Kiriş. Tilşunoslik ilmida luğatşunoslik azal-azaldan eng qadimiy sohalardan biri sanaladi. Uning şakllaniş va taraqqiy etiş jarayonida tilşunoslardan taşqari kişilik jamiyatining boşqa aʼzolari ham faol iştirok etgan. Hozirgi kunda jahon va özbek tilşunosligida bir, ikki va köp tilli luğatlarni ilmiy jihatdan tadqiq etiş jarayonini tilşunoslikning turli aspektlarida tahlil qiliş muhim ilmiy masala hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ikki tilli luğatlarning manbalari va hozirgi davrda amalga oşirilgan ilmiy-amaliy naşrlarining ahamiyati va mukammalligini aniqlaş uçun ilmiy-qiyosiy tahlillarni amalga oşiriş talab etiladi. Şu örinda tarjima luğatlar ustida olib borilgan bir qator olimlar tadqiqotlarini ham eʼtirof etiş lozim.
Tilşunoslar N.Rasulova, Ş.Fayzullayeva, Q.Muhiddinov, M.Ziyayevlar, X.Fattohov, T.Qodirov, E.Umarovlarning monografik işlari qatorida B.Hasanovning “Navoiy asarlariga tuzilgan qölyozma luğatlarning tuziliş prinsiplari” nomli dissertatsiyasi özining keng qamrovliligi, tahlillarining işonçliligi bilan ajralib turadi. Unda “Badoyeʼ al-luğat”, “Abuşqa”, “Sangloh”, “Luğati atroqiya” asarlari tahlil qilingan. Luğatşunos olim S.Normamatovning “Özbek luğatçiligining şakllanişi va rivojlanişida jadid maʼrifatparvarlarining örni” nomli doktorlik işini ham alohida taʼkidlaş lozim. Dissertatsiyaning mazmun mohiyatidan kelib çiqadigan bölsak, u ikki va köp tilli luğatlar tadqiqiga bağişlangan.
Movarounnahrga Islom dini kirib kelgandan keyin turkiy xalqlar köp asrlar davomida arab xalifaligi va arab xalqlari bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqada bölib kelgan. Bu munosabatlar ayniqsa, Abbosiylar (750–1238 yy) davrida taraqqiy etdi. Natijada, u yerda bir qança fanlarning noyob sohalari bilan birga tilşunoslik, luğatşunoslik sohalari ham rivojlandi. Turkiy xalqlarning islom dinini qabul qilişi natijasida luğatlardan foydalanişga ehtiyoj sezildi. Qurʼoni karim va hadisi şariflarni turkiylar öz ona tilida tuşunişi va arab tilidan tahsil olişi uçun zarurat tuğildi.
Tilşunos olim Ş.M.Mirziyotov “Muqaddimatul adab” asari tilşunoslik, luğatşunoslik, luğatşunoslik anʼanalari va arabiy-turkiy sözlikning leksik-semantik talqiniga bağişlangan filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasida yuqoridagi jarayonlarga “yangi anʼana” sifatida qiyosiy-tarixiy metod asosida quyidagiça ilmiy baho beradi: “Arab tilşunosligi aynan örta asrlarda islom dinining bevosita taʼsirida hamda boşqa xalqlar orasida tarqalişi natijasida şakllangan “yangi anʼana” sifatida eʼtirof etiladi. Uning yangiligi şundaki, arab tilşunosligi arab tilining strukturasi töla muvofiq keluvçi original til tizimini yaratdi, arab tilining spetsifikasiga mos keluvçi original tuşunça va terminlar apparatini muomalaga kiritdi. Arablar tomonidan işlab çiqilgan ilmiy tadqiqot metodlari boşqa tillar, xususan, fors, turkiy tillarning örganilişi jarayonida ham tatbiq etila boşlandi.”
Ikki tilli turkiy luğatçilik tarixi XI asrdan Mahmud Qoşğariyning turkça-arabça “Devonu luğotit turk” qiyosiy-tarixiy asarini yozganidan boşlangani barçaga maʼlum. Arabça-turkça luğatlardan yana biri – Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxşariyning (1075–1144) “Muqaddimatul adab” asari hisoblanadi. Olim bu asarini 1137-yilda Xorazmşoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga tuhfa sifatida unga bağişlab yozgan. Asar beşta katta qismga bölingan bölib, otlar, feʼllar, boğlovçilar, ot özgarişlari va feʼl özgarişlari haqida bahs yuritadi.
Turkiy leksikografiyaning taraqqiyot jarayoni va tadriji haqida tilşunos olim A.Nurmonov quyidagiça fikr bildiradi:
“Devonu luğotit turk” asari umumturkiy leksikografiyaning namunasi bölsa, XIII – XIV asrlardan boşlab, özbek leksikografiyasi undan oziqlangan holda mustaqil rivojlana boşladi. Ayniqsa, turkiyça-forsça, turkiyça-arabça tarjima luğatlar tuzişga eʼtibor kuçaydi. Bu esa, arab va ajam mamlakatlarida turkiy tilga qiziqişning ortib borgani natijasidir. Şuning natijasida “Tarjimonu turkiy va ajamiy va muʼğuliy va forsiy” (XIII–XIV asrlar), “Kitob at-tuhfatuz-zakiyati fil-luğatit turkiya” (XIV asr), Abu Hayyonning “Kitob al-idrok lison al-atrok” (XIV asr), şuningdek, Alişer Navoiy asarlari uçun tuzilgan köpgina luğat va boşqalar yuzaga keldi. Insoniyatning madaniy, maʼnaviy va ilmiy taraqqiyotida tilning, xususan, sözning beqiyos örni bor. Odamlar özaro muloqot qiliş, fikr almaşiş va bilim tarqatiş maqsadida turli vositalardan foydalangan, şular içida eng muhim va keng qamrovli vosita – bu til hisoblanadi. Ammo jamiyat tarixan turli millat, xalq va elatlarga bölingan holda şakllangani bois, har bir xalqning öz tili, söz boyligi, grammatik tizimi va maʼno hamda tuşunçalar dunyosi yuzaga kelgan. Şuning uçun ham xalqlar, elatlar va millatlar örtasidagi özaro muloqot, hamkorlik va anglaşuv ehtiyoji tufayli luğatlar – yaʼni bir tildagi sözlarni boşqa tilga tarjima qiluvçi, yoki bir tilning söz boyligini izohlab beruvçi leksik manbalar vujudga keldi. Ana şu ehtiyoj natijasida dunyoda leksikografiya, yaʼni luğatçilik ilmi paydo böldi.
Leksikografiya – bu sözlarni örganiş, tartiblaş, izohlaş va ularni luğat şaklida tizimlaştiriş bilan şuğullanadigan tilşunoslik sohasi bölib, uning ahamiyati nafaqat tilşunoslar, balki tarjimon, adabiyotşunos, tarixçi, manbaşunos va keng jamoatçilik uçun ham beqiyosdir. Zotan, til har bir xalqning milliy ongi, tarixiy xotirasi va madaniy merosining asosiy közgusidir. Leksikografiya, ayniqsa, insoniyatning tarixiy taraqqiyotidagi ilk sivilizatsiyalarda – Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, Yunon va arab-islom madaniyatida alohida ahamiyat kasb etgan. Masalan, miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda Şumer va Akkad (Aqqod) xalqlari mixxat yozuvlarida boşqa tillardagi sözlarning maʼnolarini qayd etgan ilk leksik röyxatlar paydo bölgan. Bu röyxatlar nafaqat leksikografiyaning, balki umumiy tilşunoslik fanining ham boşlanğiç manbalari hisoblanadi.
Şu nuqtai nazardan qaralsa, leksikografiya tilşunoslik fanining eng qadimiy va ilk şakllangan sohalaridan biri bölib, u jahon tilşunosligining şakllanişida va fan sifatida yuzaga kelişida ilk qadam hisoblanadi. Qadimgi Hindiston olimlari – Panini, Yaska, Bhartrixari kabi allomalarning sanskrit tilini mantiq, morfologiya va semantika jihatidan tahlil qilişga qaratilgan işlari keyinçalik Yevropa va islom olamida ham leksikografiyaning rivojiga yöl oçgan. Şuningdek, Aristotel, Sossyur, Bopp, Blumfild, Xomskiy kabi Ğarb olimlarining leksik tarkibni örganişdagi nazariy işlari, arab tilşunosligidagi “Muʼjam” anʼanasi va mukammal luğatçilik tajribalari bu sohaning jahon miqyosida qay darajada rivojlanganidan dalolat beradi.
Zamonaviy tilşunoslikda esa, leksikografiyada faqatgina luğat tuziş bilan çeklanib qolmay, balki uning nazariy asoslarini işlab çiqiş, luğat turlarini klassifikatsiya qiliş, foydalanuvçi ehtiyojini hisobga olgan holda luğat tuziş, elektron va kompyuter leksikografiyasi yönalişlarida ham faol ravişda iş olib borilmoqda.
“Leksikografiya” atamasi yunonça “sözlar haqida yoziş” maʼnosini bildiradi. Özbek tilida bu atama “luğat ilmi”, “luğatçilik” yoki “luğatşunoslik” sifatida talqin qilinadi. U öz mohiyatiga köra, tilşunoslikning luğat tuziş va ularni ilmiy jihatdan örganişga ixtisoslaşgan sohasidir [4:89-117]. Leksikografiya ikki asosiy turga ajratiladi: Nazariy leksikografiya – luğat tuzişning nazariy, metodologik va fanlararo masalalarini örganadi. Amaliy leksikografiya – luğat tuziş jarayoni, söz tanlaş, maqolalarni şakllantiriş, tartiblaş va luğatni tayyorlaş bilan şuğullanadi. Luğat tuziş – bu faqat tilşunoslik emas, balki u ijtimoiy vazifalarni ham bajaradi:
- Ona tilining söz boyligini saqlaş, tavsiflaş va normallaştiriş;
- Tillararo muloqotni taʼminlaş (ikki yoki köp tilli luğatlar orqali);
- Leksik va frazeologik boylikni ilmiy asosda tadqiq etiş.
Luğatning xilma-xil turi mavjud. Bu xilma-xillik, birinçi navbatda, leksikografik tavsif obyektining, yaʼni tilning murakkabligi va köp qirraliligi bilan izohlanadi. Qolaversa, jamiyatning tilga oid turli xil maʼlumotlarni olişga bölgan kuçli ehtiyoji ham luğat repertuarini murakkablaştiradi va kengaytiradi. Bitta luğat bilan til haqida butun jamiyatni, uning alohida qatlamlari va xususiyatlarini birdek qanoatlantirişning imkoni yöq. Şuning uçun ham, har qanday milliy leksikografiyada har xil turdagi önlab, hatto yuzlab luğatlarni uçratamiz.
Umuman olganda, mazmuni va maqsadiga köra, luğatlar ikki asosiy guruhga bölinadi: ensiklopedik va lingvistik yoki filologik. Ensiklopediyalar va ensiklopedik luğatlar sözlarni emas, balki ular bilan ifodalangan voqelikni (obyekt, şaxs, hodisa va tuşunçalar) tuşuntiradi. “Ensiklopediya” sözi qadimgi yunon tilidan kelib çiqqan bölib, “bilim doirasi” maʼnosini anglatadi. Ensiklopediyalar har qanday darajadagi öquvçiga qiziqqan mavzu böyiça maʼlumot beradi va öz-özini tarbiyalaşning muhim vositasi hisoblanadi. Umumiy ensiklopediyalardan taşqari, falsafa, tarix, texnologiya, matematika, fizika, tibbiyot va boşqa sohalar böyiça maxsus ensiklopediyalar mavjud. Ular muayyan sohadagi tuşunçalarni alifbo tartibida tuşuntiradi. Luğat tuzişning asosiy tamoyillaridan biri – luğatga olinayotgan sözlik hajmini aniqlaşdir. Odatda luğatning hajmi uning maqsad va vazifalaridan kelib çiqib, u haqidagi maʼlumot luğatning sarlavha sahifasi yoki izohida beriladi. Luğatning sözligi luğat turiga qarab belgilanadi. Misol uçun, sözlikning eng töliq töplami izohli luğatlarida, eng kami – imlo va şunga öxşaş bir tomonlama luğatlarda keltirilgan. Baʼzi izohli yoki öquv luğatlari şunçalik köp tavsif parametrlarini qamrab oladiki, ularning har biri maxsus zonada (vizual, grafik jihatdan) ajralib turadi: grammatika zonasi, moslik zonasi, maʼno zonasi, rasmlar zonasi va boşqalar.
Luğatlarning turlarga bölinişi, tasniflovçilar taʼkidlaganidek, turli sabablarga köra sodir böladi: luğatning maqsadi, hajmi, undagi sözlarning joylaşiş tartibi, tavsif obyektiga va hokazolarga köra bir xil turdagi luğatda birlaşsa, boşqalari bir-biridan ajralib turadi va butunlay boşqa turdagi luğatlar uçun asos bölib xizmat qiladi. Tarjima, izohli, dialekt va mintaqaviy luğatlar, jargon, tarixiy, neologizmlar, etimologik, maşhur iboralar va boşqa köplab luğatlar mavjud [2: 19-20]. Şuni taʼkidlaş kerakki, garçi luğatlar tipologiyasini yaratişga köplab tilşunoslar, xususan, L.V.Şçerba, P.N.Denisov, B.Kemada, Ya.Malkil, L.Zgusta va boşqalar uringan bölsa-da, tilşunoslikda luğatlarning umumeʼtirof etilgan tipologiyasi haligaça mavjud emas.
Luğatlar tipologiyasi, yaʼni ularni turlarga ajratiş – bu luğatlarning turli xususiyatlari asosida ilmiy tasniflaşdir. Lekin, odatda, bu tipologiya mavjud luğatlar asosida amaliy jihatdan tuziladi. Şuning uçun bu yerda ilmiy luğatlar tipologiyasidan köra, uni tuziş tamoyillari haqida gapiriş maqsadga muvofiqdir.
Sönggi yillarda luğatlarni tasniflaşda lingvistik, semiotik, formal va ijtimoiy-pragmatik parametrlar yoki bir neçta yönalişlari şakllangan va ular asos sifatida olinişi mumkin. Bu parametrlarni işlab çiqişga L.V.Şçerba, V.V.Vinogradov, S.I.Ojegov, V.G.Gak, A.M.Sivin, L.P.Stupin, L.A.Novikov, V.A.Kozirev, P.N.Denisov, L.P.Krisin va boşqa köplab tilşunos olimlar katta hissa qöşgan. Ammo luğatlarning ilmiy tipologiyasi asosini ilk bor akademik L.V.Şçerba özining “Opыt obщyey teorii leksikografii” (“Leksikografiyaning umumiy nazariyasi tajribasi”, 1940-y.) maqolasida yoritgan. U luğatlarni özaro qarama-qarşi qiyoslaş orqali quyidagi olti juftga ajratadi:
- akademik turdagi luğat – maʼlumotnoma luğati;
- ensiklopedik luğat – umumiy luğat;
- tezaurus – oddiy (izohli yoki tarjima) luğat;
- oddiy luğat – ideografik luğat;
- izohli luğat – tarjima luğati;
- tarixiy bölmagan luğat – tarixiy luğat.
Bir qator tilşunoslar L.V.Şçerbaning tasniflarini töldirib, şarhlagan. Masalan, professor V.G.Gak luğatlarni quyidagi sakkizta differensial belgilarga köra tasniflaydi: 1) mazmunga köra; 2) leksikani tanlaşga köra; 3) tavsif usuliga köra; 4) tavsif birligiga köra; 5) materialning joylaşuviga köra; 6) sözning davrdagi qöllanilişiga köra; 7) luğatning maqsadiga köra; 8) tillar soniga köra.
Zamonaviy luğatlarning xilma-xilligi ularning tasniflari uçun turli asoslarni yaratilişiga olib kelmoqda va bu borada turli ilmiy-amaliy parametrlar işlab çiqilmoqda.
Tarixiy manbalar va ilk leksikografiya. Tilşunoslikdagi eng qadimiy yozma manbalar leksikografik xususiyatga ega. Masalan, miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklardagi Mesopotamiya hududidan topilgan şumer va akkad tilidagi mixxatli yozuvlarga xorijiy sözlarning maʼnosi, talaffuzi va qöllanilişi haqida maʼlumot beruvçi ilk luğatlar sifatida qaraladi. Qadimgi Hindistonda Panini (mil.avv. VI-IV asrlar) tomonidan yaratilgan grammatik qoidalar va luğatlar leksikografiya ilmining ilk yuqori bosqiçini taşkil qilgan. U 4000 dan ortiq qoidalar orqali sanskrit tilini tartibga solgan va grammatik tizim yaratgan. Şuningdek, uning işlari keyinçalik Ğarb tilşunosligiga, xususan, Ferdinand de Sossyur va Noam Xomskiy kabi olimlarga kuçli taʼsir körsatgan. Ğarbda leksikografiyaning rivojlanişi haqida gapirganda, Aristotelning “Poetika” asari orqali Ğarbda tilşunoslik va ritorika asoslari yuzaga kelgan. Keyinçalik, Yevropa tilşunoslari XIX-XX asrlarda Frans Bopp, Ferdinand de Sossyur, Roman Yakobson va boşqalar orqali leksikografiya va til nazariyasini rivojlantirdi. Luğat turlari va tipologiyasi luğat tuzilişi, maqsadi va vazifalariga köra har xil turlarga bölinadi. Ular quyidagiça umumlaştiriladi: monolingval luğatlar (izohli, frazeologik, qomusiy va boşqalar), bilingval va polilingval luğatlar (tarjima luğatlari), taʼlimiy luğatlar (maktab va universitetlar uçun), terminologik luğatlar (ilmiy-texnik sohalar uçun), tarixiy, dialekt, jargon, neologizmlar luğatlari va hokazo. Luğatlar ikki asosiy yönalişda ham farqlanadi: lingvistik (filologik) luğatlar – sözlarning maʼnolarini, grammatik xususiyatlarini izohlaydi; ensiklopedik luğatlar – sözlar orqali ifodalangan obyektlar, şaxslar, hodisalar haqida maʼlumot beradi.
Luğat tuzişdagi muhim omillardan biri – sözlarning luğatdagi joylaşiş tartibidir. Köpinça alifbo asosida, baʼzan morfologik yoki tematik asosda tartiblanadi [3:470]. Arab leksikografiyasida “muʼjam” tuşunçasi muhim örin tutadi. U “luğat”, “jamlanma” yoki “qomus” maʼnolarini bildiradi. Islom dunyosida muʼjamlar diniy, ilmiy va adabiy asarlarni tartiblaş va izohlaşda muhim vosita bölgan. Xususan, hadis ilmlarida roviylarning ismlarini alifbo asosida jamlagan kitoblar ham “muʼjam” deb atalgan. Tarixiy jihatdan Xalil ibn Ahmad al-Farohidiyning “Kitob al-ayn” asari arab leksikografiyasining ilk namunalaridan biri hisoblanadi. U tilni fonetik usulda tartiblab, harflar singari sözlarni ham halqumdan boşlab, labgaça tavsiflagan. Bu sanskrit luğatçiligi taʼsirida şakllangan, deb qaraladi.
Arab muʼjamlari ikki asosiy turga bölinadi: Muʼjam maʼoniy (tematik leksikon) – muayyan mavzular asosida tuziladi; Muʼjam alfaz (alfavit asosidagi luğat) – sözlar alifbo asosida joylaştiriladi va maʼnolari izohlanadi. Muʼjam va Qurʼon leksikografiyasi Qurʼoni karimga oid leksikografik işlar – “muʼjam al-maqaniz”, “al-feharis”, “al-masodar” singari terminlar asosida leksemalarning konteksti, maʼnolari va qöllanilişi tahlil qilinadigan manbalardir [1: 32-33]. Ular Qurʼon tilşunosligi va tafsirşunoslik sohalarida muhim örin tutadi.
Arab tili idiomatik iboralarga boy til. Bu iboralarni semantik ekvivalentligini taʼminlaşda qiyinçilik tuğdirişi mumkin. Masalan, arabça “مطر خير” (matar xayr) iborasi “foydali yomğir” maʼnosini ifodalaydi, ammo uning tarjimasi köpinça uning çuqur maʼnosini ifodalay olmaydi.
Bu iborani sözma-söz “foydali yomğir” deb tarjima qiliş mumkin, lekin bu uning madaniy va emotsional yukini töliq aks ettirmaydi. Arab madaniyatida bu ibora yolğiz ob-havo holatini emas, balki baraka, rizq, yaxşilik va Allohning rahmati kelişi bilan boğliq maʼnoda qöllanadi.
Arab jamiyatida, ayniqsa sahro va quruq hududlarda yomğir kam yoğadi. Şuning uçun yomğir – hayot va farovonlik timsoli. “Matar xayr” deb aytiş, Allohdan kelgan yomğir barakali bölişini ifoda etadi va şukrona va xuş niyat bildiriş usuli hisoblanadi.
Töğri semantik tarjima uçun yeçim: sözma-söz emas, maʼnoli tarjima qiliş kerak:
- “Barakali yomğir”.
- “Yomğir yaxşilik keltirsin”.
- “Allohdan kelgan yaxşilik”.
- “Fayzli yomğir”.
Şu bilan birga, diniy va madaniy kontekstni tuşunmagan öquvçi yoki tinglovçi uçun izoh ham kerak böladi.
Qisqa xulosa: “:مطر خير” iborasi oddiy tabiiy hodisani emas, balki madaniy qadriyatlar, diniy eʼtiqod va ijtimoiy tasavvurlar bilan töla. Şuning uçun uni tarjima qilganda, semantik ekvivalentlikni saqlaş uçun sözma-söz emas, madaniy-maʼnoli yondaşuv talab etiladi.
يده خَفِيفَة (yaduhu xafīfa) – “Uning qöli yengil”. Bu ibora ikki xil maʼnoda işlatiladi:
- Agar usta haqida bölsa – işni çiroyli, tez va oson qilib bajaradi.
- Agar mehmon haqida bölsa – mehmon oz yeb-içadi, xöjayinga yuk bölmaydi.
Sözma-söz “His hand is light” deb tarjima qiliş mumkin, ammo bunday tarjima anglaşilmasligi mumkin. Kontekstga qarab:
- “He works with a light touç”.
- “He is an easy guest” kabi variantlar talab etiladi.
- Stilistik elementlar. Arab adabiyotida köpinça metafora va alegoriyadan keng foydalaniladi. Semantik ekvivalentlikka erişiş uçun tarjimonlar nafaqat literal maʼnoni, balki manba matnining stilistik xususiyatlarini ham eʼtiborga olişi zarur.
- Konnotatsiya va denotatsiya. Arab tilidagi sözlar köpinça denotativ (literal) va konnotativ (implitsit) maʼnolarni ham öz içiga oladi. Tarjimonlar uşbu maʼnolarni kuzatişi va semantik ekvivalentlikni taʼminlaşi uçun doimo maʼnoni töğri tuşunişi kerak.
Masalan, “سعيد” (saʼid) sözi “hamd” maʼnosini anglatadi, lekin uning kontekstiga köra, köpinça farqlanişi mumkin (masalan: xursand, qoniqiş).
- Denotativ maʼnosi (luğaviy): “Saʼid” sözining luğaviy maʼnosi – “xursand”, “baxtli”. Bu söz saʼāda (سعادة) – “saodat, baxt” sözidan kelib çiqqan.
- Konnotativ (implitsit) maʼnolari: Kontekstga qarab, “سعيد” sözining maʼnolari kengayib, quyidagilarni qamrab olişi mumkin:
Yuzdagi taʼsir: Baʼzi holatlarda, insonning yuzidagi xursandlik körinişi.
Tarjimadagi muammo: Agar tarjimon “سعيد” sözini doimo “xursand” deb tarjima qilsa, juda köp maʼnoni yöqotadi. Masalan:
- هو سعيد بقضاء الله – U Allohning taqdiriga rozidir (faqat “xursand” deb tarjima qiliş notöğri).
- سعيد في الآخرة – U oxiratda saodatga erişdi (buni “xursand” deb tarjima qiliş kulgili çiqadi).
Şuning uçun tarjimon söz kontekstini çuqur tuşunişi, diniy, ijtimoiy va hissiy konnotatsiyalarni inobatga olişi, talab etilganda adaptatsiya yoki izoh berişi kerak.
Arab tilidagi sözlar köpinça köpqatlamli maʼnolarga ega. Tarjimonlar denotativ va konnotativ farqni anglay olmasa, matnning mazmuni buziladi yoki kamayadi. Şuning uçun semantik ekvivalentlikni taʼminlaş uçun, maʼnoni faqat luğatdan emas, balki kontekst, madaniyat va jamiyat tasavvurlaridan kelib çiqib tuşuniş kerak.
- Dialektlik xususiyatlar. Arab tili köp dialektlarga ega tillardan bölib, bu sözlarning semantik maʼnosini töğri taʼriflaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarjima qilinayotgan matn zamonaviy standart arab tili yoki maxsus dialektda bölsa, semantik ekvivalentlikni taʼminlaşda bu jihatlarni aniqlaş kerak.
Semantik ekvivalentlikka erişişdagi çalkaşliklarga olib keluvçi omillar:
- Sözlarning polisemantik va omonimik xususiyatlari. Maʼlumki, arab tilida köplab sözlar bir neçta maʼnolarga ega (polisemiya) yoki bir xil şaklga ega bölgan, ammo farqli maʼnolarni anglatadi (omonimiya). Bu murakkablikni tarjimon kontekst orqali yeçib olişi mumkin.
- Grammatika va sintaktik struktura. Arab tili grammatikasi barça tillardagi kabi juda köp öziga xosliklarga ega. Masalan, özbek tili grammatikasi bilan ham bir qator tafovutlarga ega va bu, öz navbatida, tarjimada bir qator murakkabliklarni keltirib çiqaradi. Bu esa, semantik ekvivalentlikka erişişda katta eʼtibor talab qiladi. Tarjimonlar uşbu strukturaviy farqlarni öz içiga oladigan tarjima strategiyasini işlab çiqişi kerak.
- Madaniy xususiyat. Baʼzi tuşunçalar yoki terminlarning maqsad tilida töğridan-töğri ekvivalentlari bölmasligi tarjimonlardan ijodkorlik va öziga xos yondaşuv talab etadi. Masalan, arabça diniy terminologiyani tarjima qilişda tegişli ekvivalentni topiş juda muhim.
Stilistik ekvivalentlik – bu tarjima jarayonida original matn va tarjima matni örtasidagi uslubiy tenglikni saqlaşni anglatadi. U kommunikativ, pragmatik va funksional ekvivalentlik bilan yaqin aloqada, çunki barçasi maʼlum bir kommunikativ aktga boğliq.
Stilistik ekvivalentlik tarjima matnining asl matnga uslubiy jihatdan mos kelişiga, şuningdek, qabul qiluvçi madaniyatida tarjima matni qançalik mos ekaniga eʼtibor qaratadi. Boşqaça aytganda, bu tarjima matnining asl matn kabi taʼsir körsatişiga va şu maqsadga yetişişiga intiladi.
Stilistik ekvivalentlik quyidagi tuşunçalar bilan boğliq:
- Kommunikativ akt va taʼsir. Original matn biron bir maqsadga ega bölsa, tarjima ham şu maqsadga erişişi kerak. Masalan, agar asl matn qabul qiluvçini taʼsirlantirişga qaratilgan bölsa, tarjima ham qabul qiluvçini şu tarzda taʼsirlantirişi lozim.
- Mazmun va maʼno ekvivalentligi. Stilistik ekvivalentlik tarjima matnidagi mazmunni saqlaş hisoblanadi, lekin bu maʼnoning hamma vaqt bir xil bölişini anglatmaydi. Çunki har bir inson matnni öz ongida şakllantiradi.
Bu kabi talqinlar tarjima jarayonini aniqlaş va samarali tarjima qiliş uçun muhimdir, çunki ular orqali tillar orasidagi aloqalar, funksional munosabatlar va tarjima omili bölgan madaniyatlar orasidagi muloqotlarni yaxşi tuşuniş mumkin.
Bundan taşqari, tarjima ekvivalentligini aniqlaş tarjima jarayonida muvaffaqiyatli va samarali ijro etiş uçun asosiy omil hisoblanadi. Kelajakda esa, bu konsepsiyalarga asoslangan tadqiqotlar tarjima sohasidagi samaradorlik va ijodkorlikni yanada oşirişga yordam beradi.
Leksik birliklarning ekvivalentligini taʼminlaş tarjimondan nafaqat til qoidalarini mukammal bilişni, balki ikki tilning madaniy, tarixiy va milliy xususiyatlarini çuqur anglaşni talab qiladi. Mazmunni aniq va xolis yetkaziş uçun leksik birlikning töliq, qisman va nol ekvivalentlik holatlari kabi turli körinişlarini hisobga oliş zarur.
– Töliq ekvivalentlik holatida, ikki tildagi birliklar bir xil maʼnoga ega bölib, bir biriga töla muvofiq keladi.
– Qisman ekvivalentlik esa muayyan farqlarga ega bölib, tarjimondan kontekstga muvofiq tanlovni talab qiladi.
– Nol ekvivalentlik vaziyatida esa leksik birlikning boşqa tilda töğridan-töğri ekvivalenti mavjud bölmay, uni izohli tarjima yoki qöşimça tuşuntiriş bilan yetkaziş zarur böladi.
Tarjima luğat tuzişda asosiy jarayonlar söz ustida olib boriladi. Mana şu qism leksikografning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Söz – bu luğatning taşkil etuvçi komponenti, u til jamiyati hayotida yaşaydigan, ijtimoiy-madaniy hodisalarga uçraydigan jonli hodisa.
“Söz” tuşunçasiga mukammal taʼrif berişga köp olimlar urinib körgan, lekin ularning hammasini ham tölaqonli mukammal taʼrif deb bölmaydi. Professor A.A.Reformatskiyning fikriça, “söz – tilning eng konkret birligi”dir. Turli darslik va qöllanmalarda sözning turli taʼriflari keltirilgan. Xususan, B.N.Golovin: “Söz – tilning eng kiçik maʼnoli birligi, u gap tuziş uçun nutqda erkin tiklaniş xususiyatiga ega”, deb taʼkidlaydi. F.F.Fortunatov esa: “Tilning eng muhim birligi, çunki sözda til strukturasi barça asosiy elementlari birlaşadi”, deb hisoblaydi. L.I.Barannikovaga köra: “Tildagi maʼnoli tovuşlardan bölak holda maʼno ifodalaydigan tovuş söz deyiladi.” A.A. Potebnyaga köra: “Söz – tovuşlar bilan maʼno birligi” hisoblanadi. “Hozirgi özbek adabiy tili” qöllanmasida esa: “Söz – murakkab til hodisalaridan biri, u til birliklari qatorida muhim, markaziy örin tutadi”, – kabi fikrni uçratiş mumkin.
Tarjima luğat tuziş va tarjima jarayonida ekvivalentlik nafaqat leksik birliklar, balki frazeologik ifoda, sinonimlar, omonimlar va hattoki paremiyalarning ham özak masalasiga aylanadi.
Bunda tarjimonning nutqida feʼl va otlarning özaro boğliqligi, grammatik xususiyatlar va sintaktik tuzilişlarning tartibiga eʼtibor qaratiladi. Şuningdek, turli janrdagi va uslubdagi matnlarni tarjima qilişda leksik ekvivalentlikka erişiş maxsus yondaşuvni talab qiladi, çunki ilmiy, badiiy yoki rasmiy uslubdagi matnlarda maʼnoni yetkaziş uslubiy jihatlari bilan ham farq qiladi.
Semantik ekvivalentlik:
- الكتاب (al-kitab) – kitob: Bu misolda arabça «الكتاب» sözi va özbekça “kitob” sözi semantik ekvivalentlikka ega. Ikkala söz ham “kitob” maʼnosini bildiriş uçun işlatiladi. Bunga asosiy sabab, bizningça, özbek tilidagi “kitob” sözi arab tilidan töliq özlaştirilganidandir.
- البيت (al-bayt) – xona: “البيت” arabça sözi özbekçada “xona” yoki “uy” maʼnosini bildirişi mumkin. Bu ikki sözning maʼnosi aniq, yaʼni inson yaşaşi uçun kerak böladigan pana joy.
Konnotativ ekvivalentlik:
قلب (qalb) – “Yurak”
– Denotativ maʼnosi: Fizik yurak.
– Konnotativ maʼnolari:
– Ruhiy markaz: Fikrlaş, his qiliş va iymonning joyi.
- Niyat: Qalb bilan Allohga boğlaniş.
- Inson tabiati: Qalbi pok, qalbi qattiq, qalbi zaif.
Tarjima muammosi: Arab tilida “qalb” his-tuyğu va eʼtiqodning markazidir, ingliz yoki özbek tilidagi “heart” hamma vaqt bu maʼnolarni qamrab olmaydi.
رحمة (raḥma) – “Rahm”, “Mehr”
– Denotativ maʼnosi: Mehr-şafqat, yaxşilik.
– Konnotativ maʼnolari:
- Ilohiy şafqat: Allohning insoniyatga bölgan çeksiz rahmati.
- Ota-onaning mehri, payğambar rahmati – uluğ va beğaraz mehr.
– Iltimos: ارحمنا يا الله – Ey Alloh, bizga rahm qil (bunda afv, mağfirat, yordam maʼnolari ham bor).
Tarjima muammosi: “Mercy” deb tarjima qiliş mumkin, lekin bu söz “raḥma”ning ruhiy va ilohiy yukini töliq ifoda qila olmaydi.
كرامة (karāma) – “Qadr-qimmat”, “Şaraf”
– Denotativ maʼnosi: Şaraf, qadriyat, izzat.
– Konnotativ maʼnolari:
- Ilohiy hurmat: ولقد كرمنا بني آدم – Biz Odam farzandlarini şarafli qildik.
– Inson qadri: Kasal, kambağal yoki mayib insonni ham Alloh huzurida şarafli hisoblaş.
– Qudratli amallar (tasavvufda): Vali insonlar tomonidan sodir böladigan ğayritabiiy fazilatlar (mavhiba sifatidagi keramotar).
Tarjima muammosi: “Dignity” yoki “honor” deb aytiş mumkin, ammo kontekstga qarab “divine dignity” yoki “miraculous sign” kabi mazmunlar talab qilinadi.
Bu sözlar — şunçaki luğat maʼnolaridan iborat emas. Ular:
– Diniy, ruhiy, madaniy, ijtimoiy konnotatsiyalarga ega.
– Har xil kontekstda maʼnolar özgaradi.
– Tarjimon bu sözlarni aynan qanday va qayerda işlatilayotganini aniq tuşunib, maʼno adaptatsiyasini amalga oşirişi kerak.
Demak, semantik ekvivalentlik, leksik birliklarning töğri maʼnosini taqdim etsa, konnotativ ekvivalentlik kontekstdagi emotsional va assotsiativ maʼnolarni öz içiga oladi.
Konnotativ ekvivalentlik, leksik birliklarning kontekstdagi konnotatsiyasini hisobga oliş bilan boğliq. Uning xususiyatlari uni ekvivalentlikning boşqa turlaridan, masalan, denotativ va stilistik ekvivalentlikdan ajratib turadi.
Tarjimonning mahorati – kontekst va madaniy elementlarni töğri namoyon qilişda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa. Yuqoridagi tahlillardan kelib çiqib aytiş mumkinki, leksikografiya – bu faqat sözlar jamlanmasi emas, balki har bir xalqning dunyoqaraşi, madaniy ongi, tarixiy tafakkuri va tilining teran ifodasidir. Til insoniyat sivilizatsiyasining asosiy belgisi sifatida şakllangani kabi, luğatlar ham madaniyat, ilm va fan taraqqiyotida muhim köprik vazifasini bajarib kelmoqda. Leksikografiya fan sifatida uzoq tarixiy taraqqiyotni bosib ötgan. Uning ilk namunasi Şarq sivilizatsiyasi – Şumer, Akkad, Hind va Xitoyda paydo bölgan bölsa, keyinçalik Aristotel, Panini, Yaska, Xalil ibn Ahmad, Firözobodiy, Jörj Buş, Sossyur, Blumfild, Xomskiy kabi mutafakkirlar bu sohaning nazariy asoslarini boyitdi. Ayniqsa, arab-islom leksikografiyasida muʼjamlar anʼanasi juda yuqori darajada rivojlangan bölib, bu anʼana keyinçalik Yevropada ham öz taʼsirini körsatgani taʼrifga loyiq.
Maqola davomida leksikografiyaning faqatgina luğat tuzişdan iborat emasligi, balki uning nazariy-metodologik, tarixiy va amaliy jihatlari mavjud ekani körsatildi. Zamonaviy leksikografiyada esa kompyuter texnologiyalari, korpus lingvistikasi, ongli luğatlar tuziş, foydalanuvçiga yönaltirilgan yondaşuv, multimodal luğatlar, elektron formatlar kabi yangi yönalişlar vujudga kelmoqda. Bu esa leksikografiyaning dinamik, tizimli va taraqqiyotga oçiq fan ekanini yana bir bor isbotlaydi. Bugungi globallaşuv, tillararo muloqot va tarjima ehtiyojining keskin ösişi tufayli leksikografiyaga bölgan talab ortib bormoqda. Ayniqsa, köp tilli jamiyatlarda, fan va texnologiya sohalarida, taʼlim-tarbiya jarayonlarida, tarjima amaliyotida va madaniyatlararo muloqotda luğatlar muhim manbaga aylanmoqda. Şu nuqtai nazardan, leksikografiya fan sifatida nafaqat tilşunoslar, balki keng jamoatçilik uçun ham amaliy ahamiyatga ega. Uning ilmiy asosda rivojlanişi, milliy va umuminsoniy tajribalar asosida takomillaşişi hamda yangi texnologiyalar bilan uyğunlaşib borişi — bu sohaning kelajakdagi istiqbolini belgilab beradi.
Konnotativ ekvivalentlik — bu tarjimada semantik ekvivalentlikning bir körinişi bölib, leksik birliklarning kontekstda paydo böladigan qöşimça, emotsional va madaniy maʼnolarini hisobga oladi. Bu turdagi ekvivalentlik, tarjimonning matn mazmunini çuqur anglaşini, nafaqat sözning asosiy (denotativ) maʼnosini, balki uning kontekstdagi ruhiy, diniy va madaniy yukini ham hisobga olişini talab qiladi.
Semantik ekvivalentlik sözlarning töğridan-töğri maʼnolarini tarjima qiliş bilan çegaralansa, konnotativ ekvivalentlik esa ularning yaşirin, hissiy va ijtimoiy qirralarini oçib berişga xizmat qiladi. Şu bois, konnotativ ekvivalentlik tarjima jarayonida yordamçi vosita sifatida semantik aniqlikni yanada çuqurlaştiradi.
Misollar orqali körilganidek, arab tilidagi “qalb”, “rahma”, “karama” kabi sözlar oddiy tarjima bilan çeklanmaydi, balki ular orqali ifodalangan tuşunçalar tarjimada kontekstga qarab moslaştirilişi kerak. Aks holda, asosiy maʼno yöqolib ketadi yoki notöğri talqin qilinadi.
Tarjimonning vazifasi — nafaqat tilni, balki madaniyat, urf-odat, diniy tuşunçalar va jamiyatdagi qadriyatlarni ham töğri tuşunib, mos ravişda tarjima qilişdir. Aynan şunday yondaşuv orqali yuqori sifatli, çuqur maʼnoli va original matnga yaqin tarjima amalga oşiriladi.
Xulosa sifatida aytiş mumkinki, leksikografiya nafaqat tillarning söz boyligini hujjatlaştiruvçi vosita, balki xalqlarning ilm-fanga, madaniyatga, dunyoqaraşga bölgan munosabatini ifoda etuvçi muhim ilmiy sohadir. Uning rivojlanişi — bu til madaniyatining rivojidir, fan va jamiyat taraqqiyotining bir bölagidir.
-
Adnan Al-Muʼjam al ‘Arabiy baina al-Madhy wa al Hadir….
-
Ahmad Mukhtar Umar. Sinaʼatu al-muʼjam al-hadis. – Kairo: ‘Alamu al-Kutub, 2009.
-
Hilmy Khalil. Al-Dirasat fil Lughah wa al muʼjam. 1st ed. – Beirut: Dar al-Nahdhoh, 1998.
-
Щерба Л.В. Опыт общей теории лексикографии // Известия Академии наук СССР. Отделение литературы и языка. — 1940. – № 3.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




