Home / FOTO LAVHALAR / Markazda navbatdagi ilmiy uchrashuv

Markazda navbatdagi ilmiy uchrashuv

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov tashrif buyurdi.

Mehmonni Markaz direktori kutib oldi. Muloqotda yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, buyuk allomalarning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va targʻib etish borasidagi saʼy-harakatlar xususida fikr almashildi.

Tashrif davomida mehmonga Markaz ilmiy faoliyati, xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalari va amalga oshirilgan loyihalar haqida maʼlumot berilib, yaqinda nashr etilgan yangi kitoblar, ilmiy toʻplamlar va tarjima asarlar taqdim qilindi. Akmal Saidov mazkur nashrlarning mazmun-mohiyatini yuqori baholab, ularning ilmiy ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Suhbat asnosida Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning merosini xalqaro miqyosda targʻib qilish, yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy komillik ruhida tarbiyalash va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv soʻngida Akmal Saidov jamoaning kelgusi rejalari yuzasidan oʻz tavsiya va takliflarini bildirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Malayziyalik tadqiqotchilar ilmiy amaliyot boshladi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi doirasida Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM)ning ikki ilmiy xodimi …