Şaxsning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasida oila birinçi ijtimoiy muhit sanaladi. Insonning yaxşilik va yomonlik, rostgöylik va yolğon, halol va harom, adolat va zulm haqidagi dastlabki tasavvurlari avval şu yerda şakllanib, uning xulq-atvoriga bevosita taʼsir körsatadi. Şu maʼnoda, jamiyatning maʼnaviy holatini oiladagi axloqiy muhitdan ayri holda tasavvur qilib bölmaydi. Özbek oilalarida farzandning tarbiyasi azaliy umuminsoniy urf-odat, qadriyatlar va ota-bobolarning pand-nasihatlari negizida voyaga yetadi. Şuningdek, buyuk allomalarimizning avloddan avlodga ötib kelayotgan ilmiy-maʼnaviy merosi, ibratli hayoti, faoliyati va hikmatli ögitlari yoşlar tarbiyasida muhim örin tutadi. Farzandlar qalbiga yuksak insoniy fazilatlarni singdiriş, ularda halollik, mehnatsevarlik, masʼuliyat, kattaga hurmat, kiçikka izzat, halol mehnat va özgalar haqqiga köz olaytirmaslik kabi xislatlarni şakllantiriş ota-onaning muhim vazifalaridan biridir.
Pokiza rizq oila maʼnaviyatining muhim asoslaridan bölib, uning tarbiyadagi ahamiyati beqiyosdir. Insonning moddiy neʼmatlarga qaysi yöl orqali ega bölayotgani nafaqat uning şaxsiy axloqiy qaraşlari, balki oila muhiti va farzandlar tarbiyasiga ham bevosita taʼsir körsatadi. Şu bois islom taʼlimotida halol mehnat maʼnaviy qadriyat sifatida eʼzozlanadi.
Qurʼoni karimda “Yerdagi halol-pok narsalardan yenglar” (Baqara surasi, 168-oyat), “Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalarning poklaridan yenglar va Allohga şukr qilinglar…” (Baqara surasi, 172-oyat) deb, pokiza rizqdan bahramand bölişga daʼvat etiladi. Bu körsatmalar oila hayotida muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bölib, farzandlarda halollik, mehnatsevarlik, qanoat va masʼuliyat kabi fazilatlarni singdirişga xizmat qiladi. Zero, halol mehnat orqali topilgan rizq oilada mehnatga hurmat va şukrona tuyğularini mustahkamlaydi. Aksinça, oson yöl bilan boyişga intiliş, özgalar haqqiga tajovuz qiliş yoki noqonuniy daromad oila maʼnaviy muhitiga salbiy taʼsir körsatib, farzandlarning axloqiy tarbiyasida nomaqbul qaraşlar şakllanişiga sabab böladi. Şu nuqtai nazardan, pokiza rizq nafaqat oilaning moddiy farovonligini taʼminlaşda, balki unda soğlom maʼnaviy muhit va yaxşi axloqiy qadriyatlarni qaror toptirişda ham muhim ahamiyatga ega.
Miqdom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Heç kim öz qöli mehnati bilan topgan taomidan yaxşiroq taom yegan emas. Allohning nabiysi Dovud alayhissalom qöl mehnati bilan kun körar edilar”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Mazkur hadis halol mehnatning qadrini yuksaltirib, insonni öz mehnati orqali rizq topişga undaydi. Ayniqsa, oilada ota-onaning halol kasb qilişi farzandlar uçun amaliy namuna bölib, ularda mehnatsevarlik, halollik va masʼuliyat tuyğulari şakllanişiga xizmat qiladi.
Nöʼmon ibn Başir roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Halol oçiq-oydindir, harom ham oçiq-oydindir. Ular orasida köp odamlar bilmaydigan şubhali narsalar böladi. Insonlarning köpi unlari bilmaydi. Kim şubhali narsalardan saqlansa, dini va şaʼni uçun özini pok tutibdi. Kim şubhali narsalarga köngil boğlasa, haromga yöliqibdi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Insonni harom va şubhali narsalardan saqlanişi, oilaga keladigan neʼmatlarning halol yöl bilan topilişi nafaqat moddiy taʼminot, balki farzandlarning axloqiy tarbiyasi uçun ham muhim ahamiyatga ega. Ota-onaning halol mehnati va rizqning pokizaligiga rioya etişi farzandning hayotga, mehnatga va jamiyatdagi masʼuliyatiga qaraşlarini şakllantiruvçi muhim omillar sanaladi.
Şu bois ota-ona “halol böl” deb nasihat qilişi bilan birga, özi halol mehnat qilib, bu borada şaxsiy namuna körsatişi eng taʼsirçan tarbiya böladi. Axir, oila halollik va yuksak axloqiy fazilatlar şakllanadigan birinçi tarbiya maktabi sanalib, Qurʼoni karimda bejiz “Ey imon keltirganlar! Özingizni va ahlingizni dözaxdan saqlang!”[1] (Tahrim surasi, 6-oyat) deb marhamat qilinmagan. Mazkur oyatdan kelib çiqib, ota-ona farzand tarbiyasidagi maʼnaviy masʼuliyatini, avvalo, şaxsiy namuna va kundalik hayot orqali namoyon etişi muhimdir. Şu nuqtai nazardan, oilada halol mehnat, pok daromad va töğri yaşaş farzand tarbiyasining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Çunki farzandga singdirilgan halollik va masʼuliyat tuyğusi uning kelajakdagi şaxsiy hayoti, mehnat faoliyati va jamiyatdagi munosabatlariga bevosita taʼsir körsatadi. Demak, oilani moddiy taʼminlaş bilan birga, unda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptiriş va farzandlarga halollik saboğini beriş ota-ona zimmasidagi eng katta burçdir.
Notöğri tarbiya va nohalol daromad nafaqat ota-ona, balki farzandlar taqdiriga ham salbiy taʼsir qiladi. Buni Xudoyberdi Töxtaboyevning “Mungli közlar” romanida tasvirlangan voqealar misolida ham yaqqol köriş mumkin. Asarda oiladagi maʼnaviy muhit va ota-onaning hayot tarzi farzandlarning dunyoqaraşi va axloqiy kamolotida qanday aks etişi Zufar va uning aka-ukalari taqdiri orqali oçib berilgan. Ota pora oladi, ona çayqovçilik bilan şuğullanadi, moddiy jihatdan farovon hayot keçiriladi. Biroq bu boylik halol mehnat asosiga qurilmagani sababli oiladagi maʼnaviy muhiti izdan çiqib, farzandlar ruhiyatiga salbiy taʼsir körsatadi. Zufar dastlab tökin hayot tarzidan taʼsirlanib, ota-onaga taqlid qilmoqçi böladi. Lekin turli sinovlar, ustozi va ammasining mehr-eʼtibori, halol mehnat muhiti bilan tanişişi natijasida uning qaraşlari özgara boşlaydi. U hayotdagi haqiqiy qadriyat boylik emas, balki halollik, mehnatsevarlik va masʼuliyat ekanini anglab yetadi. Asar yakunida halol yaşaş va haromxörlikka qarşi kuraşişga qatʼiy qaror qiladiki, bu inson öz xatolarini anglab, töğri yölni tanlaşi mumkinligini körsatadi.
Gapning indallosi şuki, halollik – insonning şaxsiy fazilati böliş bilan birga, oila maʼnaviyati, farzand tarbiyasi va jamiyat barqarorligini taʼminlovçi muhim maʼnaviy qadriyatdir. Oilada halol mehnat, pokiza rizq va yuksak axloqiy qadriyatlarning qaror topişi farzandlarning dunyoqaraşi va kelajakdagi hayotiga bevosita taʼsir körsatadi. Islom taʼlimotining negizida halol mehnat va pok rizq inson maʼnaviyatining muhim şartlaridan biri sifatida qaraladi. Oilada halollik qaror topsa, farzandda işonç, masʼuliyat, adolat va mehnatsevarlik kabi fazilatlar şakllanadi. Bular uning taʼlimi va kasbiy faoliyati, jamoatçilik bilan munosabatlari va ijtimoiy hayotida aks etadi. Şuning uçun jamiyatda halollik muhitini mustahkamlaşni oiladan boşlaş zarur. Zero, halol inson – halol oilaning, halol oila esa işonçli va barqaror jamiyatning asosidir. Jamiyatni özgartiriş katta minbarlardan emas, avvalo, insonning öz uyidan boşlanadi. Oilada aytilgan har bir rost söz, halol mehnat bilan topilgan har bir luqma va buyum, adolat bilan qilingan har bir iş jamiyatning maʼnaviy poydevorini mustahkamlaşga qöşilgan hissadir.
- Şayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy. Tafsiri Irfon. Qurʼoni karim maʼnolarning özbekça tarjimasi va tafsiri.
- “Sahihul Buxoriy”, № 240 raqamli qölyozma nusxa. Sulton Ahmad III kutubxonasi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




