Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyatining Turkiyaga amaliy tashrifi doirasida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA)ning Istanbuldagi Bosh qarorgohida ushbu muassasa Bosh direktorining oʻrinbosari, professor, doktor Chengiz Tomer va professor Ashirbek Moʻminov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, Ibn Xaldun universiteti bilan hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib kelmoqda. Universitet vakillari va professor-oʻqituvchilari ilgari Markazga tashrif buyurib, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar uchun onlayn seminarlar hamda nodir qoʻlyozmalarni tadqiq etishga bagʻishlangan tadbirlarda faol ishtirok etgan.
Muloqotlar chogʻida ikki muassasa oʻrtasidagi koʻp yillik samarali aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, hamkorlik koʻlamini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Xususan, tomonlar ishtirokida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasidagi amaliy ishlar koʻrib chiqildi.
Muloqotda islomiy qoʻlyozmalarni kataloglashtirish, raqamlashtirish va ilmiy tadqiq qilish, buyuk allomalar merosini chuqur oʻrganish va ushbu yoʻnalishdagi qoʻshma tadqiqotlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilarning tajriba almashuvini kuchaytirish va istiqboldagi qoʻshma tadbirlar rejalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




