Home / MAQOLALAR / JIN SAHOBALAR

JIN SAHOBALAR

Barça oşkoru pinhon mavjudotlarning Yaratuvçisi bölmiş Alloh taologa hamdu sanolar bölsin! Insu jinlarning payğambari Muhammad alayhissalomga, u zotning ahli baytlari va sahobalariga salavotu salomlar bölsin!

Deyarli barça eʼtiqod va madaniyatlarda uçraydigan jinlar Islom aqidasida fariştalar kabi ğayb olamiga mansub mavjudotlar sifatida eʼtirof etiladi. Jinlarning fariştalar bilan muştarak jihatlari bölgani kabi, ularni bir-biridan farqlovçi xususiyatlari ham mavjud. Masalan, latofatli, yaʼni közga körinmas va nozik mavjudotlar ekani ularning muştarak jihatlaridan biri bölsa, diniy hukmlar bilan masʼul (mukallaf) etib belgilangani farqli xususiyatlaridan hisoblanadi.

Jinlar va insonlar yaratiliş jihatidan bir-biridan farq qilsa-da, ular örtasida muayyan muştarakliklar ham bor. Xususan, har ikkisi ham diniy körsatmalarga amal qiliş va ilohiy hukmlar oldida masʼul bölgan mukallaf mavjudotlar hisoblanadi.

Sahobalar avlodi Islom sivilizatsiyasining barpo etilişida alohida va beqiyos örin tutadi. Zero, ular dinning asosiy manbalari hisoblangan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sözlari va amallarini bizga yetkazgan ilk vositaçilar hisoblanadi. Bu esa ularning Islom tarixidagi ahamiyatini yanada oşiradi.

Sahoba tuşunçasining qamrovi borasida, asosan, uning luğaviy va urfdagi maʼnolariga tayangan holda turli qaraşlar ilgari surilgan. «Döstlik», «hamrohlik» va «suhbatdoşlik» maʼnolarini anglatuvçi «s-h-b» (صحب) özagidan olingan söz luğatda biror kişi bilan hatto bir lahza bölsa-da, birga bölişni ifodalaydi. Urfda esa döstlik va suhbat deganda uzoq vaqt davom etadigan hamrohlik tuşuniladi. Şu nuqtai nazardan, ayrim ulamolar sahobalar qatoriga kiriş uçun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bir-ikki yil davomida hamsuhbat böliş, u zot iştirok etgan bir yoki ikki jangda qatnaşiş yoxud Payğambar alayhissalomning majlislarida hozir bölib, u zotdan hadis rivoyat qilişni şart qilib belgilaganlar. Boşqa bir guruh ulamolar esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan hatto bir lahza bölsa-da, birga böliş, u zotni köriş, hatto u zot yaşagan davrda hayot keçirişning özini ham sahobalik uçun kifoya deb hisoblaganlar.

Umumiy eʼtirof etilgan va eng keng maʼnodagi taʼrifga köra, sahoba deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni körgan va mömin holda vafot etgan kişilarga aytiladi.

Jinlar ham diniy hukmlar bilan masʼul (mukallaf) mavjudotlar ekani, şuningdek, Qurʼoni karimning «Ahqof» (46:29) va «Jin» suralarida zikr etilganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni körganlari hamda köplab hadislarda u zot bilan uçraşganlari haqida maʼlumotlar keltirilgani sababli, ayrim ulamolar ularni ham sahobalar qatoriga kiritganlar. Bunga köra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni körgan va Islom diniga eʼtiqod qilgan holda vafot etgan jinlar ham sahoba maqomiga ega deb hisoblangan.

Qadim zamonlardan buyon deyarli barça din va madaniyatlarda közga körinmas mavjudotlarning borligiga işonib kelingan. Ularning mohiyati va vazifalari turliça talqin etilgan bölsa-da, şumerlardan tortib hind xalqlarigaça, Yevropa qavmlaridan misrliklargaça, yahudiylik va nasroniylikdan tortib johiliyat davri arablarigaça bölgan deyarli barça xalq va eʼtiqodlarda bunday işonçning turli körinişlarini uçratiş mumkin.

Islom aqidasida közga körinmas mavjudotlar farişta, jin va şayton tuşunçalari orqali ifodalanadi. Ularning orasida fariştalar Alloh taoloning amrlariga mutlaq itoat etuvçi ruhoniy mavjudotlar sifatida taʼriflanadi. Jinlar esa, umumiy eʼtirofga köra, Alloh taoloning amr va qaytariqlari bilan masʼul (mukallaf) bölgan, ular orasida möminlari ham, kofirlari ham mavjud bölgan ruhoniy mavjudotlar hisoblanadi. Ularning kofirlari şaytonlar deb ataladi.

Qadimdan buyon ayrim kişilar turli sabab va maqsadlarni rökaç qilib, ğaybiy mavjudotlar, xususan, jinlar bilan aloqada bölişlarini daʼvo qilib kelganlar. Baʼzilari ğayritabiiy mavjudotlarning hujumlaridan insonlarni himoya qilişini iddao etsa, boşqalari ulardan ötmiş va kelajakka oid xabarlar olişini taʼkidlagan. Yana bir toifa kişilar esa turli yöllar bilan odamlarga taʼsir ötkaziş maqsadida ğaybiy mavjudotlar bilan muloqot qilişlarini daʼvo etganlar.

Sönggi asrlarda, ayniqsa, Ğarb jamiyatlarida, şuningdek, deyarli barça xalqlar orasida kuzatiş va tajriba orqali isbotlaş imkoni bölmagan maʼlumotlarga nisbatan şubha, hatto inkor kayfiyatining kuçayişi natijasida jin va demon kabi ğaybiy mavjudotlarga bölgan qiziqiş ilk va örta asrlarga nisbatan birmunça susaygandek körinsa-da, bu qiziqiş hanuzgaça öz ahamiyatini yöqotmagan.

Şu bilan birga, ayniqsa, tarix davomida sehr-jodu va afsungarlik bilan boğliq holda jinlar bilan aloqa örnatganini daʼvo qiluvçi, özini «jin çalgan» yoki «sehrlangan» deb hisoblagan kişilarni juda katta mablağ evaziga «davolaş» bilan şuğullanuvçi şaxslar ham köplab uçraydi. Jamoatçilik orasida «jinçi», «medium» va «ğayritabiiy hodisalar mutaxassisi» sifatida tanilgan bunday kimsalarning eşigi oldida navbat kutib turgan minglab insonlarni ham uçratiş mumkin.

Sönggi yillarda, ayniqsa, Ğarb manbalarida NLOlar (nomaʼlum uçar obyektlar), «özga sayyoraliklar» kabi sirli qurilmalar va mavjudotlar haqidagi xabarlarning köpayib borayotgani ham eʼtiborga molikdir. Boşqa tomondan, keyingi paytlarda, ayniqsa, «elita» deb ataluvçi ijtimoiy qatlam vakillari orasida bir neça maşğulotdan söng «astral sayohat» deb nomlanuvçi amaliyot orqali jinlar va boşqa sirli mavjudotlar bilan muloqot qilgani, hatto koinot böylab sayohat qilganini daʼvo etuvçi kişilar ham köpaymoqda. Şu bois jinlar bilan muloqot qiliş va ulardan turli xabarlar oliş masalasi diniy guruhlarga mansub bölgan yoki bölmagan muayyan doiralarda hanuz öz ommabopligini saqlab kelmoqda.

Arab dunyosida ham jinlar mavzusiga bağişlangan köplab ilmiy tadqiqotlar amalga oşirilgan. Jumladan, Valiyzor ibn Şohziddinning «al-Jinnu fi-l-Qurʼan va-s-sunna», Ibrohim Kamol Adhamning «al-Aloqa bayna-l-insi va-l-jinni min manzuri-l-Qurʼan va-s-sunna», Toha Abdurauf Saʼdning «Husnu-l-bayan fi ma qila ani-l-jann», Abdulqodir ibn Muhammad Ğomidiyning «Hukmu-l-istiʼana bi-l-jinni fi-l-mubahat» nomli asarlarini misol tariqasida keltiriş mumkin.

Şu örinda, asar nomidanoq tadqiqotimiz mavzusi bilan bevosita boğliq ekani anglaşiladigan Somiya Abdulaziz Manisiyning «al-Jinnu-l-muslimuna min sahabati-l-hodiy-l-başiri Muhammad sollallohu alayhi vasallam» nomli kitobi haqida ham maʼlumot beriş örinlidir. Nomidan körinib turibdiki, mazkur asar jin sahobalarga bağişlangan tadqiqotdek taassurot uyğotadi. Biroq unda jin sahobalarga ajratilgan qism ança qisqa bölib, uşbu masala yuzasidan eʼtiborga molik ilmiy tahlil va xulosalar keltirilmagan.

Muallif dastlab jin va şayton tuşunçalarining mazmun-mohiyatini oçib beradi. Söngra Qurʼoni karim va hadislar asosida jinlarga payğambar yuborilgan yoki yuborilmagani, ularning diniy hukmlar bilan masʼul (mukallaf) ekani, oralaridagi mömin va kofirlarning makoni qayerda joylaşgani kabi masalalarga javob izlaydi. Şundan keyin jinlarning yaratilişi, ular qaysi moddadan vujudga kelgani, şaytonning vasvasasi kabi mavzularni, Iblis va qarin singari tuşunçalarni yoritadi.

Şuningdek, muallif Qurʼoni karimda jinlar haqidagi oyatlar jamlangan «Rahmon» va «Jin» suralari, şuningdek, «Anʼom», «Soffot» va «Ahqof» suralaridagi tegişli oyatlarning tafsirini keltiradi. Bunda Ibn Kasir, Qurtubiy va Suyutiyning tafsir asarlariga asoslanadi. Keyinçalik Abu Nuʼaym va Bayhaqiyning «Daloilu-n-nubuvva» nomli asarlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan jinlarga oid hadis va xabarlarni keltiradi. Asarning sönggi qismida esa, asosan, Ibn Hajarning «al-Isoba» asarida jinlarga bağişlangan tarjimai hollarni deyarli özgarişsiz bayon qiladi.

Jinlar haqida atrofliça maʼlumotlar keltirilgan asarlar qatoriga Ibn Abiddunyo (vaf. 281/894) va Haroitiyning (vaf. 327/939) «Havotifu-l-jinan», Badruddin Şibliyning (vaf. 769/1367) «Oqomu-l-marjon», Suyutiyning (vaf. 911/1505) «Laqtu-l-marjon», Haytamiyning (vaf. 974/1567) «Fatovo al-hadisiyya» hamda Valiyzor ibn Şohziddinning «al-Jinnu fi-l-Qurʼan va-s-sunna» asarlarini kiritiş mumkin.

Jin sahobalar va ularning rivoyatlariga bağişlab yozilgan mustaqil asarlardan esa Zubaydiyning (vaf. 1205/1791) «Laqtu-l-marjon», Ahmad ibn Siddiq Ğumoriyning (vaf. 1960) «Musnadu-l-jin», Abdulhay Kattoniyning (vaf. 1962) «al-Maʼosiru-l-foşiya» va «Mavohibu-r-Rahmon», Somiya Abdulaziz Manisiyning «al-Jinnu-l-muslimun» nomli asarlarini qayd etiş mumkin.

Jin sahobalar va ularning rivoyatlarini örganişga ötişdan avval jin tuşunçasining mazmun-mohiyati, Islom dinida hamda undan oldingi din va madaniyatlarda jinlarga bölgan eʼtiqod, şuningdek, jinlarni köriş mumkin yoki mumkin emasligi, ularning turli qiyofalarga kira olişi yoki olmasligi bilan boğliq masalalar körib çiqiladi. Jinlar mavzusiga bağişlangan köplab asarlarda uşbu masalalar batafsil yoritilganini inobatga olgan holda, mazkur tadqiqotda ularga doir bahs-munozaralar va turli qaraşlarga zarur darajadagina töxtalib ötiladi.

«Jin» sözi kelib çiqqan «j-n-n» (جنّ) özagidagi feʼl, asosan, «yaşirmoq», «berkitmoq», «tösmoq» va «qoplamoq» kabi maʼnolarni anglatadi. Uşbu özakdan hosil bölgan deyarli barça sözlarda ham mazkur maʼnolar öz ifodasini topgan. Jumladan, arablar tun qoronğuligi butun atrofni qoplaşini «janna alayhi-l-laylu» (جَنَّ عَلَيْهِ اللَّيْلُ), egasini yaşiruvçi va himoya qiluvçi qalqonni «junna» (جُنَّة), hali tuğilmagani uçun ona qornida yaşiringan yoki qabrga dafn etilgan mavjudotni «janin» (جَنِين), içidagini öz bağriga yaşirgani sababli qabrni «janan» (جَنَن), daraxtlari bilan yer yuzasi tösilib, yaşiringan boğ yoki böstonni «jannat» (جَنَّة), badan bilan qoplangani sababli ruhni, kökrak qafasi bilan öralgani uçun esa qalbni «janan» (جَنَان), aqlni tösib qöyişi sababli jununlik va aqldan oziş holatini «jinna» yoki «junun» (جِنَّة / جُنُون) deb ataydi.

Istilohiy maʼnoda jin tuşunçasi hissiy idrok vositalari bilan anglab bölmaydigan, havo yoki olovdan yaratilgan bölsa-da, turli qiyofalarga kira oladigan, murakkab va oğir işlarni bajariş qobiliyatiga ega, insonlar kabi ong va iroda sohibi bölgan, ilohiy buyruqlarga amal qiliş masʼuliyati yuklatilgan, mömin va kofir toifalaridan taşkil topgan nozik tabiatli ruhoniy mavjudot sifatida taʼriflanadi.

«J-n-n» feʼlining luğaviy maʼnosi hamda jinlarning yaratiliş moddasidan kelib çiqib, ayrim oyat va hadislarda kelgan «jin» söziga zamonaviy davrda turliça talqinlar berilgan. Jumladan, uni oddiy köz bilan körib bölmaydigan mikroorganizmlar, viruslar, mikroblar, kosmik nurlar, şuningdek, sehrgarlik, folbinlik, astrologiya kabi amaliyotlarning ramziy ifodasi sifatida şarhlovçi qaraşlar ham mavjud.

Şuningdek, ayniqsa, «Ahqof» surasining 29–32-oyatlari va «Jin» surasi doirasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tilovat qilgan Qurʼoni karimni tinglaş uçun kelgan «jinlar» tuşunçasi ham turliça talqin qilingan. Ayrim tadqiqotçilar ularni Makka ahli ilgari duç kelmagan, notaniş, nomaʼlum yoki begona yahudiy va nasroniylar deb izohlaganlar. Boşqa bir qaraşga köra, ular Qays Aylan, Havozin yoki Saqif qabilalariga mansub kişilar bölgan. Mazkur yondaşuv tarafdorlari uşbu örinda «jinlar» deganda insonlar nazarda tutilgan, deb hisoblaydilar.

Bu nuqtai nazardan, Sulaymon alayhissalom qissasida zikr etilgan jinlar ham folbinlar, munajjimlar va yuksak mahoratga ega hunarmandlar sifatida taʼvil qilinadi.

Davomi bor…

Otabek MUHAMMADIYEV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi

Check Also

SABR HIKMATI

Sabr insonning eng muhim fazilatlaridan biri. Hayotda kutilmagan vaziyatlarga duç kelganimizda eng işonçli istehkom. Ammo …