Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev 12-oktyabr kuni Turkiya Respublikasiga amaliy safarini boshladi.

Tashrifning asosiy maqsadi – Turkiyaning yetakchi ilmiy-maʼrifiy markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, islom sivilizatsiyasi va madaniy merosini tadqiq etishda tajriba almashishni kengaytirish, istiqbolli qoʻshma tadqiqot va ilmiy loyihalarni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Markaz rahbariyati dastavval Istanbul Madaniyatlararo hamjihatlik, taʼlim va tadqiqot jamgʻarmasi (İKADAV — İstanbul Kültürler Arası Dayanışma, Eğitim ve Araştırma Vakfı)ga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Jamgʻarma Boshqaruvi raisi, professor, doktor Oʻmer Koʻrkmaz bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqotda tomonlar oʻrtasida ilk hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilib, istiqboldagi rejalar va muhim yoʻnalishlar belgilab olindi. Kelajakda Imom Buxoriyning hayoti va boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib etishga qaratilgan yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, birgalikda xalqaro konferensiyalar va boshqa tadbirlarni birgalikda oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.

İKADAV rahbari Oʻzbekistonda islom sivilizatsiyasi va allomalar merosini oʻrganish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanini taʼkidladi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




