Home / FOTO LAVHALAR / Yuksak fidoyilik va ilmiy mehnatning munosib eʼtirofi

Yuksak fidoyilik va ilmiy mehnatning munosib eʼtirofi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayoti va Yangi Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan turli soha vakillari hamda muassasa rahbarlarini taqdirlash tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Mamlakatimizda boy ilmiy-maʼnaviy merosni tadqiq etish, islom sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning ijod mahsullarini xalqaro miqyosda keng targʻib qilishdagi fidokorona xizmatlari uchun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Yuksak mukofotni Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari Bobur Karimov tantanali ravishda topshirdi.

Markaz jamoasi muassasamiz rahbarini ushbu yuksak eʼtirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi masʼuliyatli va xayrli faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“AQNIET” FONDINING DINIY SOHANI MUSTAHKAMLASH VA ETNOMEDIATSIYA BORASIDAGI TAJRIBASI»

📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Qozogʻiston …