” jamiyati öz maqsadiga yetişiş uçun amaliy harakatlarga kirişar ekan ilk bosqiçda Turkistonning turli şaharlarida öz şöbalarini oçib, tarqoq uyuşmalarni markazlaştiriş va xalqni taʼsir ostiga olişga alohida eʼtibor qaratdi. 1917-yilning 8-aprel kungi jamiyat umumiy majlisida Öş, Andijon, Skobelev, Turkiston, Öratepa va Marv şaharlarida şöbalar oçilgani maʼlum qilinib, ularga Markaziy Şöroning qonun va dasturini yuborişga qaror qilindi [10:10]. 9-aprelda Samarqandda “Şöroi Islom” şöbasi oçilgan bölsa [16], 10-aprelda Namanganga uç kişilik vakil yuborilib, jamiyat şöbasini oçiş vazifasi topşirildi [23]. Aprel oxiriga qadar Andijon uyezdining Jalaquduq va Asaka, Qöqon uyezdining Konibodom va Söx, Toşkent uyezdining Tilov kabi qişloq va bölislarida ham jamiyat şöbalari oçilib, işga kirişdi [8].

Jamiyatning butun ölka böylab yoyilişida bir-biri bilan oldindan aloqada bölgan jadidlar va jamoat faollari alohida örin tutgan. Ular turli yiğin va majlislar uyuştirib, ölka aholisini yagona siyosiy ittifoq asosida birlaşişga va ozodlik va erkinlikni himoya qilişga çorlagan.

Şu bilan birga, jamiyat “Najot” va ayni vaqtda “Şöroi Islom” nomida gazetalar çiqarib, turli namoyişlarga vakillar yuborib, butun siyosiy vaziyatni nazorat qilişga harakat qilgan [4:38].

Jamiyat şöbalari har doim bir tartibda muammolarsiz oçilgan deb bölmaydi. Masalan, 8-aprelda Andijonda bir vaqtning özida “Şöroi Islom” jamiyatining şöbasini oçiş uçun ikki aholi guruhi örtasida kuraş borgan. Biriga boy savdogarlar vakili Ahmadbek Temirbekov va boşqasiga ulamolardan Muhiddin Maxzum boşçilik qilgan. Köpçilik aholi ulamolar taʼsirida bölgani uçun oxirida ular boşçiligida jamiyat şöbasi oçilgan [9].

Jamiyat aʼzolarining umumiy soni haqida aniq maʼlumot mavjud emas. Lekin, manbalarda qayd etilgan maʼlumotlarga köra, hududlardagi şöbalarda idora majlisi aʼzolari katta şaharlarda 20, kiçik qişloqlarda 15 kişi va umumiy majlis aʼzolari katta şaharlarda 100, kiçik hududlarda 50 kişidan ortmasligi belgilab qöyilgani inobatga olinsa [24], Turkiston ölkasining beş viloyati – Sirdaryo, Yettisuv, Farğona, Samarqand va Kaspiyorti markaziy şaharlarining özida 600 ga qadar aʼzo borligi anglaşiladi. Birgina Avliyoota şöbasi misolida körilsa, dastlab 39 aʼzo bölib, keyinçalik ularning soni 54 nafarga yetgan [29]. Andijonning Söfiqişloq şöbasida esa 20 kişi bölgan [8].

Jamiyatning moliyaviy asosi hukumat va jamoat muassasalaridan olingan mablağlar, badavlat kişilardan olingan inʼom pullar, sotilgan kitob, risola, jarida va majalla kabi matbuot işlaridan, şuningdek, har xil pulli yiğin va tomoşalardan tuşgan daromadlardan iborat bölgan [11:71]. Bu jarayonda şubhasiz xalqning qöllab-quvvatlovi alohida örin tutgan. Qöqon uyezdining Söx volostida jamiyat şöbasini oçiş uçun borgan vakillarning daʼvatiga binoan aholi tomonidan 800 söm, Isfarada esa 6022 söm mablağ yiğib berilgan [12]. 1917-yil iyunda “Şöroi Islom” jamiyati Markaziy Şöro bilan birlaşgan vaqtda uning hisobidagi 20 ming söm mablağ unga ötkazilgan [17].

1917-yil may oyida ötkazilgan Butunrossiya musulmonlari qurultoyida iştirok etiş uçun jamiyat raisi sifatida Ubaydulla Xöjayev vakil qilib belgilanganda yöl xarajatlari uçun 1100 söm, Toşpölotbek Norbötabekovga esa 500 söm mablağ ajratilgani [27] yoki aʼzolarni moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida Zayniddinxöja va Abdusafixonlarga 300 sömdan, Munavvarqoriga 1000 söm xayriya qilingani [27] jamiyatning moliyaviy jihatdan ançagina mustahkam bölganini körsatadi.

“Şöroi Islom” jamiyatining dastlabki faoliyati butun ölka böylab yoyilişi bilan barobar hokimiyatni asta-sekin milliy yetakçilar qöliga ötkaziş jarayoni bilan birga keçdi. Xususan, Toşkent eski şahar boşliği Kolesnikovning örniga komissar qilib Islombek Xudoyorxonov va unga örinbosar qilib Musaxon Mirazimovning belgilanişi, Toşkent tört daha politsiya tizimini tugatib, uning örniga milliy muhofizlar – Şayxontohurdan Kattaxöja Boboxöja eşon, Sebzordan Tojixon, Kökçadan Mirzaqosim, Beşyoğoçdan Saidkamolxonlarning saylanişi [19:35] nafaqat imperiya tizimini qulatiş yölidagi kuraşni körsatib turadi, balki Turkiston xalqlarining tarixiy davlatçilik tajribasidan kelib çiqib boşqaruvga qodir ekanini ham namoyiş qiladi, albatta.

 “Şöroi Islom” jamiyati faoliyatidagi eng katta yutuq 1917-yilning 16-23-aprel kunlari ötkazilgan birinçi Umumturkiston musulmonlari qurultoyi böldi. Turkistonning turli hududlaridan kelgan 200 ga yaqin vakil iştirokidagi Qurultoy kun tartibidagi dasturlar jadidlarning uzoq yillik kuraşlari mahsuli sifatida ozodlik yöriqnomasiga aylandi. Xususan, dasturning eng katta qismini band qilgan Turkistonning bölajak davlat maqomi şunday ifodalandi:

  1. Turkistonning kelajakdagi usul idorasi:
  2. a) aholi idoralara qonun yasaydurğan, buyruq qiladirğan va hukm qiladirğan mahkamalar;
  3. b) şarʼiy idoralar, madrasa va avqoflar masalalari;
  4. t) moliya masalasi;
  5. s) maorif, milliy va madaniy masalalar, çunonçi, ibtidoiy, örta va oliy maktablar, hunar maktablari, maktabğaça ham maktabdan taşqari va har xil ilmiy va madaniy muassasalar;
  6. j) ahli ruhoniy idoralarğa saylov tartiblari;
  7. d) eski idora muassasalari va maʼmurlarini özgartuv haqinda muvaqqat çoralar;
  8. z) Butun Turkiston musulmonlari ustidan qaraydirgan bir idora islomiya va mulkiya mahkamasi oçmak [21].

Yakunda çiqarilgan qarorda esa, “Turkiston musulmonlarining qurultoyi Rusiyaning usul idorasin “imtiyozli xalq jumhuriyati” (federativniy demoqratiçiskiy respublika) asosiğa qurulub, atrof viloyatlarğa keng muxtoriyat berilmoğini munosib köradur”, deyilgan edi [22].

Qolaversa, dasturga “aholi idoralara qonun yasaydurğan, buyruq qiladirğan va hukm qiladirğan mahkamalar” jumlasining kiritilişi bejiz bölmagan. Bu 1917-yildan keyin jadidlar siyosiy faoliyatida zamonaviy davlatçilik borasidagi qaraşlar yanada takomillaşib, qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud kabi hokimiyatning uçga böliniş prinsiplariga asoslangan demokratik tamoyildagi respublika şaklini örnatiş hamda mustamlaka tartiblarini butkul yöq qilib, jamiyatning barça sohalarini tubdan isloh qilişni boş maqsad qilib belgilab olganini ifodalagan. Oldinga qöyilgan vazifaning nazariy va amaliy jihatlarini esa “ŞÖROI Islom” kabi milliy tuzilma orqali hal qilib boriş belgilangan.

Turkistonda hayotni tubdan isloh qilişda “Şöroi Islom”ning markazçilik örni birinçi Umumturkiston musulmon mudarris va muallimlarining qurultoyini ötkazişida ham namoyon böladi. Jamiyat taşabbusi bilan 1917-yil 20-23-may kunlari Toşkentda ötkazilgan muallimlar qurultoyi jadidlarning uzoq yillardan beri taʼlim sohasidagi orzu-istaklarini ifodasi sifatida namoyon böldi [20]. Unda milliy taʼlim tizimining asoslarini qurib bergan muhim qarorlar qabul qilindi. Ular orasida taʼlimni ona tilida olib boriş, uni uç bosqiç – boşlanğiç, örta va oliy taʼlimga ajratiş, majburiy boşlanğiç taʼlim beriş, barça taʼlim muassasalarining huquqiy jihatdan tengligi, öquv dasturlarini yagonalaştiriş, taʼlimning davlat tomonidan moliyalaştirilişi, taʼlim tuzilmalariga tubjoy aholining rahbarlik qilişi, qizlarga taʼlim beriş va boşqa şu kabilar aks etdi [20].

Şuningdek, uşbu jamiyat oldida turgan Muvaqqat hukumatning Turkiston qömitasi, “Ölka işçi va askarlar şörosi” kabi muassasalar bilan munosabat yuritiş, majlisi muassason (Taʼsis majlisi) saylovlariga tayyorgarlik, oçlikka qarşi kuraş va boşqa şu kabi bir qator masalalar muvaffaqiyatli hal qilib borildi [13:26]. Jumladan, 1917-yil bahoridan Turkistonda boşlagan oziq-ovqat tanqisligi muammosini hal qiliş uçun xalqning isrofgarçilikka sabab böladigan töy va janoza marosimlarini ötkaziş tartiblari belgilab berildi [26].

“Şöroi Islom” jamiyati saflarida turli ijtimoiy-siyosiy qaraşga ega kişilar jamlangan edi. Ularni şartli ravişda imperiya davrida ulğaygan yangi avlod (jadid va rus-tuzem maktabi bitiruvçilaridan tortib yangi milliy sarmoyadorlarga qadar) va xonliklar davridan qolgan mavqeyini saqlaşga intilgan katta avlod (ulamolar, qozilar, yirik mulkdor va boşqalar) ga böliş mumkin. Bu holat Turkistonning bölajak boşqaruv şakli, xotin-qizlar masalasi, taʼlim islohoti va boşqa şu kabilarda umumiy fikrga kelişga xalaqit berardi. Oldingi davrda boşlangan jamiyatni isloh qiliş jarayonidagi “jadid” va “qadim” ziddiyatlari bu davrda ham davom etdi. Natijada, 1917-yil may oyi oxirlarida “Şöroi Islom” jamiyati tuzilganiga uç oy bölmay parçalana boşladi va ikkiga bölindi. 1917-yil iyunda uning tarkibidan “Şöroi ulamo” jamiyati ajralib çiqqaç, jamiyat faoliyati Markaziy Şöro bilan birlaşdi. Bu jarayonda söl eserlarga xayrixoh Saʼdulla Tursunxöjayev va Saidakram Saidazimboyev, jadidlardan Munavvarqori, Nizomiddin Xöjayev, Abdulla Avloniy va boşqalar bir safdan joy olib, Turkiston ozodligi yölida kuraşda davom etdi [5].

“Şöroi Islom” jamiyatining parçalanişida mustamlakaçi maʼmurlar va ular bilan hamkorlik qilgan sotqinlarning hissasi beqiyos ekani şubhasiz. Miyon Buzruk jamiyatning ikkiga ajraliş jarayoniga baho berar ekan, “Ulamolar bir jamiyat taşkil qiliş uçun kuraş boşladi. Şunga yöl körsatgan odamlar, ayniqsa, ularning boşliği Ivanov va şunga öxşagan bir neça kişilar boşliq edi. Bularning içida köproq Muxtorxon bilan Ivanov örtasida aloqa juda yaxşi edi. Ularni yaşirib keladigan bu guruhlar yana taraqqiyparvarlarga qarşi iş köra boşladi”, deb fikr bildiradi [14]. Şuningdek, Ulamo jamiyatining raisi Şerali Lapinning faoliyati ham umumiy maqsad yölidagi milliy harakatlarning bölinişiga olib keldi. “Uluğ Turkiston” gazetasida bunga munosabat bildirilib, “Şerali Lapin va boşqa şu kabi şaxsiy ğarazlarina berilgan zotlarğa ergaşub… şunday ixtilof va iftiro çiqaruvlarina butun vujudimiz bilan ranjiymiz”, deyiladi [18].

Xulosa qilib aytganda, 1917-yil Turkiston mintaqasida vujudga kelgan tarixiy imkoniyatdan unumli foydalangan millat oydinlari mustamlaka tartiblarini buzib, milliy zamonaviy davlatçilik tuzilmalarini şakllantirişga kirişdi. Bu jarayonda ular Turkiston hududida yaşovçi barça xalqlarning yagona davlat bayroği ostida birlaştiriş maqsadini közlab harakat qildi. Milliy va etnik kimlik tuşunçalari jadidlarning nazdida turkiylik va musulmonlik iboralari bilan anglaşildi. Şuning uçun Turkistonda tuzilgan ilk milliy siyosiy uyuşmaga – “Şöroi Islom”, yaʼni “Islom kengaşi” nomi berilib, bu orqali Turkiston xalqining birdamligi va birodarligi ifodalab berildi.

“Şöroi Islom” jamiyati özining qisqa muddatli faoliyati davomida Turkistondagi mustamlaka boşqaruv tartiblarini yangilaş va rahbarlikni milliy yetakçilar qöliga ötkaziş, Turkiston muxtoriyatining huquqiy-nazariy asoslarini işlab çiqiş va xalqning şu ğoya asosida birlaştiriş, yagona milliy taʼlim tizimini yaratiş, oziq-ovqat tanqisligi muammosini bartaraf etiş kabi turli yönalişlarda markaziy taşkilot sifatida katta muvaffaqiyatlarga erişdi. Ayni paytda, islohotlar borasidagi qaraşlarning xilma-xilligi natijasida yuzaga kelgan ikki guruh örtasidagi raqobat va unga mustamlaka hukumatining taʼsiri “Şöroi Islom”ning markazçilik nufuziga putur yetkazdi va 1917-yil iyun oyida jamiyatning parçalanişiga sabab böldi.

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Abdullayev P.M. Integrasionnыye protsessы v musulmanskom mire i Turkestanskiye djadidы // Yevraziyskoye soobщyestvo: ekonomika, politika, bezopasnost. – 1997. – №2. – S. 123 – 132.; Öşa muallif. Obщyerossiyskiye politiçeskiye organizasii Turkestana v 1917 godu. V kn.: Turkiston mustaqilligi va birligi uçun kuraş sahifalari. – T.: Universitet, 1996. – S. 39-; Öşa muallif. Nasionalnыye politiçeskiye organizasii Turkestana v 1917 – 1918 godы. Avtoref. diss. … dokt. ist. nauk. – T., 1998. – 62 s.; Öşa muallif. Natsionalnыye politiçeskiye organizatsii Turkestana v 1917-1918 godы. – T.: Adabiyot uçqunlari, 2016. – S.282.
  2. Aʼzamxöjayev S. “Şöroi Islomiya” asli qanday edi? // Fan va turmuş. – 1992. – № 5 – 6. –B. 18 – 19.; Öşa muallif. Turkiston muxtoriyati. Milliy davlatçilik qurilişi tajribasi. – T.: Maʼnaviyat, 2000. – 167 b.; Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati tarixi. – T.: Fan, 2023. – 255 b.; Öşa muallif. Özbekiston XX asrda. Ikki jildlik. Birinçi jild (1900-1939). – T.: Fan, 2024. – 751 b.; Mingnorov A. Turkistonda 1917-1918-yillardagi milliy siyosiy taşkilotlar. – T.: Maʼnaviyat, 2002. – 60 b.
  3. Abdullah Receb Baysun. Türkistan milli haraketleri. – İstanbul, 1943.
  4. Abdullah Taymas. Rus ihtilalinden hatıralar. – İstanbul: Güven, 1947.
  5. DXX arxivi. P-33391-iş, 1-yiğmajild, 148-varaq.
  6. DXX arxivi. P-33391-iş, 3-yiğmajild, 383-varaq.
  7. DXX arxivi. P-33391-iş, 3-yiğmajild, 383-varaq.; Mamlakat idorasida almaşinuv va Turkiston / Uluğ Turkiston. 1917-yil 25-aprel.; Aʼzamxöjayev S. “Şöroi Islomiya” asli qanday edi? // Fan va turmuş. – 1992. – № 5 – 6. –B. 18.; Mingnorov A. Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning milliy matbuotda yoritilişi (1917-1918-yillar). – T.: Istiqlol nuri, 2013. – 62-bet.
  8. Jalaquduq volostidagi saylov / Najot. 1917-yil, 28-may.
  9. Idoraga maktublar / Najot. 1917-yil, 28-aprel.
  10. Mingnorov A. Turkistonda 1917-1918-yillardagi milliy siyosiy taşkilotlar (Milliy matbuot materiallari asosida). – T.: Maʼnaviyat, 2002.
  11. Mingnorov A. Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning milliy matbuotda yoritilişi (1917 — 1918-yillar). – T.: Istiqlol nuri, 2013.
  12. Muallim A. Ibodiy. Böhtonga haqiqat / Najot. 1917-yil, 28-may.
  13. Mustafo Çöqay öğli. Istiqlol jallodlari (1917-yil xotiralari). – T.: Ğafur Ğulom, 1992.
  14. PAA. 617(1a)-jamğarma, 482-yiğmajild, 5-varaq.
  15. Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati tarixi. – T.: Fan, 2023.
  16. Samarqand ahvolidan / Najot. 1917-yil, 21-may.
  17. Turkiston markaziy şöro protokollari / Kengaş. 1917-yil, 25-iyul.
  18. Turkiston musulmonlarining ikkinçi qurultoyi / Uluğ Turkiston. 1917-yil, 10-sentyabr.
  19. Turkiston muxtoriyati milliy davlatçilik quriliş tajribasi.
  20. Umumiy Turkiston musulmon mudarris va muallimlarining qurultoyi / Najot. 1917-yil, 26-may.
  21. Umumturkiston musulmonlarining qurultoyi / Najot. 1917-yil, 21-aprel.
  22. Umumturkiston musulmonlarining qurultoyi / Najot. 1917-yil, 23-aprel.
  23. “Şöroi Islomiya”ning qaror va xizmatlari / Najot. 1917-yil, 21-aprel.
  24. “Şöroi Islomiya”ning muvaqqat qonuni / Najot. 1917-yil, 28-aprel.
  25. “Şöroi Islomiya”ning muvaqqat qonuni / Najot. 1917-yil, 28-aprel.; Mingnorov A. Turkistonda 1917-1918-yillardagi milliy siyosiy taşkilotlar (Milliy matbuot materiallari asosida). – T.: Maʼnaviyat, 2002.
  26. “Şöroi Islomiya”ning qarornomasi / Najot. 1917-yil, 28-aprel
  27. “Şöroi Islom”ning umumiy majlisi / Najot. 1917-yil, 28-aprel.
  28. “Şöroyi Islom”ning qaror va xizmatlari / Najot. 1917-yil, 26-may.
  29. Öz muxbirimizdan / Najot. 1917-yil, 21-may.

 

Asadullo XASANOV,
ÖzFA Tarix instituti tayanç doktoranti
 “Imom Buxoriy saboqlari” jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.

Check Also

BUXORO FIQH MAKTABINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN ÖRNI (IX-X ASRLAR MISOLIDA)

IX-X asrlarda Movarounnahrda islom ilmlari, xususan, fiqh ilmi jadal rivojlanib, mahalliy ilmiy maktablar şakllandi. Bu …