(Turkiya Respublikasi bilan hamkorlik misolida)
Özbekiston – Turkiya hamkorlik aloqalarida ziyorat turizmi muhim örin tutadi. Sönggi yillarda ikki mamlakat örtasida bu borada qator işlar amalga oşirilmoqda. Natijada, bu mamlakatdan yurtimizga muqaddas qadamjolarni ziyorat qilişni maqsad qilgan sayyohlar soni ortib bormoqda. Bu esa, öz navbatida, ikki mamlakat aloqalarining yanada mustahkamlanişiga hissa qöşmoqda. Şu bilan birga, bu borada hali işga solinmagan imkoniyatlar talaygina. Şu sababdan, bu borada amalga oşirilayotgan işlar va ularning natijalarini tahlil qiliş dolzarb ilmiy ahamiyatga ega bölib, berilayotgan tavsiyalar soha rivojiga öz hissasini qöşişi mumkin.
Özbekiston dunyo miqyosida muqaddas qadamjolarga boy mamlakatlardan biri bölib, bu muqaddas zamin islom olamida dong taratgan köplab buyuk siymolar abadiy qönim topgan yurt sanaladi. Hozirgi kunda birgina Samarqand viloyatining özida 1105 ta arxeologik, 670 ta meʼmoriy, 37 ta diqqatga sazovor joy, 18 ta monumental, 21 memorial toifaga kiruvçi jami 1851 moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud bölib, ularning orasida ziyorat qilinişi mumkin bölgan joylar talaygina [5].
2016-yildan eʼtiboran Özbekiston-Turkiya munosabatlari yangi bosqiçga çiqdi. Ikki mamlakat davlat rahbarlarining taşriflari amalga oşirildi. 2017-yil oktyabr oyida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga davlat taşrifi amalga oşirilgan bölsa, 2018-yil 29-aprel – 1-may kunlari Turkiya Prezidentining mamlakatimizga davlat taşrifi bölib ötdi. Şu va boşqa taşriflar davomida boşqa sohalar qatori ziyorat turizmini rivojlantiriş böyiça ham bir qança hujjatlar imzolandi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdoğanning yurtimizga yuqorida keltirilgan sanadagi taşrifi doirasida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy işlar qömitasi va Turkiya Respublikasi din işlari boşqarmasi örtasida Ziyorat turizmini rivojlantiriş töğrisidagi memorandum imzolandi. Mazkur memorandumda ommaviy axborot vositalarida ziyorat turizmini ommalaştirişga doir keng kölamli faoliyat, turizm sanoatida diniy va taʼlimiy tadbirlar sonini köpaytiriş, şuningdek jahon hamjamiyatiga islomning asl insonparvarlik mohiyatini yetkazişga, islomning boy merosini örganiş va saqlaşga qaratilgan xalqaro tadbirlarni taşkil etişni közda tutildi.
Bundan taşqari, memorandum doirasida Özbekiston va Turkiya örtasida tanişuv safarlarini taşkillaştiriş va ularning turistik salohiyatiga doir maʼlumotlarni taqdim etiş, şuningdek, sayyohlik salohiyatiga doir maʼlumotlarning diniy tadbirlarda tarğib qilinişi nazarda tutildi [3].
Mazkur kelişuvlar doirasida köplab tadbirlar amalga oşirildi. Xususan, 2022-yil oktyabr oyida Turkiyaning Antaliya şahrida Özbekiston – Turkiya turizm qöşma komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Mazkur yiğilişda Turizm va madaniy meros vazirligi mutasaddilari tomonidan “Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb etiş, turizm zonalarini taşkil etişda Turkiya tajribasi, respublikada turistik zonalarni rivojlantiriş”, “Özbekiston Respublikasida tarixiy obidalardan turizm obyekti sifatida foydalaniş maqsadida restavratsiya qiliş sohasida hamkorlik böyiça takliflar”, “Ipak yöli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyati” mavzularida taqdimot-maʼruzalar qilindi [6].
Mazkur yiğilişda turizmning boşqa yönalişlari qatori, ziyorat turizmi masalalari ham muhokama etildi. Jumladan, gastronomik, ziyorat turizmi va turizmning boşqa sohalarida umumiy loyihalarni amalga oşiriş, tarixiy obidalarning restavratsiyasi va konservatsiyasi hamda “Tabarruk ziyorat” marşrutlarini belgilab oliş va bunda marketing siyosatini işlab çiqiş sohasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Bundan taşqari, xususiy sektor vakillari bilan muzokaralarda “Tabarruk ziyorat” konsepsiyasida belgilangan madaniy turizm yönalişlarida TGA bilan birgalikda umumiy sayohat marşrutlarini işlab çiqiş va tarğib qiliş, “Ipak yöli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalarining yozgi taʼtil davomida TÜRSAB tarkibidagi turoperatorlar hamda Turkiyadagi maşhur mehmonxonalarda malaka oşirişlarini taşkil etiş, professor-öqituvçilar almaşinuvini amalga oşiriş, universitet kutubxonasini ilmiy adabiyotlar bilan töldirişda hamkorlik qiliş kabi masalalar muhokama etildi [6]. Bunday tadbirlarning amalga oşirilişi bu borada erişilgan kelişuvlarning amaliyotga tatbiq etilişida muhim ahamiyatga ega böldi.
Bu davrda mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantiriş böyiça turli farmon va qarorlar ham qabul qilindi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevral kuni eʼlon qilingan “Özbekiston Respublikasida içki va ziyorat turizmini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni muhim ahamiyatga ega böldi. Unda sohani rivojlantirişga qaratilgan köplab vazifalar belgilab berildi. Transport vazirligi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi “Uzbekistan Airports” AJ va “Özbekiston temir yöllari” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda içki va ziyorat turizmini rivojlantiriş doirasida Farğona-Urganç-Farğona, Termiz-Urganç-Termiz hamda Qarşi-Urganç-Qarşi aviareyslarini yölga qöyiş va Andijon-Xiva-Andijon temir yöl qatnovi sonini oşiriş, 2021-yil 1-aprelga qadar Termiz-Qarşi-Xiva, Xiva-Urganç-Nukus va Termiz-Qarşi-Samarqand yönalişlari böyiça doimiy temir yöl qatnovini yölga qöyiş çoralarini köriş va boşqalar şular jumlasidandir [3].
Mazkur yillarda Özbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini xorijiy mamlakatlarda manzilli tarğib etiş işlari amalga oşirildi. Xususan, yuqorida keltirilgan Farmonning 3-ilovasida xorijiy mamlakatlarda Özbekiston Respublikasining ziyorat turizmi salohiyatini manzilli tarğib qiliş çora-tadbirlari rejasi qabul qilindi. Mazkur rejada köplab mamlakatlar qatori Turkiya Respublikasidan ziyorat maqsadida taşrif buyuruvçilar uçun manzilli röyxat şakllantirildi. “Yetti Pir” ziyoratgohi, Imom Moturidiy va Abu Muin Nasafiy maqbaralari, Imom Buxoriy va Imom Termiziy maqbaralari, Hazrati Imom majmuasi (Usmon musʼhafi), Zangiota va Suzuk-ota ziyoratgohlari Turkiyadan taşrif buyuruvçi sayyohlar uçun tarğibot qilinadigan yönalişlar va ziyorat turizmi obyektlari röyxatiga kiritildi [3].
Mazkur farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida 2021-yil 24-fevralda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Içki va ziyorat turizmini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida soha rivojini taʼminlovçi bir qança dasturlar tasdiqlandi. Taşrif buyuruvçilar uçun şart-şaroitlar yaratilişi rejalaştirilgan turizm salohiyati yuqori bölgan madaniy meros obyektlari röyxati, ziyorat turizmi marşrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 — 2025-yillarda ustuvor ravişda restavratsiya qiliş dasturi, uzoq xorij va qöşni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qiliş va ularga qulay şart-şaroitlar yaratiş böyiça “Yöl xaritasi”, Xorijiy tillarga tarjima qilinadigan va tarğiboti keng amalga oşiriladigan allomalar va ziyoratgohlar töğrisidagi filmlar röyxati, Özbekiston böylab sayohat qiliş hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan yönalişlar xarajatlarining bir qismini Özbekiston Respublikasi respublika byudjetidan qaytariş tartibi töğrisidagi nizom va boşqalar şular jumlasidandir [4]. Mazkur hujjatlarning amaliyotga tatbiq etilişi barça mamlakatlar qatori, Turkiya Respublikasidan ham sayyohlarni kengroq jalb etişda muhim ahamiyatga ega böldi [7].
Sönggi yillarda amalga oşirilgan işlar natijasida, salmoqli yutuqlar qölga kiritildi. Xususan, mazkur yillar davomida turkiyalik mutaxassislar Özbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirişga jalb etildi. Aholisi islom diniga eʼtiqod qiladigan davlatlar orasida Turkiya fuqarolari Özbekistonning madaniy-tarixiy va qadimiy diqqatga sazovor joylariga eng köp qiziqiş bildirdi. Natijada, 2023-yilda Turkiyadan Özbekistonga 100 mingdan ortiq sayyoh taşrif buyurdi.
Bu boradagi işlar keyingi yillarda ham davom ettirildi. Xususan, 2025-yil fevral oyida Turkiyada uşbu mamlakat Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hamda Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri Aziz Abduhakimovning uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuvda “Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi örtasida turizm sohasidagi Kelişuv bayonnomasi va Harakatlar rejasi” imzolandi. Unga köra, ikki davlat örtasidagi aviareyslar sonini oşiriş va sayyohlar sonini 1 million kişiga yetkaziş közda tutildi [1].
Xulosa sifatida şuni aytişimiz mumkinki, Özbekistonda 2016-yildan eʼtiboran turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri deb eʼlon qilindi. Şu sababdan turizm va uning muhim yönalişlaridan biri bölgan ziyorat turizmini rivojlantiriş va uni jahon miqyosiga olib çiqiş işlari olib borildi. Bu borada Turkiya Respublikasi bilan olib borilgan hamkorlik aloqalari muhim ahamiyatga ega böldi. Xususan, oxirgi yillarda ziyorat turizmi sohasida Özbekiston – Turkiya hamkorligi yanada mustahkamlandi, turizmni rivojlantiriş böyiça Turkiya tajribasi örganildi. Şu bilan birga, bu borada ilm-fan sohasida ham hamkorlik kengaydi. Şu va boşqa omillar Özbekistonga, xususan, mamlakatimizdagi muqaddas joylarni ziyorat qiliş uçun kelayotgan ziyoratçilar sonining sezilarli darajada oşişiga olib keldi.
-
http://m.xabar.uz/siyosat/turkiya-va-ozbekiston-ortasida-turizm-sohasida
-
https://kun.uz/kr/57813270?q=%2F57813270
-
https://lex.uz/docs/5283956
-
https://lex.uz/docs/5315060?ONDATE=09.01.2023
-
https://religions.uz/news/detail?id=812 Qadim Samarqandga bir kelib keting!
-
https://yuz.uz/news/ozbekiston–turkiya-turizm-qoshma-komissiyasining-navbatdagi-yigilishi-bolib-otdi
-
Lex.uz
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




