Home / FOTO LAVHALAR / Jenevada Movarounnahrning buyuk muhaddislari ilmiy merosi xalqaro miqyosda namoyiş etildi

Jenevada Movarounnahrning buyuk muhaddislari ilmiy merosi xalqaro miqyosda namoyiş etildi

BMTning Jenevadagi qarorgohida 22-oktyabr kuni «Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk maʼnaviy-ilmiy merosi va maʼrifat ufqlari» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi. Anjumanda ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosi, Movarounnahr zaminidan yetişib çiqqan buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga qöşgan hissasi, ilmiy qaraşlarining bugungi ahamiyati muhokama qilindi.

Taʼkidlaş joizki, 2025-yili Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş assambleyasining 80-sessiyasida Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini nufuzli xalqaro taşkilotlarning muloqot maydonlarida keng taqdim etiş taşabbusini ilgari surgan edi. Joriy yil 7-oktyabr kuni YUNESKOning Parijdagi Boş qarorgohida ötkazilgan xalqaro taqdimotdan söng Jenevada taşkil etilgan mazkur konferensiya öşa taşabbus amaliy samarasining izçil davomi böldi.

Anjumanda BMTning Jenevadagi bölinmasi Boş direktori Tatyana Valovaya, Özbekistonning Doimiy vakili Eldor Toşmatov, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Inson huquqlari böyiça Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Jeneva diplomatik markazi raisi Robert Blyum, Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davronbek Mahsudov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuhamedov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari Otabek Muhammadiyev, şuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar, xalqaro taşkilotlar vakillari maʼruzalari bilan iştirok etdi.

Konferensiya doirasida O.Muhammadiyev «Movarounnahrning ikki muhaddisi – Imom Buxoriy va Imom Termiziyning ilmiy merosi» mavzusida maʼruza qilib, bu ikki buyuk allomaning hadis ilmi rivojiga qöşgan ulkan hissasi, ilmiy izlanişlari, hadislarni töplaş, tekşiriş va işonçliligini aniqlaşdagi yondaşuvlari haqida sözladi. Şuningdek, Imom Buxoriy va Imom Termiziy merosi orqali Movarounnahrda şakllangan boy ilmiy anʼanalar, ularning islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi örni va bugungi avlod uçun ahamiyatini yoritib berdi.

Imom Buxoriy va Imom Termiziyning ilmiy merosi asrlar davomida öz ahamiyatini yöqotmagani, ularning manbalarni sinçkovlik bilan örganiş, rivoyatlarning işonçliligini tekşiriş va ilmda xolislikka amal qilişga asoslangan yondaşuvlari bugungi ilmiy tadqiqotlar uçun ham muhim ekani taʼkidlandi.

Anjuman dasturidan islom sivilizatsiyasi va buyuk allomalar merosiga bağişlangan ilmiy maʼruzalar, videoroliklar va muhokamalar keng örin oldi. Ularda keng jamoatçilikni Movarounnahr zaminida kamol topgan mutafakkirlarning jahon ilm-fani va maʼnaviy taraqqiyotiga qöşgan beqiyos hissasi bilan taniştiriş, şuningdek, Özbekistonning tinçlikparvarlik va maʼrifatparvarlikka asoslangan taşabbuslarini xalqaro hamjamiyatga yana bir karra namoyiş etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Jenevadagi mazkur xalqaro konferensiya Özbekistonning köp asrlik tarixiy, ilmiy va maʼnaviy merosini jahon miqyosida keng tarğib etiş, xalqaro ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlaş va sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantiriş yölida navbatdagi  muhim qadam böldi. Şu bilan birga, u Prezident Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan taşabbuslar asosida buyuk allomalarimiz merosini nufuzli xalqaro minbarlarda namoyiş etiş hamda maʼrifat, bağrikenglik va özaro anglaşuv ğoyalarini keng yoyiş borasidagi saʼy-harakatlarning izçil davomi sifatida ulkan ahamiyat kasb etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Til bayramiga bagʻishlandi

21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Ona tili …