Home / FOTO LAVHALAR / Nodir manbalarni asraş – muştarak maqsad

Nodir manbalarni asraş – muştarak maqsad

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Tohir Evadullayev va Hafizullo Boyqobilovning Turkiyaga xizmat safari doirasida Istanbul şahridagi qölyozma manbalarni saqlaş, örganiş va restavratsiya qilişga ixtisoslaşgan muassasaga ekskursiya taşkil etildi.

Taşrif davomida ilmiy xodimlarimiz Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi qölyozmalar bilan işlaş bölimi faoliyati bilan tanişdi. Mutaxassislarning iş jarayonini bevosita kuzatib, qölyozma manbalarni asrab-avaylaş va ularni kelajak avlodlarga yetkaziş borasida qöllanayotgan amaliy usullarni örgandi.

Rami kutubxonasi hududida joylaşgan uşbu laboratoriya rahbari Umer Kuzgun bilan uçraşuvda qölyozma kitoblarni saqlaş, taʼmirlaş va restavratsiya qiliş, asl holatini tiklaş va raqamlaştiriş jarayonlari xususida fikr almaşildi.

Markazimiz va Turkiya mutaxassislari örtasida ançadan buyon davom etib kelayotgan hamkorlik aloqalari samarali bölayotgani eʼtirof etildi. Ilmiy xodimlarimiz mazkur muassasada malaka oşirgani, şuningdek, turkiyalik mutaxassislarning Özbekistonga safarlari taşkil qilingani va bu jarayon davom etayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

Bunday yaqinlik, albatta, kelgusida hamkorlikni davom ettiriş va özaro aloqalarni yanada rivojlantirişga zamin yaratadi.

Mazkur taşrif qölyozma merosni saqlaş, restavratsiya qiliş va raqamlaştiriş borasidagi ilğor tajriba va işlanmalarni örganiş, şuningdek, Markazimiz bilan Turkiyaning tegişli ilmiy muassasalari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş nuqtai nazaridan ahamiyatli böldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xorijlik tadqiqotchilar Buxoroning boy ilmiy va madaniy merosi bilan tanishdi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi doirasida Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) ilmiy xodimlari Mohd …