Ibn Sino “Al-qonun fi-t-tibb” asarida qalbning (yurakning – N.J.) anatomik tuzilişini va fiziologik vazifalarini batafsil oçib bergan. U qalbni tört böşlikka (kameraga) bölingan aʼzo ekanini aytadi va ularning har birining vazifalarini alohida izohlaydi. Bu tavsif öşa davr uçun juda ilğor bilimlar darajasini körsatadi va aytiş mumkinki, Ibn Sino paradigmasining bir körinişi. Alloma öz taʼlimotida qalbni inson tanasidagi asosiy aʼzo sifatida baholaydi. Uni “hayotning asli” va “ruhning qarorgohi” deb ataydi. Tasavvufda “Qalb – Allohning uyi, Mutlaq ruh oşiyoni” deyiladi ( Ansoriy, Ğazzoliy, Rumiy, Nasafiy, Hayyom, Navoiy va boşqalar). Qalbga nafaqat qonni haydovçi, vujudni qon bilan taʼminlovçi aʼzo, balki hayotiy harorat, iştiyoq (harorai ğariziya) va “hayot ruhi” (ruhi hayavoni)ni qözğatuvçi aʼzo deb qaragan. Qalb (yurak) tört asosiy vazifani bajaradi: qonni haydaş, hayotiy harorat – yaşaş iştiyoqini qözğatiş, ruhni şakllantiradigan aʼzolarga yetkaziş va his-tuyğular maskani böliş. Bu vazifalar bir-biridan mustaqil va ayni paytda özaro çambarças boğliq. Ularning hamjihatlikdagi faoliyati vujud hayotiyligini taʼminlaydi. Ibn Sino qalb bilan jigar, miya va boşqa aʼzolar örtasidagi boğliqliklarni ham tahlil qilgan. U qalb, jigar va miyaning tanadagi eng muhim uçta aʼzo ekanligini taʼkidlaydi. Qalb hayotiy kuçning tayançi, jigar oziqlaniş maskani, miya esa his va harakatni taʼminlaydi.
Ibn Sinoning tibbiy falsafasida ruh va jism örtasida uzviy boğliqlik mavjud. U tananing soğligi ruhning holatidan kelib çiqişini va aksinça, ruhiy soğliq jismoniy holatga taʼsir qilişini aytadi. Bu ilmiy ğoya zamonaviy psixosomatik tibbiyotning asoslari oldindan yaratilganini körsatadi.[1] Ibn Sino törtta asosiy mizoj (temperament) nazariyasini rivojlantirgan. Jumladan, qonli (jonzotlar bilan boğliq), safro (xolerik), savdo (melanxolik) va balğam (flegmatik) mizojlar. Bu mizojlar jismdagi tört asosiy suyuqlik (qon, sariq safro, qora safro, balğam) nisbatiga boğliq. Mizoj nafaqat jismoniy, balki ruhiy xususiyatlarni ham belgilaydi[2]. Ruhning jismoniy soğliqqa taʼsiri har xil yöllar orqali amalga oşadi. Ruhiy iztiroblar, ğam-ğussa, qayğu va xavotir jismda turli kasalliklarni keltirib çiqarişi mumkin. Aksinça, ruhiy tinçlik, xotirjamlik va quvonç jismoniy soğliqni mustahkamlaydi. Ibn Sino bu holatlarga köplab misollar keltirgan. Faylasufning taʼlimotida kasalliklarni davolaşda ham ruhiy omillarga eʼtibor beriş zarurligi ğoyasi ilgari surilgan. Bemor bilan muloqotda uning ruhiy holatini eʼtiborga oliş, işontiriş va umid uyğotiş muhimligini taʼkidlaydi. Baʼzan söz va işontiriş dorilardan ham samaraliroq bölişi mumkinligini aytadi.
Ibn Sino qalb (yurak) kasalliklarini ikki turga ajratgan: moddiy va ruhiy. Moddiy kasalliklar qalbning töqimalarida yuzaga keladigan özgarişlar bilan boğliq. Ruhiy kasalliklar esa qalbning faoliyat buzilişi bilan boğliq bölib, köpinça ruhiy sabablar natijasida yuzaga keladi[3]. Qalbning ruhiy kasalliklari orasida Ibn Sino quyidagilarni sanab ötgan: yurak urişi tezligi (xafaqon), yurakning siqilişi (inqiboz), qörquv va taşviş. Bu kasalliklar köpinça kuçli his-tuyğular, xavotir, qörquv yoki ğam-ğussa, xullaski, ruhiy va maʼnaviy ozurdaliklar natijasida paydo böladi. Alloma bu kasalliklarni davolaşda umumiy yondaşuvni taklif etadi. Davolaş nafaqat dorilar bilan, balki ruhiy taʼsir körsatiş, muhitni özgartiriş, musiqa terapiyasi, xuş kayfiyat uyğotuvçi, orom beruvçi köpgina omillar va boşqa usullar bilan ham amalga oşirilişi kerak. U qalbni tinçlantiriş va ruhiy muvozanatni tiklaş uçun maxsus usullar işlab çiqqan. Ruhiy jihatdan ança oğir hisoblangan “Işqi junun” (işq al-junun) kasalligi ham Ibn Sino tomonidan keng örganilgan. U mazkur kasallikni qalbning biror narsaga haddan taşqari qattiq boğlanişi, boşqaça qilib aytganda, özini butkul unutgan holatdagi oşiqlik natijasida yuzaga keluvçi ruhiy buziliş deb taʼriflagan va uning davolaş usullarini körsatgan. Bu holat har kimda har xil şaklda yuz berişi mumkin. Yaʼni kimdir pul, boylikka, yana kimdir amal, mansabga, boşqasi şon-şuhrat, unvonu mukofotlarga butkul boğlangan va unga erişmasa hayotining mazmuni qolmagan böladi. Uni fojiadek qabul qiladi.
Ibn Sino tibbiyot va falsafani birlaştirib, ruh va qalbning tibbiy-fiziologik jihatlarini çuqur tahlil qilgan. Qalbga nafaqat moddiy aʼzo sifatida, balki ruhiy jarayonlarning ustuni sifatida ham qaraydi. Yurakning tört kamerali anatomik tuzilişi, qon aylanişi, hayotiy iştiyoq, zavq uyğotişi va ruhiy maşqlar bilan boğliq faoliyatlari borasidagi xulosalari zamonaviy kardiologiya va psixosomatik tibbiyotning asosini taşkil etadi. Ibn Sino ruh va jism örtasidagi uzviy boğliqlikni taʼkidlab, ruhiy holatning jismoniy soğliqqa taʼsirini va aksinça, jismoniy holatning ruhiy faoliyatga taʼsirini aniqlagan.
Mizoj (temperament) nazariyasi ham jism va ruhning bir-biriga taʼsirini tuşunişda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonli, safro, savdo va balğam mizojlar insonning ruhiy xususiyatlari va jismoniy soğliği bilan çambarças boğliq. Demak ruh va qalbning bir-birini töldiruvçi faoliyatida jism bilan uyğunlik mavjud. Şu tariqa, Ibn Sinoning tibbiy-fiziologik qaraşlari ruh va qalbning integral tizimini oçib beradi: ular nafaqat insonning moddiy hayotini, balki maʼnaviy va axloqiy faoliyatini ham muvofiqlaştiruvçi vosita hisoblanadi. Bunday yondaşuv zamonaviy psixosomatik tibbiyot va psixologik treninglarda ham yaqqol aks etadi, insonning jismoniy va ruhiy soğliğini uyğunlaştirişga xizmat qiladi[4].
Ibn Sino metafizikasida ruh tabiatan Oliy olamga intiluvçi substansiya hisoblanadi. Bu intiliş ruhning kelib çiqiş manbai – Faol aqlga qaytiş istagi bilan boğliq. Ruhning moddiy dunyodagi hayoti vaqtinçalik, biroq doimo öz asl vataniga – Mutlaq ruhga qaytişni orzu qiladi. Bu intiliş ruhning tabiiy harakati bölib, u ikki yöl orqali amalga oşadi: bilim orqali va maʼnaviy tazkiya orqali. Bilim orqali ruh aqliy haqiqatlarni anglaydi va ular bilan uyğunlaşadi. Maʼnaviy tazkiya orqali ruh özini moddiy boğlanişlardan ozod qiladi, maʼnaviy olamga, kayhoniy xilqatga yaqinlaşadi[5]. Zotan, ruh – Allohdan. U moddiy olamga – vujudga maʼno, mazmun, ezgulikka intiliş quvvati bölib keladi. Ruh haqidagi tasavvurlarimiz çeklangan, uni butun miqyosi, kölami va barça qirralari bilan anglaşimiz muşkul. Ruhning sirli, sinoatli tomoni ana şunda. “Va sendan ruh haqida sörarlar. Sen: “Ruh – Robbimning işidir. Sizga juda oz ilm berilgandir”, deb ayt”[6].
Ibn Sino taʼlimotida insonning komillikka va undan söng Mutlaq ruhga intilişi jarayoni bosqiçma-bosqiç – oddiydan murakkabga, qalb javharidan Oliy haqiqatga qarab harakatda amalga oşadi. Yaʼni ruh avval moddiy narsalardan bilim, kuç, rağbat oladi. Bilim qança kuçli bölsa, rağbat, intiliş şunça oşadi. Keyin taxayyul olamiga – mavhum tuşunçalar darajasiga kötariladi, söngra universal haqiqatlarni anglaydi va nihoyat, Oliy aql bilan uyğunlaşadi. Bu jarayon “aqliy kötariliş” (at-taraqqi al-aqli) deb ataladi. Ruhning oliy olamga intilişi nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Bu intiliş insonga hayotdan maʼno izlaş, maqsad va orzu bilan yaşaş zavqini beradi. Uni kamolotga yönaltiradi va hayotiy qiyinçiliklarni yengişga yordam beradi. Ibn Sino falsafasida bu intiliş insoniyatning eng oliy maqsadi hisoblanadi.
Qalb Ibn Sino metafizikasida maʼnaviy tajribalarni boşdan keçiriş va ilohiy haqiqatlarni idrok etiş aʼzosi sifatida muhim örin tutadi. U qalbni ruhiy his qiliş va bevosita anglaşning asosiy aʼzosi deb hisoblaydi. Inson qalb orqali haqiqatlarni aqliy mulohazalarsiz töğridan-töğri idrok etişi mumkin.[7] Ibn Sino taʼlimotida qalbiy idrok (al-idrok al-qalbi) alohida biliş turi hisoblanadi. Bu idrok hissiy va aqliy idrokdan farqli holda, bevosita, yaʼni amaliy va intuitiv imkoniyatga ega. Qalbiy idrok orqali olingan bilimlar aniq va işonçli böladi. Çunki ular heç qanday vositasiz töğridan-töğri qalbga tuşadi. Qalbning maʼnaviy tajriba maskani sifatidagi vazifasi turli holatlarda namoyon böladi. Undan muhabbat, qörquv, umid, sabr-toqat kabi bir-biriga zid ruhiy keçinmalar örin oladi. Bular faqat his-tuyğulargina emas, balki maʼnaviy anglaşning öziga xos imkoniyatlari. Masalan, ilohiy muhabbat qalbda yuzaga kelib, insonni oliy haqiqatlarga yetaklaydi. Ibn Sino qalbning maʼnaviy tajriba maydoni sifatidagi rolini tasavvuf taʼlimoti asoslariga boğlaydi va tasavvufdagi qalbiy anglaş, hol va maqom tuşunçalarini öz falsafasiga singdiradi. Qalb sofligi va maʼnaviy kötariliş Allomaning metafizik tizimida muhim örin tutadi. Qalb – ming bir jilodagi javhar. Ruh – yoğdu. Qalb – pokiza niyatlar, oliy maqsadlar, ezguliklar maskani. Ruh qalbni makon tutib inson olamini nurga çulğab, uni özi bilan birga samoviy yuksakliklarga – Mutlaq ruhga olib çiqadi.
Ibn Sinoning emanatsiya nazariyasida inson ruhi va kayhoniy aql örtasida doimiy aloqa mavjud. Samoviy aql, yaʼni Faol aql (al-aql al-faʼal) barça insoniy bilimlar va maʼrifatning manbai hisoblanadi. Har bir inson ruhi öz tayyorgarlik darajasiga va imkoniyatiga qarab aqldan fayz oladi. Bu aloqa ikki yönalişda amalga oşadi. Bir tomondan, Faol aqldan barça ruhiy şakllar va bilimlar soçiladi. Inson ruhi bu şakllarni qabul qiliş orqali bilim oladi va kamolotga erişadi. Ikkinçi tomondan, inson ruhi izçil takomil va rivojlaniş orqali Faol aqlga yaqinlaşadi va undan tobora köproq fayz oliş imkoniyatiga ega böladi[8].
Ibn Sino taʼlimotida bunday aloqaning samaradorligi turli omillarga boğliq. Jumladan, ruhning sofligi, aqliy tayyorgarligi, moddiy manfaatlardan ozodligi va yuksak maʼnaviy daraja. Baʼzi odamlar, xususan payğambarlar, avliyolar, valiylar va faylasuflar bu aloqani juda kuçli örnatadilar. Ularda qalb va samo, ruh va Mutlaq ruh örtasidagi töğridan-töğri muloqot bir munça faolroq örnatiladi. Natijada ular bevosita ilohiy bilim, ilhom, zavq oladilar. Ana şunda vahiy holati yuzaga keladi. Inson ruhining kayhoniy aql bilan aloqasi Ibn Sinoning tabiat, uning tizimi, çegaralari va asoslariga doir qaraşlarida muhim örin tutadi. Bu aloqa orqali universal haqiqatlar, umumiy tuşunçalar va zaruriy bilimlar inson ruhiga tuşadi. Şu maʼnoda har bir inson kiçik olam va u ulkan olam bilan uyğunlikda yaşaydi (Olami suğroda neki bor, olami kubroda bor. J. Rumiy).
Ibn Sino falsafasida ruh bilan qalbning metafizik va maʼnaviy jihatlari insonning oliy maqsadga intiluvçi tabiatini oçib beradi. Ruh nafaqat moddiy dunyoda vaqtinçalik şaklda mavjud, balki doimo Oliy olam – Aqliy haqiqatlar manbaiga qaytişni orzu qiladi. Bu orzu ruhning tabiiy harakati va uning “aqliy kötarilişi” jarayonida namoyon böladi. Yaʼni ruh avvalo moddiy obyektlardan bilim oladi, keyin mavhum tuşunçalar darajasiga kötariladi, oxir-oqibatda Mutlaq haqiqat bilan uyğunlaşadi[9].
Ruhning Oliy olamga intilişi nafaqat nazariy ahamiyatga ega, balki insonning amaliy hayoti va maʼnaviy kamolotida ham muhim rol öynaydi. Bu intiliş insonni maʼno va maqsad sari yönaltiradi, hayotiy qiyinçiliklarni yengişga yordam beradi, şaxsga yuksak maʼnaviy darajaga kötariliş imkoniyatini yaratadi. Qalb esa ruhiy tajriba va maʼnaviy anglaş maskani sifatida muhim vazifani bajaradi. Qalbiy idrok (al-idrok al-qalbi) hissiy va aqliy idrokdan farqli holda bevosita va intuitiv xarakterga ega bölib, aqliy mulohazalarsiz haqiqatlarni anglaş imkonini beradi. Şu tariqa, qalb orqali inson muhabbat, sabr, umid hamda ilohiy tajribalar kabi maʼrifiy holatlarni boşdan keçiradi va maʼnaviy kamolotga erişadi.
Ibn Sinoning metafizik tizimida ruh va Faol aql örtasidagi aloqa ham alohida ahamiyatga ega. Inson ruhi Faol aqldan fayz, rağbat oladi va uning maʼnaviy ravnaqi şu holat bilan qatʼiy boğliq. Bu aloqa ikki yönalişda amalga oşadi: bir tomondan, Faol aqldan ruhiy şakllar, ramzlar va bilimlar soçiladi. Ikkinçi tomondan, inson ruhi öz maʼnaviy va aqliy kamoloti orqali Faol aqlga yaqinlaşadi. Bu jarayonda ruhning sofligi, aqliy tayyorgarligi va moddiy boğlanişlardan, turli hoyu havaslardan ozodligi muhim omil hisoblanadi. Şu tariqa, Ibn Sinoning metafizik va maʼnaviy qaraşlariga köra, ruh va qalb insonning kamolotga intilişida, muhim rol öynaydi, maʼnaviy va epistemologik jarayonlarning asosiy subyektida turib, uni oliy maʼrifat va fazilatlarga yönaltiradi. Bu qaraşlar falsafa, psixologiya va maʼnaviy tarbiya bilan boğliq boşqa sohalarda ham zamonaviy tuşunçalar bilan uyğunlikda qöllanişi mumkin.
Ibn Sino ruh haqidagi qaraşlarini şakllantirişda Aflotun taʼlimotidan foydalangan. Aflotun ruhni oliy, ğayrimoddiy olamga tegişli substansiya deb hisoblagan va uning moddiy dunyoga (inson qalbiga) tuşişini asl vatanidan uzoqlaşiş deb qaragan. Ibn Sino bu qaraşlarning köp jihatlarini qabul qilgan. Lekin öz falsafasi bilan boyitib, uni töldirgan va davom ettirgan. Aflotun ruhni oldindan mavjud bölgan substansiya deb hisoblar edi. Ruh inson tuğilişidan oldin ham mavjud bölgan va vujud yöq bölganidan keyin ham mavjudligini yöqotmagan. Ibn Sino bunday qaraşni qisman qabul qilib, unga aniqlik kiritgan. Yaʼni ruhning heç qaçon yöq bölmagan va bölmasligini qatʼiy taʼkidlagan. Lekin ruhning oldindan şaxs holatida mavjud bölganligini inkor etgan. Aflotun ruhni uç qismga bölgan: aqliy ruh boşda joylaşgan, jasorat ruhi kökrakda va şahvoniy ruh qorinda[10].
Ibn Sino bu taqsimotni özgartirgan va ruhning kuçlariga doir yangi öziga xos konsepsiyani işlab çiqqan. Uning taʼlimotida ruh yagona, ajralmas substansiya bölib, u turli quvvatlar orqali namoyon böladi. Aflotun ruhning jismga tuşişini jazo deb hisoblagan. Ruh oliy olamdan pastroq olamga tuşişi bilan qulaydi, degan fikrda bölgan. Ibn Sino esa ruhning jism bilan birlaşişini tabiiy jarayon deb qaragan. Ruh jism orqali turli maişiy sinovlar oqimida tarbiyalanadi, şakllanadi va oxir-oqibatda öz maʼnaviy-maʼrifiy irodasi doirasida kamolot poğonalaridan kötariladi, bilimlar saviyasini egallaydi, komillikka erişadi. Şuning uçun ruhning jism bilan birligi jazo emas, balki poklaniş, rivojlaniş va takomilga erişiş imkoniyati ekanini isbotlab beradi.
Arastu ruh haqida Aflotundan farqli holdagi qaraşlarga ega bölgan va ibn Sinoga katta taʼsir körsatgan. Arastu ruhni jismning şakli deb hisoblagan. Yaʼni ruh jismning faol tamoyili va uning hayotiyligini taʼminlovçi omil. Alloma bu qaraşni öz metafizikasining asosi sifatida qabul qiladi. Arastuga köra, ruhning uç darajasi mavjud: ösimlik ruhi, hayvon ruhi va inson ruhi. Har bir yuqori daraja pastroq darajani öz içiga oladi. Ibn Sino bu taqsimotni töliq qabul qilgan va unga aniqlik kiritib, rivojlantirgan. Alloma har bir ruh darajasining xususiyatlarini batafsil tahlil qilgan va ularning özaro munosabatlarini, boğliqliklarini körsatib, mantiqiy asoslab bergan. Ammo muhim farq şundaki, Arastu aqliy ruhning ölmasligini tan olgan bölsa-da, individual ruhning abadiy davom etişi haqida aniq fikr bildirmagan. Ibn Sino esa individual ruhning töliq ölmasligini qatʼiy ravişda aytadi va bir qator dalillar bilan asoslaydi[11]. Arastu Faol aql tuşunçasini ilmiy muomalaga kiritgan, lekin uni taşqi, samoviy aql sifatida tasavvur qilmagan. Ibn Sino Faol aqlni emanatsiya (nurlaniş) tizimida öninçi – Oliy aql sifatida joylaştirgan va uni jamiki odamzod ruhlarining manbai hamda barça ilohiy bilimlarning sarçaşmasi deb hisoblagan. Bu alloma taʼlimotining asosini va mutlaq öziga xosligini körsatadi.
Tasavvufşunos J.Xolmöminov “ilohiy işq”, “ilohiy nur” tuşunçalari haqida fikr yuritar ekan, Ibn Sinoning “Risola fil-işq” asariga murojaat etadi va quyidagilarni keltiradi: “Agar Mutlaq ezgulik tajalliy etmaganida, undan heç narsa olib bölmasdi. Undan heç narsa olib bölmaganda esa heç narsa mavjud bölmaydi. Şunday qilib, agar Uning tajalliysi bölmaganida, borliqning özi ham bölmasdi. Demak, Uning tajalliysi butun borliqning sababçisidir. Oliy zotga bölgan işq qançalik Uning uluğligi uçun bölsa, işq ham şunçalik uluğvor böladi. Unga bölgan sevgining haqiqiy manbai uning tajalliysidir”.[12]
Ibn Sino özidan oldingi va keyingi islom faylasuflari orasida alohida, öziga xos yorqin öringa ega. U Al-Kindiy, Al-Forobiy kabi özidan oldin yaşab ötgan mutafakkirlar qaraşlariga tayanib, öz mustaqil falsafiy tizimini yaratgan. Ruh va qalb masalasida ham islom falsafasining yangi qirralarini oçgan va rivojlantirgan. Al-Kindiy ruh va aql masalalarida yunon falsafasini islom aqidasiga tatbiq etişga harakat qilgan. Ibn Sino esa bu masalada yanada çuqurroq va mustaqilroq yondaşadi. U ruhning tabiati, uning biliş jarayonidagi örni va oxirat hayotdagi davomi kabi masalalarda batafsil va tizimli qaraşlarni ilgari surgan. Forobiyning emanatsiya nazariyasi Ibn Sinoga töğridan-töğri taʼsir körsatgan. Lekin alloma bu qaraşlarni yanada rivojlantirib, Faol aql va inson ruhi örtasidagi munosabatlarni aniq, batafsil tuşuntirib bergan. Uning ruh haqidagi taʼlimoti Forobiy qaraşlaridan köra töliq va tizimliligi bilan ajralib turadi.[13]
Ibn Sinoning qalb va ruh tuşunçalariga doir xulosalari özigaça bölgan (Aflotun, Arastu, Islom falsafasi) ğoyalar taʼsirida şakllangan. Şu bilan birga, ularni öziga xos yangi tamoyil va yondaşuvlar bilan boyitgan. Buni, jumladan, quyidagi qiyosiy tahlilda körişimiz mumkin:
Aflotundan taʼsir.
Birinçidan, Aflotun ruhni kayhoniy, ğayrimoddiy olamga tegişli substansiya sifatida tasavvur qilgan va uning moddiy dunyoga tuşişini asil vatanidan – Oliy qarorgohdan uzoqlaşiş, çekiniş deb hisoblagan. Ibn Sino esa bu qaraşlarni umumiy tarzda qabul qilib, ruh mavjudligi va ölmasligini isbotlab bergan. Biroq, uni oldindan mavjud, yaʼni boşqa vujudda yaşagan va keyingi vujudda ham yaşayveradi, deb hisoblamagan.
Ikkinçidan, Aflotun ruhni uç qismga bölib talqin qilgan. Ibn Sino esa ruhning yagona substansiyasi va uning uç quvvati konsepsiyasini işlab çiqqan. Jumladan, aqliy, ğazabiy va şahvoniy.
Uçinçidan, Vujud bilan birlaşiş Aflotunda jazo sifatida körilsa, Ibn Sinoda bu tabiiy jarayon, kamolotga erişiş va Mutlaq ruhga yaqinlaşiş imkoniyati, degan xulosaga keladi[14].
Arastu ğoyalari bilan Ibn Sino qaraşlarida quyidagiça öxşaşlik va farq bor:
Birinçidan, Arastu ruhni jismning faol hodisasi sifatida körgan. Ruhning darajalari: ösimlik ruhi, hayvon ruhi va inson ruhi. Ibn Sino bu taqsimotni töliq qabul qilgan va rivojlantirgan.
Ikkinçidan, Ibn Sino inson ruhining jism yöq bölgaç, undan ajralib abadiy yaşaşini Arastudan farqli holda isbotlab bergan.
Uçinçidan, Faol aql tuşunçasi Ibn Sinoda Arastudan farqli holda emanatsiya tizimida muhim örin egallaydi hamda unga barça inson ruhlari va bilimlarning manbai sifatida qaraladi.
Islom taʼlimoti bilan boğliqligi:
Birinçidan, Ibn Sino Al-Kindiy va Forobiy xulosalariga tayanadi. Lekin öz mustaqil falsafiy tizimini yaratib, uni boyitadi, rivojlantiradi.
Ikkinçidan, Al-Kindiy ruh va aqlni islom aqidasiga tatbiq qilgan bölsa, Ibn Sino bu masalalarda batafsil, tizimli yondaşgan va tasavvuf falsafasi mohiyatini çuqurroq oçib bergan.
Uçinçidan, Forobiyning emanatsiya nazariyasini rivojlantirib, Faol aql va inson ruhining munosabatlarini yanada aniqroq va çuqurroq oçib bergan.
Törtinçidan, keyingi mutafakkirlar, jumladan, Ibn Ruşd va Suhravardiy Ibn Sino qaraşlarining ayrim jihatlarini tanqid qilgan. Lekin aksari hollarda uni rivojlantirişgan. Bu – tabiiy hol. Çunki, dunyoqaraşlar, xususan, ilmiy tafakkur bir nuqtada qotib qolmaydi. Aks holda taraqqiyot yuzaga kelmaydi. Buning ustiga, har bir davrning öz talablari, qaraşlari va maʼnaviy ehtiyojlari böladi. Ibn Sino davrida uning qaraşlari eng ilğor ğoya sifatida qabul qilingan. Oradan ikki yuz yil ötib, fanning yangi, nomaʼlum qirralari kaşf etildi va Sino ğoyalarining ayrim eskirgan qismlaridan voz keçildi, eng muhim fundamentil asoslari rivojlantirildi. Aslini olganda, Ibn Sino ham özidan oldingi allomalar qaraşlarini çuqur örgangan. Faqat öziga maʼqul tomonlarini qabul qilib, rivojlantirgan. Maʼqul kelmagan jihatlariga munosabat bildirmagan.
Ibn Sinoning ilmiy yangiligi:
Birinçidan, ruhning yagona, ajralmas substansiya sifatida qaralişi va uning öz quvvatlari doirasida turli holatlarda namoyon bölişi.
Ikkinçidan, jism bilan ruh birlaşişining jazo emas, aksinça insonning kamolotga yetişining muhim omili ekanligi asoslab berilgan.
Uçinçidan, inson ruhi va kayhoniy Faol aql örtasidagi aloqa tizimli, özaro boğliqlik asosida tuşuntirilgan va ilmiy jihatdan isbotlab berilgan.
Törtinçidan, individual ruhning töliq ölmasligini ilmiy dalillar bilan asoslab bergan.
Beşinçidan, Ibn Sino ruh va qalb masalasini öz davri allomalari qaraşlari bilan yunon va islom falsafiy anʼanalarini sintez qilib, batafsil, tizimli tahlil qilgan va yangi ğoyalarni ilgari surgan. Uning qaraşlari nafaqat metafizik, balki axloqiy, maʼnaviy va epistemologik jihatlarni ham qamrab olgan.
Ibn Sinoning pedagogik qaraşlarida ruh tarbiyasi asosiy örinda turadi. Uning “Risola fi siyosat as-sibiyon” (“Bolalarni tarbiyalaş haqida risola”) asarida ruhning töğri şakllanişi uçun zarur bölgan pedagogik tamoyillar bayon etilgan. Alloma tarbiyani ruh kuçlarining muvozanatli va keng kölamli rivojlantiriş jarayoni, deb tuşungan[15]. Uning taʼlimotiga köra, tarbiya ikki asosiy yönalişda amalga oşirilişi kerak: birinçisi – aqliy tarbiya, ikkinçisi – axloqiy tarbiya. Aqliy tarbiya ruhning idrok qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilim oliş va fikrlaş malakalarini şakllantiradi. Axloqiy tarbiya esa ruhning şahvoniy va ğazabiy kuçlarini nazorat qilişga örgatadi, har qanday şaroitda insonda fazilatlarni çuqurroq singdiriş könikmasini hosil qiladi[16]. Tarbiya jarayonida, albatta, bolaning yoşi, aqli, biologik, fiziologik va tabiiy qobiliyatlari eʼtiborga olinişi kerak.
Ibn Sino bolalik davri turli bosqiçlarida ruhning öziga xos rivojlaniş xususiyatlari va jismoniy-ruhiy imkoniyatlarini çuqur tadqiq etgan. Uning xulosalariga köra, erta yoşda asosan jismoniy tarbiya va odobga doir malakalar şakllantiriladi. Keyinçalik esa aqliy va maʼnaviy tarbiya kuçaytiriladi. Ana şu tamoyildan kelib çiqib, alloma muallimlarga ham alohida talablar qöygan. Muallim nafaqat bilim beruvçi, balki ruh tarbiyaçisi bölişi kerak. U öquvçilarning ruhiy holatini tuşunişi, ularning tabiiy-fiziologik qobiliyatini örganişi, hisobga olişi va har bir öquvçiga salohiyatiga qarab alohida yondaşişi zarur, degan ğoyani ilgari suradi.
Ibn Sinoning pedagogik tizimida qalbni tarbiyalaş muhim örin tutadi. U qalbni axloqiy fazilat va illatlar yuzaga keladigan maskani deb hisoblagan. Qalbni töğri tarbiyalaş orqali insonning axloqiy darajasini şakllantiriş mumkin, degan xulosaga keladi. Alloma qalbni tarbiyalaşning bir neça usullarini tavsiya etgan. Jumladan, birinçidan, fazilatlarni şakllantiriş. Qalb takrorlanadigan harakatlar orqali maʼlum odatlarga könikadi. Agar ijobiy harakatlar muntazam takrorlansa, ular odatga aylanadi va qalbda mustahkam örnaşadi. Odamning özgarmas feʼl-atvoriga aylanadi. Ikkinçidan, ibrat va namuna usulidan foydalaniş. Yaʼni yaxşi namunalarni, ibratli holatlarni misol sifatida körsatiş va ularga taqlid qiliş. Bolalar va yoşlar kattalar xatti-harakatini kuzatib, ularga taqlid qiladi. Şuning uçun yoşlar atrofida obröli, aʼlo xulqli va keng jamoatçilik hurmatini qozongan odamlar bölişi zarur. Uçinçidan, nasihat va taʼlim beriş[17].
Qalbni tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega bölgan yana bir omil – özini nazorat qiliş (muhosaba) omili. Ibn Sino har bir kişiga öz kundalik harakatini tahlil qiliş, xato va kamçiliklarni aniqlaş, ularni tuzatişga harakat qilişni tavsiya etgan. Bunda qalb doimiy nazorat ostida saqlanadi va illatlardan himoya qilinadi. Yoşlarda, ayniqsa, bunday könikma juda zarur.
Ibn Sino taʼlimotida bilim oliş nafaqat amaliy maqsadlarga xizmat qiladi, balki ruhiy takomilning muhim vositasi sifatida alohida örin tutadi. Bilim ruhni moddiy dunyodan maʼnaviy olamga – samoviy yuksakliklarga kötaradi va uni kamolotga yetkazadi. Şuning uçun ilm örganiş ijtimoiy va ilohiy jihatdan har bir insonga majburiy hisoblanadi. Alloma bilim oliş jarayonini bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş zarurligini taʼkidlaydi. Bu avval oddiy va tuşunarli narsalardan boşlanadi. Keyin izçillik bilan tobora murakkab va çuqur bilimlar örgatiladi. Ana şunday tadrijiy tartib ruhning tabiiy rivojini taʼminlaydi va uni ortiqça yuklamadan saqlaydi. Qalb zöriqmaydi, odam çarçamaydi. Bilim olişda nafaqat miqdor, balki sifat ham muhim. Ibn Sino yuzaki bilimlar töplaşdan köra, çuqur tuşunişga erişiş kerakligini uqtiradi. Ruh nafaqat dalillarni eslab qolişi, balki ularning mohiyatini anglaşi va ular örtasidagi boğliqliklarni, mazmuni va mohiyatini tuşunişi zarur. Bilim oliş jarayoni bir vaqtning özida ham aqliy va ham axloqiy tarbiya berişni talab qiladi. Bilim insonga kuç beradi. Şuning uçun u aniq maqsadlarga qaratilişi lozim.
Ibn Sinoning pedagogik qaraşlarida ruh tarbiyasi muhim örin tutadi va tarbiya jarayoni ruhning izçil rivojlanişi asosida taşkil etilişi lozimligi ğoyasi ilgari suriladi. Jumladan, aqliy va axloqiy tarbiya:
Birinçidan, aqliy tarbiya. Bu ruhning idrok qobiliyatini rivojlantiriş, fikrlaş va bilim oliş malakalarini şakllantiriş, mantiqiy fikrlaş va asosli xulosalarga keliş bilan boğliq.
Ikkinçidan, axloqiy tarbiya ruhning ğazabiy va şahvoniy kuçlarni nazorat qilişga örgatiş, yuksak maʼnaviy va ğoyaviy yetuklik hamda yoşlar qalbiga fazilatlarni singdirişdan iborat.
Uçinçilan, tarbiya jarayonida bolaning yoşi va aqli. Tabiiy, jismoniy qobiliyatlari hisobga olinişi kerak: erta yoşda jismoniy tarbiya va oddiy axloqiy malakalar şakllanadi, keyin aqliy va maʼnaviy tarbiya kuçaytiriladi[18].
Muallim (tarbiyaçi)ning vazifasi:
Birinçidan, muallim nafaqat bilim beruvçi, balki ruh tarbiyaçisi ham bölişi zarur. Ibn Sinoning bunday qaraşlari bugungi kunda tobora dolzarblik kasb etmoqda. Hozirgi şaroitda öqituvçining tarbiyaçilik vazifasi çetga surilgan. Bilimlar esa “innovatsion texnologiyalar” vositasida mexanik tarzda berilmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga kör-körona yondaşiş oqibatida muallimning qalbi, murabbiylik mehri, harorati, nafasi öquvçi olamiga kirib bormayapti. Har qanday zamonaviy texnologiya öz joyida, faniga qarab, meʼyorida işlatilmoği lozim. Bu, ayniqsa, umumtaʼlim maktablari uçun juda muhim.
Ikkinçidan, muallim öquvçilarning ruhiy holatini tuşunişi, ularning tabiiy qobiliyatini aniqlay olişi va individual yondaşuv tamoyiliga töla amal qilişi, tarbiyasi oğir öquvçilar bilan maxsus şuğullanişi kerak[19].
Qalbni tarbiyalaş usullari:
Birinçidan, öquvçida ijobiy könikmalarni şakllantiriş. Qalbda ezgulik va mehr hissini uyğotiş, izçil va doimiy takrorlanadigan harakatlar orqali odatlarga, şakllangan feʼl-atvorga ega qiliş. Şunda yoş qalb va ruhiyatda fazilatlar barqaror böladi.
Ikkinçidan, eʼtiborli namunalarga havas uyğotiş, obröli kişilarga taqlid hissini kuçaytiriş. Bolalar kattalarni kuzatib, ularning xatti-harakatlarini özlaştirişga harakat qiladi. Şuning uçun ular atrofida yuksak axloqli odamlar bölişi zarur.
Uçinçidan, nasihat va taʼlim beriş: yoşlar qalbi va ongiga töğridan-töğri taʼsir etiş, bunyodkor ğoyalar va milliy qadriyatlarni singdiriş.
Törtinçidan, özini nazorat qiliş (muhosaba): kundalik faoliyatni tahlil qiliş, öziga tanqidiy yondaşiş va kamçiliklarni tuzatiş qalbni illatlardan tozalaydi. Öz-özini boşqariş, illatlardan tiyilib, fazilatlarni egallaş immunitetini kuçaytiriş.
Bilimni muntazam oşiriş va maʼnaviy rivojlaniş:
Birinçidan, bilim oliş nafaqat amaliy maqsadlarga xizmat qiladi, balki ruhiy takomilning asosiy vositasi hisoblanadi. Inson esa butun mohiyati bilan aql, qalb va ruh olami.
Ikkinçidan, ilm ruhni moddiy dunyodan maʼnaviy olamga – samoviy Xilqatga kötarib, kamolotga yetaklaydi. Haqiqiy bilim sohibi ezguliklar olamiga aylanadi.
Uçinçidan, bilim oliş jarayoni bosqiçma-bosqiç bölişi kerak: avvalo oddiydan boşlanib, tobora murakkablaşib, keyin çuqur bilimlarga ötiş lozim.
Törtinçidan, masalalar mohiyatini çuqur tuşuniş va bilimlarning saviyasini egallaş muhim. Ruh dalillarni eslab qolişi bilangina çeklanmasligi, ular orasidagi boğliqliklarning mazmun-mohiyatini ham tuşunişi, tahliliy quvvatga ega bölişi, töğri va asosli xulosalar çiqara olişi kerak.
Beşinçidan, bilim oliş jarayoni bir vaqtning özida aqliy va axloqiy tarbiyani talab qiladi. Ibn Sino olim va faylasuflarga bilimlarini jamiyat manfaati yölida işlatiş masʼuliyatini yuklaydi[20]. Bu hozirgi zamon olimlari uçun ham muhim talab hisoblanadi.
Demak, Ibn Sino pedagogikasida ruh va qalb tarbiyasi muvozanat, bosqiçma-bosqiç rivojlaniş, individual yondaşuv va maʼnaviy yuksaliş singari taʼlim va tarbiya tamoyillari asosida amalga oşiriladi. Uning pedagogik qaraşlari nafaqat axloqiy va aqliy rivojlanişga, balki maʼnaviy kamolotga ham qaratilgani bilan alohida ahamiyatli. Insoniyat qadriyatlardan uzoqlaşiş jarayonini boşdan keçirayotgan hozirgi şaroitda allomaning bu talabi tobora dolzarblik kasb etmoqda.
Ibn Sinoning ruh va qalb haqidagi qaraşlari zamonaviy psixologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinganda ham qiziqarli va ğoyat ahamiyatli natijalar beradi. Ruhning turli kuçlar va qobiliyatlarga bölinişi zamonaviy psixologiyadagi şaxsning ruhiy tizimi – id, ego va superego (Z. Freyd) konsepsiyasiga asos bölgan va ruhiyatning murakkab tuzilmasini tuşunişda muhim ilmiy manba bölib xizmat qiladi. Ibn Sinoning içki sezim, his qiliş qobiliyatlari, jumladan, umumiy his, tasavvur, xayol, vahm va xotira borasidagi xulosalari zamonaviy kognitiv psixologiyadagi idrok, xotira va tasavvur jarayonlari bilan mos keladi. Ayni paytda, alloma bu qobiliyatlarni falsafiy kategoriyalar sifatida körib çiqqan bölsa, zamonaviy psixologiya ularni eksperimental usullar orqali örganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ibn Sino qalbning jismoniy va ruhiy soğliq bilan boğliqligi haqidagi qaraşlari zamonaviy psixosomatik tibbiyot asoslarini oldindan başorat qiladi. U kuçli hayajon, ruhiy zarba, oğir hissiy holatlar va ularning jismoniy soğliqqa taʼsirini öz vaqtida örgangan va bu holatlar natijasida kasalliklar yuzaga kelişi mumkinligini qayd etgan. Zamonaviy tibbiyotda bu sohada keng tadqiqotlar olib borilmoqda va Ibn Sino nazariyasi şu holatlarni oldindan biliş va tavsiya qiliş jihatidan katta ahamiyatga ega bölmoqda. Alloma ruh rivojlanişi va kamolot konsepsiyasida insonning öz içki salohiyatini töliq röyobga çiqarişi, aqliy hamda maʼnaviy jihatdan eng yuqori darajaga erişişi ğoyasini ilgari surgan. Bu ğoya zamonaviy gumanistik psixologiyadagi A. Maslou va K. Rojersning dunyo tan olgan öz-özini rivojlantiriş konsepsiyasiga zamin yaratdi. Ularning har ikkalasida ham insonning maqsadi faqat taşqi natijalarga erişiş emas, balki öz içki salohiyatini töliq röyobga çiqariş va maʼnaviy kamolotga intiliş ekanini tuşuntiradi.
Falsafiy antropologiya nuqtai nazaridan Ibn Sinoning ruh va qalb haqidagi taʼlimoti insonning murakkab tabiatini tuşunişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. U insonga dualistik emas, monistik va integratsion yondaşuvni taklif qiladi: inson faqat jism va ruhning oddiy yiğindisi emas, balki ularning mohiyati bir-biriga daxldorligini, bir butunligini nazariy jihatdan isbotlab beradi. Bu qaraş insonning biologik, psixologik, aqliy va maʼnaviy jihatlaridan yagona, murakkab hodisa ekanini körsatadi. Allomaning inson haqidagi qaraşlari zamonaviy ekzistensializm falsafasi bilan taqqoslanganda ham unda öziga xos umumiylik va öxşaşliklar topiladi.
Ibn Sinoning biliş nazariyasi va insonning kamolot yöli haqidagi taʼlimoti zamonaviy falsafiy antropologiyaning dolzarb masalalarini örganişda muhim manba hisoblanadi. Inson kim? U qanaqa jonzot? Boşqa jonzotlardan nimasi bilan farq qiladi? Uning öziga xos jihatlari nimada? Insonning maqsadi va vazifasi nimalardan iborat? Ibn Sino bu savollarga fan nuqtai nazaridan aniq va asosli javob beradi. Aytiş mumkinki, allomaning olam va odam atrofidagi taʼlimoti örta asrlarda öziga xos tafakkurdagi töntariş bölgani kabi, bugungi kunda ham dolzarbligini yöqotmagan. Uning ğoyalari hozirgi zamonaviy fan taraqqiyotida muhim omil bölib xizmat qilmoqda. Uning inson tuşunçasiga yondaşuvida biologik, psixologik, aqliy va maʼnaviy jihatlarning umumiy birligi va zamonaviy fanlararo integratsiyaga falsafiy yondaşuvidan dalolat beradi.
Ibn Sinoning ruh va qalb haqidagi taʼlimoti Şarq va Ğarb falsafasiga katta taʼsir körsatgan. Örta asrlardayoq uning asarlari lotin tiliga tarjima qilingan va Yevropada keng tarqalgan. Ğarbda allomaning taʼlimoti Foma Akvinskiy, Duns Skot va boşqa sxolastik faylasuflar tomonidan örganilgan, qabul qilingan. Ayniqsa, ruh haqidagi qaraşlari va aql darajalari nazariyasi ularda katta qiziqiş uyğotgan, çuqur örganilgan.
Şarq falsafasida uning merosi yanada kengroq tadqiq etilgan va bir qator faylasuflar uning ğoyalarini davom ettirgan. Suhravardiy, Mulla Sadro va boşqa islom faylasuflari Ibn Sinoning ruh falsafasi asosida öz taʼlimotlarini yaratgan. Hozirgi şaroitda allomaning merosi Şarq va Ğarbda qayta baholanmoqda, unga ehtiyoj tobora oşib bormoqda. Allomaning ruh va qalb haqidagi qaraşlari nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki zamonaviy falsafiy, psixologik va tibbiy muammolarni hal qilişda ham qimmatli manba sifatida qöllanilmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




