(Bir hadis şarhi)
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatni köplab muhim voqealardan ogoh etganlar. Kelajakka doir eng ahamiyatli xabarlarning mavzularidan biri, albatta, oxir zamon, yaʼni qiyomat yaqinlaşganining alomatlari bölgan. Uning haqligiga işoniş ğaybga imon keltiriş, Alloh taolo va Rasulini tasdiqlaşning bir qismidir. Bu esa öşanday alomatlarga guvoh bölgan kişining imoni kuçayişi, sobit turişi va töğri muomala qilişini taʼminlaydi.
عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِىِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ «يَتَقَارَبُ الزَّمَانُ، وَيَنْقُصُ الْعَمَلُ ، وَيُلْقَى الشُّحُّ، وَتَظْهَرُ الْفِتَنُ، وَيَكْثُرُ الْهَرْجُ». قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ أَيُّمَ هُوَ. قَالَ «الْقَتْلُ الْقَتْلُ».
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “(Oxir zamonda) vaqt qisqaradi, (savobli) amal kamayadi, xasislik örnaşadi (qalblarni egallab oladi), fitnalar yuzaga çiqadi (yoyiladi) va harj köpayadi”, dedilar. Sahobalar: “Ey Allohning Rasuli, u nima?” dedi. U zot: “Qatl, qatl (qirğin, qirğin)”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Bu hadisi şarifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam qiyomat alomatlarining baʼzilarini bayon etmoqdalar. Birinçisi – vaqtning qisqarişi. Yaʼni, umrning qisqarişi va undan baraka ketişi.
Baʼzilar bu “qisqariş”ni qiyomat vaqtining yaqinlaşişiga yöygan bölsa, ayrimlar “tezlaşiş”ni ham anglatişini ham aytgan – yil oydek, oy kundek, kun soatdek ötib ketişiga işora maʼnosida.
Bugungi olimlar – yuqoridagilarga qöşimça tarzida – bu sözni şahar va mintaqalar örtasida masofa “yaqinlaşişi”, uni bosib ötiş vaqtining qisqarişi sifatida ham izohlaydi. Çunki hozir quruqlik, dengiz va havo yöllari orqali harakatlanuvçi turli transport vositalari uzoq masofani nisbatan ança qisqa vaqt içida bosib ötiş imkonini beryapti. Şuningdek, telefon, teleradio va boşqa telekommunikatsiya vositalari uzoqdagi narsani juda tez yaqinlaştiryapti. Voqea-hodisalar haqidagi xabarlar zumda dunyoning u çetidan bu çetiga yetib boryapti.
Umumiy xulosa şuki, bu söz bizni vaqt ğanimatligini teranroq anglaşga çaqiradi. Vaqt tez sarf böladigan, eng muhimi, tugaydigan omonatdir.
Ikkinçi alomat – amalning kamayişi. Odamlar mudom dunyo işlari va taşvişlari bilan andarmon bölib, taot-ibodat va ezgu işlarga vaqt ajratmay qöyadi. Insoniyat köp narsa bilan band, ammo uning xatti-harakatida xayr va baraka oz böladi. Köp narsani biliş daʼvosi va kam amal qiliş zamonamiz kasalligidir.
Boşqa hadisda aytilganidek, “Amallarning Allohga eng suyuklisi oz bölsa ham davomli bölganidir”. Amal kamayib borayotgan zamonda oz bölsa ham muntazam xayrli iş qilişga odatlaniş möminning vazifasidir.
Uçinçisi – xasislikning örnaşişi. Yaʼni, baxillik haddan taşqari keng tarqaladi. Odamlarning qalbini şu darajada egallaydiki, boy mol-mulkida, olim ilmida, ijodkor ijodida baxillik qiladi. Moddiy farovonlik oşgan sari içidagi “yetmaydi” degan tuyğu ham oşadi, qanoat kamayadi. Qalb hirs bilan töladigan bölib qoladi.
Qurʼoni karimda “Kim öz nafsi baxilligidan saqlana olsa, bas, ana öşalar (oxiratda) najot topuvçidirlar” (Haşr surasi, 9-oyat) deyilgan. Xasislik nafsning tabiiy xususiyatlaridan biridir. Inson nafsi bilan kuraşişi orqali xasislikdan xalos böladi. Xasislik insonni öziga tegişli bölmagan narsani egallaş va zimmasidagi burç va majburiyatlarni ado etmaslikka undaydi. Bu esa qarindoşlik aloqalarini uziş va qon tökiş kabi yomon oqibatlarga ham olib boradi. Buning davosi yaxşilikni odat qilişdir. Deylik, muhtojlarga xayr-ehson, hadya va yengillik beriş qalbni davolaydi.
Törtinçi alomat – fitnalar yuzaga çiqişi. Fitna faqat qurolli töqnaşuv emas. Axborot uruşi, yolğon xabarlar, ğiybat va tuhmatning bir zumda tarqalişi, haq bilan botilning aralaşib ketişi ham fitnadir. Odamlar nima töğri, nima notöğriligini ajrata olmay qoladi.
Şuningdek, kişining dinu dunyosiga zarar keltiradigan voqea-hodisalar, xiyonat va zulm, yonğin, zilzila va boşqa ofatlar, gunoh işlarning köpayişi va oddiy holga aylana borişi ham fitnadir.
Fitna sodir bölganda, şoşilmaslik, tarqalayotgan gapni tekşirmay takrorlamaslik, tilni tiyiş va ilm ahliga murojaat qiliş lozim. Negaki, duç kelgan gapga işonib, uni yoyiş ham fitnaning bir qismidir.
Beşinçisi – qirğin. Hadisdagi eng oğir qism şu. “Harj” sözini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning özlari “qatl”, “qirğin” deb izohlayaptilar. Bu nafaqat jismonan öldiriş, balki qadr-qimmat, obrö va hayot hurmati yöqolişini ham anglatadi. Odamlar bir-birini nohaq va tajovuzkorona, şunçaki öz manfaati yölida ayblaydi, kamsitadi, jisman va maʼnan jarohatlaydi, moddiy va moliyaviy talofat yetkazadi. Şuningdek, buzuq istaklarini qondiriş uçun yoki özi sezmagan holda duşmanga xizmat qiladigan baʼzi halokatli ğoya va qaraşlarga muvofiq iş tutadi.
Bugungi hayotda yuqorida aytilgan holatlarning barçasini uçratyapmiz. Bu hadis umidsizlik va qörquv uyğotiş emas, ogohlikka çaqiriş uçun aytilgan. Undagi sözlar ijtimoiy xastaliklarni oldindan körsatib, çora topişni öylaşga undaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam alomatlarni aytib, göyo “har biringiz öz örnini bilsin, qadamini öylab bossin!” demoqdalar. Vaqt qisqarayotgan ekan, xayrga sarflaş; amal kamayayotgan ekan, borini davomli qiliş; xasislik yoyilayotgan ekan, saxovatli böliş; fitna köpayayotgan ekan, tilni va nafsni tiyiş; harj avj olayotgan ekan, har bir jonning hurmatini himoya qiliş lozim.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




