Home / FOTO LAVHALAR / Xalqaro tajriba – yangi tadqiqotlar uçun imkoniyat

Xalqaro tajriba – yangi tadqiqotlar uçun imkoniyat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Tohir Evadullayev va Hafizullo Boyqobilov ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul şahrida bölib, xalqaro ilmiy muassasalar faoliyati bilan tanişmoqda, ilmiy tadqiqotlar borasida tajriba almaşmoqda.

Ilmiy safar Islom hamkorlik taşkilotining Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etiş markazi (IRCICA) taklifi asosida taşkil etilgan bölib, uning doirasida ilmiy aloqalarni mustahkamlaş, özaro tajriba almaşiş va istiqbolli tadqiqot loyihalarini işlab çiqişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Şu bois dastlabki uçraşuv IRCICA Boş direktorining maslahatçisi Aşirbek Möminov bilan bölib ötdi. Muloqot davomida Markaz xodimlarining ilmiy izlanişlari muhokama qilinib, ularga tadqiqotlarni yanada rivojlantiriş yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.

Şuningdek, xorijiy ilmiy muassasalarda muayyan muddat davomida tadqiqot olib boriş, buning uçun aniq ilmiy loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi. Jumladan, uç, olti va töqqiz oylik tadqiqot dasturlarini şakllantiriş, ilmiy xodimlarning xalqaro ilmiy muhitda tajriba orttirişini taʼminlaş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Ilmiy xodimlarimiz Turkiya Din işlari boşqarmasi huzuridagi Islom tadqiqotlari markazi (İSAM) faoliyati bilan ham yaqindan tanişdi. Muassasa direktori, professor Murtazo Bedir bilan uçraşuvda qöşma ilmiy tadqiqotlarni taşkil etiş, qölyozmalarni birgalikda örganiş va tahqiq qiliş, şuningdek, ikki muassasa örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining ilmiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaş, ular uçun İSAM kutubxonasi va elektron manbalar bazasidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, öz ilmiy loyihalarini taqdim etgan tadqiqotçilarning muayyan muddat davomida mazkur kutubxonada işlaşi va izlanişlar olib borişi mumkinligi taʼkidlandi.

Uçraşuvda İSAM tahqiq bölimi rahbari Örxon Xöja va uşbu muassasada faoliyat yuritayotgan özbekistonlik olim, yuridik fanlar doktori Ozod Sersenboyev bilan ham muloqot qilindi. Uning yordami bilan Markazimiz xodimlari kutubxonadagi ilmiy manbalar, elektron maʼlumotlar bazasi va tadqiqotçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Şuningdek, İSAM tomonidan 2027-yil iyul oyida ötkazilişi rejalaştirilgan qölyozmalarni tahqiq qiliş kurslarida Markaz xodimlarining iştirok etiş imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu öquv mutaxassislar malakasini oşiriş va qölyozma manbalar bilan işlaş borasidagi amaliy tajribasini boyitişga xizmat qiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston tajribasi xalqaro ilmiy hamjamiyat eʼtiborida

Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya va MDH mamlakatlarida akademik islom ilohiyotshunosligini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro …