Home / MAQOLALAR / HADISŞUNOSLIK – USTRUŞANADA YETAKÇI YÖNALIŞLARDAN BIRI

HADISŞUNOSLIK – USTRUŞANADA YETAKÇI YÖNALIŞLARDAN BIRI

Movarounnahrda IX-XIII asrlarda kuzatilgan Birinçi Renessans doirasida şakllangan ilmiy-madaniy markazlardan biri bölgan Ustruşanada köplab ulamolar qatorida muhaddislar ham faoliyat yuritgan bölib, ular hali yaxşi örganilmagan. Vaholanki, ular umummusulmon taraqqiyoti va islom sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qöşgan olimlar hisoblanadi. Uşbu mintaqadan 80 dan ortiq muhaddis çiqqani ham buning isbotidir.

Hadislar Movarounnahrga VII asrda kirib kelgan bölsa, VIII asrda alohida ilm sifatida rivojlandi. Dastlab ölkaning ikki ulkan şahri – Samarqand va Buxoroda hadis ilmi yoyildi. Asta-sekin ularga tutaş hududlar – Nasaf, Şoş, Farğona, Keş, Termiz, Xorazm, Ustruşana, Dabusiya, Kuşoniya kabi mintaqalarda ham muhaddislar faoliyati boşlandi. Umuman, Movarounnahrda VIII-XII asrlar mobaynida uç mingdan ortiq yirik muhaddislar yaşab, faoliyat yuritgan[1].

Tadqiqot davomida Ustruşanada tavallud topib, u yerning şahar va qişloqlari hamda öşa davr ilmiy-madaniy markazlari Samarqand, Buxoro va Bağdodda faoliyat yuritgan muhaddislar aniqlandi.  Ustruşanada dastlab hadislarning asosiy mavzusi söfiyona kamtarlik, taqvo va tarkidunyoçilik bölgan bölsa, bu hududda islom dini nisbatan mustahkam örnaşganidan keyin esa ulamo va muhaddislar eʼtibori köproq ibodat va muomalot masalalariga qaratilgan. Bu nafaqat Ustruşanaga, balki Movarounnahrning boşqa şaharlariga, ayniqsa, Samarqand va Buxoroga ham xosdir.

VIII asrning birinçi yarmida Movarounnahrda islom ilmlarining yoyilişi xurosonlik ulamolar tomonidan amalga oşirilgan bölsa, şu asrning ikkinçi yarmiga kelib, mahalliy ulamolar yetişib çiqa boşladi. Ilk davrda ustruşanalik muhaddislar harakatida tanqidiy yönaliş ustuvor böldi. “Dinni bidʼatlardan tozalaş” harakati ulamolarga mahalliy aholi orasida katta obrö keltirdi. Natijada, IX-X asrga kelib muhaddislar ijtimoiy hayotda ham yetakçi kuçga aylanib, Ustruşana şahar va qişloqlarida ilmiy faoliyat olib bordi.

Ustruşanada hadis ilmining şakllanişi va taraqqiy etişida özining munosib hissasini qöşgan mahalliy sulolaviy muhaddislar oilalarining ham öz örni bor. Şunday sulolaviy oiladan çiqqan muhaddislardan biri IX-X asrda yaşagan muhaddis Abu Ahmad Tolib ibn Ali ibn Hasan ibn Turxor Şiyrakasiydir. U Ustruşananing Şirakas qişloğida tavallud topgan va şu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Abu Ahmad Şiyrakasiy  sulolaviy muhaddislar oilasining boşliği edi. Uning öğli Abul Husayn Muhammad ibn Tolib ibn Ali Şiyrakasiy Ustruşanadagi hadis ilmiga öz hissasini qöşgan muhaddislardan bölgan. Abu Ahmad Şiyrakasiy hadislarni Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy va Muhammad ibn Abdulloh ibn Yazid Muqarraiylardan rivoyat qilgan. Abu Ahmad Şiyrakasiy 288/901 yili 14 yoki 15-sentyabrda vafot etgan.

Abu Abdulloh Nuh ibn Janoh Mojarmiy. Muhaddis. Ustruşanada tavallud topib, öz vatanida ilmiy faoliyat olib borgan. Mavjud manbalarda uning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Ammo Abu Saʼd Samʼoniy  “Al-Ansob” asarida u öz zamonasining zabardast ulamolari[2] bilan ilmiy safarga çiqib, 321/933 yilda Abu Ali Tamoriyning xonadonida mehmon bölib, şu yerda ilmiy suhbat qurganini taʼkidlab ötgan[4:5/35 №9338]. Yuqorida keltirilgan maʼlumotga tayanib, Nuh ibn Janoh Mojarmiyning vafot sanasini 321/933 yildan keyin, deb belgilaş mumkin.

Abu Muhammad Nasr ibn Hamavayh Kamarjiy. Muhaddis.  Ustruşanada tavallud topgan va şu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. U hadislarni Muhammad ibn Muso Suğdiy vositasida Ibrohim ibn Hamdavayh Iştixoniydan rivoyat qilgan. Samarqandda faoliyat olib bor­gan, Qoraxoniylar davrida umrining oxirgi, eng samarali qismini ötkazgan hofiz Abu Saʼd Abd ar-Rahmon ibn Muhammad Idrisiy Astrobodiy (vaf. 405/1015-y.) şunday taʼkidlaydi: “Men Abu Muhammad Kamarjiy haqidagi maʼlumotlarni özidan 360/971 yili yozib oldim”[5:5/317]. Mavjud manbalarda uning tavallud yoki vafot etgan sanasi haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Lekin Abu Saʼd Idrisiyning yuqorida keltirilgan maʼlumotlaridan Abu Muhammad Kamarjiyni 360/971 yildan keyin vafot etgan, deb belgilaş mumkin.

Abu Nasr Ahmad ibn Ammor ibn Ismat ibn Maoz Şiyrakasiy. Muhaddis. Ustruşananing Şiyrakas qişloğida tavallud topib, şu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Abu Nasr Şiyrakasiy hadislarni öz davrining yetuk muhaddislari Abu Yaʼlo Abdulmöʼmin ibn Xalaf ibn Tufayl Nasafiy (259/873-346/957), Abul Hasan Ali ibn Muhtoj ibn Hamavayh ibn Xaddoş Koşoniy (tuğilgan yili 351 y.), Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Jamol Iroqiy (vaf.346/957 y. Samarqand), Abu Ahmad Bakr ibn Muhammad ibn Hamadon Marvaziy (vaf.345/956 y. Buxoro), Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim ibn Abdirobbihi Bağdodiy (260/874-354/965) kabi ulamolardan rivoyat qilgan. Abu Nasr Şiyrakasiy 400/1010-yili mart oyida vafot etgan[4:3/508 № 6131].

Abul-Hasan Ali ibn Abdulaziz ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Homid Dizakiy Lohuziy Zubayriy. Muhaddis. Dizak şahrida tavallud topib, şu şaharda ilmiy faoliyat olib borgan. U asli makkalik sahoba Zubayr ibn Avvom[3] (r.z.) avlodlaridan. Uning Makkadan köçib kelgan otasi Abdulaziz ibn Muhammad öz zamonasida yetuk olimlardan biri bölib, Samarqanddagi “Xon Muso” masjidida ilmiy faoliyat olib borgan. Otasining ön ikki nafar aka-ukasi bölib, barçasi ulamolardan edi. Abu Saʼd al-Idrisiy (vaf. 405/1015-y.) olim Abdulaziz ibn Muhammad Dizakiy Samarqand şahrida yaşab, şu yerdagi fozil zotlardan biri, deb tasvirlaydi va 380/991 yildan oldin haj safariga ketayotganida vafot etganini xabar qiladi[6:416]. Abul Hasan Dizakiy 448/1056-yili Dizakda vabo tufayli vafot etgan.

Abul Fazl Ilyos ibn Holid ibn Hakim Zominiy. Muhaddis. Zomin şahrida tavallud topib, uşbu şaharda ilmiy faoliyat olib borgan. Muhaddis Abu Jaʼfar Muhammad ibn Asad ibn Tovus Zominiy undan 415/1024-yil Zomin şahrida hadis eşitganini rivoyat qilgan[6:157]. Mavjud manbalarda Abul Fazl Zominiyning tavallud ayyomi yoki vafot etgan yili haqida birorta ham maʼlumot keltirilmagan. Agarda Abu Jaʼfar Zominiy Zomin şahrida undan hadis eşitgani hisobga olinsa, uning vafot sanasini 415/1024-yildan keyin, deb belgilaş mumkin.

Zinnun Xovasiy. Muhaddis. Xovasda tavallud topib, şu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Najmiddin Abu Hafs Nasafiyning taʼkidlaşiça, Zinnun Xovasiy 449/1057-yili 18-iyul payşanba kuni Şayx Ali ibn Ahmad Sankabosiy imlo qilgan hadisni eşitib olgan ekan[6:48]. Mavjud manbalarda uning tavallud yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Ammo Zinnun Xovasiyning hadisni Sankabosiydan eşitgani hisobga olinsa, uning vafot sanasini 449/1057-yildan keyin, deb belgilaş mumkin.

Abu Toyyib Ahmad ibn Muhammad ibn Umar ibn Işoq ibn Diyzkah Toniy Dizakiy. Muhaddis. Dizak şahrida tavallud topgan. Asli ota-bobolari Isbahondan bölib, Dizzak şahriga köçib kelgan. Dizak şahrida ilmiy faoliyat olib borgan. U hadislarni Abu Bakr Muhammad ibn Ibrohim ibn Ali Muqarriy (285/898-381/991)dan rivoyat qilgan. Undan hadislarni Abul Qosim Hibatulloh ibn Abdulvoris Şiroziy (485/1092) rivoyat qilgan[6:356;4:2/588]. Uning tuğilgan va vafot etgan yillari haqida maʼlumot yöq. Lekin u hadislarni Abu Bakr Muqarriydan va undan Abul Qosim Şiroziy hadislar rivoyat qilgani hisobga olinsa, Abu Toyyib Dizakiy X asr oxiri va XI asr boşlarida yaşagan, deb belgilaş mumkin.

 Movarounnahrda “Kok” nomi bilan tanilgan muhaddis Abu Nasr Ahmad ibn Abdulmulk ibn Muso ibn Muzaffar Ustruşaniy. U  433/1042-yil Ustruşanada tavallud topib, dastlabki ilmlarni şu yerda oladi va ilmiy faoliyatini davom ettiradi. U 86 yil umr körib, 519/1125-yil aprel oyida vafot etgan. U haqida misrlik olim Ibn Hajar Asqaloniy (773/1372-852/1448-y.) özining “Ad-Durar al-komina fi ayon al-mia as-somina” asarida hamda damaşqlik olim Abdulqodir ibn Muhammad Naimiy Dimaşqiy (978/1571-y.) “Ad-Doris fi tarix al-madoris” nomli tarixiy bibliografik asarida maʼlumot bergan[7:№1413; 8:3/57; 11:1/194; 10:2/163].

Hadis ilmi vujudga kelgan davrdan boşlab muhaddislar hadis talabida özga yurtlarga safar qila boşladi. Ana şu davrdan boşlab muhaddislarning ilmiy faoliyatini birgina şahar yoki mamlakat miqyosida çegaralaş mumkin bölmay qoldi. Köpçilik muhaddislarning ona ­vatani Ustruşana bölsa-­da­, asosiy ilmiy faoliyatini undan taşqarida olib bordi. Samarqandda hadis ilmi rivojiga katta hissa qöşgan köp sonli muhaddislar qatorida ustruşanalik quyidagi muhaddislarning ham öz örni bor. Tez orada hadis ilmida tajriba orttirgan ustruşanaliklar öz maktabi anʼanalarini boşqa mintaqalarga yoya boşladi.

Abu Kasir Sayf ibn Hafs Zohid Zominiy. Muhaddis. Zomin şahrida tavallud topgan. Ustruşananing sönggi afşini Sayr ibn Abdulloh (279-280/892-894) davrida yaşagan. Abu Kasir Zominiy ilk tahsilini Zominda oldi. Şundan söng u IX asr örtalarida Movarounnahr ilm markazlaridan biri Samarqandga köçib ötadi va şu yerda muqim yaşay boşlaydi. Balxlik olim Muhammad ibn Ali al-Layn al-Balxiy Abu Kasir Zominiy haqida uning öz davrining solih va zohid zotlaridan biri bölganini va undan köplab hadislar eşitganini taʼkidlab ötgan. Abu Kasir Zominiy 297/909 yili Samarqand şahrida vafot etgan[6:113].

Abu Naim Husayn ibn Muhammad ibn Naim Ğöbdiniy. Muhaddis. U Ğöbdin qişloğida 341/952 yili iyun oyida tavallud topgan. U öz davrining fozil, zohid, taqvodor imomlaridan bölib, dastlabki taʼlimni öz qişloğida olgan. Keyinçalik ilm talabi va hadislarni yozib oliş maqsadida Xuroson, Iroq, Bağdod, Hijoz, Buxoro, Naysobur kabi şaharlarga borgan. U Ustruşanaga qaytib kelib, 86 yil umr körgan va 427/1036-yil aprel oyida vafot etgan[4:4/90 №7644].

Abul Qosim Abdulvohid ibn Abdurahmon ibn Zayd ibn Ibrohim ibn Ahmad ibn Harb aş-Şovkatiy. Muhaddis. Şovkat qişloğida 407/1016-yili tavallud topgan. Keyinçalik ilm-maʼrifat yölida Samarqandga köçib ötgan va şu yerda Hakim Şovkatiy nomi bilan ilmiy faoliyat olib boradi. U hadislarni imom xatib Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh orqali Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali Bohiliydan rivoyat qilgan. Undan hadislarni şayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar ibn Abdulaziz Buxoriy rivoyat qilgan. U 87 yil umr körib, 494/1101-yili aprel oyida Samarqand şahrida vafot etgan[6:410-411; 4:3/415 № 5780].

Abu Bakr Muhammad ibn Hasan ibn Jaʼfar ibn Ali ibn Ahmad al-Yorkasiy. Muhaddis. U Yorkas qişloğida 447/1055-yili tavallud topgan. Dastlabki ilmlarni qişloğida olib, keyinçalik ilm talabi bilan Samarqandga boradi va şu yerda muqim yaşab qoladi. Uning Muhammad ismli faqih öğli bölgan. Abu Hafs Nasafiy şunday deydi: “Döstimiz Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Yorkasiyning otasi Samarqandda yaşab, qozi imom Muhammad ibn Ahmad Xaffofning qölida fiqh ilmidan taʼlim olgan”. U hadislarni Abu Bakr ibn Hamza Madiniy vositasida qozi Abu Ali Hasan ibn Muhammad ibn Jaʼfar Faqoiydan eşitib yozib olgan. U 520/1126-yili vafot etgan va Çokardiza (“Jangçilar qalʼasi”) qabristoniga dafn etilgan[4:5/595].

Bakr ibn Abdulloh ibn Abdurrahim al-Xarqoniy. Muhaddis. Xarqona qişloğida tavallud topgan. Dastlabki ilmlarni Ustruşanada olib, keyin ilm talabida Samarqandga köçib borgan va şu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Najmiddin Abu Hafs Nasafiy ustruşanalik bu muhaddis haqida özining “Al-Qand fi zikr ulamoi Samarqand” asarida şunday hikoya qiladi: “Men bir marta Bakr ibn Abdulloh bilan namoz öqib, undan köplab hadislar eşitganman. Uning töliq ismi – Bakr ibn Abdulloh ibn Abdurrahim Xarqoniydir. U 525/1131-yili vafot etgan”[6:702;4:2/400].

Husayn ibn Abi Şahob al-Xarqoniy. Uning töliq ismi Husayn ibn Abi Şahob ibn Ahmad ibn Hamza ibn Husayn ibn Qosim ibn Hamza ibn Hasan ibn Ali ibn Ubaydulloh ibn Hasan ibn Ubaydulloh ibn Abbos ibn Ali ibn Abi Tolib al-Alaviy al-Xarqoniy. Muhaddis. U Xarqona qişloğida 446/1054-yili tavallud topgan. U asli xalifa Ali ibn Abu Tolib (r.z.) avlodlaridan. U dastlabki ilmni öz qişloği Xarqonada amakisi faqih Abu Şujo Muhammad ibn Ahmad ibn Hamza ibn Husayn al-Xarqoniydan olib, keyinçalik ilm-maʼrifat talabi bilan Samarqandga boradi va şu yerda muqim yaşab qoladi. Undan hadislarni Abulqosim Mahmud ibn Ahmad Zahriy rivoyat qilgan. Undan hadislarni Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy rivoyat qilgan. U 76 yoşida 524/1130-yili Samarqand şahrida vafot etgan[4:2/400].

Bakr ibn Yamon al-Ustruşaniy. Muhaddis. Ustruşanada tavallud topib, dastlabki ilmni şu yerda oladi va keyinçalik ilm-maʼrifat yölida Samarqandga köçib ötadi. U Samarqandda şaxsiy madrasa oçgan va u yerda özi tolibi ilmlarga hadis va fiqh ilmlaridan saboq bergan. U hadislarni qozi Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurrahim Qassor va Hokim Abu Amr Muhammad ibn Abdulaziz Qantariylardan rivoyat qilgan. U 519/1125-yili Samarqandda vafot etib, Çokardiza (“Jangçilar qalʼasi”) qabristoniga dafn etilgan[6:105].

Usmon ibn Yahyo ibn Muhammad al-Hajjoj al-Bunjikatiy as-Samarqandiy. Muhaddis. Bunjikatda X asrda tuğilgan. Ilm oliş maqsadida Samarqandga köçib ötib, şu yerda muqim yaşab qolgan. U ilm-maʼrifat yölida juda köp şarq mamlakatlariga safar qildi. Xususan, u 426/1035-yilda Makka şahrida Masjidul-haramda juma kuni keçqurun hadislarni şayx faqih Abul Qosim Abdurahmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulloh al-Ansoriydan rivoyat qilgani haqida maʼlumotlar bor[6:361]. Mavjud manbalarda allomaning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Agarda u 426/1035-yili Masjidul-haramda bölganini hisobga olsak, uning vafotini 426/1035-yildan keyin deb belgilasak böladi.

Abul Hasan Ali ibn Muhammad ibn Amr al-Muaddab al-Yorkasiy. Muhaddis. U Yorkas qişloğida tavallud topgan va keyinçalik ilm talabida Samarqandga köçib boradi va şu yerda şayx Abulqosim Hakimga şogird tuşadi. U hadislarni Abu Said Muhammad ibn Abdulloh ibn Ujayf ibn Ahmad Şumoniydan rivoyat qilgan. Undan hadislarni Abu Badi Mansur ibn Muhammad Samarqandiy Samarqandda 413/1022-yili öqiyotgan vaqtida yozib olganini taʼkidlagan. Öşa davrda Samarqanddagi madrasalar hadis darslarining alohida markazlari edi. Uning “Şarh al-maqomot” nomli asari bor[6:410 №4616]. Mavjud manbalarda uning tavallud yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Lekin undan hadislarni Abu Badi Mansur ibn Muhammad Samarqandiy 413/1022-yili yozib olganini hisobga olsak, uning vafot sanasini 413/1022-yildan keyin deb belgilaş mumkin.

Abu Hafs Umar ibn Ahmad Şabibiy Dizakiy. Muhaddis. U dastlabki ilmni Dizakda muhaddis şayxulislom Ismoil ibn Ahmad Dizakiydan oladi. Hadislarni yozib oliş bilan bir qatorda, ularni oğzaki naql qiliş hadis ilmining asosi bölib qolaverdi. Samarqandda hadis ilmining rivojlanişi va keng yoyilişida alohida xizmat körsatgan hofizlarni uçratiş mumkin. Şunday muhaddislardan biri Abu Hafs Dizakiy Qoraxoniylar davrida Samarqand hadis ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan hadisşunoslikda hofizlik maqomiga erişgan olim hisoblanadi.  Abu Hafs Nasafiy “Tidod aş-şuyux li-Umar mustatrif alo-l-huruf mustatir” (“Alifbo tartibida berilgan Umarning ustozlari sanoği”) asarida uç muhaddisni Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik ibn Ali ibn Muso ibn Isrofil Nasafiy (XI-XII asr), Umar ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Şabib Şabibiy Dizakiy (vaf. 511/1118) va Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad Nofila (vaf. 503/1109)larni alohida ustozlari qatorida eslab ötadi. Umar ibn Ahmad Dizakiy 511/1118-yili Samarqandda vafot etadi va Çokardiza (“Jangçilar qalʼasi”) qabristonining “Maşhad al-aimma” nomli qismining taşqarisiga dafn etiladi[2:21,341].

Abu Hafs Umar ibn Şuayb ibn Abul Qosim Sarrom Dizakiy. Muhaddis.  Dizak şahrida tuğilgan. U dastlabki ilmlarni Dizakda oladi va keyinçalik Samarqand şahridagi bir harbiy istehkomda qozi lavozimida faoliyat yuritadi. U Borkas qişloğida 525/1131-yili 6-oktyabr juma keçasi vafot etgan[6:356; 4:2/588].

Abu Muzaffar Abdussayyid ibn Abdussalom ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Kandar ibn Abu Şujo Yorkasiy. Muhaddis. U dastlabki ilmni qişloği Yorkasda oladi va keyinçalik ilm talabida Samarqand va Qaşğarda böladi. U Qaşğarda Abu Ali Abdulloh ibn Abdurrahmon al-Banokasiydan hadislar rivoyat qiladi. U 520/1126-yili Samarqandga qaytib keladi va şu yerda muqim yaşab qoladi. U öz bobosi Ahmad ibn Kandar haqida şunday hikoya qiladi: “Bobom hindlar bilan bölgan jangda ön olti yil va turklar bilan bölgan jangda ön yetti yil bölib, söng umrining oxirida biz bilan birga yetti yil yaşagan”[6:286 №512]. Mavjud manbalarda uning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Biroq uning Samarqandga 520/1126-yili qaytganini eʼtiborga olsak, vafot sanasini 520/1126-yildan söng deb belgilaş mumkin.

Maʼlumki, islom dini kirib kelgan ilk davrdan boşlab, ilm-maʼrifat jihatidan Movarounnahrdagi eng yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri Buxoro bölib, u yerdan 600 dan ortiq muhaddis çiqqan. Buxoroga qöşni mintaqalar va hattoki xorijiy yurtlardan kelib ilmiy faoliyat olib borgan muhaddislarning ham bu şahardagi hadis ilmlari ravnaqida katta hissasi bor. Mazkur ulamolar orasida ustruşanalik muhaddislarning ham öz örni mavjud.

Şayx Isrofil Zohid Zominiy. Muhaddis. Zomin şahrida tavallud topgan. Dastlabki ilmlarni Zomin şahrida olib, keyinçalik Buxoroga köçib ötadi va u yerda muqim yaşab, ilmiy faoliyat olib boradi. Öz zamonasida fiqh ilmi bilimdoni bölib, şayxulislom darajasiga kötarilgan. U haqida faqih Abdulloh ibn Muhammad ibn Şoh Samarqandiy şunday hikoya qiladi: “Alloma öz davrida fiqh ilmining ustasi, solih va zohid zotlardan biri edi. U Muhammad ibn Hamdavayh Samarqandiydan hadislar rivoyat qilgan”[4:3/135]. Isrofil Zohid Zominiy 415/1024-yil Buxoro şahrida vafot etgan.

Abul Fazoil Abdulqodir ibn Abdulxoliq ibn Abdurrahmon ibn Qosim ibn Fazl ibn Abdurrahim ibn Hasan ibn Rabiʼ an-Navqadiy. Muhaddis. U 450/1058-yili Baroat keçasida Navqad qişloğida tavallud topgan. U dastlabki xat-savodini öz qişloğida olib, keyinçalik ilm-maʼrifat talabida Buxoro va söngra Makka şaharlarida böladi. U haqida Abu Saʼd Samʼoniy şunday yozadi: “U hadislarni Buxoro şahrida buyuk muhaddis Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Haydara Jaʼfariydan, Makka şahrida esa Abu Abdulloh Hasan ibn Ali Tabariydan eşitib yozib olgan. Undan hadislarni Abu Hafs an-Nasafiy rivoyat qilgan. U Buxoro şahriga qaytib kelib, ilmiy faoliyat olib boradi va 527/1133-yili olamdan köz yumadi[4:5/439 №10882].

Abu Jaʼfar Muhammad ibn Asad ibn Tovus az-Zominiy. Muhaddis. U Zomin şahrida tavallud topgan. U haqida Abul Abbos Mustağfiriy şunday hikoya qiladi: “Men Xurosonga safar qilgan çoğimda u menga hamrohlik qilib, yölda mendan ayrildi va Iroq, Hijoz va Musalga safar qildi. Şuningdek, u hadis eşitiş maqsadida Marv va Saraxsda ham bölgan. U 415/1024-yili boşida Buxoroda vafot etdi”[5:2/143; 4:3/135]. Yuqoridagi maʼlumotdan şunday xulosa qiliş mumkinki, Muhammad ibn Asad az-Zominiy ilm talabida Iroq, Hijoz, Musal, Marv va Saraxs şaharlarida bölgan. Söng  Buxoroga qaytib, şu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. U 415/1024-yil vafot etgan[4:3/135; 5:2/143].

IX-XI asrlarda Markaziy Osiyodan yetişib çiqqan allomalarning aksariyati öz vatanidan yiroqda, xususan Bağdod şahri hamda boşqa arab diyorlarida ilmiy faoliyat olib borgan. Mazkur davrda şarq xalqlari fani va madaniyatidagi ilmiy yuksaliş, şubhasiz, köp jihatlari bilan Markaziy Osiyo olimlarining samarali ijodi tufayli vujudga keldi[1:15].  Bu davrda diniy ilmlar sohasidagi yangi kaşfiyotlarni quyidagi ustruşanalik muhaddislarning xizmatlarisiz tasavvur etib bölmaydi.

Abul Qosim Bakron ibn Abdurrahmon al-Ustruşaniy al-Bağdodiy. Muhaddis. U taxminan IX asrda Ustruşanada tuğilib, şu yerda dastlabki ilmni oladi. Keyinçalik u ilm talabida Bağdodga boradi va şu yerda ilmiy faoliyatini davom ettiradi. U Bağdodda muqim yaşab qolgani sabab uni Bağdodiy nisbasi bilan ham ataganlar. U hadislarni Abdulhamid ibn Nahşaldan va undan hadislarni Ali ibn Ismoil Xöjandiy orqali Abu Nasr Aziz ibn Nasr ibn Lays ibn Abu Lays Ustruşaniy rivoyat qilgan. Uning tavallud va vafot sanalari nomaʼlum[3:№3569,6764].

Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad ibn Muhammad Dizakiy. Muhaddis. U Dizakda tuğilib, keyinçalik ilm talabida Makka va Bağdod şaharlarida bölgan. Muhaddis hadislarni Makka şahrida Abul Abbos Ahmad ibn Hasan Roziydan rivoyat qilgan. U 448/1056-yili vafot etgan[6:67].

Abu al-Hasan Yunus ibn Dulaf ibn Jaʼfar Abu Bakr aş-Şibliy. Muhaddis. Bağdodda tavallud topib, şu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Uning otasi maşhur mutasavvif şayx Abu Bakr aş-Şibliydir[4:3/419 №5792]. Mavjud manbalarda uning tarjimai holi, mansabi yoki öz davridagi mavqeyi qanday bölgani, hattoki tavallud yoki vafot etgan sanalari haqidagi maʼlumotlarni uçratmadik. Lekin otasi Abu Bakr aş-Şibliy haqida Muhammad ibn Abdulloh ibn Şozon şunday taʼrif beradi: “Şibliy Ustruşana ahlidandir, u bir qişloq bölib, uni Şibliya deyiladi. Uning asli kelib çiqişi öşa yerdan hamda uning toğasi Iskandariya amirlarining amiri edi. … Uning otasi xalifa Muvaffaqning boş hojibi vazifasida işlagan. Allomaning özi esa şimoliy Erondagi Damovand viloyati voliysi etib tayinlangan. Şibliy öşa davrning eng buyuk maşoyixlaridan edi. Uning nomi tillarda doston bölgan. Alloma Şibliy 245/859-334/946 yili Zulhijja oyida 87 yoşida Bağdodda vafot etgan. Uning qabri “Yazor” nomi bilan maşhur bölib, hozirda muqaddas qadamjolardan biri”[5:3/365;4:3/418-419;3:№7708]. Yuqoridagi maʼlumotdan Yunus ibn Dulafni  245/859-334/946 yildan keyin vafot etgan deb belgilaş mumkin.

Ahmad ibn Husayn ibn Yusuf al-Xarqoniy. Muhaddis. U Ustruşananing Xarqon qişloğida tavallud topgan va dastlabki ilmni öz qişloğida olgan. Keyinçalik ilm talabi bilan juda köp şarq mamlakatlarida bölgan. U öz zamonasida Moh Andarjbeh nomi bilan tanilgan muhaddis edi. U Juzjon nohiyasining Faryob qişloğida ilmiy faoliyat olib borib, 500/1106-yili vafot etgan[4:2/400].

Abul Hasan Bakr ibn Ahmad as-Sobotiy al-Ustruşaniy. Muhaddis. Sobot qişloğida tavallud topgan. Baʼzi manbalarda kunyasi Abu Muhammad. Bağdodda ilmiy faoliyat olib borgan. U hadislarni Fath ibn Ubaydulloh Samarqandiydan rivoyat qilgan. Undan hadislarni Abu Zarr Usmon ibn Muhammad ibn Muxallid Tamimiy Bağdodiy rivoyat qilgan[6:111; 4:1/616; 5:3/188]. Mavjud manbalarda uning tarjimai holi, mansabi yoki öz davridagi mavqeyi qanday bölgani, hattoki tavallud yoki vafot etgan sanalari haqidagi maʼlumotlarni uçramadik.

Xulosa. Hadis ilmining Ustruşanada rivojlanişi tarixi dastlab sahoba Said ibn Usmon (vaf. 61/680 y.) boşçiligidagi daʼvatçi arablarning 57/677 yilda Ustruşana hududlariga kirgani, bu mintaqaga avval boşdanoq katta eʼtibor qaratilganiga dalolat qiladi. Şuningdek, kelgan daʼvatçilar orasida sahoba Qusam ibn Abbos (r.z.) ham Ustruşanaga kelib, bu zotning sönggi lahzalari Ustruşananing Şiyrakas qişloğida keçgani va janozasi ham şu yerda öqilgani, bu hududning ilmiy va diniy markaz sifatidagi ahamiyatini yanada ravşan namoyon qiladi.

Haqiqatan ham, XI-XII asrlarda Ustruşana hadis ilmi sohasida muhim markazga aylangan bölib, bu davrda köplab mahalliy va arab muhaddislari faoliyat yuritgan. Ustruşananing diniy-maʼnaviy muhitida hadis ilmi nafaqat diniy amaliyotni tarğib qiliş, balki jamiyatda insonlar örtasida hamjihatlik, odob-axloq va taqvodorlikni şakllantirişda ham muhim örin tutgan. Manbalar tahliliga köra, hadislar aholi orasida keng tarqalgan bölib, ularning mazmuni sohasiga köra turliça bölgan. Ilm ahli örtasida esa köproq taʼlim oliş va ilmga intilişga daʼvat etuvçi hadislar afzallikka ega bölgan. Zohid va söfiylarning ayrim qatlamlari zuhd va taqvoga çaqiruvçi hadislarni tarğib qilgan. Bu holat hadislar ijtimoiy va maʼnaviy sohalarda turliça qöllanganini körsatadi.

Ustruşanalik muhaddislarning biografiyasi va rivoyat qilgan hadislari tahlili natijasida ularning barçasi hanafiy mazhabiga mansub ekani aniqlangan. Şuningdek, ayrim muhaddislarning arab bölişi hadis ilmida xalqaro taʼsir va madaniy aloqalar mavjudligidan darak beradi. Hadislarda mahalliy aholi bilan arab muhojirlarning teng huquqqa ega ekani, ular faqatgina bir-biridan taqvo va ixlos bilangina ustun böla olişi tarğib qilingan. Bu ğoyalar ijtimoiy tenglik tuşunçasini mustahkamlab, jamiyatda barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qilgan.  Şu tariqa, Ustruşanada XI-XII asrlarda hadis ilmining rivojlanişi nafaqat diniy bilimlar taqdimoti, balki ijtimoiy va maʼnaviy hayotning muhim tarkibiy qismi ham bölib xizmat qilgan. Uşbu davrda hadislar jamiyatdagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni şakllantirişda va xalq örtasida diniy-ijtimoiy ğoyalarni tarqatişda samarali vosita hisoblangan.

Ustruşanada hadis ilmining şakllanişi va rivojlanişini qöşni hududlardan ayro holda örganiş imkoni yöq edi. Çunki aksariyat muhaddislar ona vatani sifatida Ustruşanani körsatgan bölsa-da, ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyoning Şoş, Samarqand, Buxoro kabi yirik ilmiy markazlarida, şuningdek, musulmon olamining asosiy ilmiy markazlari – Hijoz (Makka, Madina), Iroq (Kufa, Basra, Bağdod), Şom (Damaşq), Misr kabi şaharlarda ham olib borgan. Uşbu şaharlardagi ilmiy muhit va ulamolar bilan yaqin aloqalar orqali Ustruşanada ham hadis ilmi sohasida rivojlaniş kuzatilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Abduhalimov B.. “Bayt al-hikma” va Markaziy Osiyo olimlarining Bağdoddagi ilmiy faoliyati. – T.: “Özbekiston”, 2010.
  2. Raximdjanov D.A. Abu Hafs an-Nasafiyning “Kitob al-qand fi maʼrifat ulamo Samarqand” asari – Samarqandda hadis ilmi tarixi böyiça muhim manba. Tar. fan. nomz. … dis. – T., 2003.
  1. أبو بكر أحمد بن على الخطيب البغدادى. تاريخ بغداد أو مدينة السلام. ١٤ مجلدا. تحقيق مصطفى عبد القادر عطا. ط. دار الكتب العلمية – بيروت. ١٩٩٧ م.
  2. 4. أبو سعد عبد الكريم بن محمد بن منصور التميمى السمعانى. «الأنساب». ط. مجلس دائرة المعارف العثمانية، حيدر آباد. الطبعة: الأولى، ١٣٨٢ \ ١٩٦٢.
  3. أبو عبد الله ياقوت الحموي. معجم البلدان. طهران ۱٩٦۵ م.
  4. أبو حفص عمر بن محمد النسفي. القند فى ذكر علماء سمرقند. تحقيق: نظر محمد الفريابي. المملكة العربية السعودية. مكتبة الكوثر، 1991 م.
  5. تقي الدين بن عبدالقادر المصرى.الطبقات السنية فى تراجم الحنفية. تحقيق: عبد الفتاح محمد الحلو. دار الرفاعي. الرياض. 1403هـ — 1983 م.
  6. شهاب الدين أبو الفضل أحمد بن علي بن محمد العسقلاني ثم المصري الشافعي. الدرر الكامنة في أعيان المئة السامنة. دائرة المعارف العثمانية بحيدر آباد الدكن – الهند. عدد الأجزاء: ٦. الطبعة: الثانية.١٣٩٢ \ ١٩٧٢ .
  7. شمس الدين محمد بن أحمد بن عثمان الذهبي. سير اعلام النبلاء. 23 مجلد. التحقيق: محب الدين أبو سعيد عمر الأمروي. دار الفكرظ بيروت. 1997 م.
  8. عبد القادر بن محمد النعيمي الدمسقي. الدارس فى تاريخ المدارس. المحقق: إبراهيم شمس الدين . الناشر: دار الكتب العلمية. الطبعة: الأولى ١٤١٠/١٩٩٠.
  9. محيي الدين القادر بن أبى وفاء القرشى. الجواهر المضيئة في طبقات الحنفية. هجر للطباعة والنشر والتوزيع والاعلان 1993 م.
1]Samarqandda 1000 dan ortiq, Buxoroda 600 dan ortiq. Nasafda 400dan ortiq. Qolgan 1000 muhaddisdan 70 dan ortiği Şoşda, 60 dan ortiği Farğonada, yana şunçasi Keşda, 50 dan ortiği Termizda, 40 dan ortiği Xorazmda, şu bilan birga Ustruşana, Dabusiya, Kuşoniya va boşqa mahalliy mintaqalarda faoliyat olib borganlar.
[2]Abu Saad al-Mojarmiy, Asad ibn Ali ibn Tiğril Mojarmiy, Nasr ibn Yasor Dovadiy, Umar Mojarmiy, Sobir ibn Mutavakkil Mojarmiy, Şuayb ibn Kunjal Mojarmiy.
[3] Zubayr ibn Avvom al-Asadiy al-Quraşiy  milodiy 594 yil Makkada tuğilib, 36/656 yil vafot etgan. Payğambarimiz (s.a.v.)ning ammasining öğli, Xadiça bint Huvaylid (r.z.)ning akasining öğli, jannat başorat qilingan aşarai mubaşşiraning biri, Abu Bakr (r.z.)ning qizi Asmo (r.z.)ning turmuş örtoği [9:1/41].
Muslim ATAYEV,
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti
öqituvçi, tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)
“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.

Check Also

ÖZBEKISTONNING ZIYORAT TURIZMI SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI

(Turkiya Respublikasi bilan hamkorlik misolida) Özbekiston – Turkiya hamkorlik aloqalarida ziyorat turizmi muhim örin tutadi. …