Home / ALLOMALAR / AL-HAKIM AT-TERMIZIY VA IBN ARABIY

AL-HAKIM AT-TERMIZIY VA IBN ARABIY

Buyuk mutafakkir Hakim Termiziyning (vaf. 932 y.) hayoti va asarlarini çuqur örgangan XX asr fransiyalik arab olimi Usmon Ismoil Yahyoning taʼkidlaşiça, garçi Termiziydan bevosita taʼlim olgan taniqli şogirdlarni körsatiş muşkul bölsa-da, lekin uning asarlaridan taʼsirlangan va fikrlarni özlaştirgan sufiylarni tasavvuf tarixida uçratiş mumkin. Şulardan biri Hakim Termiziydan keyin ikki yarim asrdan keyin yaşab ijod qilgan maşhur sufiy olim Ibn Arabiyning (1165-1240) faoliyati barça zamonlarda turli tortişuv va munozaralarga sabab bölgan. Örta asrlarda ham, keyingi davrlarda ham uni “muhyiddin” (“dinni tiriltiruvçi”), “mahiddin” (“dindan çetlaştiruvçi – murtad”), şuningdek, “mumiytuddin” (“dinni halok etuvçi”), deb atovçilar bölgan. Hatto Ibn Arabiy vafotidan keyin bir guruh mutaassiblar uning qabrini buzgan, lekin keyinçalik Turkiya podşohi Salim Usmoniy uni qaytadan qurdirgan. Alloma hayot bölgan yillarda ham, vafotidan keyin ham baʼzi faqih va olimlar uni dinsizlikda ayblagan. Şuningdek, Ibn Arabiyning vahdatul vujud xususidagi aqidasi va ğaroyib narsalarni kaşf etişi haqidagi qaraşlari şariat ahlini har doim unga qarşi qilib qöyar edi.

Hozirgi davrda ham Ibn Arabiy haqidagi bunday tortişuvlar nihoyasiga yetmagan. Jumladan, 70-yillarning boşlarida Misrdagi “Al-Ixvonul muslimun” taşkiloti atrofidagi guruhlar Ibn Arabiyning kitoblarini Misrda çop etişni taqiqlaşga erişgan.

Mana şu maşhur islom faylasufi öz kitoblarida Hakim Termiziy asarlaridan köplab yirik lavhalarni iqtibos qilib keltirganini köriş mumkin. Ibn Arabiy bir qança asarlarida Hakim Termiziy nomi va qaraşlarini takror-takror zikr etadi. Hattoki, özining maşhur “Al-Futuhotul makkiyya” asarida Hakim Termiziying “Xatmul avliyo” asarida örtaga taşlangan 157 savolga javob bergan. Bundan avval esa uşbu masalalarga doir mustaqil kitob “Al-Javobul mustaqiym aʼmma saʼala anhu at-Termiziy al-Hakim” (“Al-Hakim at-Termiziydan söralgan ruhiy masalalar şarhi”) asarini yozgan edi. (Mazkur asarning bir dona qölyozma nusxasi Iskandariya şahrining “Maktabatul baladiyya” kutubxonasida № 3467 tartib raqami bilan saqlanadi).

Ayniqsa, Ibn Arabiyning “valiylik”ka oid qaraşlarida Hakim Termiziyning taʼsiri yaqqol seziladi. Zero, Hakim Termiziy avliyolar haqidagi sufiy qaraşlarni nazariy jihatdan tartibga solgan birinçi olim hisoblanadi. Hakim Termiziy tasavvufidagi muhim hisoblanadigan “nubuvvat” va “valoyat” masalalariga katta eʼtibor bergan.

Valiylik nazariyasida “Xatmul avliyo” mavzusini ilk bor örtaga qöygan, sufiylarning dolzarb mavzusiga aylantirgan Hakim Termiziy bölib, bu mavzuda “Siyratul avliyo” nomli maşhur asar ham yozgan. Manbalardan maʼlum bölişiça, allomaning uşbu kitobi tasavvuf olamida muhim örin egallagan asardir. Unda ilk bor “valoyat” va “nubuvvat” mavzulari çuqur örganib çiqiladi, Ibn Arabiy esa, Termiziy fikrlarini özlaştirib, ularni öziga xos tarzda talqin qilgan.

Hakim Termiziy Qurʼondagi “Va xotamu-n-nabiyyin” oyatiga muvofiq, payğambarlarning bir-birlaridan ustunliklari bölganidek, valiylar orasida ham darajalar bor deydi. Unga köra, valiylarning eng ustuni xotamul avliyodir. Hakim Termiziy “xotamul avliyo” sözi örniga “imomul valoya” va “raisul valoya” taʼbirlarini ham işlatgan. Quyidagi sözlar ham unga tegişli: “Muhammad (s.a.v.) töğrilik qadamini boşqa payğambarlarga nisbatan oldinroq taşlagan. U hamma payğambarlarning xotamidir. Uning vafotidan söng, ummatidan qirq kişi uning örniga ötadi, şunda arz (yer) ular bilan qoim böladi. Ular rasulning ahli baytlaridir. Nasab jihatidan emas, zikr jihatidan uning xonadonidirlar. Rasululloh qilgan zikr uyiga siğingan har bir kişi uning ahli xonadonidir. Bu qirq kişidan biri vafot etsa, uning ummatidan biri örnini bosadi. Bularning sanoği tugab, dunyoning zavol vaqti kelgaç, Alloh bir valiy yuboradi. Uni saralab, öziga yaqin qilgan böladi. Unga “xatmul valoya” (“valoyat muhri”) bergandir. Bu valiy qiyomatgaça boşqa valiylarga Allohning hujjati böladi. Muhammadning (s.a.v.) nubuvvat sidqi bölganidek, uning ham valoyat sidqi bor. Unga şayton ilaşa olmas, nafs uni valoyatdan çalğitib, zavq-safoga yetaklay olmas. Muhammad (s.a.v.) barça payğambarlarning sayyidi bölganidek, xotamul avliyo ham avliyolarning sayyidi va har xususda ularning peşqadamidir”.

Ibn Arabiy “Futuhot”dagi bir şeʼrida uning özi “xotamul avliyo” ekanini ifodalaydi. Xatmi valoyat masalasini izohlar ekan, u nabiy bilan valiy munosabatiga ham töxtaladi, bu haqida öz fikrlarini ilgari suradi. Jumladan, nabiylik nihoyasiga yetgan, valiylik esa davom etmoqda. Çunki Allohning ismlaridan biri – Valiy. U Hakim Termiziyning “xatmul avliyo” xususidagi fikrlarini “Fususul hikam” (“Hikmatlarning közlari-niginlari”) asarida qöyidagiça talqin qiladi: “Bu ilm faqat rasullar bilan valiylarning xotamiga maxsusdir. Payğambarlar bu ilmni faqat xotamul anbiyoning (Muhammad s.a.v.) qandilidan körarlar. Valiylar esa buni xotamul avliyoning qandilidan körarlar. Çunki risolat va nubuvvat töxtaydi, ammo valoyat aslo töxtamaydi. Payğambarlar ham valiy bölganlari uçun yuqorida zikr etilgan ilmni faqat xotamul avliyoning qandilidan köradilar. Garçi xotamul avliyo xotamur rasulning keltirgan şariat hukmlariga böysunsa ham, bu uning maqomini pasaytirmaydi va ayni holat bu fikrga zid kelmaydi. Şariatning zohirida bu fikrimizni qöllaydigan dalillar bor. Masalan, Badr asirlari va xurmoning payvand qilinişi xususida hazrati Umarning ustunligi namoyon bölgan. Komil bölgan zotning har xususda va har martabada eng birinçi bölişi şart emas. Bu yölning erlari Allohni biliş xususidagi ustunlikka qaraydilar. Ularning ğoyasi ham şu. Koinotdagi voqealar esa ularning esiga ham kelmaydi”.

“Siratul avliyo” kitobi öz davri talab va ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda bitilgan asardir. Çunki Termiziy mazkur asarini yozayotgan vaqtda mutasavvif Abu Bakr Xarroz (vaf. 899 y.) ham “Kitabus sidq” asarida valoyat masalasini kötarib çiqqan, şuningdek, mutasavvif Sahl Tustari (vaf. 896 y.) ham öz izdoşlari bilan valoyat mavzusini xuddi şu davrda muhokama qilgan. Bundan maʼlum böladiki,  IX asrning oxirgi ön yilliklarida tasavvufiy fikrlarni yagona tizimga keltirişga ehtiyoj katta bölgan. Şuningdek, “valoyat” va “valiylik” mavzusi Termiziy davrida dolzarblik kasb etib, markaziy örinni egallay boşlagan va Hakim Termiziyning bu taʼlimoti butun Xuroson, ayniqsa, Termiz va Balxda keng tarqalgan. Örta asr sufiy olimlarning aksariyati bu taʼlimotni qöllab-quvvatlagan. Jumladan, Imom Ğazzoliy, Şihobuddin Suhravardiy, Suyutiy, Bidlisiy va Bahouddin Naqşband kabi tasavvuf va tariqat ahllari alloma taʼlimotidan taʼsirlangan. Abdurahmon Jomiyning “Nafahotul uns” asarida keltirilişiça, Bahouddin Naqşband ham Hakim Termiziy qaraşlari va kitoblaridan keng foydalangan. Jumladan, u Hakim Termiziy haqida: “Aziz avliyolarning peşvosi Xoja Muhammad ibn Ali al-Hakim at-Termiziy ruhoniyatiga tavajjuhim tuşganda, har safar menga taʼrif va tavsifdan xoli tasavvuf namoyon böladi”, deb uning ruhoniy olamidagi yuksak martaba va maqomlarini alohida lutf bilan taʼriflagan.

“Xotamul avliyo” tuşunçasi öz davrida ham, keyin ham köplab olimlar tomonidan tanqidga uçragan. Bu qaraşni eng qattiq qoralaganlardan biri taniqli olim ibn Taymiyadir (1263-1328). U jumladan şunday degan: “Xotamul avliyo” bor deguvçilarning daʼvolari botil va asossizdir. Bu (xotamul avliyo) haqida Abu Abdulloh Muhammad bin Ali at-Termiziy al-Hakim “Xotamul vilaya” asarida aytib ötgan. Undan avvalgi olimlarning birontasi ham bu mavzuni zikr etmagan. Mazkur kitobda körib çiqilgan masalalar xato va sunna bilan ijmoga xilofdir”. Şuningdek, u Ibn Arabiyni mana şunday fikrlari tufayli “kofir” deb eʼlon qilgan. Valiyning Allohdan bevosita bilim olişi yolğon, deb valiy payğambar vositasida maʼlumot oladi, deydi. Şu bilan birga, Hakim Termiziyni ehtiyotkorlik va hurmat bilan tilga olgan.

Qaraşlarining notöğri talqin qilinişi oqibatida Hakim Termiziy tiriklik vaqtidayoq öz şahridan quvğin etilgan. Abu Abdurahmon Sullamiyning yozişiça, u ayblanib, Termiz şahridan quvilgan. Bu ayblov sababi esa uning “Siyratul avliyo” va “Ilaluş şariʼa” asarlari bölgan. Çunki Hakim Termiziy mazkur asarlarda valiylarning ham xuddi payğambarlar kabi muhri böladi, degan fikrni ilgari surgan.

IX asrda “tasavvuf” atamasi maşhur bölmagan edi. Şu sababdan Hakim Termiziy bu iborani valiy sözi bilan ifoda etgan. Olmon olimasi Annemari Şimmel esa özining “Mir islamskogo mistitsizma” kitobida “valiy” atamasini izohlab, quyidagi qisqa xulosani keltiradi: “Xulosa qilib aytganda, valiy – mukammal sufiydir”. Termiziy valiylarning ikki turini körsatadi: “Valiy sidqulloh” va “valiy minnatulloh”. Ularning birinçisi şariat va tariqatning barça talablariga rioya qilgan holatdagina bu darajaga erişadi, ikkinçisi esa Allohning inoyati, ilohiy işq bilan bu martabaga erişadi.

Ibn Arabiy Termiziyning faqat valoyat va nubuvvat haqidagi fikrlarini özlaştirib qolmay, allomaning boşqa qaraşlarini ham öz asarlarida aks ettirgan. Allomaning Ibn Arabiyga taʼsiri uning “At-tadbiyratul ahliyya fi islohil mamlakatil insaniyya” (“Inson mamlakatini isloh qiliş tadbirlari”) asarida ham körinadi. Ibn Arabiy şunday deydi: «Inson mamlakatining asosi – qalbdir, uning vaziri-aqldir. Uşbu aql qalbga şunday bir axloq va sifatlar taqdim etişi lozimki, bular bilan u mamlakat işlarini vazminlik, ehtiyotkorlik va adolat bilan boşqara olsin». Xuddi şu axloq va sifatlar aqlning yordamçilari ekanini Hakim Termiziy ham öz asarlarida taʼkidlagan. Hakim Termiziyning fiqhiy qaraşlari ham Ibn Arabiyga taʼsir körsatgan. Ibn Arabiydan taʼsirlangan boşqa olimlar ham Hakim Termiziy taʼlimotini yoyuvçi şaxslarga aylandi.

Hakim Termiziyning ilmiy merosi yuksak baholanişi bilan bir qatorda, unga nisbatan hozirga qadar turli taʼna toşlari ham otib kelinmoqda. Bu taʼnalarning aksariyati Ibn Taymiya asarlaridan iqtibos şaklida keltiriladi. Uşbu taʼnalarni quyidagiça umumlaştiriş mumkin:

  • valiylik masalasida ğuluvga ketgan;
  • avliyolar maʼsumligi haqida gapirgan;
  • musulmon ummati içida Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob martabasidagi odamlar çiqişi mumkinligi haqida gapirgan;
  • “avliyolar xotami” ğoyasini ilgari surgan;
  • avliyolar xotami qiyomat kuni barça avliyolarga hujjat böladi, degan gapni aytdi;
  • valiylar iyerarxiyasi haqida söz yuritgan va boşqa.

Ammo asrlar davomida Hakim Termiziy ilmiy merosi köplab ahli sunna ulamolari tomonidan möʼtabar manba sifatida ehtirom bilan tilga olib kelinadi. Yurtimizda ham buyuk alloma merosini örganiş, asarlarini tadqiq etiş böyiça hukumat dasturlari işlab çiqilgan, davlat ilmiy tadqiqot loyihalari moliyalaştirilgan.

Yuqorida körib çiqilganlardan maʼlum böladiki, yurtimiz allomalari islom madaniyati tarixida hadis, nahv ilmlari, riyozat, tabobat va boşqa sohalar bilan bir qatorda tasavvufiy taʼlimot asoslarini yaratişda ham peşqadamlardan bölgan. Ana şu peşqadam, yirik mutasavviflardan biri Hakim Termiziy bölib, u Örta Osiyo tasavvuf ilmi tarixida hakimiyya yönalişiga asos solgani tasavvufiy manbalarda qayd etilgan. Bugungi kunda buyuk allomaning bu maʼnaviy merosini ilmiy asosda çuqur örganiş olimlarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. أجوبة ابن عربي على أسئلة الحكيم الترمذي. تحقيق أحمد سايح. القاهرة، مكتبة الثقافة الدينية، 2006. 272. ص.
  2. عبد الباقي المفتاح. بحوث حول كتب ومفاهيم الشيخ الأكبر محي الدين ابن عربي. الرباط، 2010. 255. ص. 
  3. محمد إبراهيم الجيوشي. الحكيم الترمذي دراسة أفكاره و آثاره. – القاهرة: دار النهضة العربية. 347 ص.
  4. Şimmel Annimarie. Mystical Dimensions of Islam. Into Russian by Prigarina. – Moscow: Sadra, 2012. – P. 536.
  5. الحكيم الترمذي. نوادر الأصول. – القاهرة: مكتبة الإمام البخاري، 2008. 1363. ص.
  6. الحكيم الترمذي. ختم الأولياء. – بيروت: المكتبة الكاثوليكية، 1967. 584 ص.
  7. ابن عربي. الفتوحات المكية. – القاهرة: المطبعة ميمنية، 1329هـ. 4 أجزاء.
  8. عاصم إبراهيم الكيالي. الولاية والولي عند السادة الصوفية. – بيروت: كتاب – ناشرون. 117. ص.
  9. سامي محمد لطف. المقدمة لكتاب علم الأولياء للحكيم الترمذي. – القاهرة: مكتبة الحرية الحديثة، 1981. 269. ص.
  10. ابن عربي. فصوص الحكم. تحقيق أبو العلا عفيفي. – بيروت: دار الكتاب العربي. 228. ص.
  11. Miçel Çodkiewicz, Le Sceau des saints : Prophétie et sainteté dans la doctrine dʼIbn ʼArabī, Bibliothèque des sciences humaines, Éditions Gallimard. – Paris, 1986. – 235.
  12. شريف محمد جابر. بين ابن تيمية والحكيم الترمذي. http://blogs.aljazeera.net/blogs
  13. ابن تيمية. حقيقة مذهب الاتحاديين. ضمن ملحق تاريخي لكتاب ختم الأولياء. – بيروت: المكتبة الكاثولوكية، 1967. 584. ص.
 Ibrohim USMONOV,
 tarix fanlari nomzodi, dotsent, ÖzR FA ŞI
«MOVAROUNNAHR VA ISLOM SIVILIZATSIYASINING ŞAKLLANIŞI» MAVZUSIDA ÖTKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYA TÖPLAMIDAN OLINDI.

Check Also

MUHAMMAD IBN SALOM POYKANDIYNING ISLOM SIVILIZATSIYASI RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI

Muhammad ibn Salom Poykandiy (Baykandiy) (vaf. 841-y.) Movarounnahrning qadimgi Poykand shahrida tugʻilgan va islom ilmiy …