Home / MAQOLALAR / MOTURIDIYLIKDA “TAKVIN” SIFATI TAHLILI

MOTURIDIYLIKDA “TAKVIN” SIFATI TAHLILI

Kiriş. Moturidiylik maktabining öziga xos jihatlaridan biri Allohning takvin (yaratuvçilik) sifati haqidagi taʼlimotida namoyon böladi. Uşbu masala moturidiylar va aşʼariylar örtasidagi eng muhim teologik ixtiloflardan biri sanaladi. Mazkur ixtilofning negizida har bir kalom maktabining ilohiy sifatlar, ularning ilohiy zotga va feʼllarga nisbati hamda inson feʼlining mohiyati haqidagi fundamental tamoyillari yotadi. Moturidiylar “takvin” sifatiga doir özlarining original konsepsiyasini ilgari surib, uni Allohning boşqa zotiy sifatlari kabi azaliy (qadim) deb hisoblaydi. Ularning nazdida, takvinning ontologik maqomi va unga tegişli teologik hukmlar Allohning zoti bilan qoim bölgan boşqa sifatlarnikidan farq qilmaydi.

Tahlil va natijalar. Moturidiylar “takvin” sifati borasida öziga xos yondaşuvga ega bölib, ular bu sifatni qadim (azaliy) deb bilgan. Ularga köra, takvin sifatiga boğliq hukmlar zotiy sifatlar bilan boğliq hukmlardan farq qilmaydi. Yaʼni, Allohning yaratişi (at-taxliq, التخليق), rizq berişi (at-tarziq, الترزيق), ehson qilişi (al-ihson, الإحسان), rahmat qilişi (ar-rahma, الرحمة), mağfirat qilişi (al-mağfira, المغفرة) va hidoyat berişi (al-hidoya, الهداية) kabi barça feʼllari alohida hodis (yaratilgan) sifatlar emas, balki yagona va azaliy “takvin” sifatining turli taalluqotlari (boğlanişlari) va maxluqotlardagi turliça körinişlaridir. Şu sababli, moturidiylar Hayot (al-Hayot, الحياة), Ilm (al-Ilm, العلم), Qudrat (al-Qudra, القدرة) va Iroda (al-Iroda, الإرادة) kabi feʼllarning barçasini Allohning  “takvin” sifati bilan boğlaydi. Moturidiylar bu sifatni qadim deb hisoblab, uni القدرة (al-qudratu) qudrat, الإرادة (al-irodatu) iroda, العلم (al-ʼilmu) ilm va الحياة (al-hayatu) hayot kabi Allohning azaliy sifatlari qatoriga kiritgan.

Moturidiylarning “takvin” sifatini azaliy deb hisoblaşi örta asrlar kalom ilmi munozaralarida bir qator murakkab teologik masalalar va eʼtirozlarni keltirib çiqardi. Uşbu eʼtirozlarning eng muhimlari quyidagilar edi: Moturidiylarning zotiy va feʼliy sifatlar örtasidagi tasnifi va munosabati; “Takvin” (yaratiş) va “qudrat” (yaratişga qodir böliş) sifatlari örtasidagi farqning aniqlaştirilişi. Eng asosiysi, agar “takvin” (yaratiş sifati) azaliy bölsa, uning taʼsirida vujudga keluvçi “mukavvanot” (yaratilgan mavjudotlar, المكونات) qanday qilib hodis (vaqt davomida paydo bölgan) bölişi mumkinligi masalasi. Uşbu savollarga javob beriş asnosida moturidiy mutakallimlari “takvin” sifatining mohiyatini çuqur tahlil qildilar. Ular mazkur sifatning ilohiy zot, uning boşqa sifatlari va inson feʼllari bilan boğliqligiga oid mukammal taʼlimotni işlab çiqdi. Şuningdek, ular aşʼariylar va möʼtaziliylar kabi muxolif maktablarning tanqidiy qaraşlariga va eʼtirozlariga asosli ilmiy raddiyalar bergan.

Tadqiqot metodologiyasi. Uşbu maqolani tayyorlaşda ilmiy, tasviriy, tahliliy va muqoyasa metodlaridan foydalanildi. Çunki takvin atamasining mazmuni va undan kelib çiqadigan hukmlar borasidagi ixtilofni töğri anglaş uçun turli yondaşuvlarni soliştiriş muhim ahamiyatga ega.

Tahlil va natijalar. Tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, umumiy mutakallimlar va Moturidiylar örtasidagi “takvin” sifatiga oid ixtilof aslida ilohiy sifatlarning nomlanişi bilan aloqador ekaniga borib taqaladi. Ixtilofning mohiyati şundaki, Alloh taoloning feʼllari natijasida vujudga kelgan holatlar turli nomlar bilan ataladi va ularning taʼsiri har xil şaklda namoyon böladi. Hosil bölgan feʼllar Alloh taoloning mafʼuli (yaratiği) hisoblanadi. Masalan, Alloh taoloning الإحياء (al-ihyo) “tiriltiriş” sifati bilan qandaydir mavjudotni hayotga kelişi, الإماتة (al-imota) “öldiriş” sifati bilan qandaydir mavjudotning ölişi, التحريك (at-tahriyku) “harakatga keltiriş” sifati bilan qandaydir mavjudotni harakatga keltirişi misol böladi. Şuningdek, barça feʼllar ham öz mazmuniga köra turli nomlar bilan ifoda etiladi: إيلام (iylomun) “oğriq beriş”, كسر (kasrun) “sindiriş”, قطع (qatʼun) “kesiş”, قتل (qatlun) “öldiriş”, جرح (jarhun) “yaralaş”, إطعام (itʼamun) “taomlantiriş”, إشراب (işrobun) “içiriş”, إكرام (ikromun) “ikrom qiliş”, منع (manʼun) “man qiliş”, إعطاع (iʼtöun) “beriş”, ترزيق (tarziyqun) “rizqlantiriş”, تصوير (tasviyrun) “tasvirlaş” va boşqalar.

Mutakallimlar orasidagi mazkur ixtilof uç asosiy yönalişda namoyon böladi. Birinçisi, ilohiy sifatlarning haqiqati va ularning Alloh taoloni zoti bilan boğliqligi. Ikkinçisi, yaratilgan feʼllarning Alloh taoloning قدرة (qudratun) “qudrat”, إرادة (irodatun) “iroda” va تكوين (takviynun) “takvin” sifatlari bilan aloqadorligi. Uçinçisi, mutakallimlar “takvin” sifati va uning hodisotlar (yaratilgan narsalar) bilan boğliqligi doirasidagi muammolarga tegişlidir.

Moturidiylik taʼlimotiga köra, “takvin” sifati yagona va qadimiy bölib, Alloh taolo xuddi bitta qudrat bilan Qodir va bitta ilm bilan Olim bölgani kabi bitta feʼl bilan Foildir. Uning feʼllari turli nomlar bilan atalişiga kelsak, ularning taʼsiri va natijalari turliça bölgani uçun şunday nomlangan, zotidagi farq tufayli emas. Feʼl nomlarining köpligi va xilma-xilligi, uning zotining köpligi yoki xilma-xilligi bilan emas, balki uning yaratiği va taʼsirining turfa xilligi bilan izohlanadi [2]. Bu borada Abul Muin Nasafiy şunday degan: “Bilingki, التكوين (at-takviynu) “takvin”, التخليق (at-taxliyqu) “yaratiş”, الخلق (al-xalqu) “xalq qiliş”, الإيجاد (al-iyjodu) “paydo qiliş”, الإحداث (al-ihdosu) “bor qiliş” va الإختراع (al-ixtirou) “yöqdan paydo qiliş” sözlari bir-biriga sinonim bölib, ularning barçasi bitta maʼnoni anglatadi, yaʼni “yöqlikdan borlikka çiqariş” maʼnosini ifodalaydi. Şuning uçun biz bularning barçasining maʼnosini özida aks ettirgan “takvin” sözini salafi solihlarimizning maslakiga ergaşib qöllaymiz” [4].

Moturidiylar öz asarlarida uşbu sifatga katta eʼtibor qaratib, uni bayon qiliş, muhokama etiş va muxoliflariga raddiya berişga alohida eʼtibor qaratdi. Buning sababi, Nasafiyning taʼkidlaşiça, ular bu masalada boşqa mutakallimlardan ajralib turgan edi. Ularning muxoliflari esa bularga qarşi tortişuv va tanqid bilan çiqişni istagan edi. Şu bois, moturidiylar uşbu sifatning haqiqati va qadimligini bayon etişni maqsad qildi hamda öz aytganlari haq ekanini isbotlaşga intildilar. Moturidiylar şuni taʼkidladilarki, haqiqat ozçilik tomonidan qöllab-quvvatlanişi bilan zaiflaşib qolmaydi va botil köpçilik tarafidan qöllab-quvvatlanişi bilan haqiqatga aylanib qolmaydi.

Allohning sifatlarini taqsimlaş va ularning hukmlarini ajratiş, Imom Moturidiy va köpçilik mutakallimlar örtasidagi ixtilofning asosiy sabablaridan biridir. Ularning barçasi sifatlarni zotiy va feʼliy sifatlarga bölinişiga ittifoq qilişadi-yu, biroq ular har bir qismning mazmuni, unga boğliq hukmlarda ixtilof qiladi. Bu haqda keyinroq batafsil söz yuritiladi.

Moturidiylar zotiy va feʼliy sifatlarni bir-biridan farqlamay, ularning barçasi Zotning azaliy sifatlari, deydi. Bu haqda moturidiylar imomi Abu Mansur Moturidiy: “Uning feʼliy sifati, aslida Uning zotiy sifatidir”, deb bayon qilgan [1:51]. Uning izdoşlari ham bu fikrga ergaşib, sifatlarni ikkiga bölişni qabul qilişgan-u, biroq ular borasida bir xil hukm çiqarganlar. Abul Muin Nasafiy “Bahru al-kalom” asarida: “Sifatlar ikki turga bölinadi: zotiy va feʼliy sifatlar. Zotiy sifatlar: الحياة “al-hayotu” (tiriklik), القدرة “al-qudratu” (qudratlilik), السمع “as-samʼu” (eşitiş), البصر “al-basoru” (köriş), العلم “al-ʼilmu” (biliş), الكلام “al-kalamu” (gapiriş), المشيئة “al-maşiatu” (xohlaş) va الإرادة “al-irodatu” (iroda qiliş). Feʼliy sifatlar: الخلق “al-xolqu” (yaratiş), الترزيق “at-tarziyqu” (rizq beriş), الإفضال “al-ifdolu” (fazl körsatiş), الإنعام “al-inʼomu” (neʼmat beriş), الإحسان “al-ihsanu” (yaxşilik qiliş), الرحمة “ar-rahmatu” (rahm qiliş), المغفرة “al-mağfiratu” (mağfirat qiliş) va الهداية “al-hidayatu” (töğri yöl körsatiş). Alloh taolo Özining barça sifatlari va ismlari bilan yakkayu yagonadir [9:210] (Bu Abu Mansur Moturidiy va uning aksariyat izdoşlarining qaraşidir. Bu masalada Movarounnahrning baʼzi olimlari ularga xilof qilgan. Ular rizq beriş, tiriltiriş, öldiriş va tasvir kabi sifatlarni haqiqiy sifatlar, ammo bir emas, balki har biri alohida qadimiy sifat deb daʼvo qilgan. Bu moturidiylar orasida tark etilgan qaraşdir. Uning şoz va qabul qilinmaydigan fikr ekaniga işora qiliş uçun bu yerda zikr qilindi – A.A.). U barça sifatlari va ismlari bilan qadimiy, azaliy Zotdir [5:104]. Şuning uçun zotiy va feʼliy sifatlarning barçasi azaliydir [3:405]. Şuning uçun moturidiylar التكوين “at-takviyn” va boşqa feʼliy sifatlarni eʼtiboriy sifat deb bilmay, haqiqiy, azaliy sifat deb xulosa qilganlar [8:91]. Ular nazdida feʼliy sifatlar bevosita feʼlning özi emas, balki uni paydo qiluvçisidir. Şuning uçun feʼliy sifatlar qadimiy, feʼlning özi esa hodis (yaratilgan) hisoblanadi. Feʼliy sifat aslida yagona sifatdir, biroq u taalluqining eʼtiboridan turliça nomlanadi [7:181-187].

Möʼtaziliylar nazdida القدم “al-qidamu” (qadim) sifati Alloh taoloning xos sifatidir. Şu sababli qadimiylikka zid har qanday sifatni inkor qilganlar. Ular: “Qaysidir maʼno yoki feʼliy sifatning qadimiyligini tasdiqlaş zotlarning sonini köpayişiga olib keladi”, deganlar. Bu ularning eng muhim asoslaridan bölgan “at-tavhid”ga zid keladi. Şu boisdan, möʼtaziliylar Alloh taolo olim, qodir, tirik, eşituvçi va köruvçi ekanini Uning zotiga xos deb bilib, zotga qöşimça maʼno sifatida olim, qodir, tirik, eşituvçi va köruvçi sifatlarini qadimiyligini inkor etgan. Bu bilan ular Alloh taoloning “ilm”, “qudrat”, “eşitiş” va “köriş” sifatlarini inkor qiladi.

“Kalom”ga kelsak, ular buni Alloh taoloning feʼllaridan biri deb bilib, uni Özi ixtiyor qilgan vaqtda maxluqotlar bilan muloqot qiliş uçun jismlarda yaratib, vujudga keltiradi, deb taʼkidlagan. Şu sababli, ular “kalom” sifatini hodis va maxluq deb bilgan. Ibn Murtado bu haqda şunday degan: “Möʼtaziliylar olamning yaratuvçisi qadim, qodir, olim, tirik bölib, bu sifatlar zotga qöşimça maʼnolar vositasida emas, deb ittifoq qilgan” [6]. “Devon al-usul” kitobining muallifi: “Alloh taolo qudrat sifatisiz qodirdir”, degan.

Möʼtaziliylar nazdida “iroda” sifati ham “kalom” sifati kabi hodis bölib, uning qadimiy bölişi mumkin emas. Qozi Abduljabborning taʼkidlaşiça, u qadim emas, balki u feʼliy sifatdir. Tiriltiriş, öldiriş, takvin, surat beriş, rizq beriş kabi sifatlar feʼliy sifatlar bölib, ular hodisdir.

Moturidiylik taʼlimotiga köra, zotiy sifatlar deb – Alloh taoloni ularning ziddi bilan tavsiflaş mumkin bölmaydigan sifatlarga aytiladi. Yaʼni bu sifatlar Allohning zotida doimiy va zaruriy ravişda mavjud bölib, Uning komilligini ifoda etadi. Bunday sifatlarga quyidagilar kiradi: hayot (tiriklik), qudrat (qodirlik), ilm (biliş), kalom (sözlaş), samʼ (eşitiş), basor (köriş) va iroda (ixtiyor). Masalan, Allohni “ilmli” deyiş mumkin, ammo “johil” deyiş mumkin emas. Demak, bu kabi sifatlarning ziddi bilan Alloh taoloni tavsiflaş joiz emas.

Feʼliy sifatlar – Alloh taoloni ularning ziddi bilan tavsiflaş mumkin bölgan sifatlardir. Masalan, yaratiş va rizq beriş – bu feʼliy sifatlarga kiradi. Alloh bir paytda yaratadi, baʼzan esa yaratmaydi; rizq beradi, baʼzan rizq bermasligi mumkin. Şu bois, bu sifatlarning irodaga boğliq ravişda sodir bölişi va maʼlum vaqtda yuz bermasligi mumkin. Şuningdek, mehribonlik va rahmdillik kabi musbat feʼllar, hamda qahr va ğazab kabi manfiy feʼllar ham feʼliy sifatlar doirasiga kiradi.

Moturidiylik taʼlimotiga köra, zotiy va feʼliy sifatlar bir-biridan taʼrifda farqlansa-da, mohiyat jihatidan ikkisi ham azaliy, qadimiy sifat hisoblanadi. Çunki feʼliy sifatlar ham zotiy “takvin” sifati ostiga kiradi va feʼliy sifatning azaliy, qadimiylik hukmi şundan kelib çiqadi.

Aşʼariylik taʼlimotiga köra, zotiy sifatlar inkor qilinganda, ularning ziddi (aksi) kelib çiqadigan sifatlar “zotiy sifat” deyiladi. Masalan, hayot sifatini inkor qilsangiz, uning ziddi – ölim kelib çiqadi. Qudrat sifatini inkor qilsangiz, uning ziddi – ojizlik kelib çiqadi. Bu taʼrifga köra, aşʼariylar nazdida, iroda sifatini inkor qilsangiz, majburlik va iztiror (majburiyat) yuzaga keladi. Agar kalom sifatini inkor qilsangiz, soqovlik va sukut (jimlik) kelib çiqadi. Demak, ularning eʼtiqodiga köra, uşbu ikki sifat (iroda va kalom) ham zotiy sifatlar hisoblanadi. Ularning nazdida feʼliy sifatlar – inkor qilinganda, uning ziddi kelib çiqmaydigan sifatlardir. Masalan, tiriltiriş, öldiriş, yaratiş, rizq beriş sifatlarini inkor qilsangiz, ularning mutlaq ziddi kelib çiqmaydi.

Möʼtaziliylik taʼlimotiga köra, Alloh taoloning feʼliy sifatlari – yaratiş, rizq beriş kabi amaliy işlar bilan boğliq bölib, ular musbat yoki manfiy şaklda ifoda etilişi mumkin. Masalan, “Falon kişiga farzand yaratdi, falonçiga esa yaratmadi” yoki “Zaydga rizq berdi, Amrga esa bermadi” kabi. Bu kabi feʼllar baʼzan amalga oşgan, baʼzan esa amalga oşmagan holda tilga olinadi. Möʼtaziliylar bu turdagi sifatlarni hodis, yaʼni keyin paydo bölgan, vaqt va holatga boğliq sifatlar deb hisoblaydi. Ularning fikriça, zotiy sifatlarni manfiy şaklda ifoda etiş mumkin emas. Masalan, ilm va qudrat sifatlarini Alloh taologa nisbatan “falon narsani bilmadi” yoki “falon işga qudrati yetmadi”, deb işlatib bölmaydi. Çunki bu sifatlar Allohning zotiy abadiy sifatlaridir. Şuningdek, möʼtaziliylar nazdida, iroda va kalom sifatlari feʼliy sifatlarga kiradi, çunki u ikki sifatni musbat va manfiy maʼnolarda işlatiş mumkin.

Xulosa. Moturidiylik taʼlimotiga köra, “takvin” sifati zotiy, qadimiy sifat bölib, Alloh taolo uşbu sifat bilan azalda sifatlangandir. Maxluqotlar, mavjudotlar mazkur sifat orqali yaratilgan bölib, takvin sifati azaliy, u orqali paydo bölgan narsalar hodisdir. Bu xuddi Alloh taoloning “ilm” sifati qadimiy bölib, maʼlumotlar yaratilgan ekaniga öxşaydi. Alloh taoloning takvin sifati boqiydir. Har bir mavjudot uning azaliy takvini ila paydo böladi.

Abul Muin Nasafiy uşbu masalada moturidiylarning eʼtiqodi töğri ekanini taʼkidlab şunday deydi:

“Biz aytgan sözimiz töğriligiga Alloh taoloning quyidagi oyati dalil böladi:

إِنَّمَا قَوْلُنَا لِشَيْءٍ إِذَا أَرَدْنَاهُ أَنْ نَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

“Bir narsani iroda qilsak, unga aytadiganimiz “Böl!” demoğimiz, xolos, bas, u böladi” (Nahl surasi, 40-oyat). Alloh taolo Özining takvin sifatini mazkur oyatda كن [kun] “böl” sözi bilan ifodaladi. Alloh taolo mukavvan (yaralmiş)ni esa فيكون [fayakunu] “böladi” sözi bilan ifodalagan. Şuningdek, yaralmişni mazkur oyatda “şayʼ” (narsa), deb aytadi. Uşbu “kun” xitobi aşʼariylikda ham, boşqa mutakallimlar nazdida ham mukavvan (yaralmiş)dan boşqa narsadir. Bizning nazdimizda ham, aşʼariylar nazdida ham Alloh taoloning “kalom” sifati Alloh taoloning zotida mavjud, azaliy, zotiy sifatdir. Mukavvan, yaʼni javharlar va arazlar yaratilgan bölib, ular Alloh taoloning zotida qoim emasdir. Şubhasiz, azaliy va yaratilgan narsalar orasida ham, Alloh taoloning zotida mavjud sifat bilan Uning zotida mavjud bölmagan sifat orasida ham farq bordir. Takvin (paydo qiliş) – bu “at-takavvun” (التكون), yaʼni hosil böliş bilan boğliq narsadir. “Ijod” (yaratiş) esa – mavjud böliş bilan boğliq narsadir. Olamning mavjudligi “kun” xitobiga boğliqdir. Demak, bu ijod (yaratiş), takvin va yaratiş bölib, u yaratilgan, mukavvan narsadan boşqadir”.

Demak, takvin – ilm, qudrat, eşitiş, köriş sifatlari kabi Alloh taoloning zotida qoim azaliy sifatdir. Takvin azaliy, mukavvan (yaralmiş) esa hodis (paydo bölgan)dir. Misol uçun, qudrat sifati Allohning azaliy sifati, maqdur (qudrat asosida paydo bölgan narsa) esa hodisdir. Iroda sifati va murod (iroda qilingan iş) ham xuddi şunday. Takvin har bir mukavvan (yaralmiş)ning yuzaga keliş paytida, unga takvin böladi. Bu xuddi har bir mavjud narsani paydo bölişini Alloh taoloning iroda qilişiga öxşaydi. Çunki mavjud narsani yuzaga keliş vaqtida paydo bölişi uçun Allohning irodasi böladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Abu Mansur Moturidiy. At-Tavhid // Fathulloh Xulayf tahqiqi. – Iskandariya: Dorul jomiʼa al-misriya, 1970.
  2. Abu Muin Maymun ibn Muhammad. Tabsiratul-adilla fi usulid-din // Huseyn Atay tahqiqi. – Anqara: Raislik işlari böyiça diniy işlar boşqarmasi, 2004, 1-jild. – 489.; Şayx Kamoliddin Ahmad bin Hasan. Işoratul-marom min Ibarotil Imam Abu Hanifa. – Bayrut: Darul kutubil ilmiya. Birinçi naşr, 2007. – B.181.
  3. Abu Muin Maymun ibn Muhammad. Tabsiratul-adilla fi usulid-din // Huseyn Atay tahqiqi. – Anqara: Raislik işlari böyiça diniy işlar boşqarmasi, 2004, 1-jild.
  4. Abu Muin Maymun ibn Muhammad. Tabsiratul-adilla fi usulid-din // Huseyn Atay tahqiqi. – Anqara: Raislik işlari böyiça diniy işlar boşqarmasi, 2004. 1-jild. – 400.; Taʼtoziy. Şarhul-Aqoid. – Istanbul, 1982. – B.174.
  5. Abul Muin Nasafiy. Bahrul kalom // Muhammad as-Sayyid al-Barsijiy tahqiqi. – Iordaniya: Dorul fath, 2014.
  6. Ibn Murtado. Tabaqotul möʼtazila.
  7. Işoratul-marom min Ibarotil Imam Abu Hanifa. – Bayrut: Darul kutubil ilmiya. Birinçi naşr, 2007.
  8. Qosim ibn Qutlubğo. Hoşiya ʼalal musomara ʼalal musoyara. – Qohira: Al-Maktabatul azhariya, 2006.
  9. Şarhul Xayoliy ʼalan nuniya lil mavla Xizr ibn Jaloliddin // Abdunnasiyr Natur Ahmad al-Malibariy. – Qohira: Maktabatu vahba, 2008.
Abdulatif ALLAQULOV,
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi
dotsenti, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği,
tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)
“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.

Check Also

IBN SINONING RUH VA QALB FALSAFASI

Ibn Sino “Al-qonun fi-t-tibb” asarida qalbning (yurakning – N.J.) anatomik tuzilişini va fiziologik  vazifalarini batafsil …