Sabr insonning eng muhim fazilatlaridan biri. Hayotda kutilmagan vaziyatlarga duç kelganimizda eng işonçli istehkom. Ammo hamma narsa tezlaşib ketgan hozirgi zamonda bir neça daqiqa, hatto bir neça soniya sabr qiliş köpçilikka juda qiyin bölib tuyuladi.
Inson hayoti kuraşlardan iborat bölib, bu jarayon turli maşaqqatlarga töla. Bu qiyinçiliklardan ötişda va muvaffaqiyat qozonişda sabr-matonat muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Heç kimga sabrdan yaxşiroq va kengroq ato berilmagan”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Ulamolar sabrni turliça taʼriflagan bölsa-da, ularning fikrlari bir-birini töldiradi. Quyidagi iqtiboslardan bunga yana bir bor işonç hosil qilamiz.
Roğib Isfahoniy: “Nafsni şariat va aql talab qilganidek, tiyiliş lozim bölgan narsalardan tiyib turiş”, deb taʼriflagan.
Jurjoniy: “Balolar azobidan Allohdan boşqaga şikoyat qilmaslik”, degan bölsa, Abu Hotim: “Sabr uç xil böladi: maʼsiyatga (gunohga), ibodatga, musibat va balolarga sabr qiliş. Ularning eng yaxşisi gunohlarga sabr qilişdir (ularga qöl urmaslikdir)”, deb aytgan.
Sabr nimaga nisbatan ekaniga qarab uçga bölinadi:
- Musibatlar paytidagi sabr.
- Gunoh-maʼsiyatlardan tiyilişdagi sabr.
- Toat-ibodat uçun sabr.
Sabr turli örinlarda har xil maʼnolar kasb etadi. Inson boşiga tuşgan musibat va körguliklarni xotirjam qabul qilişi, jazavaga tuşmasligi, hammaga arzi hol qilavermasligi haqiqiy sabrdir. Öz holidan, muşkulidan noliş – sabrsizlik belgisi. Qolaversa, bunda boşqa bandadan yordam kutiş va uni ham bezovta qiliş holati mavjud böladi. Şikoyat esa faqat Allohga qilinişi kerak, çunki sinovning yeçimini uni boşimizga solgan Zotning Özigina beradi. Qurʼoni karimda Yaʼqub alayhissalom tilidan “Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning Öziga şikoyat qilmoqdaman…” (Yusuf surasi, 86-oyat) deb bejiz aytilmagan.
Lekin “Haq taologa dardimni aytdim, şu bilan böldi” degan fikrga borib, muammoni hal qilişga intilişdan töxtamaslik ham kerak. Zero, bu hayot – sababiyat dunyosi. Unda tegişli sabablar va vositalar yuz beradi, ado etiladi, Qodir Parvardigordan natija kutiladi.
Sabr örniga qarab ikki turga bölinadi – jismoniy va maʼnaviy. Bularning har biri yana ikki qismga bölinadi.
- Ixtiyoriy jismoniy: tanaga maşaqqat keltiradigan işlar bilan öz xohişiga köra şuğullaniş, yaʼni riyozat.
- Majburiy jismoniy: issiq, sovuq, jarohat va oğriq kabi taşqi taʼsirlarga sabr qiliş.
- Ixtiyoriy maʼnaviy: şariat va aqlga töğri kelmaydigan işlardan tiyiliş.
- Majburiy maʼnaviy: musibat va judolikka sabr qiliş.
Abdulqodir Jiyloniy rahimahulloh odamlarga yuzlanib bunday degan ekan: “Öz holingizdan nolimang. Hamişa sabrli böling, Alloh taoloning rahmatidan aslo noumid bölmang. Zero, Alloh taolo uçun qilingan sabr va bardoş heç qaçon mukofotsiz qolmaydi. Ozgina sabr qiliş, uzoq yillar uning rohatini körişga sabab böladi. Kim özining qatʼiyati bilan maşhur bölgan esa, bilingki, sabri bilan maşhur bölgan”.
Sabrning foydalari:
- Oğir vaziyatlarda yengillik beradi.
- Ğazab vaqtida özni tutişga yordam qiladi.
- Moddiy va maʼnaviy yaxşiliklarga erişiş yölidagi jismoniy va ruhiy qiyinçiliklarga bardoş uyğotadi.
- Sabr imon barkamolligi va qalbdagi islom gözalligining dalilidir.
- Qalbda hidoyat hosil qiladi.
- Alloh taoloning va bandalarning muhabbatini keltiradi.
- Jannatga erişiş va dözaxdan qutuliş vositasi.
- Qiyomat kunidagi katta vahimali qörqinçdan omonlik beradi.
- Mardlik va yaxşi oqibat alomati.
- Alloh taoloning rahmati va barakoti.
Musibat va qiyinçiliklarga sabr qilişda, ularni matonat bilan yengib ötişda ulkan hikmatlar bor. Musulmon banda sinovlar Alloh tomonidan berilganini yaxşi biladi, sabr qilsa, ajr olişini öylaydi, duo qiladi va özining bandaligini, ojizligini teran anglaydi. Çin mömin yaxşi-yomon kunida yutuqqa intilaveradi. Negaki, neʼmatlar içra yurganida, şukr qilib savob oladi, musibat va oğir kunlarda esa, sabr qilib ulkan ajrlarga erişadi. Zero, “Albatta, Alloh sabr qiluvçilar bilan birgadir” (Baqara surasi, 153-oyat).
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




