IX-X asrlarda Movarounnahrda islom ilmlari, xususan, fiqh ilmi jadal rivojlanib, mahalliy ilmiy maktablar şakllandi. Bu jarayonda Buxoro muhim ilmiy markazlardan biriga aylanib, hanafiy mazhabining keng tarqalişi va mustahkamlanişida alohida örin tutdi. Biroq, Buxoro fiqh maktabining mazkur jarayondagi örni köp hollarda faqat taşqi taʼsirlar doirasida baholanib, uning mustaqil ilmiy maktab sifatidagi xususiyatlari yetarliça yoritilmagan. Şu bois mazkur tadqiqotda Buxoro fiqh maktabining şakllanişi va hanafiy mazhabi rivojidagi örni manbalar asosida tahlil qilinadi.
Uşbu tadqiqotning ilmiy yangiligi şundaki, Buxoro fiqh maktabi IX-X asrlarda hanafiy mazhabining rivojida faqat tarqatuvçi markaz emas, balki uni mahalliy ijtimoiy muhit va urf-odatlar asosida qayta şakllantirgan mustaqil ilmiy maktab sifatida kompleks tarzda tahlil qilindi. Abu Hafs Kabir va uning şogirdlari faoliyati misolida hanafiy taʼlimotning Movarounnahrda institutsionallaşuv jarayoni aniqlaştirildi. Şuningdek, faqihlarning davlat boşqaruvidagi iştiroki orqali hanafiy mazhabining ijtimoiy-huquqiy hayotga taʼsir mexanizmi oçib berildi.
VIII asr oxiri IX asr boşlarida Movarounnahrning markaziy şaharlari Buxoro, Samarqand, Nasaf, Keşda hanafiylik markazlari vujudga kela boşladi. Turli şaharlardagi hanafiy markazlarining şakllanişiga Iroq va Xuroson maktablarining taʼsiri salmoqli böldi. Buxoro maktabiga Muhammad ibn Hasan Şayboniy (vaf. 189/805 y.)ning şogirdi Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy asos soldi. U Buxoro şahrini hanafiylikning muhim markazlaridan biriga aylantirdi. Abu Hafs Kabirning şogirdlari hanafiylik fiqhining mintaqada keng rivojlanişida öz hissasini qöşdi. Ular hatto davlat idoralarida nufuzli lavozimlarda faoliyat yuritib, bu maktabning yorqin namoyondalari sifatida tanildi.
Manba va tadqiqotlarda Movarounnahrga hanafiy mazhabi (Buxoro yönalişi)ning kirib kelişi va yoyilişini quyidagi yönalişda keltirilgan:
Abu Hanifa (vaf.150/767 y.) – Muhammad ibn Hasan Şayboniy (vaf.189/804-805 y.) – Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Buxoriy (vaf. 217/832 y.) –uning öğli Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Hafs Buxoriy (vaf.274/878 y.) – Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Yaʼqub Subazmuniy Buxoriy (340/952 y.) – Abu Bakr Muhammad ibn Fadl Buxoriy (370/981 y.) – Abu Ali Husayn ibn Xidr Nasafiy (vaf.1032-33 y.) – Şamsu-l-aimma Abdulaziz ibn Ahmad Halvoniy (448/1056-57 y.)[1].
Quyida Buxoro fiqh maktabi namoyondalari silsilasidan ayrimlari xususida söz yuritiladi.
Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy (150/768-216-17/832) dastlabki ilmlarni öz yurtida egallaydi, söngra Bağdodga borib, u yerda Abu Hanifa ashobining köplarini uçratgan, ulardan Muhammad ibn Hasanning bir neça yil ilmiy majlislarida bölgan, uning “Mabsut” kitobini köçirgan. U Imom Muhammaddan keyin eng kuçli, eng işonçli, eng taqvodor faqih hisoblangan. Bunga dalil sifatida quyidagi rivoyatni keltiriş mumkin: Abu Hafs bilan birga Imom Muhammaddan tahsil olgan Abu Sulaymon Juzjoniyning taʼkidlaşiça: “Ustozim Imom Muhammad ibn Hasan Şayboniydan: “Agar siz vafot etsangiz ilmni kimdan olaylik?”, deya söradim. Şunda ustozim: “Heç kim mendan ilmni Abu Hafs Buxoriyçalik ololmagan”, dedilar.
Abdulloh ibn Muhammad Subazmuniy (258/872-340/952) Abu Hafs haqida quyidagi rivoyatni keltiradi: “Aflah ibn Muhammad Abu Yusufning majlisida bölgan, undan “Amoliy”ni yozib olgan, Ahmad ibn Hafs esa Aflah bilan majlisda Abu Yusufning huzuriga borişdan oldin birga bölgan. Ahmad ibn Hafs Abu Yusufni umri oxirlagan bir davrda uçratdi. Keyin Imom Muhammadga borib, uning kitoblarini eşitdi va uning huzurida fiqhni örgandi”. Demak, Abu Hafs Abu Hanifaning mumtoz şogirdlari sanalgan Muhammad va oz muddat bölsa-da, Abu Yusufning ham majlisida bölgan. Şamsiddin Zahabiyning xabar berişiça, Vakiʼ ibn Jarroh, Abu Usomalar ham uning ustozi bölgan.
Movarounnahrda fiqhning rivojlanişida Abu Yusufdan köra Imom Muhammadning qaraşlari köproq taʼsir körsatgan. Ilm olib öz yurtiga qaytgan Ahmad ibn Hafs şu tariqa hanafiy mazhabi taʼlimotini birinçilardan bölib Movarounnahrga olib kelgan şaxs sifatida tanildi va Buxoro şahrini hanafiylikning muhim markazlaridan biriga aylantirdi. Abu Hafs Kabirning şogirdlari hanafiylik fiqhining mintaqada keng rivojlanişida öz hissasini qöşdi. Ular hatto davlat idoralarida nufuzli lavozimlarda faoliyat yuritib, bu maktabning yorqin namoyondalari sifatida tanildi. Şuning uçun Yoqutiy: “Buxoro faqihlar akademiyasi va fozillar makonidir. Buxorodan köra ilm ahliga hurmati kuçliroq şahar ahlini körmaganman”, deya eʼtirof etadi.
Abu Hafs Kabir nafaqat fiqh sohasida samarali ijod qilgan, balki u hadis va kalom ilmlarining ham yetuk bilimdoni sanaladi. Manbalarda Abu Hafs Kabir va uning avlodlari Buxorodan çiqqan ilk hanafiy muhaddislari qatorida zikr etilgan. U Asad ibn Amr, Abu Yahyo Himoniy, Yahyo ibn Zakariyo ibn Abu Zoida, Iso ibn Yunus, Muhammad ibn Robia, Abu Muoviya, Ibn Muborak, Abdulloh ibn Numayr, Amr ibn Muhammad, Ibn Munir Varroq, Huşaym ibn Başir, Salm ibn Solimlardan rivoyat qilgan.
XI asrgaça faqihlar orasida ilohiyotga doir masalalar ham muhokama etilgan, jumladan, Buxoroda Abu Hafs Buxoriy, Samarqandda “Iyodiya” va “Juzjoniya” kabi ilohiyot maktablari faoliyat yuritgan.
Abu Hafs Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga katta hissa qöşgan madrasaga asos solgan. Bu öz zamonasida maşhur madrasalardan sanalib, hozirgi “Poyi Kalon” mavzesida joylaşgan. Narşaxiyning maʼlumotiga köra, Abu Hafs Kabir bomdod namozidan keyin talabalarga dars bergan.
Olim köplab şogirdlarni tarbiyalab, kamolga yetkazdi: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs (Abu Hafs Sağir), Abu Jaʼfar Rizvon ibn Salim Badokoriy, Abul Hasan Muqotil ibn Said Baydariy, Muhammad ibn Hotam Subizuğukiy, Abu Zahhok Fazl ibn Hasson Sutikaniy, Horis ibn Abul Vafo Buxoriy, Dovud Şarğiy, Abu Said Sulaymon ibn Dovud Şarğiylar şular jumlasidan.
Abu Solih Toyyib ibn Muqotil Xunomatiy, Abu Hasan ibn Tolib Ğişatiylar undan rivoyat qilgan. Abdulkarim Samʼoniy “Ansob” nomli asarida keltirişiça, Abu Hafsning şogirdlari Xarojir degan qişloqda köp bölgan. U tufayli Buxoro şahri hanafiylikning muhim markazlaridan biriga aylandi.
Buxoroda faoliyat olib borgan “Sadru-şşaria”lar va ularning oila aʼzolari fiqh ilmini öz zamonalarining maşhur olimlaridan olgan. Fiqh ilmini örganişda silsilalari Abu Abdulloh ibn Abu Hafs Kabirga yetib boradi.
Abu Hafs Kabirning şuhrati Buxoroga, qolaversa, islom olamiga tarqaldi. Olimlar uning ilmu fazlini baholab, uni “muallimi islom”, yaʼni “Islom dinining muallimi”, uning şarofati bilan Buxoroni “Qubbatul islom”, yaʼni “Islom dini gumbazi” va u kişi yaşaydigan mahalla darvozasini “Haqroh”, yaʼni “Haq yöl” deb ataşgan. Hatto, arab diyori olimlari biror masalaning javobini topişda qiynalib qolsa, Buxoroga Abu Hafs Kabirning oldiga bir kişini yuborib, öşa masalaning yeçimini bilib olişar edi. Narşaxiyning aytişiça, hojilar karvoni kelayotganida, karvondan bir kişi Abu Hafsning yoniga kelib, undan masala söraganda, Abu Hafs hayratlanib: “Özingku Iroqdan kelyapsan, nima uçun Iroq olimlaridan söramading?”, desa u: “Bu masalada Iroq olimlari bilan munozara qildim, lekin ular qoniqarli javob bera olmadi va menga Buxoroga borib, bu masalani Abu Hafsdan yoki uning farzandidan söragin, ular senga bu masalaning javobini aniq aytişadi deyişdi”, deb javob beradi.
Bu davrda Arab xalifaligi hududida turli xalqlar yaşar edi. Öz-özidan maʼlumki, ularni bir xil qonun ölçovda saqlaş yaʼni hamma joyda yagona qonun joriy qiliş mumkin emas edi. Turli ijtimoiy guruhlarning vakillari öz manfaatlaridan kelib çiqqan holda hadislar töqib olar edi. Maʼlumki, islom huquqi nafaqat sof huquqiy meʼyorlar majmuidan iborat, balki u diniy rasm-rusum, axloqiy mezonlarni ham qamrab oladi. Abu Hafs Kabir mana şunday talablarga rioya qilib, özi yaşagan jamiyat hayotidagi barça diniy va dunyoviy masalalarni davr talablariga javob beradigan, mahalliy şaroitni hisobga olgan holda umumiy şariat normalarini işlab çiqdi. Abu Hanifaning fiqh va şariatga oid qonunşunoslik taʼlimotlarini mahalliy urf odatlarga moslaştiriş ğoyalarini ilgari surdi. Abu Hafs Kabir amir böladimi, oddiy fuqaro böladimi, qanday muammo bilan kelsa, hal qilib berar edi. Oldi-sotdi yoki ibodat masalalarini ham juda aniqlik bilan yeçardi. Şu bois odamlar olimni “Hojatbaror imom” deb hurmat qilgan. Hozirgi kunga qadar Buxoro aholisi Abu Hafs Kabir ziyoratgohini “Imomi Hojatbaror” ziyoratgohi deya ardoqlab keladi.
Tadqiqot jarayonida Abu Hafs Kabir Buxoriy qalamiga mansub “Kitobut taxrij”, “Favoid”, “Fatovo” hamda “Masoil” kabi asarlari borligi aniqlandi. Şuningdek, u “Navodirus solat”ni rivoyat qilgani manbalarda qayd etilgan[2].
Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Hafs Kabir Buxoriy (vaf. 265/878 y.) Buxoro fiqh maktabi namoyandalaridan biri sanalib, dastlabki bilimlarini otasi Abu Hafs Kabirdan oldi. Uning hayoti va faoliyati töğrisidagi maʼlumotlar juda kam saqlangan. Abu Hafs Sağir fiqh, hadis, kalom ilmlarining bilimdoni bölgan. Otasi Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi fiqhining Movarounnahrda tarqalişida jonbozlik körsatgan bölsa, Abdullohning ham bu borada xizmati buyuk bölgan. Şuning uçun ham uni Abu Hafs Sağir, yaʼni kiçik Abu Hafs deb ataşgan.
Tohiriylarning Buxorodagi hukmronligi tugaganidan söng qaroqçilik va talonçilik bilan şuğullangan va xonavayron bölgan dehqonlardan taşkil topgan ğoziylar guruhining harakati Buxoro atrofida yanada kuçayib ketdi. Şaharning yuqori martabali amaldorlari faqih Abu Hafs Sağir bilan maslahatlaşib, Samarqand va Farğona hokimi Nasr ibn Ahmaddan Buxoroni öz homiyligiga olişni iltimos qildi. Nasr ibn Ahmad ukasi Ismoil ibn Ahmad Somoniyni Buxoroga hokim etib yubordi.
Şunday qilib, Abu Hafs Sağirning saltanat sohibi Ismoil Somoniy bilan aloqasi yaxşi bölgani[3] tufayli köplab hanafiylar davlat işlariga ötgan[4], oqibatda hanafiy qaraşlar bilan Abu Hanifa orqali rivoyat qilingan hadislarning hamda hanafiy mazhabi keng kölamda tarqalişiga imkon yaratildi.
Öşa davrda “ahli hadis” bilan bölgan munosabat Movarounnahr hanafiy olimlarining keyingi faoliyatiga muayyan darajada taʼsir qildi. Binobarin, şuni alohida taʼkidlaş joizki, “ahli hadis” bilan keçgan keskin bahs-munozaralar natijasida isnodlar paydo böldi, imlo darslari olib borildi, matnni rivoyat qiliş odatiy tusga kirdi. Natijada, Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Hafsning “Al-Ahvoʼ va-l-ixtilof”, (Mahmud ibn Sulaymon Kafaviy özining “Katoib aʼlom” asarida uning “Kitab ar-radd ʼala ahl al-ahva” nomli asari borligini taʼkidlaydi), “Ar-raddu ala-l-lafziyya” (“Yuzaki qarovçilarga raddiya”) kabi asarlari vujudga keldi. Şuningdek, olimning “Kitobul imon” hamda “Muqaddima fi-l-furuʼ”[5] nomli asarlari ham borligi keyingi davr ulamolarining kitoblarida tilga olinadi.
Abu Hafs Sağir ham otasi singari köplab şogirdlar yetiştirdi. Ular orasida mumtoz şogirdlaridan biri bölmiş, teran aqli, yetuk salohiyati sababli Somoniylar saroyi faqihi sifatida tanilib, “Ustoz”, deya eʼtirof etilgan Abdulloh Subazmuniy bor edi. Samarqandda “labbodun” (kigiz bosuvçilar) köçasida istiqomat qilgan Abu Usmon Said ibn Muhammad Buxoriy (vaf. 311/924 y.) ham unga şogird tuşib, ustozidan köplab hadis rivoyat qilgan[6]. Olim 274/878 yilda Buxoro şahrida vafot etib, otasining oldiga dafn etilgan.
Abdulloh ibn Muhammad ibn Yaʼqub Subazmuniy Buxoriy (258/872-340/952 yy.) Buxorodan yarim farsax (1,5 km) uzoqlikdagi Subazmun qişloğida tavallud topgan. Abdulloh Subazmuniy hanafiy faqihi, muhaddis, şu bilan birga, tilşunos ham bölgan. U hadis va adabiyotdan dars bergan. Ismoil ibn Ahmad Somoniyning “Doru-s-sulton” saroyida faqih bölgan va saroydagi turli masalalar böyiça hukm çiqargan. Bundan taşqari, saroy ahli bu zotdan köp maslahatlar olar edi. Mazkur maslahatlarda bironta ham xato uçramagani uçun “Ustoz” deya uning bilimdonligini alohida eʼtirof etganlar. Faqih Makkadan tortib Iroq va Xuroson şaharlariga köplab sayohat qilib, u yerdagi hadis roviylaridan hadislar eşitgan va işonçli hadislarni öz asariga kiritgan. Şu bois unga “Javvol” (sayohatçi) laqabini ham berganlar.
Dastlabki ilmini otasi va amakisidan olgan. Otasi esa Abu Hafs Kabirning şogirdi edi. Şuningdek, Abu Kasir Sayf Zominiy Samarqandiy Abdulloh ibn Ubaydulloh Buxoriy, Abu Hafs Ahmad ibn Hotam Buxoriy, Abu Sodiq, Halaf Buxoriy, Abu Said Xalaf Nasafiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad Kalobodiy va boşqalar Subazmuniyga ustozlik qilgan.
Abdulloh Subazmuniyning özi ham köplab şogirdlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Abu Bakr Muhammad ibn Fadl Kamoriy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad Kalobodiy, Abul Qosim Ubaydulloh ibn Muhammad Qozi Buxoriy Kalobodiy, Abu Solih Xalaf ibn Muhammad Hayyom Buxoriy kabi köplab olimlar Abdulloh Subazmuniy şogirdlaridan sanaladi.
Subazmuniyning hanafiylik mazhabini turli ayb va taʼnalardan himoya qiliş maqsadida “Kaşfu-l-osor fi manoqibi Abu Hanifa” (“Abu Hanifa manoqiblari böyiça yodgorliklarni kaşf qiliş”) asarini yozgan. Asar Movarounnahrdagi manoqib janrida yozilgan ilk asarlardan biri sanaladi.
Olim asarda 28 ta movarounnahrlik hanafiy olim haqida maʼlumot beradi[7]. Unda Abu Hanifa haqidagi fikrlar xolislik bilan yoritilgani, boşqa manoqiblar kabi haddan oşirib börttirib körsatilmagani bois asar keyingi olimlar tomonidan tanqidga uçramagan.
U ilk bora hanafiy mazhabida hujjat sifatida işlatiladigan hadislar bilan uşbu yönaliş olimlari tomonidan aytilgan fatvolarini jamladi. Abdulloh Subazmuniy özi töliq egallagan hanafiy fiqhini tarqatiş va mintaqadagi boşqa mazhab tarafdorlari kabi öz mazhabini himoya qiliş uçun özining fiqhiy qaraşlari va taʼlimotini mahalliy aholiga singdiriş yölida bor kuç-ğayratini ayamadi. Bu işlarni amalga oşişida uning saroyda faoliyat olib borgani hamda Somoniylarga mudarrislik qilgani, çiqargan töğri fatvolari kabi omillar ijobiy rol öynagani şubhasidir.
Hanafiylarning yana bir maşhur vakili Abu Bakr Muhammad ibn Fadl Buxoriy (vaf. 370/981 y.) muhtasib vazifasiga tayin qilingan edi. Umuman olganda, bu paytga kelib şarqda faqihlar boşqaruvçi kuçga aylanib hatto, maliklar darajasigaça kötarildi[8].
Buxoro aholisi farzandlarini kitob öqişga qiziqtirgan va turli xil asarlar va ular şarhlarini yodlaşga undagan. Jumladan, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Fazl Kamoriy Buxoriyning otasi ham ikki öğliga Abu Bakr Saraxsiyning “Mabsut” kitobini yodlaşga undagan va mukofot tariqasida har biriga ming dinordan berişni vaʼda qilgan[9].
Abu Bakr Muhammad ibn Fadl köplab şogirdlarni tarbiyalagan. Jumladan, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Amr Şaʼbiy Ustruşaniy (vaf. 404/1013-y.), buxorolik maşhur söfiy olim, “Kitobut taʼarruf li-mazhab ahli-t-tasavvuf” (“Tasavvuf kişilari yölini taniş böyiça kitob”) muallifi Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq Buxoriy Kalobodiy (vaf. 380/990 y.) uning maşhur şogirdlaridan sanaladi. Olim nafaqat fiqh sohasi, balki, ilohiyot, tasavvuf va islom axloq-odobi masalalari böyiça ham çuqur bilimga ega bölgan.
Olib borilgan tadqiqotlar şuni körsatadiki, IX-X asrlarda Buxoro fiqh maktabi Movarounnahrda hanafiy mazhabining şakllanişi va rivojlanişida hal qiluvçi örin tutgan. Uşbu maktab nafaqat Iroqdan kirib kelgan fiqhiy anʼanalarni qabul qilgan, balki ularni mahalliy ijtimoiy muhit, urf-odat va siyosiy şaroitlar asosida qayta işlab, yangi bosqiçga olib çiqqan.
Abu Hafs Kabir va uning şogirdlari faoliyati natijasida Buxoro hanafiylikning yirik ilmiy markaziga aylanib, bu yerda fiqh, hadis va kalom ilmlari özaro uyğun holda rivojlangan. Ayniqsa, faqihlarning davlat boşqaruvi tizimida faol iştirok etgani hanafiy mazhabining jamiyat hayotiga çuqur singib ketişiga xizmat qilgan.
Şuningdek, Buxoro fiqh maktabi doirasida şakllangan ilmiy anʼanalar keyingi asrlarda ham öz taʼsirini saqlab qolib, Movarounnahrda islom huquqi va maʼnaviy hayotning rivojiga mustahkam zamin yaratgan. Demak, uşbu maktab nafaqat mintaqaviy, balki islom sivilizatsiyasi doirasida muhim ilmiy markaz sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




