Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov Turkiyaning Marmara universiteti doktori Horun Anayni qabul qildi.

Muloqotda ikki muassasa oʻrtasidagi ilmiy aloqalarning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari atroflicha koʻrib chiqildi. Xususan, nodir qoʻlyozmalarni birgalikda tadqiq etish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va mutaxassislar tajribasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Suhbat davomida 2019-yilda imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumi doirasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, shu jumladan, Marmara universitetining yetakchi olim va tadqiqotchilarini Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturiga faol jalb etish boʻyicha bir toʻxtamga kelindi.
Maʼlumot uchun: Marmara universiteti Turkiyaning eng nufuzli oliy taʼlim maskanlaridan biri boʻlib, unda 2 800 nafardan ortiq professor-oʻqituvchi faoliyat yuritadi hamda 80 mingga yaqin talaba tahsil oladi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





