Navoiy viloyatida boşlangan “Maʼrifat haftaligi” ijtimoiy-maʼrifiy loyihasi doirasidagi tadbirlar Navoiy şahrida qizğin muloqot va madaniy-maʼrifiy uçraşuvlar bilan davom etdi.



Dastlab Navoiy davlat universitetida “Uyğoq idrok” loyihasi doirasida maʼrifiy seminar ötkazildi. Axborot madaniyatini yuksaltiriş, internetdan oqilona foydalaniş, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, diniy bağrikenglik hamda zararli ğoyaviy taʼsirlarga qarşi maʼnaviy immunitetni mustahkamlaş masalalariga bağişlangan tadbirda oliy taʼlim muassasalarining masʼul xodimlari, tyutorlar va şahar taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Uçraşuvda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Baxtiyor Tursunov ham sözga çiqib, globallaşuv davrida eng katta xavflardan biri – soxta, tekşirilmagan, şubhali axborotlarga işoniş va ularni tarqatiş ekanini taʼkidladi. Şuningdek, yoşlarni mustaqil va tanqidiy fikrlaşga örgatiş, turli ğarazli mafkuraviy xurujlardan ogoh etiş, boy maʼnaviy merosimizga tayangan holda maʼnaviy immunitetini mustahkamlaş zarurligini alohida qayd qildi.


Haftalik tadbirlari doirasida Navoiy şahridagi Bolalar qöğirçoq teatrida viloyatdagi talaba-yoşlar, akademik litsey va kasb-hunar maktablari öquvçilari uçun “Qasamyod” spektakli namoyiş etildi. Jadid bobolarimizning Vatan ozodligi va maʼrifat yölidagi fidoyiligi aks ettirilgan drama tomoşabinlarda, ayniqsa, yoşlarda katta taassurot qoldirdi.

Viloyat böylab “Maʼrifat haftaligi” doirasidagi maʼrifiy uçraşuvlar va xayrli tadbirlar davom etmoqda.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




