Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etiş markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati öçoği” xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumidagi navbatdagi ilmiy anjuman bölib ötdi. Unda Qozoğistondagi Nur-Muborak Misr islom madaniyati universiteti Islomşunoslik kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Asqar Akimxanov “XX asrda Qozoğistonda diniy maʼrifatni rivojlantirişda Ibray Oltinsarinning “Şaroitul Islom” va Şokarim Xudoyberdi öğlining “Musulmonlik kitobi” asarlarining ahamiyati” mavzusida maʼruza qildi.

Seminarda IRCICA, Özbekiston FA Şarqşunoslik instituti, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Özbekiston Milliy universtiteti, Toşkent islom institutining yetakçi olimlari, ekspert va tadqiqotçilar XIX asr oxiri-XX asr boşlarida qozoq jamiyatining maʼnaviy-maʼrifiy hayoti, şuningdek, mintaqadagi islomiy maorif va döstona ilmiy aloqalar bilan boğliq masalalarni muhokama qildi.

Maʼruzaçi Ibray Oltinsarinning 1884-yilda Qozon universiteti bosmaxonasida çop etilgan “Şaroitul islom” va Şokarim Xudoyberdi öğlining 1911-yilda Orenburgda naşrdan çiqqan “Musulmonlik kitobi” asarlarini qiyosiy-teologik tahlil qildi. Taʼkidlanganidek, bu ikki fundamental risola qozoq xalqining milliy-diniy özligini saqlab qolişda, yoş avlodga sof islom taʼlimotini öz ona tilida yetkazişda muhim dasturulamal bölgan. Öşa davrdagi murakkab mustamlakaçilik siyosati va taşqi mafkuraviy tahdidlar şaroitida mazkur asarlar xalqning savodxonligini oşiriş va maʼrifatini yuksaltirişga xizmat qilgan.

Seminarda ikki muallif ham islom dinining aqidaviy asoslarini, imon-eʼtiqod masalalari va kundalik hayotda zarur böladigan fiqhiy hukmlarni sodda va ravon tilda tuşuntirişga harakat qilgani alohida eʼtirof etildi. Şuningdek, diniy taʼlimda sof maʼrifat va anʼanaviy qadriyatlarga ustuvorlik berişda, yoşlarni yot ğoyalar va radikallaşuvdan himoya qilişda bunday tarixiy-maʼrifiy manbalarni çuqur örganiş maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Tadbir sönggida iştirokçilar maʼruzada keltirilgan ilmiy tahlillarni yuqori baholab, bunday xalqaro ilmiy muloqotlar qardoş xalqlarning maʼnaviy merosini özaro boyitiş va ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini taʼkidladi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




