Home / FOTO LAVHALAR / “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi

“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan Farmoniga muvofiq, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayoti va Yangi Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanmoqda.

Samarqand viloyatida oʻtkazilayotgan tantanali marosimlarda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va diniy soha vakillari oʻzining samarali va fidokorona mehnati uchun yuksak mukofotlarni qabul qilib olmoqda. Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari Bobur Karimov “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi. Quvonarlisi, erishgan yuksak natijalari va ilmiy-maʼrifiy sohadagi fidokorona xizmatlari eʼtirof etilganlar orasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 8 nafar xodimi:

Ilmiy kotib Mexrojiddin Amonov;
Ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi Shukrullo Umarov;
Ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi Nodir Qobilov;
Ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi Qodirxon Mahmudov;
Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi ilmiy xodimi Yoʻldoshxon Isayev;
Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi ilmiy xodimi Alouddin Neʼmatov;
Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi ilmiy xodimi Hafizillo Boyqobilov;
Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi ilmiy xodimi Yorqin Boymatov ham bor.

Ushbu mukofot mamlakatimizda boy ilmiy va maʼnaviy merosni tadqiq etish va rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizning islom sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasini keng targʻib qilish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi fidokorona mehnatga berilgan yuksak bahodir.

“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni Markaz jamoasining mamlakatimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayoti va ilmiy tadqiqotlar jarayonidagi faol ishtirokiga berilgan eʼtirof sifatida alohida ahamiyatga ega. Bu yangi ilmiy marralarni zabt etish, milliy-maʼnaviy merosimizni oʻrganish va ommalashtirish yoʻlidagi ezgu tashabbuslarni izchil davom ettirish uchun katta ilhom va kuch bagʻishlaydi.

Markaz jamoasi davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan barcha yurtdoshlarimizni, ular qatorida hamkasblarni muborakbod etib, barchasiga yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

ILMIY-MAʼRIFIY UCHRASHUV

Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan “Mustaqillik toʻyi” festivali doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida …