Navoiy viloyatida ötkazilgan “Maʼrifat haftaligi” ijtimoiy-maʼrifiy loyihasining sönggi kunida tarğibot guruhi aʼzolari Nurota tumanidagi qadimiy “Çaşma” ziyoratgohida böldi.

Taşrif davomida iştirokçilar hududning boy tarixiy-madaniy merosi, muqaddas qadamjoning xalqimiz maʼnaviy hayotida tutgan örni va u bilan boğliq tarixiy anʼanalar bilan yaqindan tanişdi.

Uşbu taşrif milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, tarixiy obidalarimizga eʼtibor va hurmat-ehtiromni oşiriş, ajdodlarimizdan meros bebaho maʼnaviy boyliklarga sadoqat tuyğularini yanada mustahkamladi. Zero, tarixiy xotira va milliy özlikni anglaş jamiyat maʼnaviy yuksalişining muhim asosidir.

Şu bilan Navoiy viloyatida ötkazilgan keng kölamli “Maʼrifat haftaligi” öz nihoyasiga yetdi. Haftalik yakunlandi, lekin maʼrifatga intiliş hamişa davom etadi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




