Home / FOTO LAVHALAR / Yana bir stipendiat Markazga keldi

Yana bir stipendiat Markazga keldi

“Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya” dasturi doirasida Indoneziyadan navbatdagi tadqiqotchi – Mataram Davlat islom universiteti doktori Lalu Muhammad Fazlurrahmon Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ilmiy amaliyot oʻtash uchun tashrif buyurdi.

Dastlab stipendiat Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabulida boʻlib, oʻz ilmiy izlanishlari, tadqiqot rejasi, shuningdek, belgilangan mavzu doirasida amalga oshirishni koʻzda tutayotgan asosiy maqsad va vazifalari haqida soʻzlab berdi.

Markaz direktori mehmonni bu yerda ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar uchun yaratilgan ilmiy muhit va imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

Belgilangan dasturga muvofiq, Lalu Muhammad Fazlurrahmon ilmiy amaliyot davomida Markaz fondida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma manbalar va kutubxona imkoniyatlaridan keng foydalanadi. Shuningdek, mehmon Oʻzbekistondagi turdosh muassasalarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishishni rejalashtirgan.

Mazkur amaliyot xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, nodir qoʻlyozma manbalarni chuqur oʻrganish, tajriba almashish, Oʻzbekiston bilan Indoneziya oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ILMDAN AMALIYOTGA: “ISLOM MAʼRIFATI, HADIS ILMI VA IMOM BUXORIY MEROSI” KURSI YAKUNLANDI”

2026-yil 14-avgust kuni Imomi Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilgan “Islom maʼrifati, hadis ilmi va …