Home / MAQOLALAR / SABR – QANOAT – BUNYODKORLIK OMILI SIFATIDA (falsafiy tahlil)

SABR – QANOAT – BUNYODKORLIK OMILI SIFATIDA (falsafiy tahlil)

Sabr-qanoatlilik sifati xotirjamlik, barqarorlik, bunyodkorlik omili sifatida inson maʼnaviy takomili, jamiyat ravnaqini taʼminlaşda muhim örin tutadi. Mazkur fazilat islom dinining muqaddas manbalari bölmiş Qurʼoni karim, hadisi şarif, şuningdek, özbek xalqining köp asrlik milliy qadriyatlari, uluğ alloma va mutafakkirlar, xususan, Alişer Navoiy ilmiy-maʼnaviy merosi mazmun-mohiyatiga çuqur singdirilgan.

Özbek tilining izohli luğatida sabr – biror holat yoki hodisani bardoş bilan kutiş, qanoat qiliş, özini tiyiş, ğam-kulfat, azob-musibatlarga çidaş kabi maʼnolarni anglatadi. Uning çidam, bardoş, iroda, qatʼiyat kabi maʼnodoşlari mavjudligi taʼkidlanadi [3].

Qanoat – mamnunlik, boriga şukur qiliş, qanoatlilik, kamsuqumlik, boriga sabr qilmoq, bori bilan kifoyalanmoq, nafsi tiyiqlik bilan köpga, ortiqçalikka intilmaslik kabi maʼnolarni bildiradi [4].

Maqolada Qurʼoni karim, hadisi şarif kabi islom dinining muqaddas manbalaridan, Alişer Navoiyning “Mahbubul qulub”, Jaloliddin Rumiyning “Içingdagi içingdadir” kabi asarlaridan foydalanildi.

Tadqiqotda ilmiy bilişning tarixiylik va mantiqiylik, analiz va sintez, taqqoslaş, umumlaştiriş, sinergetik tahlil kabi usullaridan foydalanildi.

Qurʼoni karimda: “Ey, imon keltirganlar! Sabr va namoz bilan (Mendan) yordam sörangiz! Albatta, Alloh sabr qiluvçilar bilan birgadir” deb keltiriladi (“Baqara” surasi, 157-oyat) [5].

Oyatda möminning hayot qiyinçiliklarini yengişida sabr-qanoatlilik xislati va Allohga ibodat tuganmas madad, kuç-quvvat, sokinlik va xotirjamlik manbai, bunyodkorlik omili sifatida talqin etiladi.

Hadisda: “Heç kimga sabrdan köra yaxşiroq va kengroq ato berilmagan” [6], deb keltiriladi (Beşovlari rivoyat qilgan).

Darhaqiqat, sabr-qanoat Allohning insonga bergan buyuk neʼmati, fayzu barakoti manbaidir. Buni özbek xalqining “Sabr tagi – sariq oltin”, “Sabrli bölsang özarsan, sabrsiz bölsang tözarsan”, degan maqoli ham tasdiqlaydi.

Kamolotga erişgan aqlli inson oşkor yoki xufiyona ravişda jafolariga şukr va sabr qilgan zotdir. Hikoya: Asʼhobdan birining uyida bir yahudiy yaşardi. Kir va qöl-oyoğini yuvganda, mağzavasini uy sohibining turar joyiga oqizardi. Asʼhobdan bölgan zot esa şikoyat örniga şukr va barçasiga sabr etar, oilasini ham şunga buyurardi. Oradan sakkiz yil ötdi. Uy egasi vafot qildi. Hol söraş uçun kirgan yahudiy öz mağzavasining nimalar qilganini kördi va şunça vaqt içida bu yerda ne-ne köngilsizliklar bölganini angladi. Va: “Alloh taqdirlasin! Nega buni şu paytgaça aytmadingiz? Yana taşakkur ham bildirib turardingiz” dedi. Marhumning oilasi javob berdi: “Rahmatli otamiz bizga şukr va sabr qilişni amr etar va ularni taşlamang, deya bizni qörqitardi”. Bularni eşitib yahudiy tölqinlandi va musulmon böldi [2:148]. Mazkur hikoyat şukronalik, sabr-toqatlilik fazilatlari inson hayoti va faoliyatida ulkan ahamiyat kasb etişini körsatadi.

Alişer Navoiy asarlari mohiyatini ezgu fazilatlar tarğiboti taşkil etadi. Jumladan, mutafakkir sabr-qanoatlilik xislatining sinergetik xususiyatlarini gözal badiiy-falsafiy taşbehlar orqali oçib beradi.

Mutafakkir “Mahbubul qulub” asarida feʼl-atvorga xos fazilatlar taʼrifida “Sabr nafsoniy istaklar va jismoniy lazzatlardan özini çiqarmoq va ibodat maşaqqati bilan nafsni hibs qilmoq va riyozat qattiqligida qadamni sobit qöymoqlikdir [1:75], deydi. U Haq yölida keskin harakat qilmoq va yaxşi yomondan har nima eşitsa, çidam bilan sabr qilmoqlik. Sabr aççiqdir, lekin foydali, qattiqroğdir, lekin u ziyon-zahmatni daf qilguvçidir. Qaysi nomurod sabr etagiga qöl urib, murodiga yetmadi ekan? Va sabr tufayli qaysi giriftor köngilning muşkuli yeçilmadi? Sabr – rohat-faroğat kaliti va tugunlar yeçimi. Sabr döstdir, lekin suhbati zerikarli, ammo murodga yetkazuvçi. Sabr uzoqni közlagan ulfatdir, ammo u oxirda istakka yetkazuvçi. Sabr sekin yuradigan ulovdir, ammo manzilga eltuvçidir. Sabr oğir qadam bosuvçi tuyadir, lekin bekatga olib boruvçidir. Sabr – aççiq sözlab, taʼbni xira qiluvçi nasihatçi, lekin u tufayli oxirida maqsad hosil böladi. Dorisi aççiq tabib, bemor undan ozorlanadi, ammo oxirida sihat topadi, deb bayon qiladi.

Sabr qafasida jon bulbuliga na xomuşlik foyda beradi, na navo, na nola. Sabr majlisida ruh tötisiga na sukut foyda beradi, na faryoduna fiğon. Sabr sahrosida faroğatu iztirobning farqi yöq. Biyobonida dam oliş nimayu, yuguriş nima – bari bir. Yorning firoğida kuyganlar sabr tufayli ölimdan ham ğam yemaydilar. Sabr hajr şamidek qoronği va uzun, ammo oxiri visol tongi, haj yölidek oğir va yiroq, ammo nihoyati iqbol Kaʼbasiga olib boradi.

Har baloga giriftor bölgan, joni xavf ostida qolgan odamning hayoti sabr tufayli ozod, har noumidning tuşkun ruhi sabr tufayli quvvat topadi. U – oşiqlarga dard va bemorlarga halokatli zahar. Soğlom odam uning azobidan bemor, his-tuyğular uning uqubatidan bekor. Ruh sabr tufayli illatli, köngil uning qattiqligidan toqatsiz, behalovat. Yöli sahrosida zulmat va ofat, Xizrdek uni bosib ötganga oxiri obi hayot çaşmasi nasib etadi. Sabr şiddatini totib körganlardan biri hazrat Ayub alayhissalomdirlar va qiyinçiliklarga bardoş berganlardan biri Muhammad alayhissalomdirlar.

Bayt:

Ajab ranjeki andin saʼb yöq ranj,

Vale çekkan kişining bahrasi ganj [7].

Baytda sabrning ajib qiynoq ekani, undan ortiq azobning bölmasligi, lekin u azobni çekkanning mukofoti boylik ekani aytilmoqda.

Rivoyatlarga köra, Ayyub payğambarning mol-dunyosi, Rohma ismli xotini, bir uy farzandlari bölgan. U dunyo lazzatlaridan töla bahramand holda hayot keçirgan. Alloh uni imtihondan ötkazmoqçi böladi. Molu mulki qölidan ketadi. Ayyub sabr qiladi. Bir – bir bolalari vafot etadi, u sabr qiladi. Kasal böladi, aʼzoyi badaniga yara toşadi, hatto bu yaralar qurtlab ketib, azob beradi, u sabr qiladi. Rohma unga mehribonlik bilan xizmat qiladi. Nihoyat, Alloh Ayyubga şifo baxş etadi, Havran eliga payğambar qilib jönatadi. Unga yangidan mol-dunyo va farzandlar ato qiladi. Adabiyotda Ayyub sabr qanoat timsoli sifatida tilga olinadi. “Ayyub sabrini bersin” degan duo xalqlar orasida keng tarqalgan.

Inson neʼmat va xotirjamlik içida yaşar ekan, şukr qiladi yoki musibat va qiyinçiliklarga sabr qiladi. Şukr va sabr sohibi behojatlik va hokimlik hissi bilan yaşaydi. Bu fazilatlar toqatlilik, vazminlik, bosiqlik kabi insoniy xislatlarni özida jamlab, insonni ezgulikka, komillikka yönaltiradi. Şuning uçun inson yetuklikka erişişi, turmuşining mazmunli ötişi, hayot maʼnosini teran tuşunişi uçun sabrli va şukrli bölişi juda muhim sanaladi.

Kişi nafs talabi, köngil orzularini sabr orqaligina çeklay oladi. Şu bois, hadisda: “Sabr imonning yarmidir”, deyiladi. Sabr va şukr ikki dunyo saodatining kalitidir. Zero, hadisda: “Musibat yetganda sabr qiluvçi, berilgan neʼmatlarga şukr qiluvçi, birovlarning qilmişlarini keçiruvçi, özi birovga zulm yetkazsa, tavba qiluvçi kişilarga xotirjamlik va hidoyat ado etilur”, deyiladi.

Alişer Navoiy “Mahbubul qulub” asarida bir yigitning boşiga tuşgan azob-uqubatlarga yuksak sabr-bardoşi haqida hikoya qiladi: “Bir notavonning köngliga bir gulyuzning işqi tuşdi va u tuhmat bilan zindonga giriftor böldi. Tuhmatni böyniga olişi uçun tortmagan azobi qolmadi. Ammo u könglidagi maxfiy sirni tiliga çiqarmadi. Oxiri bir kun askarlar arqon bilan zindondan sudrab çiqardi. Uni boşdan oyoğigaça şunçalik urdilar, bir quçoq ötin maydalanib ketdi. Boşdan oyoğigaça jarohat böldi. Barça aʼzolarining terisi yorildi. Tayoq aʼzosini şu holga keltirdiki, uning badani qon tufayli lolazor böldi. Mazlum aslo gapirmadi va iqror ham bölmadi. Nihoyat, zolimlar azob berişdan çarçadi va örtadan sudrab çiqarib, noiloj qöyib yubordi. Insof bilan aytganda, töğri qildilar. Zulm qilganlar yiroqlaşgandan keyin u yigit oğzidan maydalanib ketgan tanga çiqardi. Odamlar uni körib, sababini söradi. Uning javobidan maʼlum böldiki, zolimlar kaltaklayotganda odamlar orasida uning yori ham bor ekan. Bir çekkada uning holiga qarab turgan ekan. U azob çekayotganda, tanga tişlari orasida ekan. Kaltak zarbidan tişlari qisilganda, tanga mayda-mayda bölib ketibdi. Yorning qarab turganini sezib, bu azoblarga sabr qilgan ekan. Yor bu ahvolni bildi va mehr va şafqat bilan boşiga kelib, şirin sözlar aytib, yaralariga malham qöydi. Şirin sözlar bilan majruh taniga jon kirgizdi. Yigit heç xayolida yöq, tuşiga ham kirmagan davlatga muyassar böldi va xayoliga kelmagan saodatga erişdi. Barça qiyinçiliklarni sabr-çidam bilan yengib, baxtga muşarraf böldi”.

Bayt:

Kimki bir şiddat aro sabru tahammul ayladi,
Baxt aning nişini nöşu xorini gul ayladi
[7].

Mutafakkir uşbu hikoyat orqali kimki musibatlarga sabru toqat qilsa, baxt uning zahri (ziyoni)ni bolga, tikanini gulga aylantirişini maʼlum qiladi.

Sabr bilan köp muşkul işlar oçiladi. Işda şoşgan esa köp toyiladi. Köp toyilgan köp yiqiladi. Işda şoşilmoq – yoş bolalar işi. Sabr bilan iş qilmoq – uluğlar işi.

Bayt:

Har kimsaki aylamas oşumoğni xayol,

Yafroğni ipak qilur, çeçak bargini bol [7].

Yaʼni kimki şoşilişni xayol qilmasa, yaproqni ipak qilib, gul bargidan bol oladi.

Qanoat – ibodatga yetgudek quvvat hosil bölgunça yeb-içib kun ötkazmoqdir va boşqa barça hoyu havaslarni xayoldan çiqarmoqlikdir. Va benavoliq bilan nafsni qiynamoq va şahvoniy hislarni rad etiş bilan çalajon qilmoq. Qanoat bir çaşmadurkim, suvi olingan bilan qurimaydi va bir xazinadurki, soçilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, uruği izzat va şavkat hosilini berar va daraxtdurki, şoxi ehtiyojsizlik va hurmat keltiradi. Qanoat inson köngliga ravşanlik keltiradi va köz undan yoruğlik kasb etadi.

Qanoatli darveşning quruq noni, tamagir şohning noz-neʼmat töla dasturxonidan yaxşiroqdir. Qanoatli faqirning yovğon umoçi (Umoç – qattiq xamirni suvga uvalab pişirilgan suyuq ovqat), olğir boyning novvotu halvosidan yaxşiroqdir. Şoh şu kişiki, olmaydi, lekin beradi. Gado şu kişiki, soçmaydi-yu, lekin teradi. Kimki qanoatni odat qilib olsa, şohlik-gadolik taşvişidan qutuladi. Garçi uning tirikçilik uyi tor bölsa ham, har qança mubolağa qilsang, örinlidir.

Qanoat bir qörğonki, unga kirsang, nafs yomonligidan qutulisan va toğ çöqqisidurki, unga çiqsang, döstu duşmanga muhtojlikdan qutulasan. Qanoat hokisorlikdurki, natijasi balandlik va ehtiyojliksizlikdir. Qanoat ekindir, uning uruği – boylik, daraxtdir, mevasi esa muhtoj bölmaslikdir. Qanoat aççiq maydir, lekin naşʼasi şodlik, qattiq yöldir, ammo manzili quvonçli.

Qanoat – ehtiyojsizlik belgisi va şaraf  izzat ziynati. Qanoatli faqir boydir va şohu gadodan ehtiyojsizdir. Tama – xor-zorlikka dalil va tamagir boy esa xoru zordir. Kişi tama bilan yo biror narsa qölga kiritadi yoki kiritmaydi. Lekin tama qilmaslik heç bir saxovatdan qolişmaydi. Bunday saxovat ahli öta saxiydirlar va tama ahli esa pastkaşdirlar.

Bayt:

Xorliğlar boşi – tama, bilgil,

Doimo “azza man qanaʼ” bilgil [7].

Yaʼni xorlikning boşi tamagirlikdir, doimo “qanoatli hamişa aziz” deb bilgin, deyilmoqda.

Qanoatda qança aççiq rohat va faroğat bölsa, uning aksi – tamada şunçalik razolat va tubanlik bor.

Xasis kişining dösti tilançi va nokasdir, razolat ularning feʼl-atvoriga mosdir. Ularning munosabatida kişilarni kamsitiş va yengiltaklik bordir. Kimdaki bu sifat mavjud bölsa, bunday kişini xalq yomon köradi.

Tama tufayli nokaslik va razillik avj oladi, odamiylik zavol topadi. Qanoatsiz kişilar or-nomus uyini kuydiruvçi bir ötdir, izzat-hurmat xirmonini sovurguçi va uluğvorlik şamʼini öçiruvçi bir yeldir. Tamagir kişilarning biror nima olişga öçligi, xuddi yeb töymasning taomga oçközligiga öxşaydi. Biriniki tubanlar harakati bölsa, biriniki hayvonlar odatidir. Qanoat bir javohirkim, elni bu ikki balodan qutqaradi va xalqni bunday ofatdan xalos etadi.

 Tamagirlik va nokaslik şunday yomon feʼlki, göyoki ikki yoqimsiz egizakdir, ikkalasi esa yomonlarning yomonidir. Bularning biri nokas va birining iqboli past, şuning uçun ikkalasining mohiyati birdir.

Muxbiri sodiq (Muxbiri sodiq – sadoqatli xabar yetkazuvçi,  Muhammad  payğambar (c.a.v.)ga nisbatan qöllaniladigan ibora) şunday debdurlar: “Alloh qanoatni aziz qilgan bandasiga, tamani esa xor qilgan bandasiga beribdur” [1:73].

Ruboiy:

Har kimki, qanoat tarafi nisbati bor,

Borça el aro tavozeu izzati bor,

Ulkim tamau hirs bila ulfati bor,

Yaxşi-yamon içra zillatu nakbati bor [7].

Ruboiyda kimning “qanoat” degan xislati bölsa, uning barça el orasida izzatu hurmati bor. Kimning tamayu hirs bilan oşnoligi bölsa, yaxşi-yomon içida xorligu baxtsizligi bor, deyilmoqda.

Ilohiy sirlardan voqif Şayx şoh Ziyoratgohiy (XV asrda yaşab ötgan Xuroson maşoyixlaridan) ibodat faroğati uçun qanoatni odat qilib oldi va Ziyoratgoh qasabasida maskan tutdi. Va xaloyiq nazr-niyoziga parvo qilmadi va sultonlar inʼom va ehsoniga nazar solmadi. Haqirlik merosi bölgan hovlisiga daraxt va ekin ekdi. Öz muborak qöli bilan ekin suğorar va daraxtlarni teşa va arra bilan butar edi. Şu tariqa qanoat bilan kun keçirar va Tangri ibodatiga maşğul edi. Bu qanoatning natijasi “azza man qonaaa” (tarjimasi: “Qanoat qilgan aziz böladi”) hukmi bilan şu yerga yetdiki, Hirot dorussaltanatidan sultonlar va din ulamolari va tariqat maşoyixlari ul buzrukvor huzuriga borar edilar, ostonasi tuproğini öpiş bilan faxrlanar edilar va uning ekkan buğdoyidan bölgan nonni va uning dasturxonidagi mevalardan nimaiki qöllariga tuşsa, közlariga surtib, qöyinlariga solib, tabarruk bilib, şahardagi ahli ayollari va bolalariga berar edilar va undan yeganlar jannatdan umidvor bölur edilar. Qanoat natijasi bundan ortiqroq bölmaydi va xursandlik boğçasining rayhoni bundan tarovatliroq bölmaydi.

Qitʼa:
Jahon içra köp sunʼ körguzdi soneʼ,
Emasdur kişi turfa andoqki, qoneʼ.
Kişidin talabsiz ğino hosil etmas,
Yana judğa bölmamoq heç moneʼ
[7].

Yaʼni, Yaratuvçi Parvardigor jahonda köp ajoyib narsalarni yaratdi. Lekin qanoatli kişidan köra ajabtovurroq kişi yöqdir. Zero, qanoatli kişi mehnat qilmasdan, talab qilmasdan boy böladi, hatto saxovat qilişga ham heç monelik bölmaydi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi globallaşuv davrida özbek xalqining azaliy milliy qadriyatlari va uluğ ajdodlar boy ilmiy-maʼnaviy merosining ezgu mohiyatini, ularda ilgari surilgan yuksak axloqiy fazilatlarni yoşlar ongi va qalbiga çuqur singdiriş komil insonni tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Alişer Navoiy. Mahbubul qulub (Qalbga mahbub hikmatlar va hikoyatlar). Hozirgi özbek tiliga tabdil. – T.: Sano-standart, 2018.
  2. Mavlono Jaloliddin Rumiy. Içingdagi içingdadir. – T.: Yozuvçi, 1997.
  3. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_tilining_izohli_lugati/Oʼzbek%20tilining%20izohli%20lugʻati%20-%20Q.pdf
  4. https://wayu.uz/media/services/book/1_XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt-2022-12-25_090639.pdf
  5. https://islom.uz/view/sabr-xakida-kelgan-xadislar
Baxtiyor TURSUNOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi,
falsafa fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)

Check Also

KASB-HUNARNI MUKAMMAL EGALLASH – FAROVON HAYOT VA YUKSAK MAʼNAVIYAT GAROVI (2-qism)

Yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish – kelajakka investitsiya Yoshlar mustaqil hayotga tayyor boʻlishi, kelajakda jamiyatda oʻziga munosib …