Kiriş. Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qölga kiritgaç, milliy qadriyatlarimizni tiklaş, anʼanalarimizni boyitiş tarix fanining dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Özbek xalqining boy madaniy merosini örganiş, tarğib etiş va kelgusi avlodlarga yetkaziş davlat ahamiyatiga ega böldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boşlab köp asrlik madaniy va ilmiy yutuqlarimiz aks etgan yozma manbalarni saqlaş, örganiş va tarğib qilişga katta eʼtibor berilmoqda.
Şuning uçun ham, Milliy özlikni anglaş, tarixiy xotira davomiyligini taʼminlaş, ulkan yozma merosimizni asrab-avaylaş, boyitib boriş va tadqiq qiliş hamda madaniy va maʼnaviy qadriyatlarni ommalaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlaş, tadqiq va tarğib qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” [1]gi qarori qabul qilindi. Qarorga binoan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Şarqşunoslik instituti qadimiy qölyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bölgan boşqa yozma manbalarni saqlaş, örganiş, ilmiy asosda tadqiq etiş va tarğib qiliş böyiça mamlakatimizdagi yetakçi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
Mamlakatimizda asrlar davomida Markaziy Osiyo böyiça eng boy qölyozma kitoblar jamlangan bölib, uning salmoqli qismi Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti fondida saqlanadi. Mazkur fond 2000-yilda noyob ilmiy va madaniy obyektlardan biri sifatida YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan.
Adabiyotlarda Örta Osiyoda mustamlaka tuzumi davrida mintaqa, xususan, Qöqon xonligi kutubxonalariga tegişli qölyozma kitoblarning talon-taroj qilingani haqidagi maʼlumotlar berilgan. Rus şarqşunos olimlari V.V.Bartold, V.V.Vyatkin, A.L.Kun va boşqalar Sankt- Peterburg Osiyo muzeyi, Ermitaj va Imperator xalq kutubxonasiga noyob va qimmatli ilmiy manbalar, maʼnaviy-moddiy yodgorliklarni taşib ketişda muhim rol öynagan. Qöqon yurişi qatnaşçisi A.L.Kun asosan turkiy tilda yozilgan qölyozma kitoblar va hujjatlarni töplaş bilan birga 130 ta qölyozmani tortib olib, Rossiya Imperator xalq kutubxonasiga topşirgan. ÖzR MDA hujjatlarida Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasiga A.L.Kunning hisobotlari berilgani qayd etilgan [14: 68, 68a,78, 78a,b,79,130-varaqlar].
Tadqiqot metodologiyasi. Uşbu mavzu tarixiylik, qiyosiy tahlil, tizimlaştiriş, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan.
Tahlil va natijalar. Örta Osiyo xonliklarida kutubxonalar köp asrlik tarixga ega bölib, anʼanaviy tarzda avloddan-avlodga meros sifatida ötib kelgan. Butun Örta asrlar davomida nafaqat saroylarda, balki amaldor va ziyolilar xonadonida ham sulolaviy kutubxonalar bölgan. Kutubxona egalari kitob köçiruvçi xattotlar va kitob sotuvçilarga dunyoviy va diniy mazmundagi qimmatli kitoblarni buyurtma qilgan. Ular uçun qölyozma kitoblar alohida did va eʼtibor bilan tayyorlangan. Saroy kutubxonalaridan asosan hukmdorlar, ularning qarindoşlari, kamdan-kam hollardagina jamiyatning yuqori qatlamiga mansub olim va ziyolilar foydalangan. Xonliklar anʼanalariga köra, hukmdor saroyida davlat xazinasi bilan birga, devon, kutubxona va davlat hujjatlari saqlanadigan maxsus xonalar bölib, ularga amaldorlar masʼul bölgan. Yuqori martabali şaxslarga tegişli idoralarda ham kutubxonalar bölgan. Davlat poytaxti va viloyat markazlarida, madrasa va masjidlar, qorixonalar qoşida ham kutubxonalar faoliyati yölga qöyilgan.
XVIII asrda Örta Osiyo xonliklarida madaniy hayot anʼanaviy tarzda davom etgan. Taʼlim va kadrlar tayyorlaş diniy mazmun bilan singib, qölda yozilgan kitoblar qimmatlaşib, ular sezilarli darajada kamayib borgan. Şunga qaramay, bu davlatlarda qölyozma fondiga ega sud mahkamalari va boşqa kutubxonalarda qimmatbaho noyob qölyozmalar saqlangan, hukmdorlar esa ilm-fanga, kitobga befarq bölmagan. Har bir hukmdor katta hajmdagi kitoblarga ega bölgani haqida maʼlumotlar saqlangan. Qöqon xonligi XVIII-asrning boşlarida taşkil topgan bölsa-da, ilgaridan xonlikda saroy kutubxonalari bölgan. Qöqon xonligi hukmdorlari Umarxon, Murodxon va Xudoyorxon saroyida qimmatbaho nodir şarq qölyozmalari bölib, uning tarkibini tarix, geografiya, tibbiyot, tilşunoslik, grammatika, huquq, ilohiyot va boşqa fanlar taşkil etgan. Bundan taşqari, Qöqon xonligining baʼzi hukmdorlari qölyozma kitob omborlariga, mahalliy mualliflarga, hind, afğon va boşqa tujjorlarga homiylik qilgan, şoir va yozuvçilarga katta ehtirom körsatgan. Qöqon xoni Umarxon şoir, yozuvçi va sanʼat ustalariga homiylik qilgan, madrasa, masjid, maktablar qurilişiga köplab mablağ ajratgan [11:113]. Muhammad Umarxon (18010-1822) şoir va adabiyot ixlosmandi bölgan va u “Amiriy” taxallusi bilan ijod qilgan. Xon falsafiy va lirik ğazallar muallifi ham edi. Uning rahnamoligida Farğonada şoirlar tögaragi tuzilib, ular orasida xonning rafiqasi – şoira Nodirabegim ham ijod qilgan. XIX asrning (1821-y.) boşlarida Umarxonning buyruği bilan şoir Fazliy tomonidan “Majmuatuş şuaro” [8:34,210] antologiyasi tuzilgan.
Xudoyorxon davrida kutubxonada xususiy şaxslardan sotib olingan va turli fondlardan kelib tuşgan köplab qölyozma kitoblar bölgan. Tarixçi Mirzo Aziz davlat xizmatida bölgan vaqtida xon kutubxonasida mavjud qölyozma kitoblardan köp foydalangan. Şulardan biri Örta Osiyo davlatlari tarixiga oid maʼlumotlarni öz içiga olgan “Qöqon xonligi tarixi” kitobidir. Unda Farğona va Marğilon şahri tarixi, Marğilon rus okrugi boşliği qozilari, şuningdek, boşqa şaxslarning qisqaça tarjimai hollari ham berilgan. Qöqon xonligi saroyida kitoblar saqlanadigan maxsus xonalarda arab tilida yozilgan 103 dan ortiq asosan diniy (Qurʼoni karim, yirik ulamolarning tarjimai hollari, musulmon urf-odatlari töplamlari va boşqalar) kitoblar saqlangan. Kitoblar orasida falsafa, mantiq, grammatika, ritorika va tibbiyotga oid (masalan: “Bahrul javohir” yoki “At-tabib Xorvining marvaridlari”) 16 dan ortiq fors tilidagi qölyozmalar, musulmon huquqşunosligi, tarixiy mazmundagi Avazmuhammad Attorning “Tuhfat-at tavorixi xoniy” (“Tarixning şohona tuhfasi”) [6:43,210] (Muhammad Rahimxon hukmronligi tarixi), Jigan Lodiyning “Tarixi jahongiriy”, (Farğona va Qöqon tarixi Şoxruhxon va Xudoyorxon hukmronlik davrlari) kabilarni öz içiga olgan. Rossiya istilosi davrida Qöqon xonlarining qölyozma kitoblari saqlanadigan maxsus xonalar va boşqa madaniy boyliklari haqidagi maʼlumotlarni töplaş vazifasi 1875-yildagi Qöqon yurişi qatnaşçisi – rus şarqşunos olimi A.L.Kunga topşirilgan. U asosan “turkiy tilda yozilgan qölyozma kitoblar va hujjatlarni töplaşi kerak bölgan…” [5:37]. Qöqonni zabt etiş vaqtida yuqorida aytilganidek tarix, tibbiyot, huquq va ilohiyotga doir 130 ta qölyozma tortib olinib Rossiya Imperator xalq kutubxonasiga topşirilgan. Ular orasida “Tavorixi Şoxruxiy”, “Tarixiy Muqimxoniy”, “Jahonnoma”, “Raşahot”, “Raşonaxul funun” asarlari bölgan [10:356]. Şu bilan birga, Kun öz faoliyati davomida nafaqat Qöqon xonligi, balki Xiva va Buxoro amirligidagi nodir qölyozmalarni töplaşda ham faol iştirok etgan. 1897-yil K.G.Zalemanning Markaziy Osiyoga kelişidan maqsad Qöqondagi Xudoyorxon kutubxonasini izlaş bölgan. Unga Öş uyezdi sudyasi D.M.Gramenskiy, mahalliy rus olimlari – Nalivkin va Vyatkin Osiyo muzeyi uçun 100 dan ortiq şarq qölyozmalar kolleksiyasini topşiradi. Özi esa 96 ta qölyozmani qölga kiritadi. Şundan keyin u bu haqda öz fikrini bildirib, Örta Osiyo qadimiy nodir qölyozmalarga boy ölka ekanligi va bundan keyin olimlar iştirokida köproq ilmiy safarlar uyuştiriş kerakligini aytgan edi [7:377 ].
XX asr boşlarida Qöqon xonligi saroy kutubxonalaridagi qölyozma kitoblar, Namangan, Marğilon, Öş va boşqa bekliklardagi qölyozma kitoblar va xalqimizning boyliklari talon-taroj qilingan va bozorlarda sotilgan [12:96]. 1902-yilda Qöqonga qölyozmalarni aniqlaş va örganiş maqsadida kelgan V.V.Bartold xon saroyi kutubxonasi hujjatlarini varaqlar ekan, afsus bilan şunday yozadi: “Hozirgi kunda heç qanday töplam va qölyozmalar, hatto Xudoyorxon kutubxonasining arzimagan qoldiqlari ham yöq” [3:34].
Xonlik kutubxonasidan taşqari şaxsiy kutubxonalar ham bölgan. Yunusjon Dodxo Muhamedovning Qöqon kolleksiyasi qimmatli kitoblarga boy bölib, uning tarkibini çiğatoy, fors, arab, turkiy va boşqa tillardagi nasriy va şeʼriy uslubdagi qadimiy qölyozmalar taşkil etgan. Kitoblari orasida Qöqon xonligi tarixi, 1657-1809-yillardagi Badaxşon voqealari va xalqlariga oid salmoqli asarlar bölgan. Şuningdek, Qaşqar hojilarining 1703-yilgaça bölgan tarixiga doir maʼlumotlar, Qöqon xonlari, şayxlari hayoti va faoliyati yoritilgan töplamlar, Farğonalik şoir Saʼdiy, Lutfiylarning turli şeʼriy töplamlari, luğatlar, xususan, Hindistonda Mulla Yoqub Çangiy tomonidan Avrangzeb (1659-1707) davrida tuzilgan “Çiğatoyça-forsça luğat” kabi köpgina diniy tasavvufiy qölyozmalar mavjud edi.
Amin Ahmad Roziy XVI asrda yaşab ijod qilgan tarixçi va adib, Hindistonda Akbarşoh (1542-1605) zamonida yaşagan, unga atab 1593-1594-yillarda “Haft iqlim” kitobini yozgan. Uşbu asarda Şarq olimlari odatiga binoan Amin Ahmad Roziy yetti iqlimda bölib, har qaysi iqlim, yirik şaharlar va qişloqlar haqida tarixiy va geografik hamda şu yurtdan yetişib çiqqan yirik olim, şoir va maşhur kişilar haqida maʼlumot bergan. “Haft iqlim” [13:270] şarq tarixi va madaniyatini örganişda muhim manba hisoblanadi. Asarning bir qölyozma nusxasi Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti fondida saqlanmoqda.
Farğona viloyati hokimligi tarjimoni Yu.K.Kazbekovda ham juda köp şarq qölyozmalari bölgan. Kitoblari orasida 1886-yilda yozilgan “Qöqon xonligi tarixi”, “Qöqon xonligi tarixi” (1864-1865)ga oid oçerkdan parçalar, “Abu Said va Abdurahmon” şeʼrlari, kitobning törtinçi qismiga Xöja Ahrorning şarhlari, Abdurahmon Jomiy, Jamol Qarşi asarlari, Xudoyorxon davridagi rasmiy xatlar va hujjatlar kolleksiyasining salmoqli qismi mavjud bölgan.
Andijon şahrida bir qança şaxsiy qölyozma fondlari qatorida “Dukçi eşon” nomi bilan maşhur Muhammad Ali Eşonning qölyozma fondi ham boy bölib, 1898-yildagi Andijon qözğolonidan söng uning kutubxonasi musodara qilingan, bir qismi esa N.P.Ostroumovning iltimosiga köra, “Turkiston arxeologiya ixlosmandlari tögaragi”ga ötkazilgan. Unda Fariduddin Attor asarlari (“Tazkirat ul-avliyo”, “Mantiqut-tayr”), maşhur Koson şayxi Azim Maxdumiy (vafoti 1542) tarjimai holi haqida maʼlumot berilgan kitoblar ham bölgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berişiça, Samarqand va Toşkent şaharlarida ham xususiy qölyozma fondlar bölgan. Şarq qölyozmalar töplami samarqandlik şarqşunos, arxeolog va tarixçi olim V.L. Vyatkinning Örta Osiyoda ellik yillik faoliyati davomida, yaʼni 1917-yilgaça u 190 jildlik muhim qölyozmalarni töplaşga muvaffaq bölgan. Uning kolleksiyasi tarkibini tarixiy, geografik va diniy mazmundagi qölyozma kitoblar taşkil etgan. Töplamda XIV-asr maşhur tarixçilarining köplab nodir qölyozmalari, xususan, Şayx Kamoliddin hayotiga bağişlangan Mahmud Ğijduvoniyning “Mitfahut tolibin” (“Fan talabalari kaliti”) töplami va balxlik Abdullaning “Zubdatul asar” (“Qissa qaymoği”) qölyozmasi umumiy tarixga oid özbek tilidagi birinçi asardir.
V.V. Bartold 1902-yilda Samarqandda bölib, Vyatkinning kitoblariga katta qiziqiş bildirgan. U qölyozmalar bilan tanişib çiqadi va ular orasida Şayboniyxonning Samarqandni ikkinçi marta bosib olişi, Boburning 1501-yilda toğlarga çiqib ketişiga oid şeʼriy yilnomalar uni öziga jalb etadi. Uşbu maʼlumotlardan maʼlumki, mazkur şeʼriy töplam Şayboniyxon hayotlik vaqtida uning nomidan yozilgan. Töplamda 94 ta qölyozma asarning batafsil tafsifi berilişi bilan birga, bir qança örinlarda izoh ham yozilgan. Vyatkin qölyozmalar katalogini töliq naşr etişni maʼqul deb bilgan. Biroq uning (1933-yil) vafotidan söng uşbu qölyozmalar töplami Toşkentdagi Özbekiston davlat ommaviy kutubxonasiga topşiriladi va kutubxona xodimi, şarqşunos olim A.A. Molçanov tomonidan tavsiflanadi.
Örta Osiyo xalqlari madaniyatiga oid nodir kitoblar va memuarlar ixlosmandi Qodir Eşonning qölyozma kitoblari töplami yaxşi tanilgan edi. Uning töplamida eng qimmatbaho hisoblangan köp jildli forsça “Matlaul ulum” (“Ilmlar manbai”) ensiklopediyasi hisoblangan. Bu katta hajmli işda barça fanlar böyiça qisqaça maʼlumotlarni öz içiga olgan asarni ilk bor Turkiston ölkasi böyiça taniqli mutaxassis, şarqşunos olim N.S.Likoşin tavsiflab bergan. U Qodir Eşonni şarq ilmlarining bilimdoni, ensiklopediyaçi olim ekanini eʼtirof etgan.
Toşkentdagi yana bir boy şarq qölyozmalar töplami qozi Muhitdinxöjaga (1902-yilda vafot etgan) tegişli bölib, u rus tilini yaxşi bilgan va köplab rus olimlari bilan muloqotda bölgan. U bir qator ilmiy jamiyatlar aʼzosi edi. Uning qölyozmalari orasida Şarafiddin Ali Yazdiyning Temur vafotidan öttiz uç yil ötib yozilgan “Zafarnoma” (“Temur tarixi”)ning gözal miniatyuralari, tarixçi At-Tabariy asarlari [4:24], Saʼdiy Şeroziyning şeʼrlar töplami va boşqa asarlar ham bölgan. Tarixga oid qölyozmalardan esa toşkentlik Boqijon boyda XVII-asrda yozilgan Qaşğariya tarixining noyob nusxasi bölgan.
A.A.Semyonovning maʼlumotlariga köra, Şahrisabzning sobiq hukmdori, general-mayyor Jörabekda turli sohalarga oid 60 dan ortiq qölyozma bölgan [15:69,78-varaq]. 1906-yilda Jörabek öldirilgandan söng, qölyozmalar uzoq vaqt qarovsiz qolgan, şikastlangan va talon-taroj qilingan. Ular orasida Mahmud ibn Valining yetti jildlik “Baxr al-asror fi manaqib al-axyar” [2:168] (“Sirlar dengizi majmui”) asari bölgan. 1912-yilga kelib, qölyozmalarning faqat yarmigina saqlanib qolgan edi. Qölyozmalar V.V. Bartold taşabbusi va A.A.Semyonov iştirokida Jörabekning Qorasuvdagi uyidan Toşkentga köçirilgan. Oktyabr inqilobidan söng, bu töplam Toşkent Şarqşunoslik instituti tomonidan sotib olingan va kutubxonaga topşirilgan.
Şarq tillarining, xususan, fors-tojik tillarining taniqli bilimdoni A.A.Semyonov (1873-1957) juda katta qölyozma fondiga ega bölgan. U 1900-yildan Turkiston viloyatida faoliyat körsatgan va ölkaning turli joylariga tez-tez sayohat qilgan, şuningdek, moddiy madaniyat yodgorliklarini örganiş bilan birga, köpgina qölyozma asarlarni ham töplagan. Şaxsiy kutubxonasida özbek, tojik, fors va arab tillaridagi 150 dan ortiq qimmatli şarq qölyozma nusxalari bor edi [9:915]. A.A.Semyonovning Örta Osiyoda bir neça ön yillik faoliyati davomida töplagan qölyozmalari orasida noyob kitoblar köp bölgan. Uning kutubxonasi va kolleksiyasi vafotidan söng Tojikiston FA Tarix institutiga ötkazilgan.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida özbek xalqining boy madaniy merosi özlaştirilgan, ayrimlari sotib olingan va markazga yuborilgan. Ming yillar davomida yaratilgan boy moddiy va maʼnaviy meros namunalari hamda qölyozma kitoblarning aksariyati bugungi kunda Rossiya va boşqa davlatlarning kutubxona va muzeylarida saqlanmoqda. Şunday şaroitga qaramay mamlakatda madaniy hayot anʼanaviy tarzda davom etib, xalqimizning asrlar davomida erişgan boy moddiy va madaniy merosini avloddan-avlodga yetkazib kelgani muhim ahamiyatga ega.
-
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyidagi “Qadimiy manbalarni saqlaş, tadqiq va tarğib qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori// Xalq sözi gazetasi, 2017-yil 25-may.
-
Ахмедов Б.А. Море тайн относително доблостей благородных. –Т.: Фан, 1977. – С.168. – S.168. Yana qarang: //Qölyozma. Mahmud ibn Valiy. “Baxr al-asror fi manaqib al-axyar” ÖzR FA ŞI fondi, №2372.
-
Бартольд В.В. Отчет о командировке в Туркестан. – Зап. Восточный.отд. Русского Археологического общества. ХV. Cп, 1904. –С.34.
-
Hamidjon Homidiy. Köhna şarq darğalari. – T., 1999.
-
Кормилицын А.И. Рукописные коллекции и библиотеки на территории Узбекистана эпохи средневековья. – Т., 1993.
-
Кормилицын А.И. Рукописные коллекции и библиотеки на территории Узбекистана эпохи средневековья. – Т., 1993. – С.43; Yana qarang: Voxidov Ş.X. Qöqon xonligida tarixnavislik. – T.: Akademnaşr, 2010.
-
Mustabid tuzumning Özbekiston milliy boyliklarini talaş siyosati: tarix şohidligi va saboqlari. – T.: Şarq 2000.
-
Qayumov A. Qöqon adabiy muhiti. XVIII-XIX asrlar. – T., 1961. Özfanakadnaşr. – B.34; Yana qarang: Voxidov Ş.X. Qöqon xonligida tarixnavislik. – T.: Akademnaşr, 2010.
-
Семенов А.А. Среднеазиатские рукописные фонды и важность их изучения. /Материалы первой Всесоюзной научной конференции востоковедов в Ташкенте. – Т., 1958.
-
Tarix şohidligi va saboqlari. Çorizm va sovet mustamlakaçiligi davrida Özbekiston milliy boyliklarining özlaştirilişi. – T.: Şarq, 2001.
-
Voxidov Ş.X. Qöqon xonligida tarixnavislik. – T.: Akademnaşr, 2010.
-
Xolnazarova L. Farğona bozorlarida kitob savdosi masalalari. Imom Buxoriy saboqlari maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy jurnal. // 2018-yil 1-son. – B.96.; Latofat Kholnazarova. Book market of Bukhara / Echo of history. 3(55). 2012. Scientifically practical moral educative magazine.
-
Özbek milliy ensiklopediyasi. T.I. – T., 2000-2006. – 736 b.
-
Özbekiston MDA, I-fond, 15-röyxat, 69-iş, 68, 68a, 78, 78a,b, 79-varaqlar.
-
Özbekiston MDA, I-fond, 15 röyxat, 69-iş, 78-varaq.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




