Home / FOTO LAVHALAR / Parij konferensiyasi arafasida

Parij konferensiyasi arafasida

Parijdagi YUNESKO Bosh qarorgohida oʻtadigan “Islom sivilizatsiyasi: Oʻzbekistonning buyuk maʼnaviy-ilmiy merosi, maʼrifatning yangi ufqlari va sivilizatsiyalar muloqoti” mavzusidagi xalqaro konferensiya oldidan yurtimiz delegatsiyasi keng koʻlamli tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va boʻlim boshligʻi Jonibek Jumayev tadbir arafasida qator nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari va xorijiy ilmiy muassasalar rahbarlari bilan muloqotda boʻldi.

Shuningdek, anjuman boshlanguniga qadar YUNESKO Bosh qarorgohida Markaz tomonidan chop etilgan noyob ilmiy nashrlar, mutafakkirlar merosiga bagʻishlangan fundamental risolalar va toʻplamlarning maxsus koʻrgazmasi tayyorlandi. Tadbir maydonchasidan oʻrin olgan mazkur koʻrgazma xorijlik ekspertlar, xalqaro ekspertlar va konferensiya ishtirokchilari eʼtiboriga havola etiladi.

Mazkur tayyorgarlik jarayonlari va tashkil etilgan kitoblar koʻrgazmasi Oʻzbekistonning boy madaniy-maʼrifiy merosini jahon miqyosida keng targʻib qilishga yoʻnaltirilgan.

Konferensiya davomida O.Muhammmadiyev maʼruza qilishi koʻzda tutilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda SWAN X 2026 xalqaro anjumani boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 6-oktyabr kuni Nabaviy meros boʻyicha X xalqaro anjuman – SWAN …