Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Eron Islom Respublikasi Islom shoʻrosi majlisi (parlament) vakili, Madaniyat komissiyasi aʼzosi Amir Husayn Sobitiy rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Markaz direktorining oʻrinbosari O.Muhammadiyev martabali mehmonlarni Markaz muzeyi ekspozitsiyasi bilan tanishtirdi.
Delegatsiya aʼzolariga Markazda buyuk allomalarimiz, xususan, Imom Buxoriyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, noyob qoʻlyozmalarni asrab-avaylash va sohada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari xususida atroflicha maʼlumot berildi.

Amir Husayn Sobitiy Markaz muzeyida saqlanayotgan qimmatli manbalar va tarixiy eksponatlarga yuqori baho berib, Oʻzbekistonda islom madaniyati va ilm-fani merosini asrash va xalqaro miqyosda targʻib etish borasida olib borilayotgan xayrli ishlarga muvaffaqiyatlar tiladi.


Mehmonlarga Eronning Oʻzbekistondagi elchixonasi madaniyat ishlari boʻyicha attashesi Hasan Safarxoniy hamrohlik qildi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





