Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Baxtiyor Ibotov Özbekiston va Qozoğiston kutubxonalarida saqlanayotgan qölyozmalarni muhofaza qiliş va asraşga bağişlangan xalqaro öquv dasturida iştirok etmoqda.


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutida 13-noyabrga qadar davom etadigan mazkur öquv “STYERNA Heritage” loyihasi doirasida taşkil etilgan. Loyiha Xalqaro madaniy merosni muhofaza qiliş alyansi (ALIPH) kömagida amalga oşirilib, Yevropa Ittifoqi tomonidan ham moliyalaştiriladi.


Turkiya va Gretsiyadan kelgan mutaxassislar ötkazayotgan maşğulotlar qölyozma va qoğozli artefaktlarni saqlaş, yemirilişining oldini oliş, tozalaş, ular uçun himoyalovçi öram va qutiçalar tayyorlaş kabi muhim yönalişlarni qamrab oladi. Nazariy darslar amaliy laboratoriya işlari bilan uyğunlaştirilgan bölib, iştirokçilar qölyozma manbalarni asraşning anʼanaviy tajribasi bilan birga zamonaviy usullarini ham örganmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




