Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Ulamolar kengashining (MUI) Janubiy Kalimantan provinsiyasi boshqarmasi raisi Hoji Ahmad Shayrazi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.


Mehmonlar Markaz muzeyi ekspozitsiyalari, shuningdek, ilmiy xodimlar va xorijlik tadqiqotchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


Delegatsiya aʼzolari Markazda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar, tarixiy manbalar va buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy ilmiy merosini oʻrganish va targʻib etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan atroflicha tanishib chiqib, islom madaniyati va maʼrifatini keng yoyish, ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-maʼrifiy aloqalarni yanada mustahkamlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarni yuqori baholadi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




