Home / XALQARO YANGILIKLAR / Ilmiy izlanişlar, imkoniyatlar va istiqbollar

Ilmiy izlanişlar, imkoniyatlar va istiqbollar

Markaz rahbari bilan suhbat

Turkiyada naşr etiladigan “Nukkad Hadis Araştırmaları Dergisi” ilmiy jurnalining joriy yil oktyabr sonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Şovosil Ziyodov bilan Markaz faoliyati va xalqaro hamkorlik istiqbollariga bağişlangan intervyu eʼlon qilindi.

Mustafo Alagözöğli tayyorlagan suhbatda Markazning ilmiy-tadqiqot yönalişlari, allomalar merosini örganiş, qölyozmalarni saqlaş va raqamlaştiriş, şuningdek, xorijlik tadqiqotçilar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida söz yuritilgan.

“Biz öz qobiğimizga öralib qolişni istamaymiz”, deydi Şovosil Ziyodov xalqaro ilmiy hamkorlik haqida fikr bildirar ekan. U Turkiya va boşqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari bilan aloqalarni yanada kengaytiriş, tajriba almaşiş va qöşma tadqiqotlarni rivojlantiriş muhimligini taʼkidlagan.

Intervyuda Markaz qölyozmalar xazinasida 653 ta qölyozma, 937 ta toşbosma kitob va 114 ta tarixiy hujjat saqlanayotgani qayd etilgan. Mavjud qölyozmalarning qariyb 70 foizi raqamlaştirilgan. Şuningdek, ularni xalqaro standartlar asosida elektron kataloglaştiriş böyiça hamkorlik loyihasi rejalaştirilayotgani maʼlum qilindi.

Suhbatda yoş olimlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan Imom Buxoriy stipendiyasi dasturi ham yoritilgan. Uning doirasida mahalliy va xorijlik tadqiqotçilarga Markaz kutubxonasi, ilmiy manbalari va zamonaviy iş xonalaridan foydalaniş, şuningdek, Özbekistondagi boşqa ilmiy muassasalarda tadqiqot olib boriş imkoniyatlari taqdim etiladi.

Ş.Ziyodov Markazning kelgusi rejalari borasida söz yuritar ekan, allomalarning hali örganilmagan asarlarini tadqiq etiş, yangi qölyozma manbalarni ilmiy muomalaga kiritiş, xalqaro konferensiya va simpoziumlar sonini oşiriş ustuvor vazifalardan ekanini taʼkidlagan.

Mazkur suhbat Markazning ilmiy salohiyati, qölyozma merosini örganiş borasidagi faoliyati va xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini xorijiy ilmiy jamoatçilikka tanitişga xizmat qiladi.

Intervyu bilan quyidagi havola orqali tanişişingiz mumkin: https://doi.org/10.67764/nukkad.2026.2.475

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xalqaro tajriba – yangi tadqiqotlar uçun imkoniyat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Tohir Evadullayev va Hafizullo Boyqobilov ayni kunlarda Turkiyaning …