Home / FOTO LAVHALAR / Markazda misrlik yangi stipendiat amaliyot boshladi

Markazda misrlik yangi stipendiat amaliyot boshladi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi doirasida navbatdagi xorijlik tadqiqotchi — Misr arab qoʻlyozmalari instituti magistranti Noha Odil ilmiy amaliyot oʻtash uchun Markazga keldi.

Misrlik tadqiqotchi Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabulida boʻlib, Oʻzbekistondagi islomiy sanʼat, tarixiy ustalar uyushmalari (hunarmandchilik gildiyalari) va boy qoʻlyozma anʼanalarini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy rejalari va izlanishlarining asosiy maqsadlari bilan oʻrtoqlashdi.

Muloqot davomida Markaz rahbariyati tomonidan tadqiqotchiga muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, boy kutubxona va qoʻlyozmalar fondi imkoniyatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Belgilangan amaliyot dasturiga muvofiq, Noha Odil Markaz fondidagi nodir manbalar bilan ishlash, yurtimizdagi turdosh ilmiy-tadqiqot muassasalari va muzeylar faoliyati bilan tanishish barobarida, mahalliy qoʻlyozmashunos olimlar va soha mutaxassislari bilan ilmiy muloqotlar oʻtkazishni rejalashtirgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

BIZ BUGUN KECHAGIDAN KUCHLIMIZ Ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz

Istiqlol neʼmati tufayli yurtimizda nafaqat davlat va jamiyat hayotida ulkan oʻzgarishlar roʻyo berdi, balki xalqimizning …