Home / FOTO LAVHALAR / Galdagi stipendiat – Qirgʻizistondan

Galdagi stipendiat – Qirgʻizistondan

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi doirasida Markazda amaliyot oʻtash uchun navbatdagi xorijlik tadqiqotchi – Turkiyaning Bursa Uludagʻ universiteti tadqiqotchisi, falsafa doktori (PhD) Madinabonu Moidinova Markazga keldi.

Qirgʻizistonlik izlanuvchi Markaz rahbari Sh.Ziyodov bilan uchrashib, “Fazlulloh ibn Roʻzbixon Xunjiyning “Suluk al-muluk” asari tadqiqi” mavzusidagi ilmiy loyihasi haqida batafsil maʼlumot berdi. Ushbu risola nomini “Hukmdorlar xulq-atvori qoidalari” yoki “Shohlar odobi” deb tarjima qilish mumkin. Tadqiqot davomida esa, asarning ilmiy-nazariy ahamiyatini ochib berish va undagi siyosiy-huquqiy qarashlarni oʻrganish moʻljallanmoqda.

Muloqot davomida xorijlik tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoit, kutubxona va Markaz fondidagi nodir qoʻlyozmalar hamda manbalar bilan ishlash imkoniyatlari haqida soʻz yuritildi.

Tasdiqlangan dasturga muvofiq, Madinabonu Moidinova Markaz fondidagi noyob qoʻlyozmalar bilan tanishishi, ilmiy izlanishlarini chuqurlashtirishi va oʻrganayotgan sohasining yurtimizdagi mutaxassislari bilan tajriba almashishi rejalashtirilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Ustoz – hayot yoʻlini yoritguvchi mayoq”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan shu mavzuda …