Yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, mahallalarda aholi bilan oçiq muloqotlarni kuçaytiriş borasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Navoiy viloyatida keng kölamli “Maʼrifat haftaligi” ijtimoiy-maʼrifiy loyihasi boşlandi. Mazkur haftalik Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Din işlari böyiça qömita, “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati va qator qator hamkor taşkilotlar tomonidan taşkil etilgan.

Loyihaning ilk kuni “Mahallada maʼrifat” şiori ostida Konimex tumanining olis “Zafarobod” mahallasida ezgu taşabbuslar bilan boşlandi. Unda respublika tarğibot guruhi aʼzolari, jumladan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği, tarix fanlari böyiça falsafa doktori Baxtiyor Tursunov, Özbekiston xalq artisti Mansur Toşmatov, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Şohida Ismoilova va xonanda Sevara Tölanova iştirok etdi.

Tadbir davomida vakilimiz sözga çiqib, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, jamiyatda şukronalik, özaro hamjihatlik va maʼrifatning örni xususida töxtalib ötdi.

Şuningdek, loyiha doirasidagi “Yaxşilik karvoni” aksiyasi orqali mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvçisini yöqotgan, nogironligi bölgan şaxslar hamda yolğiz keksalar xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi. Ularga maʼnaviy-ruhiy kömak körsatilib, bayramona kayfiyat ulaşildi.


Viloyat böylab davom etayotgan “Maʼrifat haftaligi” doirasidagi tadbirlar boşqa tumanlarda ham kötarinki ruhda davom etmoqda.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




