Home / ALLOMALAR / ALLOMA YETIŞTIRGAN USTOZLAR: MAHMUD ZAMAXŞARIY FAOLIYATIDA USTOZLARINING ÖRNI

ALLOMA YETIŞTIRGAN USTOZLAR: MAHMUD ZAMAXŞARIY FAOLIYATIDA USTOZLARINING ÖRNI

Kiriş. Insoniyat tarixida ilm-maʼrifat taraqqiyoti avloddan-avlodga uzluksiz ötib kelayotgan ustoz va şogirdlar anʼanasi orqali şakllangan. Ustoz – nafaqat bilim beruvçi, balki şogirdni hayot yölida yetuk şaxs sifatida tarbiyalovçi, maʼnaviy kamolot sari yetaklovçi murabbiydir. Ilmiy maktablarning paydo bölişi, ularning rivojlanişi va davomiyligi bevosita ustoz şaxsiga, uning ilmiy salohiyati hamda tarbiyaviy mahoratiga boğliqdir. Islom olamida yuzlab buyuk mutafakkirlar öz ustozlaridan olgan saboqlar, ilmiy meros va tajribalar asosida şakllangan. Şunday allomalardan biri – Mahmud Zamaxşariy bölib, uning ilmiy kamolotida ustozlarining hissasi beqiyosdir. Zamaxşariy hayoti va ijodini örganiş nafaqat Markaziy Osiyo ilmiy-maʼnaviy merosining boy ekani haqida maʼlumot beradi, balki ustoz-şogird munosabatlarining naqadar muhimligini ham körsatadi.

Asosiy qism. Xorazm zaminida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qöşgan köplab buyuk allomalar yetişib çiqqan. Abul Qosim Mahmud Zamaxşariy ana şunday uluğ siymolardan biridir. Hayotligidayoq “Dunyoning ustozi”, “Allohning qöşnisi”, “Adiblar kaʼbasi”, “Arablar va ajamlar ustozi”, “Xorazm faxri” kabi şarafli nomlarga sazovor bölgan alloma, benazir inson, yurtimiz faxri, köhna Xorazm farzandi Mahmud Zamaxşariy jahon fani va madaniyati rivojiga özining ölmas merosi bilan ulkan hissa qöşgan.

Zamaxşariyning töliq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad bölib, hijriy 467-sana, rajab oyining yigirma yettinçisida, çorşanba kuni, milodiy 1075-yilning 19-martida Xorazmning yirik qişloqlaridan biri – Zamaxşarda tavallud topgan va şu boisdan ham az – Zamaxşariy nisbasini olgan.

Alloma haqidagi maʼlumotlardan maʼlumki, uning bir oyoği yoğoçdan bölib, tarixçilar bu haqda: “Bir oyoği yoğoçdan edi va uzun yaktagini tuşirib kiygani uçun körgan odam uni çöloq deb öylardi”, deb yozgan. Oğir kasallik tufayli u yoşligidan bir oyoq bölib qolgan va şundan söng otasi uni endi oğir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvçi ustaga şogirdlikka bermoqçi böladi. Biroq yoşligidan ilmga havasmand ösgan Mahmud otasidan özini madrasaga öqişga yuborişni söraydi. Öğlidagi ilmga bölgan zör iştiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi [1:6].

Mahmud Zamaxşariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi ilmlar orasida zör isteʼdodini namoyon qila boşlaydi. U madrasada öqitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallaşga kirişadi. Keyinçalik Mahmud Zamaxşariy bilimini yanada oşiriş maqsadida Buxoroga yöl oladi. Maşhur olim Abu Mansur Saolibiyning (961–1138) iborasi bilan aytganda “Buxoro Somoniylar davridan boşlab şon-şuhrat makoni, saltanat kaʼbasi va zamonasining ilğor kişilari jamlangan, Yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va öz davrining fozil kişilari yiğilgan (joy) edi”. U Buxoroda tahsilni tugallagaç, bir neça yillar Xorazmşohlar xizmatida munşiylik bilan şuğullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlaşişga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yaraşa munosib eʼtibor körmagaç, özga yurtlarga safar qiladi. Allomaning öz davri ilmlarini töliq egallaşga, olimlik darajasiga yetişişida, şubhasiz, ustozlarining xizmati benihoya katta bölgan. Mana şunday ustozlardan biri – til, luğat va adabiyot sohasida maşhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr al-Dabbiy al-Isfahoniydir (1113-yili Marvda vafot etgan) [5]. Abu Mudar kuçli tilşunos bölib, u til ilmida “Faridul asr” va “vahidud dahr” (yagonayi davron) edi. Bu olim bir qança vaqt Xorazmda istiqomat qiladi, özining çuqur va har taraflama bilimi, xuşfeʼlligi, oliyjanobligi bilan şuhrat qozonadi va köplab adib, tilşunos olimlarni yetiştiradi.

Mahmudni ötkir zehni va tirişqoqligini körgan Abu Mudar uni öziga şogird qilib oladi va undan özining ilmiy va moddiy yordamini sira ayamasdan har taraflama tarbiyalaydi. Mahmud ham öz ustoziga qattiq ixlos qöyib, uning bilim va axloqiy fazilatlarini mukammal özlaştirişga harakat qiladi [3:12].

Maşhur arab olimi va sayyohi Yoqut al-Hamaviy (1178-1229) al-Isfahoniy haqida şunday deb yozadi: “Luğat va nahv (grammatika) ilmida öz davrining yagona bilimdoni va öz asrining benaziri bölib, uning xilma-xil fazilatlari töğrisida rivoyatlar (masallar) keltirardilar. Olim bir qança muddat Xorazmda istiqomat qilgan bölib, odamlar uning ilmu urfoniyu makorimi axloqidan foyda körgandilar. Köpgina ilm toliblari, şular jumlasidan, Zamaxşariy uning mukammal ilmidan bahramand bölib, luğat va nahv sohasida taʼlim olganlar”.

Mahmud Zamaxşariy Isfahoniydan nafaqat çuqur bilim oldi, balki uning ilmiy yönalişlari, asarlar yaratişdagi tartibotlarini tadqiq qildi. Arab millatiga mansub bu olimning taʼsirida Zamaxşariy qalbida yoşligidan arablarga va arab tiliga samimiy muhabbat tuyğulari qaror topdiki, bu holni olimning özi ham baʼzi qasidalarida minnatdorlik hissi bilan ifodalaydi. U grammatikaga bağişlangan “Al-Mufassal” asarini odamlarning istagini hisobga olib, “arab kalimalarini biliş uçun” yaratgani, “Muqaddamatul adab” asarini esa “ğayri arablar arab tilini örganmoği uçun” yozganini taʼkidlaydi.

Allomaning ilmiy faoliyatida arab tili asosiy örinni egallaydi. U öz asarlarini asosan arab tilida yozgan. I.Yu.Kraçkovskiyning fikriça [2:313], kelib çiqişi arab bölmagan Zamaxşariy arab madaniyatining közga köringan namoyandasi bölib yetişgan. U arab tilini yoşligidan katta havas va iştiyoq bilan örgandi, arablarning hayoti va ularning urf-odatlarini, turli lahjalarini uzoq yillar tinimsiz tadqiq qildi. Olim arab tiliga alohida mehr bilan qarar edi. Şu boisdan ham, bu tilni çuqur örganiş, arab tilining grammatikasi, leksikasi, umuman, arab tilşunosligiga oid bir qança muhim asarlarni yaratgan. Uning jahonga donği ketgan “Muqaddamatul adab”, “Al-Mufassal”, “Asosul baloğa” kabi yirik taʼliflari mana şu yönalişda yozilgan asarlardir. Arablarning allomaga: “Agar xorazmlik şu kösa, çöloq bölmaganida, arablar öz tillarini bilmas edilar!”, deb lönda qilib bergan bahosiga heç bir izohning hojati bölmasa kerak [4:35]. Arab tiliga, uning behad katta imkoniyatlariga tan bergan alloma barça asarlarini faqat arab tilida yaratgan. Bu tilni mukammal özlaştirgani, albatta, katta mehnat va tinimsiz izlanişlar samarasidir.

Mahmud Zamaxşariy asarlarining muqaddimasida muttasil ravişda arab tilini arab madaniyatining quroli sifatida eʼtirof etgan. Arab olimlari Zamaxşariyning ilmiy faoliyatiga çuqur ehtirom bilan qarab, u haqda şunday degan: “Arablar Movarounnahrni qurol bilan egallay olmadilar, lekin xorazmlik alloma öz hassasi bilan butun arab dunyosini egallab oldi”.

Mahmud Zamaxşariy Bağdodda şayxul islom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, Abu Saad aş-Şaqqoniy, Abul Xattab ibn Abul Batar kabi maşhur olimlardan hadis ilmidan saboq oldi. Makkada esa nahv va fiqh böyiça ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxa ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Yabariy al-Andalusiy, aş-şayx as-Sadiyd al-Xayyatiy, luğat ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn al-Xadar al-Javoliqiy kabi maşhur olimlardan örgandi [1:12]. Buyuk alloma hayoti davomida Marv, Nişopur, Isfahon, Şom, Bağdod va Hijozda yaşadi, ikki marta Makkada böldi. Olim bu yerda ilmiy işlarini davom ettirdi, arab tili sarf va nahvi (grammatikasi) va luğatini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf odatlarini çuqur örgandi, mintaqa jöğrofiyasiga oid qimmatli maʼlumotlarni töpladi. Biron-bir allomaga nasib etmagan yuksak maqomga – Jorulloh (“Allohning qöşnisi”) degan laqabga faqat buyuk vatandoşimiz Mahmud Zamaxşariy muşarraf böla olgan.

Mahmud Zamaxşariy ilmiy faoliyati va merosini ustozlari taʼsirida tahlil qiliş şuni körsatadiki, Şarq ilm-fan tarixida şogirdning kamol topişi bevosita ustozlarining ilmiy va maʼnaviy yetukligi bilan çambarças boğliqdir. Zamaxşariy ustozlaridan nafaqat nazariy bilimlar majmuasini, balki ilmiy izlanişning metodologik asoslarini ham özlaştirgan. Bu jarayonda ustozlarining qatʼiy ilmiy intizomi, manba tanlaşdagi ehtiyotkorligi, mantiqiy tahlilga asoslangan yondaşuvi uning keyingi faoliyatida asosiy tamoyilga aylandi. Uning ilmiy şakllanişida ustozlarining hissasi faqatgina maʼlum bir bilim doirasini örgatiş bilan çeklanmay, balki mustaqil ilmiy tafakkur, mantiqiy tahlil, dalillaş madaniyati va adolat tamoyillarini şakllantirişda hal qiluvçi omil böldi. Zamaxşariy öz asarlarida ustozlaridan olgan bilimlarni nafaqat ijodiy rivojlantirdi, balki ularni ilmiy maktab darajasiga kötardi. Bu jarayon ilmning davomiyligi, ilmiy maktablarning şakllanişi va maʼnaviy merosning avloddan-avlodga ötişini taʼminladi.

Zamaxşariy ilmiy maktabi öz davrida arab tili grammatikasi, baloğat va tafsirşunoslik sohalarida eng yuqori bosqiçlardan biriga erişdi. Uning asarlari nafaqat musulmon Şarqida, balki keyingi asrlarda Yevropa şarqşunoslari tomonidan ham örganildi. Bu, öz navbatida, ustozlarining bergan saboqlari global ilmiy merosning tarkibiy qismiga aylanganini körsatadi.

Alloma Mahmud Zamaxşariy ustozlaridan taʼlim oliş bilan birgalikda, Şarqning turli şaharlarida köplab şogirdlar ham yetiştirgan. Uning Makkada beş yildan ortiq vaqt yaşagani olim uçun katta baxt bölgan, desak mubolağa bölmaydi. Çunki Makka nafaqat butun musulmon olamidan kelgan ziyoratçilar uçun muqaddas ziyoratgoh, balki yetuk olimlar va ilmga intiluvçi talabalar yiğiladigan ilmiy markaz ham edi. Quyida Zamaxşariyning eng muhim şogirdlari va ularning olimdan olgan taʼlimlari haqida maʼlumot beriladi:

Abul Hasan Ali ibn Muhammad ibn Ali ibn Ahmad ibn Harun al-Umroniy al-Xavarizmiy bölib, u “Hujjatul afodil” va “Faxrul maşoyix” laqablari bilan atalar, Zamaxşariyning eng yaqin döstlaridan bölib qolgandi. U ustozi panohida adabiyot, hadis ilmlaridan tahsil körgandi. Zamaxşariy zamonasining yetuk olimi darajasiga kötarilib, özi ham ilm toliblariga dars berib, tafsir, grammatika, jöğrofiya sohalari böyiça asarlar yaratgandi.

Zamaxşariyning qobiliyatli şogirdlaridan yana biri Muhammad ibn Abul Qosim ibn Boyçuk al-Baqqoliy al-Xorazmiy al-Odamiy an-Nahviy bölib, u “Zayn al-maşoyix” laqabi bilan maşhur edi. Yoqut al-Hamaviy u haqida: “Al-Adabda u imom, lisonul arabda hujjat (işonçli olim), luğat va al-iʼrobni Zamaxşariydan örganib, keyinçalik uning örniga ötirgan edi. U hadis ilmini ustozi Zamaxşariy va boşqalardan örgandi. U eʼtiqodi kuçli, olijanob, sof vijdonli kişi edi. Uning bir qança asarlari bölib, ulardan “Miftoh at-Tanziyl”, “Taqviym al-lison fin-nahv”, “Al-Iʼtob fil-iʼrob”, “Al-Bidoya fil-maoniy val bayon”, “Kitob manozil al-arab” va boşqalarni körsatiş mumkin”, deb yozadi [1:14].

Abu Yusuf Yaʼqub ibn Ali ibn Muhammad ibn Jaʼfar al-Balxiy al-Jandaliy har doim Zamaxşariy bilan birga bölib, undan deyarli ajralmas edi. U, xususan, adab ilmi böyiça ustozidan köp saboq olib, uşbu sohada yetuk olim sifatida şakllandi. Al-Muvaffaq ibn Ahmad ibn Abu Said Işaq Abul-Muayyad esa Zamaxşariyning eng muhim şogirdlaridan biri bölib, “Axtabu Xvarazm” (Xorazmning eng sözgöy xatibi va nutq ustasi) laqabi bilan tanildi. U turli ilmlar –  fiqh va şeʼriyatda yetuk olim bölişi bilan birga, arab tilini mukammal biladigan, öta fazilatli va bilimdon şaxs sifatida eʼtirof etilgan edi. U hijriy 484-yilda tuğilib, 568-hijriy yilda vafot etgan.

Mahmud Zamaxşariy özining ilmiy faoliyati davomida turli şaharlardan kelgan köplab şogirdlarni tarbiyalagan bölib, ular orqali öz merosini keng yoygan. Uning şogirdlari nafaqat Xorazm va Movarounnahrda, balki butun musulmon olamida ilmiy anʼanalarni davom ettirgan.

Abul Mahosin Ismoil ibn Abdulloh at-Taʼviliy (Tabaristonlik). U Tabaristonda Zamaxşariydan taʼlim olgan va uning ilmiy uslublarini öz mintaqasida tarqatişga hissa qöşgan.

Abul Mahosin Abdurrahmon ibn Abdulloh al-Bazzor (Abivardlik). Abivard şahrida Zamaxşariyning darslarida qatnaşib, uning tafsir va arab tili böyiça taʼlimotlarini örgangan.

Abu Amr Amir ibn al-Hasan as-Simsor (Zamaxşarlik). Zamaxşariyning tuğilgan joyi – Zamaxşar qişloğida uning şogirdi bölib, mahalliy ilmiy muhitda faoliyat yuritgan.

Abu Said Ahmad ibn Mahmud aş-Şotiy (Samarqandlik). Samarqandda Zamaxşariydan taʼlim olgan bu şogird, ayniqsa, arab tili va adabiyoti sohasida katta yutuqlarga erişgan.

Abu Tohir Somon ibn Abdulmalik (Xorazmlik). Xorazmning taniqli faqihlaridan biri bölib, Zamaxşariydan fiqh va hadis ilmlarini örganib, uning ilmiy anʼanalarini davom ettirgan [1:16].

Şuningdek, Zamaxşariyning muhim şogirdlaridan biri Ali ibn Iso ibn Hamza ibn Vahhos Abut-Tayyib edi. Bu oliyjanob va fazilatli şaxs Makka aholisidan bölib, şeʼriyat va nasr sohasida bir qança muhim asarlar muallifi sifatida tanilgan. Zamaxşariy Makkada bölgan davrida unga dars bergan va adabiyot hamda şeʼriyat böyiça çuqur bilim ulaşgan. Ali ibn Iso özining ijodiy faoliyati bilan Zamaxşariyning taʼlim uslublarini yanada boyitgan va Makkada ilmiy muhitning rivojlanişiga hissa qöşgan.

Zamaxşariyning şogirdlari orasida nafaqat erkaklar, balki ayollar ham bölgan. Masalan, Zaynab bint Aş-Şariy, bu uning taʼlimida keng qamrovli va tenglik asosidagi yondaşuvni körsatadi. Uning şogirdlari, öz navbatida, öz şogirdlariga ijozat (ruxsatnoma) berib, Zamaxşariyning ilmiy merosini avloddan-avlodga uzatgan. Masalan, Ali ibn Iso ibn Hamza kabi şogirdlar Makka kabi yirik ilmiy markazlarda Zamaxşariyning adabiyot va baloğat böyiça taʼlimotlarini tarğib qilgan. Bu şogirdlarning faoliyati Zamaxşariyning taʼsirini nafaqat Şarqda, balki butun Islom olamida kengaytirişga xizmat qilgan.

Xulosa. Mahmud Zamaxşariyning ilmiy merosi va taʼlim uslublari örta asr Şarq ilmiy maktablarining eng muhim namunalaridan biri sifatida öz örnini egallaydi. Uning şogirdlari orqali tarqalgan bilimlari nafaqat Xorazm, Samarqand, Buxoro va Makka kabi ilmiy markazlarda, balki butun musulmon olamiga çuqur taʼsir körsatdi. Zamaxşariyning taʼlim usullarida qatʼiy ilmiy intizom, mantiqiy tahlil, manbalarga ehtiyotkorlik, amaliy yondaşuv va maʼnaviy-axloqiy tarbiya muhim örin tutgan. U şogirdlarini mustaqil fikrlaşga, dalillarga asoslangan xulosalar çiqarişga va ilmiy merosni ijodiy rivojlantirişga undagan.

Zamaxşariyning şogirdlari, masalan, Abu Yusuf Yaʼqub al-Balxiy, Al-Muvaffaq ibn Ahmad al-Xorazmiy, Zaynab bint Aş-Şariy va Ali ibn Iso Abut-Tayyib kabi şaxslar uning taʼlimotlarini öz mintaqalarida tarğib qilib, öz maktablarini taşkil etgan. Bu şogirdlar orqali uning “Al-Kaşşof”, “Al-Mufassal” va “Asosul baloğa” kabi asarlari örta asr va undan keyingi davrlarda keng tarqalgan, hatto Yevropa şarqşunosligiga taʼsir körsatgan.

Ustoz-şogird anʼanasining Zamaxşariy faoliyatidagi örni ilmiy merosning davomiyligini taʼminlaşda muhim omil bölgan. Uning taʼlim usullari bugungi kunda ham taʼlim tizimida, xususan, arab tili, tafsirşunoslik va adabiyotni öqitişda dolzarb bölib qolmoqda. Zamaxşariyning ilmiy va maʼnaviy merosi nafaqat tarixiy qadriyat, balki zamonaviy taʼlim va tarbiya jarayonlarida amaliy ahamiyatga ega bölgan bebaho xazinadir. Kelajakda uşbu merosni yanada çuqur örganiş va zamonaviy taʼlim metodologiyalariga integratsiya qiliş ilmiy tadqiqotlar uçun muhim yönaliş bölib xizmat qiladi. 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Abul Qosim Mahmud az-Zamaxşariy. Nozik iboralar. Şarhlar muallifi va tarjimon U.Uvatov. – T.: Kamalak, 1992.
  2. Крачковский И. Ю. Избранние сочинения. – Т. 4 – М.–Л.: Издателство АН СССР, 1957.
  3. Rustamov A. Mahmud Zamaxşariy. – T.: Fan, 1971.
  4. Uvatov U. Mahmud Zamaxşariy. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi naşriyoti, 1995.

 

 Sitora-Bonu SALIMOVA,
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi tayanç doktoranti
“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.

Check Also

ALLOMA ABU BAKR JASSOS HAYOTI VA ILMIY UNVONLARI

Olimning kunyasi Abu Bakr, ismi Ahmad, otasining ismi esa Ali bo‘lgan. Roziy uning nisbasi bo‘lib, …